Imtiyoz.uz
Open in Telegram
Hamkor: @Talim_huquqi Facebook: https://www.facebook.com/imtiyozuz Instagram: https://www.instagram.com/imtiyozuz
Show more756
Subscribers
No data24 hours
-67 days
-1630 days
Posts Archive
756
⚡️Fuqarolarga to‘lanadigan bolalar nafaqasi, moddiy yordam, yoshga doir hamda nogironlik nafaqalarining yangilangan miqdorlari
🇺🇿 @imtiyozuz
756
#Bilasizmi
⚡️Kafil bo'lib to'lagan pulingizni sud orqali qaytarib olishingiz mumkin
Ko'pchilik kafil bo'lishni oddiy ish deb o'ylaydi, lekin aslida kafillik — bu to'liq huquqiy javobgarlikni o'z zimmangizga olish degani, ya'ni siz qarzdor bilan bir xil darajada bank oldida javobgar hisoblanasiz.
Agar qarzdor kreditni to'lamasa, bank barcha summani bevosita sizdan ham talab qilish huquqiga ega, chunki siz shartnomada “u to'lamasa, men to'layman” deb rasman rozilik bildirgan bo'lasiz.
☑️ Endi eng muhim joyi shundaki, agar siz qarz uchun pul to'lab bersangiz, bu pul “yo'qoldi” degani emas, aksincha qonun sizga o'sha mablag'ni qarzdordan qaytarib olish huquqini beradi.
☑️ Jumladan, Fuqarolik kodeksining 295-moddasiga ko'ra, kafil o'z hisobidan to'lagan pullarini, ko'rilgan zararlarni va hatto sud xarajatlarini ham qarzdordan undirish huquqiga ega, ya'ni siz bankka to'laganingizdan keyin o'sha qarzdorga nisbatan qonuniy talab qo'yish huquqi sizga o'tadi va bu amalda siz to'lagan summani tasdiqlovchi hujjatlar bilan sudga murojaat qilib, uni qarzdordan qaytarib olishingiz mumkinligini anglatadi.
❗️Shu bilan birga, sud orqali nafaqat asosiy qarzni, balki qo'shimcha sarf-xarajatlarni ham undirish imkoniyati mavjud, ya'ni davlat boji, yo'l xarajatlari va boshqa kredit to'lash uchun sarflaringizni ham qo'shib talab qilishingiz mumkin.
🇺🇿 @imtiyozuz
756
#Pensiya | #imtiyoz
❓Nogironligi bo'lgan bolaning onasi uchun pensiyaga chiqishda qanday imtiyozlar bor?
🔍 Savolning javobi bilan batafsil videorolik orqali tanishishingiz mumkin.
🇺🇿 @imtiyozuz
756
#pensiya | #imtiyoz
❓Uy bekalari ham pensiyaga chiqishlari mumkinmi?
👉 Qonunchilikka muvofiq, bugungi kunda jismoniy shaxs mehnatga haq to'lash tarzidagi o'z daromadlaridan turmush o'rtog'i uchun ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq to'lashi mumkin.
✅ Mazkur ijtimoiy soliq to'langan davr turmush o'rtog'i uchun ish stajiga hisobga olinadi.
🔍 Batafsil videorolik orqali tanishishingiz mumkin.
🇺🇿 @imtiyozuz
756
#pensiya | #imtiyoz
❓Erkaklar 58 yoshdan, ayollar 53 yoshdan muddatidan oldin pensiyaga chiqish tartibi qanday? Bunda nimalarga e'tibor berish kerak?
🔍 Savolning javobi bilan batafsil videorolik orqali tanishishingiz mumkin.
🇺🇿 @imtiyozuz
756
🎖️ “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni ta’sis etildi
Esdalik nishoni bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudrati va salohiyati, jahon maydonidagi nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan, o‘zining ko‘p yillik fidokorona mehnati, yuksak kasbiy mahorati va ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki bilan el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan vatandoshlarimiz taqdirlanadi.
🇺🇿 @imtiyozuz
756
❗️O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi
Prezident farmoniga asosan, 1-iyuldan:
➖ pensiyalar, nafaqalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari 7 foizga oshiriladi;
➖ yoshga doir eng kam pensiya miqdori 983 ming so‘mga, nogironlik pensiyasining eng kam miqdori 1 mln 83 ming so‘mga yetkaziladi;
➖ pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 504 ming so‘m etib belgilanadi.
🗓 1-sentyabrdan:
➖ byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar 7 foizga oshiriladi;
➖ mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 1 mln 360 ming so‘m etib belgilanadi;
➖ bazaviy hisoblash miqdori 440 ming so‘mni tashkil etadi.
🇺🇿 @imtiyozuz
756
⚡️Ertaga barcha idoralarida ish vaqti 10:00 dan boshlanadi
Prezident SHavkat Mirziyoev 18 iyun kuni barcha davlat tashkilotlarida ish vaqtini soat 10:00 da boshlanishini belgilab berdilar — Prezident matbuot kotibi SHerzod Asadov.
Eslatib o'tamiz, ertaga O'zbekiston JCH-2026da tarixiy uchrashuv Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 07:00da boshlanadi.
YAQINLARGA GRUPPALARGA TASHAB QO'YING
🇺🇿 @imtiyozuz
756
⚡️Eski mashinalar egalari har yili 12,3 mln so’mdan ekologik kompensatsiya to’lashi mumkin
Muhokamaga qo’yilgan Prezident qarori loyihasiga ko’ra, O’zbekistonda eskirgan transport vositalarini utilizatsiya qilish boshlanadi:
🗓️ 2026-yildan boshlab — yengil avtomobillar;
🗓️ 2027-yildan boshlab — mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk mashinalari;
🗓️ 2030-yildan boshlab — barcha turdagi g’ildirakli transport vositalari.
💰 2027-yil 1-yanvardan boshlab esa ishlab chiqarilganiga 30 yil va undan oshgan transport vositalari egalari har yili BHMning 30 baravari (12 mln 360 ming so’m) miqdorida ekologik kompensatsiya to’laydi.
🚗 Eski mashinalarini topshirganlarga esa pul yoki vaucher taqdim etiladi. Vaucher orqali yangi mashinalarni chegirma bilan yoki bo’lib-bo’lib to’lashga xarid qilish mumkin bo’ladi.
🇺🇿 @imtiyozuz
756
💵 Ertaga, 1-iyundan boshlab mehmonxona va umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogol hamda tamaki mahsulotlarini sotishda naqd pul qabul qilishga ruxsat beriladi.
🇺🇿 @imtiyozuz
756
⚡️Elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari tasdiqlandi.
🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan 2026 yil 1 iyundan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari tasdiqlandi.
Unga ko'ra, yuridik shaxslar (I va II guruh) hamda IV guruh iste'molchilari uchun elektr energiyasining 1 kVt soati 1 100 so'm, tabiiy gaz esa barcha iste'molchilar uchun 2 000 so'm (AGTKSHlar uchun 2 750 so'm) etib belgilandi.
Aholi (III guruh) uchun tabaqalashtirilgan tariflar va ijtimoiy norma tizimi saqlab qolindi:
Elektr energiyasi (oyiga 200 kVts gacha): maishiy iste'molchilarga — 650 so'm, markazlashgan elektr plitali uylarda — 325 so'm.
Tabiiy gaz (limit doirasida): isitish mavsumida 500 kub metrgacha, boshqa mavsumlarda 100 kub metrgacha — 1 100 so'm.
🇺🇿 @imtiyozuz
756
⚡️ Harbiylar uchun yangi imtiyozlar: Sanatoriyga yo’llanma va yiliga 41 mln so’mgacha yordam puli berilishi mumkin.
Deputatlar tomonidan qabul qilingan qonun loyihasiga ko’ra, harbiy xizmatdan bo‘shatilgan va xizmat yillari 20 yildan kam bo‘lmagan harbiy xizmatchilarga yiliga bir marotaba sanatoriy-kurortlarga 75 foizlik imtiyoz asosida yo‘llanma olish imkoniyati berilmoqda.
Shuningdek, baxtsiz hodisalardan zarar ko‘rgan yoki vafoti munosabati bilan harbiy xizmatchilarga yiliga bir marta BHMning 100 baravarigacha (41 mln 200 ming so‘m) miqdorda moddiy yordam berilishi mumkin bo’ladi.
🇺🇿 @imtiyozuz
756
#Bilasizmi
⚡️Kafil bo'lib to'lagan pulingizni sud orqali qaytarib olishingiz mumkin
Ko'pchilik kafil bo'lishni oddiy ish deb o'ylaydi, lekin aslida kafillik — bu to'liq huquqiy javobgarlikni o'z zimmangizga olish degani, ya'ni siz qarzdor bilan bir xil darajada bank oldida javobgar hisoblanasiz.
Agar qarzdor kreditni to'lamasa, bank barcha summani bevosita sizdan ham talab qilish huquqiga ega, chunki siz shartnomada “u to'lamasa, men to'layman” deb rasman rozilik bildirgan bo'lasiz.
☑️ Endi eng muhim joyi shundaki, agar siz qarz uchun pul to'lab bersangiz, bu pul “yo'qoldi” degani emas, aksincha qonun sizga o'sha mablag'ni qarzdordan qaytarib olish huquqini beradi.
☑️ Jumladan, Fuqarolik kodeksining 295-moddasiga ko'ra, kafil o'z hisobidan to'lagan pullarini, ko'rilgan zararlarni va hatto sud xarajatlarini ham qarzdordan undirish huquqiga ega, ya'ni siz bankka to'laganingizdan keyin o'sha qarzdorga nisbatan qonuniy talab qo'yish huquqi sizga o'tadi va bu amalda siz to'lagan summani tasdiqlovchi hujjatlar bilan sudga murojaat qilib, uni qarzdordan qaytarib olishingiz mumkinligini anglatadi.
❗️Shu bilan birga, sud orqali nafaqat asosiy qarzni, balki qo'shimcha sarf-xarajatlarni ham undirish imkoniyati mavjud, ya'ni davlat boji, yo'l xarajatlari va boshqa kredit to'lash uchun sarflaringizni ham qo'shib talab qilishingiz mumkin.
🇺🇿 @imtiyozuz
756
⚡️5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlarga imtiyozliy tavsiyanoma berish va o’qishga qabul tartibi bo’yicha ayrim savollarga javoblar.
❓Arizalar qanday yuboriladi va qancha muddatda?
✅ Mutaxassisligi bo'yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, biroq oliy ma'lumoti bo'lmagan xotin-qizlarga “Oila va xotin-qizlar qo'mitasi”ning tavsiyanomasini olish uchun arizalar 1-maydan 1-iyunga qadar qabul qilinadi.
❓Tavfsiyanoma qanday imtiyoz beradi?
✅ Ushbu tavsiyanoma davlat OTMlariga to'lov-kontrakt asosida o'qishga kirishda imtiyoz beradi.
❓Tavsiyanoma olish uchun qanday murojaat qilinadi?
✅ Tavsiyanoma olish uchun xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron ariza yuboriladi. Arizada yashab turgan yoki doimiy ro'yxatda bo'lgan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo'limi tanlanadi.
❗️Bunda ish staji my.mehnat.uz tizimi orqali, diplom esa diplom.edu.uz sayti orqali tasdiqlangan bo'lishi lozim.
❓Tavsiyanomaga ega xotin-qizlar o’qishga kirish uchun imtihon topshiradimi?
✅ Ha topshiradi, tavsiyanoma ega xotin-qizlarga alohida 500 ta kvotaga ajratiladi. Ushbu kvota uchun tavsiyanoma olgan barcha xotin-qizlar imtihonda ishtrok etishadi va belgilangan ballni to’plaganlar mandatda qattiy ketma-ketlikda 500 ta xotin-qizlar ro’yxati davlat qabul kamissiyasi tomonidan e’lon qilinadi.
❗️Eslatma: Bu imtiyoz maktabni tugatib o'rta ma'lumot bilan ishlayotganlarga emas, balki kollej yoki texnikumni tugatganlar uchun amal qiladi. Manba…
🇺🇿 @imtiyozuz
756
#Pensiya | #imtiyoz
❓Nogironligi bo'lgan bolaning onasi uchun pensiyaga chiqishda qanday imtiyozlar bor?
🔍 Savolning javobi bilan batafsil videorolik orqali tanishishingiz mumkin.
🇺🇿 @imtiyozuz
756
Repost from Ta'lim Huquqi
⚡️5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma berish va o’qishga qabul tartibi bo’yicha ayrim savollarga javoblar.
❓Arizalar qanday yuboriladi va qancha muddatda?
✅ Mutaxassisligi bo'yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, biroq oliy ma'lumoti bo'lmagan xotin-qizlarga “Oila va xotin-qizlar qo'mitasi”ning tavsiyanomasini olish uchun arizalar 1-maydan 1-iyunga qadar qabul qilinadi.
❓Tavfsiyanoma qanday imtiyoz beradi?
✅ Ushbu tavsiyanoma davlat OTMlariga to'lov-kontrakt asosida o'qishga kirishda imtiyoz beradi.
❓Tavsiyanoma olish uchun qanday murojaat qilinadi?
✅ Tavsiyanoma olish uchun xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron ariza yuboriladi. Arizada yashab turgan yoki doimiy ro'yxatda bo'lgan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo'limi tanlanadi.
❗️Bunda ish staji my.mehnat.uz tizimi orqali, diplom esa diplom.edu.uz sayti orqali tasdiqlangan bo'lishi lozim.
❓Tavsiyanomaga ega xotin-qizlar o’qishga kirish uchun imtihon topshiradimi?
✅ Ha topshiradi, tavsiyanoma ega xotin-qizlarga alohida 500 ta kvotaga ajratiladi. Ushbu kvota uchun tavsiyanoma olgan barcha xotin-qizlar imtihonda ishtrok etishadi va belgilangan ballni to’plaganlar mandatda qattiy ketma-ketlikda 500 ta xotin-qizlar ro’yxati davlat qabul kamissiyasi tomonidan e’lon qilinadi.
❗️Eslatma: Bu imtiyoz maktabni tugatib o'rta ma'lumot bilan ishlayotganlarga emas, balki kollej yoki texnikumni tugatganlar uchun amal qiladi.
🎓@Talim_huquqi
756
Repost from N/a
⚡️Bugun, 01.05.2026 yildan boshlab mutaxassisligi bo'yicha kamida 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar bakalavriat ta’lim yo’nalishiga alohida kvota asosida hujjat topshirishi mumkin.
📨 Arizalar 1-iyungacha xotin-qizlar.uz sayti orqali qabul qilinadi.
👨🏫 @Domlajonuz
756
#pensiya | #imtiyoz
❓Uy bekalari ham pensiyaga chiqishlari mumkinmi?
👉 Qonunchilikka muvofiq, bugungi kunda jismoniy shaxs mehnatga haq to'lash tarzidagi o'z daromadlaridan turmush o'rtog'i uchun ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq to'lashi mumkin.
✅ Mazkur ijtimoiy soliq to'langan davr turmush o'rtog'i uchun ish stajiga hisobga olinadi.
🔍 Batafsil videorolik orqali tanishishingiz mumkin.
🇺🇿 @imtiyozuz
756
#pensiya | #imtiyoz
❓Erkaklar 58 yoshdan, ayollar 53 yoshdan muddatidan oldin pensiyaga chiqish tartibi qanday? Bunda nimalarga e'tibor berish kerak?
🔍 Savolning javobi bilan batafsil videorolik orqali tanishishingiz mumkin.
🇺🇿 @imtiyozuz
756
⚡️“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2026-yil 1-ochiq stipеndiya tanlovi uchun arizalar qabuli davom etmoqda
Jamg‘arma tomonidan 500 ta kvota ajratilgan. Xususan:
🔹 bakalavriat – 167 ta;
🔹 magistratura – 232 ta;
🔹 doktorantura – 38 ta;
🔹 Prezident qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan — qoʻshimcha 63 ta.
📥 Nomzodlarning hujjatlari 24-aprelga qadar (shu kuni ham) onlayn platforma orqali 24/7 rejimida qabul qilinadi.
❗️Agar ma'lumot foydali bo'lgan bo'lsa, yaqinlaringizga ham yuborib qo'yishni unutmang🇺🇿 @imtiyozuz
