Karmana tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali
Open in Telegram
Web: www.karmana-xtb.uz/ Facebook: www.fb.com/karmanatmmtb Telefon: +998795323295
Show more1 307
Subscribers
+124 hours
+197 days
+930 days
Posts Archive
+2
“Yosh rassom” to‘garagi — ijod va iste’dod maskani
Joriy yilning 9-sentabr kuni Karmana tumani 32-maktabida Besh muhim tashabbus loyihasi doirasida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida “Yosh rassom” to‘garagi mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar tasviriy san’atning turli yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyon etdilar. Yosh rassomlar ranglar uyg‘unligi, tasvir yaratish va o‘z fikrlarini qog‘ozga tushirish bo‘yicha amaliy mashqlar bajardilar.
Bunday ijodiy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning estetik didini, tasavvurini va ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
32-maktab jamoasi yoshlarning iste’dodini qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga qaratilgan bunday tadbirlarni izchil davom ettiradi.
Yosh rassomlarimizga kelgusidagi ijodiy faoliyatlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!
+3
“ABITURIYENT SHTABI” DOIRASIDA ISHLAR OLIB BORILDI
Karmana tumani 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026-yil 9-sentabr kuni 11-sinf bitiruvchi o‘quvchilari o‘rtasida “Abituriyent shtabi” faoliyati doirasida fanlar va ta’lim yo‘nalishlari kesimida so‘rovnoma o‘tkazildi.
📊 So‘rovnoma natijalari asosida o‘quvchilarning oliy ta’limga kirish uchun tanlagan fanlari va yo‘nalishlari aniqlandi hamda sinflarda tegishli targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, aniqlangan natijalar asosida fanlar va yo‘nalishlar kesimida bosqichma-bosqich MOCK sinov imtihonlarini tashkil etish, ularning natijalarini tahlil qilish va o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Karmana tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi matbuot xizmati
+5
🇺🇿 TARG‘IBOT TADBIRI HAQIDA MA’LUMOT
Karmana tumani 27-umumta’lim maktabida joriy yilning 9-sentyabr kunida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan rasmiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir doirasida maktab kutubxonachisi D. Botirova hamda maslahatchisi Z. Turdiyeva tomonidan o‘quvchilarga Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqiga iqtiboslar bilan tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Muloqot jarayonida ishtirokchilarga “Birlashtirib, buyuk tarix yaratamiz!” g‘oyasining mazmuni, mustaqillik davrida mamlakatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, xalqimizning birligi hamda yoshlarning Vatan taraqqiyotidagi muhim o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, o‘quvchilarni Vatanga sadoqat, milliy g‘urur, tarixiy xotira va qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ularni yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga undashga alohida e’tibor qaratildi.
+5
🎭 “Jadidlar izidan” va “Turon maktab teatri” to‘garaklari o‘z faoliyatini boshladi!
Karmana tumani 18-maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Jadidlar izidan” hamda “Turon maktab teatri” to‘garaklari o‘z faoliyatini boshladi.
📚 To‘garaklarga jalb etilgan o‘quvchilarning ro‘yxati shakllantirilib, mashg‘ulotlarni tizimli tashkil etish ishlari yo‘lga qo‘yildi.
🎭 Mazkur to‘garaklar orqali o‘quvchilarning sahna madaniyati, ijodkorligi, nutq mahorati va tarixiy-ma’rifiy bilimlarini yanada rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
✨ Yoshlar — kelajak bunyodkorlari!
Karmana tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi matbuot xizmati
+7
🇺🇿 TARG‘IBOT TADBIRI
Karmana tuman 23-umumta’lim maktabida joriy yilning 9-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida maktab kutubxonachisi X. Raxmatova tomonidan o‘quvchilar o‘rtasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqiga sharh mavzusida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Suhbat davomida o‘quvchilarga “Birlashtirib, buyuk tarix yaratamiz!” g‘oyasining mazmun-mohiyati, mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, xalqimizning birdamligi va hamjihatligi, yoshlarning Vatan ravnaqi va kelajagidagi muhim o‘rni haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, o‘quvchilarni Vatanga sadoqat, milliy g‘urur, tarixiy xotira va qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga undashga alohida e’tibor qaratildi.
+9
✨✨JARAYON✨
Karmana tuman 23-umumta’lim maktabi
Maktabda o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga oid muhim masalalar yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
📚 To‘garaklarga qatnashish holati
📖 O‘quv qurollarining mavjudligi va saqlanishi
📵 Telefondan foydalanmaslik
👔 Kiyinish madaniyatiga rioya qilish
📝 Kunlik davomat holati
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha maktab rahbarlari tomonidan dars jarayoniga xalaqit bermagan holda, darslardan keyin har bir sinf miqyosida va yakka tartibda o‘quvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuvlar davomida o‘quvchilarga maktab ichki tartib-qoidalariga rioya qilish, ta’lim jarayonida faol ishtirok etish, o‘quv qurollarini asrab-avaylash, telefonlardan foydalanish qoidalariga amal qilish, kiyinish madaniyatiga rioya etish hamda darslarga muntazam qatnashishning ahamiyati tushuntirildi.
Tartib-intizom — sifatli ta’lim va yuksak natijalarning muhim omilidir.
Karmana tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi matbuot xizmati
‼️‼️‼️
#Йил_ўқитувчиси
📣 “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqich sinov natijalari aniqlandi
✅ Xabaringiz bor, joriy yilning iyul oyida mamlakatimizning barcha hududlarida “Yil oʻqituvchisi” tanlovining uchinchi bosqich sinovlari boʻlib oʻtdi.
➖ Unda tanlovning ikkinchi bosqich natijalari boʻyicha saralab olingan 416 nafar talabgor pedagog oʻzaro bellashdi.
➖ Mazkur bahslarda nomzodlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyat taqdimoti 20 ball hamda kitobxonligi kitobxonlik boʻyicha test asosida 80 ballik tizim asosida baholandi. Taqdimot hamda test sinovlari yuzasidan baholash natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar murojaatlari apellyatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, nomzodlarning natijalari o‘zgarishsiz qoldirildi.
🔹 Tanlovning uchinchi bosqich natijalari pedagoglarning pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlariga yuborilgan.
❗️Tanlov g‘oliblari tog‘risida ma’lumotlar vazirlikning rasmiy kanallari orqali e’lon qilinadi.
👉 Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan, har bir tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻolib pedagoglar bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🌱 AGRAR TA’LIM KOOPERATSIYASI DOIRASIDA VARIATIV SINF
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-son qarori 4-bandining “a” kichik bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyati Karmana tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026/2027-o‘quv yilida 10–11-sinf o‘quvchilari uchun kimyo-biologiya fanlaridan variativ sinf tashkil etildi.
Mazkur sinfda dars mashg‘ulotlari zamonaviy va yangicha yondashuvlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilarning tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🎯 Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi — agrar ta’lim kooperatsiyasini rivojlantirish, o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda kelgusida agrar yo‘nalishdagi kasblarga tayyorlashdan iborat.
+6
🌱 AGRAR TA’LIM KOOPERATSIYASI DOIRASIDA VARIATIV SINF
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-apreldagi PQ-135-son qarori 4-bandining “a” kichik bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyati Karmana tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026/2027-o‘quv yilida 10–11-sinf o‘quvchilari uchun kimyo-biologiya fanlaridan variativ sinf tashkil etildi.
Mazkur sinfda dars mashg‘ulotlari zamonaviy va yangicha yondashuvlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilarning tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🎯 Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi — agrar ta’lim kooperatsiyasini rivojlantirish, o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda kelgusida agrar yo‘nalishdagi kasblarga tayyorlashdan iborat.
Karmana tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi matbuot xizmati
📣 “Kelajak soati” doirasida "Ustozga ehtirom" nomli videoroliklar tanlovida ishtirok eting!
👥 Tanlovga loyihaga qiziqqan barchani taklif etamiz.
Siz o‘z kasbiga fidoyi, shogirdlari qalbiga yo‘l topa oladigan, ta’lim va tarbiya yo‘lida munosib hissa qo‘shayotgan ustoz va murabbiylar faoliyati va ularning jamiyatdagi munosib o'rnini videoroliklar orqali yoritishni istaysizmi? Unda ushbu tanlov aynan Siz uchun!📩 Tayyorlagan videolaringizni @kelajak_soati_tanlov_bot orqali yuboring. 🏆 G‘oliblar munosib taqdirlanadi va ularning materiallari respublika miqyosida e’lon qilinadi! 🚀 Sizning g‘oyangiz navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘ulotiga asos bo‘lishi mumkin! 📱 Telegram 🎬 Youtube 📱Instagram 🌐 Veb-sayt
Repost from MMTV | Dilfuza Sobirova
Таълимдаги ислоҳотлар ўз самарасини бермоқда!
Буни ёз охирида кўтарилалиган ғалвирдан яъни инфографикалардан кўришингиз мумкин.
Давоми вазирлик саҳифаларида.
+8
#Forum
#Fotoreportaj
⏰ PISA 2025: O‘zbekistonlik o‘quvchilar natijalari 82 ballga yaxshilandi
✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) hamkorligida Taʼlim forumi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori Yuliya Risyukova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, OECD tashkilotining Ta'lim siyosati bo'yicha tahlilchisi Yuri Belfali, xorijiy hamkor tashkilotlar vakillari va mas’ullar ishtirok etishdi.🔹 Tadbir davomida O‘zbekistonning PISA 2025 bo‘yicha asosiy natijalarini xolis va metodologik jihatdan to‘g‘ri taqdim etish, PISA 2022 va PISA 2025 natijalari dinamikasini tahlil qilish, xalqaro qiyoslar, kompetensiya darajalari va ta’lim natijalariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar muhokama qilinadi. 🔰 Ta’kidlash joiz, har 3 yilda bir marta bo’ladigan ushbu xalqaro tadqiqotda joriy yilda 91 mamlakat va ta'lim tizimi ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston 48-o’rinni egalladi. 🌐 BATAFSIL
Bizni kuzating:❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
—
Состоялась церемония награждения Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева высшей государственной наградой Сербии – Орденом Республики Сербия на Большой цепи.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #mukofot
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Oliy darajada O‘zbekiston – Serbiya muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
—
Состоялись узбекско-сербские переговоры на высшем уровне.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi.
—
Cостоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Республики Сербия Александра Вучича в формате «тет-а-тет» и с участием официальных делегаций.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #muzokaralar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
PISA 2025: O‘zbekiston o‘quvchilari natijalarida ijobiy o‘zgarish!
O‘zbekistonlik o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha natijalarida sezilarli o‘sish qayd etildi.
PISA 2025 tadqiqotida 2-daraja bazaviy daraja hisoblanadi. Bu daraja o‘quvchining kundalik hayotda zarur bo‘lgan asosiy bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olishini anglatadi.
🔺Bazaviy daraja va undan yuqori natija ko‘rsatganlar:
2022-yil — 19%
2025-yil — 65%
📤Bu esa 46 foiz o‘sish demakdir.
↗️Raqamlar o‘quvchilarning bazaviy ilmiy bilim va ko‘nikmalarni egallash darajasi sezilarli yaxshilanganini ko‘rsatmoqda.
🇺🇿PISA 2025 natijalari — O‘zbekiston ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim ko‘rsatkichlaridan biridir.
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
+8
“KELAJAK MARKAZLARI” FAOLIYATI: USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI
Bugun Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida Navoiy viloyati “Kelajak markazi”ning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Respublika “Kelajak markazi” direktori Indira Xoldorova, viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, viloyat hamda tuman (shahar) “Kelajak markazlari” mas’ullari va umumta’lim maktablarining maktab maslahatchilari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishning asosiy maqsadi — “Kelajak markazlari” faoliyatini hududlarda samarali tashkil etish, maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ularning qiziqish va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish hamda yoshlarni turli to‘garak va loyihalarga keng jalb etish bo‘yicha vazifalarni belgilab olishdan iborat.
Shuningdek, yig‘ilishda joylarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish, maktab maslahatchilari faoliyatini yanada takomillashtirish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Telegram | Facebook
‼️‼️‼️
🔺 PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi — O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi?
Ta’lim forumi doirasida OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman e’lon qilindi.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba qatnashdi.
Mamlakatimizdan xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi tadqiqotda ishtirok etdi.
❗️Tabiiy fanlar bo‘yicha
O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.
↗️ Taqqoslash uchun, PISA 2022da tabiiy fanlar bo‘yicha natija 355 ball va 80-o‘rinni tashkil etgan. Shu tariqa, 2025-yilda natija qariyb 83 ballga oshgan.
💻 Raqamli dunyoda o‘rganish bo‘yicha:
O‘zbekiston o‘quvchilari 402,4 ball qayd etib, 72-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, PISA 2025da asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. Matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda.
📊 Ma’lumot o‘rnida: PISA 2025 Xalqaro tadqiqotida 91 ta davlat va ta’lim tizimi ishtirok etdi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
