GLOBOGATE
Open in Telegram
O'zbekistonlik malakali hamshiralarni (o'rta tibbiyot xodimlari) Germaniya klinikalarida ishga joylashtirish, Germaniyada mehnat faoliyatini olib borishda ko'maklashish. Murojaat uchun: @Globogate009 @globogate_v @globogate_st @Globogate_Qabul
Show more5 925
Subscribers
-824 hours
-107 days
-10930 days
Posts Archive
5 925
Repost from Migratsiya agentligi
ЕВРОПА ШИФОХОНАЛАРИ ҚАНДАЙ МУТАХАССИСЛАРНИ ИЗЛАЯПТИ?
Миграция агентлиги ва «Penta Hospitals International» ҳамкорлигида Чехия ва Словакияда ишлаш истагидаги шифокорлар, олий маълумотли ҳамширалар ва тиббиёт оғалари учун иш берувчилар танлови бўлиб ўтди.
🎓 Танловдан кейинги қадам — тил ва касбий фаолиятга тайёргарлик.
Сараланган номзодлар «Интил» халқаро марказида хорижлик ўқитувчилар иштирокида уч ойлик чех ёки словак тили курсларида ўқийди. Ўқиш ва турар жой харажатларини Миграция агентлиги қоплайди, виза ҳужжатларини расмийлаштиришда амалий кўмак кўрсатади.
💶 Лойиҳа доирасида курсларни муваффақиятли тамомлаган шифокорларга 3 000 евродан, ҳамширалар ва тиббиёт оғаларига 2 000 евродан бошланувчи ойлик иш ҳақи таклиф этилмоқда.
🎥 Танлов қандай ўтди? Юртдошларимизни қандай имкониятлар кутмоқда? Батафсил — репортажимизда!
📢 Хабарни тарқатинг!
👉 @uzmigration
5 925
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Mustaqillik — xalqimizning erkinligi, taraqqiyoti va kelajakka bo‘lgan ishonchining timsolidir.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, turmushimiz farovon bo‘lsin. O‘zbekistonimiz yanada rivojlanib, yangi yutuq va marralarni zabt etaversin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🇺🇿
Hurmat bilan,
GLOBOGATE jamoasi.
5 925
Yaqinda ASKLEPIOS klinikasiga yetib borgan tibbiy og'amiz Azizillo Akbarov nemislarning mashhur Pfand tizimi haqida tayyorlagan video-hikoyani e'tiboringizga havola qilamiz.
"Germaniyada plastik butilka, banka va ayrim shisha idishlarni sotib olganda to‘lanadigan garov pulini (depozit) qaytarish tizimi.
Masalan:
🥤 Plastik idishli ichimlik sotib olasiz → uning narxiga qo‘shimcha 25 sent Pfand qo‘shiladi.
Butilkani bo'shatgach, supermarketdagi Pfandautomat'ga topshirasiz.
Uskuna butilkani qabul qiladi va sizga 25 sentlik kupon beradi.
Kassada kuponni berib, pulni chegirtirishingiz yoki pul ko'rinishida qaytarib olishingiz mumkin.
Misol: 32 ta butilka × 25 sent = 8 €.
Bu tizim orqali siz chiqindilarni qayta ishlash tizimiga hissa qo'shasiz va iqtisodiy foyda ham olasiz.."
@aziz_akbaroff
5 925
Qadrli do‘stlar!
O‘tgan haftada GLOBOGATE dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan navbatdagi hamshiralar va tibbiy og’alar guruhini Axen universitet klinikasiga kuzatib qo‘ydik.
Ularga omad, muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilaymiz! 🤍
5 925
Odatimizga ko'ra, avvalgi reysda klinikaga yetib borgan hamshiralarimiz yangi reysda boradigan hamshira hamkasblarini dasturxon bezab, kutib olishadi.
Yaxshi an'analarimiz bor bo'lsin! 😄
5 925
Kecha kuzatganimiz 15 nafar hamshira mutaxassislarimiz ASKLEPIOS klinikasiga yetib borishdi.
5 925
Germaniya klinikalari o'rta tibbiyot xodimlarida qanday fazilatlarni qadrlaydi? 🇩🇪👩🏻⚕️
Germaniyada ishlash uchun nafaqat kasbiy bilim va tajriba, balki mutaxassisning ishga bo‘lgan munosabati va shaxsiy fazilatlari ham muhim ahamiyatga ega.
Nemis ish beruvchilari, xususan klinikalar quyidagi fazilatlarni qadrlaydi:
✔️ Kasbiy intizom va mas’uliyat;
✔️ Nemis tilini yaxshi bilish – odatda kamida B2/C1 darajasida;
✔️ Punktuallik va tartiblilik;
✔️ Bemorlarga g'amxo'rlik va hamdardlik;
✔️ Jamoada ishlash qobiliyati;
✔️ Doimiy ravishda o‘z ustida ishlash va malaka oshirishga intilish.
Aynan shu fazilatlar Germaniyada yangi ish muhitiga tezroq moslashish, jamoaning bir qismiga aylanish va muvaffaqiyatli karyera qurishda muhim rol o‘ynaydi. 🇩🇪
GLOBOGATE dasturi esa sizga nemis tilini o‘rganishdan boshlab, Germaniyada ish boshlash va moslashishgacha bo‘lgan jarayonda mutlaqo bepul yordam beradi. ✈️
Batafsil ma’lumot olish uchun bizga ariza qoldiring. 🙌🏻
