en
Feedback
NamDU Tibbiyot fakulteti

NamDU Tibbiyot fakulteti

Open in Telegram
1 033
Subscribers
+16924 hours
+2097 days
+26330 days

Data loading in progress...

Attracting Subscribers
September '26
September '26
+216
in 0 channels
August '26
+85
in 1 channels
Get PRO
July '26
+39
in 0 channels
Get PRO
June '26
+25
in 0 channels
Get PRO
May '26
+86
in 1 channels
Get PRO
April '26
+32
in 1 channels
Get PRO
March '26
+33
in 0 channels
Get PRO
February '26
+20
in 8 channels
Get PRO
January '26
+43
in 2 channels
Get PRO
December '25
+36
in 12 channels
Get PRO
November '25
+60
in 3 channels
Get PRO
October '25
+43
in 9 channels
Get PRO
September '25
+271
in 10 channels
Get PRO
August '25
+75
in 13 channels
Get PRO
July '25
+54
in 0 channels
Get PRO
June '25
+18
in 0 channels
Get PRO
May '25
+18
in 7 channels
Get PRO
April '25
+32
in 7 channels
Get PRO
March '25
+50
in 9 channels
Get PRO
February '25
+27
in 1 channels
Get PRO
January '25
+141
in 1 channels
Get PRO
December '24
+21
in 0 channels
Get PRO
November '24
+76
in 3 channels
Get PRO
October '24
+40
in 7 channels
Get PRO
September '24
+174
in 3 channels
Get PRO
August '24
+19
in 0 channels
Get PRO
July '24
+11
in 0 channels
Get PRO
June '24
+33
in 0 channels
Get PRO
May '24
+13
in 0 channels
Get PRO
April '24
+39
in 2 channels
Get PRO
March '24
+6
in 0 channels
Get PRO
February '24
+61
in 0 channels
Get PRO
January '24
+88
in 0 channels
Get PRO
December '23
+159
in 2 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
09 September+1
08 September+169
07 September+10
06 September+1
05 September+3
04 September+11
03 September+15
02 September+5
01 September+1
Channel Posts
#Bilasizmi #Rahbariyat Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakulteti rahbariyati bilan tanishing: Abdullayev G‘ofurjon Raxi
#Bilasizmi #Rahbariyat Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakulteti rahbariyati bilan tanishing: Abdullayev G‘ofurjon Raximjanovich — Tibbiyot fakulteti dekani, professor. Ubaydullayeva Navruza Ne’matjonovna — Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, PhD, dotsent. Jo‘rayev Baxtiyor Sobirjonovich — o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, dotsent. Mirzaolimov Mirzohid Mirzavaliyevich — Umumtibbiy fanlar kafedrasi mudiri, PhD, dotsent. Abdullayev Ulug‘bek Ubaydullayevich — Tibbiyot fakulteti Xirurgik fanlar kafedrasi mudiri, t.f.n. Tillabayeva Dilnoza Muradovna — Terapevtik fanlar kafedrasi v.v.b. kafedra mudiri, PhD, dotsent. Najimov Akmaljon Usmonjonovich — Anatomiya va fiziologiya kafedrasi mudiri, PhD, dotsent. Qoziraximova Nargiza Qodirjanovna — Tibbiyot fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi. Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakulteti Axborot xizmati

2
#Ochilish Namangan davlat universitetida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tantanali bayram tadbirlari bo‘lib o‘t+9
#Ochilish Namangan davlat universitetida yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tantanali bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda Bugun, 7-sentyabr kuni Namangan davlat universitetining Iqtisodiyot hamda Tibbiyot fakulteti o‘quv binosida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Davron Dehqonov, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, ularning ota-onalari hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbir yangi o‘quv yilining boshlanishi, ezgu maqsad va ulkan rejalar sari yangi qadam sifatida alohida ahamiyat kasb etdi. Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng Namangan davlat universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Davron Dehqonov tadbirni tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Prorektor o‘z so‘zida yangi o‘quv yilidagi muhim vazifalar, ta’lim sifatini oshirish va talabalar uchun munosib ta’lim muhitini yaratish masalalariga to‘xtaldi. Shuningdek, talaba-yoshlarni yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish va o‘z ustida muntazam ishlashga chorladi. Fakultet dekanlari ham so‘zga chiqib, yangi o‘quv yilida talabalarga omad va muvaffaqiyat tilaklarini bildirdi. Tadbir davomida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida yuqori natijalarni qayd etib, Namangan davlat universitetiga talabalikka tavsiya etilgan bir guruh iqtidorli yoshlarga universitet rektorining tashakkurnomalari topshirildi. Ayni paytda Namangan davlat universitetining boshqa o‘quv binolarida ham 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar davom etmoqda. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
339
3
#Bilasizmi #Joylashuv TA’LIM YO‘NALISHLARI BO‘YICHA BINOLAR JOYLASHUVI — 2026/2027-O‘QUV YILI 👍 2026/2027-o‘quv yilida Naman+1
#Bilasizmi #Joylashuv TA’LIM YO‘NALISHLARI BO‘YICHA BINOLAR JOYLASHUVI — 2026/2027-O‘QUV YILI 👍 2026/2027-o‘quv yilida Namangan davlat universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabalikka tavsiya etilgan aziz abituriyentlar hamda yuqori bosqich talabalari! Yuqoridagi rasmdada 2026/2027-o‘quv yilida ta’lim yo‘nalishlarining qaysi o‘quv binosida joylashgani haqida ma’lumot berilgan. Ta’lim yo‘nalishlari biriktirilgan o‘quv binolarida kunduzgi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha dars mashg‘ulotlari tashkil etiladi. Namangan davlat universitetining o‘quv binolari manzillari: ➡️ Davlatobod tumani, Tadbirkor MFY, Yangi shahar ko‘chasi, 30-uy manzilida joylashgan o‘quv binosi; 📍 O‘quv binosining geolokatsiyasi: Yozuv ustiga bosing. ➡️ Namangan shahri, Boborahim Mashrab ko‘chasi, 5-uy manzilida joylashgan o‘quv binosi; 📍 O‘quv binosining geolokatsiyasi: Yozuv ustiga bosing. ➡️ Namangan shahri, Boburshoh ko‘chasi, 130-uy manzilida joylashgan o‘quv binosi; 📍 O‘quv binosining geolokatsiyasi: Yozuv ustiga bosing. ➡️ Namangan shahri, Boburshoh ko‘chasi, 161-uy manzilida joylashgan o‘quv binosi. 📍 O‘quv binosining geolokatsiyasi: Yozuv ustiga bosing. Eslatib o‘tamiz: 2026/2027-o‘quv yili 1-bosqich talabalari uchun 7-sentyabrdan, 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun esa 14-sentyabrdan boshlanadi. Barcha talabalarga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat tilaymiz! Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
315
4
#SavolJavob 🎓Ta’lim krediti: talabalardan eng ko‘p berilgan savollarga javob Ta’lim krediti bo‘yicha ko‘p kelib tushayotgan
#SavolJavob 🎓Ta’lim krediti: talabalardan eng ko‘p berilgan savollarga javob Ta’lim krediti bo‘yicha ko‘p kelib tushayotgan savollarni bir joyga jamladik. 👇 ❓ Ta’lim krediti kimlarga beriladi? ❓ 1-kurs talabasi qancha miqdorda ta’lim krediti olishi mumkin? ❓ 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun kredit miqdori qancha? ❓ Ta’lim krediti qaysi ta’lim shakllariga beriladi? ❓ Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun ta’lim krediti olish mumkinmi? ❓ Qaysi ta’lim tashkilotlari talabalari ta’lim krediti olishi mumkin? 🎥 Agar sizda ham shu savollardan biri bo‘lsa, videoni albatta ko‘ring Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
641
5
#Eʼlon #Rasmiy #Kontrakt #Shartnoma Bazaviy va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun arizalarni rasmiylashtirish boshlandi
#Eʼlon #Rasmiy #Kontrakt #Shartnoma Bazaviy va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun arizalarni rasmiylashtirish boshlandi Namangan davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili qabuli doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt hamda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadigan abituriyentlar uchun arizalarni rasmiylashtirish boshlandi. Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan, shuningdek, belgilangan mezonlarga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin bo‘lgan abituriyentlar arizalarni kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda rasmiylashtirishlari mumkin. Abituriyent tomonidan rasmiylashtirilgan ariza oliy ta’lim muassasasi Qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Shundan so‘ng, abituriyent uchun QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi. Tasdiqlangan to‘lov-shartnomasini platformadan yuklab olish hamda unda belgilangan to‘lovlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish so‘raladi. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook |  Instagram | YouTube
592
6
#Mustaqillik35 #Ochilish_marosimi Namangan davlat universitetida “Mustaqillikning 35 yilligi” nomidagi ikkita yangi talabalar
#Mustaqillik35 #Ochilish_marosimi Namangan davlat universitetida “Mustaqillikning 35 yilligi” nomidagi ikkita yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook |  Instagram | YouTube
451
7
#Mustaqillik35 #Tabrik Namangan davlat universiteti rektorining mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bay
#Mustaqillik35 #Tabrik Namangan davlat universiteti rektorining mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi Assalomu alaykum, qadrli hamkasblar, muhtaram ustozlar va aziz talaba-yoshlar! Barchangizni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz ayyomi — Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ 35 yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman! Yurtimizda hamisha tinchlik va barqarorlik hukm sursin, xalqimiz farovon, oilalarimiz qut-barakali, farzandlarimiz baxtli bo‘lishsin! Mustaqillik — bu avvalo milliy g‘urur va o‘zligimizni anglash, qadriyatlarimiz va muqaddas an’analarimizning qaytarib berilishi, ilm va taraqqiyot yo‘lidagi buyuk parvozimizdir. Bugun erkin va ozod Vatanimizda milliy istiqlol bayrami butun mamlakatimiz bo‘ylab yuksak kayfiyat va baland ruh bilan nishonlanmoqda. Bu yilgi qutlug‘ bayramimizni barchamiz katta shodiyona bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan hayotbaxsh va ulug‘vor shior ostida kutib olmoqdamiz. Zero, hurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q”. Mana shunday yuksak vazifalar va ulug‘vor g‘oyalar bilan yashab, sidqidildan mehnat qilayotgan jamoamiz tufayli oliygohimizda ulkan o‘zgarishlar va muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritilmoqda. Bugungi kunda Namangan davlat universitetida ilmiy salohiyatning izchil oshib borayotgani, zamonaviy standartlarga mos ravishda barpo etilayotgan yangi binolar, talabalar turar joylari hamda eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan ilmiy-o‘quv laboratoriyalarining qurilib, foydalanishga topshirilayotgani — muqaddas istiqlolimiz bergan buyuk imkoniyatlar hamda muhtaram Prezidentimizning oliy ta’lim sohasida olib borayotgan oqilona siyosatining yaqqol amaliy namunasidir. Universitetimiz ravnaqi, ilm-fan rivoji va Vatanimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash yo‘lida qilayotgan har bir fidokorona mehnatingiz va jasoratingiz uchun barchangizga chuqur minnatdorchilik bildiraman.   Sizlarni va oila a’zolaringizni muqaddas bayram — O‘zbekiston mustaqilligining 35 yillik shodiyonasi bilan yana bir bor samimiy tabriklayman!   Xonadonlaringizga doimo tinchlik-omonlik, dasturxonlaringizga baraka, mas’uliyatli va sharafli ilmiy hamda pedagogik faoliyatingizga yuksak zafarlar yor bo‘lsin! Jonajon Vatanimiz tinch, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Boshlanayotgan yangi 2026/2027-o‘quv yili jamoamiz uchun yanada yuksak marralarni zabt etish, yanada ulug‘vor reja-maqsadlarni amalga oshirish, yanada ko‘proq yutuq va muvaffaqiyatlarga erishish yili bo‘lsin!   Abdugʻaffor Qirgʻizboyev Namangan davlat universiteti rektori Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook |  Instagram | YouTube
489
8
#Magistratura2026 #Tahrirlash ⚠️ ESLATMA! ⚡️ Bugun soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni t
#Magistratura2026 #Tahrirlash ⚠️ ESLATMA! ⚡️ Bugun soat 14:00 ga qadar magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasiga my.edu.uz orqali ariza yuborgan va arizasi turli kamchiliklar sababli rad etilgan talabgorlarga bugun, 26-avgust kuni soat 14:00 ga qadar arizasini qayta tahrirlash imkoniyati berilgan. ❗️Aniqlangan kamchiliklar shu muddatgacha bartaraf etilishi lozim. Soat 14:00 dan so‘ng arizalarni tahrirlashga imkoniyat berilmaydi. ☝️ Muhim: talab darajasidagi xorijiy til sertifikati mavjud emasligi yoki sertifikat talabga javob bermaganligi sababli rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash tavsiya etilmaydi. Bunday arizalar qayta topshirilgan taqdirda ham ko‘rib chiqilmaydi. 📲 Arizani tahrirlash: my.edu.uz Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
658
9
https://www.instagram.com/reel/DcTiS27uiBK/?igsi=MXA1OXkza2gxbGVrYw==
1
10
#Grant2026 #Rasmiy ⚡️ Ta’lim grantlarini qayta taqsimlash natijalari e’lon qilindi! Namangan davlat universitetida kunduzgi t
#Grant2026 #Rasmiy ⚡️ Ta’lim grantlarini qayta taqsimlash natijalari e’lon qilindi! Namangan davlat universitetida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2- va 3-bosqich hamda magistratura mutaxassisliklarining 2-bosqich talabalari uchun 2026/2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov natijalari e’lon qilindi. Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablariga muvofiq tashkil etilib, talabalarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda ijtimoiy faolligi asosida amalga oshirildi. Talabalar quyidagi ro‘yxat orqali 2026/2027-o‘quv yilida ta’lim granti asosida tahsil olish huquqiga ega bo‘lganliklari bilan tanishishlari mumkin. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari Magistratura mutaxassisliklari Namangan davlat universiteti — bu ilm, tafakkur, yangilik va orzular sari dadil qadam! Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook |  Instagram | YouTube
680
11
#Tavsiya #Abituriyent2026 📢 Super-kontrakt narxini qanday hisoblaysiz? 🔔 Siz 2 ta toifadan qaysi biriga taalluqli ekanligin
#Tavsiya #Abituriyent2026 📢 Super-kontrakt narxini qanday hisoblaysiz? 🔔 Siz 2 ta toifadan qaysi biriga taalluqli ekanligingizni ham aniqlab olishingiz kerak. 1️⃣ 1-toifa: Kirish chizigʼiga 4,05 ballgacha yetmay qolgan abiturientlar 🌐 Bunda toʻlov-kontrakt miqdori amalda oʻrnatilgan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi: 🟢1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari; 🟢1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari; 🟢2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari; 🟢3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari. 2️⃣ 2-toifa: Kirish chizigʼiga 4,05 balldan ortiq yetmay qolgan va 56,7 yoki undan ortiq ball toʼplaganlar: 👫 Qabul chegaralariga 4,06 va undan ortiq ball yetmagan, ammo 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari oliy ta’lim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy to‘lov-kontraktning 3,0 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. Namangan davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari ta’lim yo‘nalishlari kesimida bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,5; 4; 5; 5,5; 7 va 10 barobari etib belgilandi. ❗️MUHIM! O‘tish baliga 4,05 balldan ortiq yetmay qolgan hamda 56,7 balldan yuqori ball to‘plagan talabgorlar uchun tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdori bir xil tartibda belgilanadi. Ya’ni, talabgorga o‘tish baliga 5 ball yoki 50 ball yetmay qolganidan qat’i nazar, belgilangan shartlarga muvofiq bir xil miqdordagi to‘lov-kontrakt qo‘llaniladi. 📩 Fayl ko‘rinishida yuklab olish ✅ Call markaz raqami: +998692395006 🏪 Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha Namangan davlat universiteti — bu ilm, tafakkur, yangilik va orzular sari dadil qadam! Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
734
12
#Tavsiya ⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! 👍 2026/2027-o‘quv yilida Namangan davlat universitetiga tal
#Tavsiya ⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! 👍 2026/2027-o‘quv yilida Namangan davlat universitetiga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlardan quyidagi hujjatlarni oldindan tayyorlab qo‘yish so‘raladi. 📌 Taqdim etiladigan hujjatlar: 1️⃣ my.uzbmb.uz shaxsiy kabinetidan olinadigan: Qayd varag‘i; Abituriyent ruxsatnomasi; Javoblar varaqasi 📄1 nusxadan 2️⃣ Ta’lim to‘g‘risidagi hujjat (11-sinf yoki o‘rta maxsus/kasb-hunar ta’limi diplomi, ilovasi bilan) — asli va 2 nusxa. 3️⃣ Pasport yoki ID-karta — asli ko‘rsatiladi va 4 nusxa. 4️⃣ Doimiy yashash manzili to‘g‘risida ma’lumotnoma — my.gov.uz orqali. 5️⃣ 3,5×4,5 sm fotosurat — 8 dona. 📸 6️⃣ Imtiyozga ega abituriyentlar uchun — imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat asli va 1 nusxasi. 7️⃣ Delo (skorosshivatel) — 1 dona. 8️⃣ A5 konvert — 2 dona. 9️⃣ Fayl list (multifora) — 1 dona. 1️⃣0️⃣ Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (mavjud bo‘lsa) asli; 💬 Mazkur hujjatlar o‘quv mashg‘ulotlari boshlanganidan so‘ng belgilangan muddatlarda tegishli mas’ullarga topshiriladi. Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook |  Instagram | YouTube
560
13
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Rasmiy ⚡️ Namangan davlat universitetida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari eʼlon qil+1
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Rasmiy ⚡️ Namangan davlat universitetida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari eʼlon qilindi 👍 Namangan davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili qabulida kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan (56,7 balldan kam bo‘lmagan) va o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun birinchi o‘quv yili amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatlari belgilandi. 📩 Fayl ko‘rinishida yuklab olish ❗Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) asosida talabalikka qabul qilinish talabaning butun ta’lim davri davomida aynan shu miqdorda to‘lovni amalga oshirishini anglatmaydi. 🔄 Talaba birinchi o‘quv yili davomida fanlarni puxta o‘zlashtirib, yuqori GPA ko‘rsatkichlariga erishishi hamda ijtimoiy faollikda munosib natijalarni qayd etishi orqali amaldagi tartib va belgilangan mezonlar asosida keyingi o‘quv yillarida davlat granti asosida tahsil olish uchun da’vogarlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. ❗️ESLATMA: Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) uchun arizalar kontrakt.edu.uz orqali onlayn qabul qilinadi. Tizim ishga tushirilishi haqida qo‘shimcha ma’lumot rasmiy sahifalarimizda e’lon qilinadi. ✅ Call markaz raqami: +998692395006 🏪 Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha Namangan davlat universiteti — bu ilm, tafakkur, yangilik va orzular sari dadil qadam! Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
313
14
⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi 2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi. Oliy ta’lim tashkilotlarida esa: ✅1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan; ✅2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi. 👉 @xushnudbek 👈
449
15
#Talabalarga #Joylashuv ❓ FAKULTETINGIZ JOYLASHUVINI BILASIZMI? 👍 2026/2027-o‘quv yili uchun Namangan davlat universitetinin
#Talabalarga #Joylashuv ❓ FAKULTETINGIZ JOYLASHUVINI BILASIZMI? 👍 2026/2027-o‘quv yili uchun Namangan davlat universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabalikka tavsiya etilgan aziz abituriyentlar! Talabalik hayotingizni boshlash arafasida universitetimiz fakultetlari va o‘quv binolarining joylashuvi bilan tanishib chiqing. 📍 Namangan shahridagi Boborahim Mashrab ko‘chasi 5-uy manzilida joylashgan o‘quv binosidagi fakultetlar hamda ularda o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari bilan yuqoridagi rasm orqali tanishishingiz mumkin. 📍 O‘quv binosining geolokatsiyasi: Yozuv ustiga bosing Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook |  Instagram | YouTube
627
16
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Rasmiy ⚡️ Namangan davlat universitetida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari eʼlon qil+1
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Rasmiy ⚡️ Namangan davlat universitetida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari eʼlon qilindi 👍 Namangan davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili qabulida kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan (56,7 balldan kam bo‘lmagan) va o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun birinchi o‘quv yili amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatlari belgilandi. 📩 Fayl ko‘rinishida yuklab olish ❗Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) asosida talabalikka qabul qilinish talabaning butun ta’lim davri davomida aynan shu miqdorda to‘lovni amalga oshirishini anglatmaydi. 🔄 Talaba birinchi o‘quv yili davomida fanlarni puxta o‘zlashtirib, yuqori GPA ko‘rsatkichlariga erishishi hamda ijtimoiy faollikda munosib natijalarni qayd etishi orqali amaldagi tartib va belgilangan mezonlar asosida keyingi o‘quv yillarida davlat granti asosida tahsil olish uchun da’vogarlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. ❗️ESLATMA: Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) uchun arizalar kontrakt.edu.uz orqali onlayn qabul qilinadi. Tizim ishga tushirilishi haqida qo‘shimcha ma’lumot rasmiy sahifalarimizda e’lon qilinadi. ✅ Call markaz raqami: +998692395006 🏪 Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha Namangan davlat universiteti — bu ilm, tafakkur, yangilik va orzular sari dadil qadam! Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
464
17
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Kechki #Masofaviy #Oʻtish_ballari 👍 Namangan davlat universiteti bakalavriatining kechki va mas
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Kechki #Masofaviy #Oʻtish_ballari 👍 Namangan davlat universiteti bakalavriatining kechki va masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari hamda ta’lim tillari kesimida 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘tish ballari bilan tanishing ✅ O‘tish ballari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz rasmiy veb-saytidan olingan ma’lumotlar asosida shakllantirildi. 📩 Fayl ko‘rinishida yuklab olish ✅ Call markaz raqami: +998692395006 🏪 Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha Namangan davlat universiteti — bu ilm, tafakkur, yangilik va orzular sari dadil qadam! Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
559
18
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Kunduzgi #Oʻtish_ballari 👍 Namangan davlat universiteti bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli+1
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Kunduzgi #Oʻtish_ballari 👍 Namangan davlat universiteti bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari hamda ta’lim tillari kesimida 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘tish ballari bilan tanishing ✅ O‘tish ballari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz rasmiy veb-saytidan olingan ma’lumotlar asosida shakllantirildi. 📩 Fayl ko‘rinishida yuklab olish ✅ Call markaz raqami: +998692395006 🏪 Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha Namangan davlat universiteti — bu ilm, tafakkur, yangilik va orzular sari dadil qadam! Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
508
19
#Ovozli_chat #Qabul2026 #Abituriyent2026 2026/2027-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! Namanga
#Ovozli_chat #Qabul2026 #Abituriyent2026 2026/2027-o‘quv yilida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! Namangan davlat universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun universitetning rasmiy Telegram kanalida maxsus ovozli chat boʻlib oʻtadi. Ovozli chat davomida yangi talabalar uchun muhim ma’lumotlar beriladi, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar taqdim etiladi hamda universitetdagi talabalik hayoti, o‘qishni boshlash jarayoni va zarur tashkiliy masalalar yuzasidan tushuntirishlar beriladi. 🏬 Ovozli chat vaqti: 16-avgust, soat 21:00 📍 Manzil: @namdu_xabarlari 🎙 Barcha talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni ovozli chatda faol ishtirok etishga chorlaymiz! Namangan davlat universiteti — bu ilm, tafakkur, yangilik va orzular sari dadil qadam! Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook |  Instagram | YouTube
477
20
#rasmiy_bayonot ⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! 2026/2027-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga
#rasmiy_bayonot ⚡️1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga! 2026/2027-oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilindi. Ma’lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyatiga ega. Hozirda 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Talabalar turar joyi” axborot tizimiga yuklash jarayoni olib borilmoqda. Shu sababli talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha ishga tushmagan. Mazkur texnik ishlar yakunlangach, 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi. Eslatma: reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan 1-bosqich talabalari uchun 55 — 65 foizgacha joy ajratiladi. 📞 Call-center: +998692395006 🏪Ish vaqti:09:00 dan 18:00 gacha Namangan davlat universiteti — bu ilm, tafakkur, yangilik va orzular sari dadil qadam! Namangan davlat universiteti Axborot xizmati Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: Veb-sayt| Facebook |  Instagram | YouTube
512