en
Feedback
O'tkirbek Sobirov

O'tkirbek Sobirov

Open in Telegram

🔴 TEDx Speaker | YouTuber - Master of International Education 🇺🇿 Jahongashta o'zbek o'g'loni

Show more
578
Subscribers
No data24 hours
-17 days
+1130 days
Posts Archive
Andijon Davlat Chet Tillari Institutida o'qiydiganlar bormi? Yordamingiz kerak. Juda zarur

Boyvachcha "Chet elga ketvosang bo'ldi - pulni tagida qolasan!" "Oyiga $5000 topadikan!" Shu kabi gaplarni gapirganimizdan ha
Boyvachcha "Chet elga ketvosang bo'ldi - pulni tagida qolasan!" "Oyiga $5000 topadikan!" Shu kabi gaplarni gapirganimizdan hali chet el haqida umuman tasavvuri bo'lmagan yoshlarimizda xorijda hammasi oson bo'ladikan degan tushuncha paydo bo'pqolyapti. Quyida davlatlarga bo'lib, o'zbek talabalar qancha pul topishini yozib chiqaman: 1. Amerika - $2000-$5500 2. Kanada - $2000-$5000 3. Avstraliya - $4000-$6000 4. Yevropa - €750-€1800 5. Angliya - £1800-£3700 6. Janubiy Korea - $2500-$4000 7. Singapur - $1500-$2800 8. Turkiya - $700-$1500 Bizda oson-da! Birorta tanishimiz chetda bo'lsa, kuniga aytaylik $100 dollardan topsa, birpasta 30 kunga ko'paytirib, $3000 toparkan deb gapiramiz. Ha uyam odam, dam oladi, charchaydi. Kasal-pasal bo'pqolar. O'zini chiqimlari bordur. Qanaqa ishda ishlaydi deyish yo'q bizda. Faqat hisoblashni bilamiz. Musofirga osonmas. Keyin siz ham chetga chiqsam bo'ldi, pul oqib keladi degan gaplarga ishonmang! @srsobirov

Yer kurrasida 197 ta davlat bo'lsa ham ularning hammasi ham o'qish, yashash va ishlashga qulay emas. Men bu ro'yhatni quyidal
Yer kurrasida 197 ta davlat bo'lsa ham ularning hammasi ham o'qish, yashash va ishlashga qulay emas. Men bu ro'yhatni quyidalarga asoslangan holatda tuzdim: 1. Ta'lim sifati 2. Iqtisodiy rivojlanish 3. Migratsiya oqimi 4. Iqlim 5. Geologik yondashuv va boshqa kichik sabablar Ro'yhat 1. AQSH 2. Buyuk Britaniya 3. Kanada 4. Avstraliya 5. Yangi Zellandiya 5. Yaponiya 6. Singapur 7. Xitoy 8. Janubiy Korea 9. Fransiya 10. Italiya 11. Turkiya 12. Germaniya 13. Finlandiya 14. Niderlandiya 15. Lyuksemburg 16. Irlandiya 17. Shvetsiya 18. Shvetsariya 19. Daniya 20. Bolgariya 21. Belgiya 22. Slovakiya 23. Polsha 24. Latviya 25. Vengriya 26. Qozog'iston Bu ro'yhat aslida yanada qisqaradi. Lekin bu davlatlarning barchasida to'liq grant asosida o'qish imkoni borligi uchun shundayligicha qoldirdim. @srsobirov

Bugun yana bitta post bo'ladi. Bu post qaysi davlatlarda o'qish mumkin degan savolga javob bo'ladi. O'zbek talabalari uchun o'qishga, ishlashga qulay bo'lgan davlatlar juda kam. Premyera kechqurunga ) @srsobirov

Bugun chet eldagi o'zbek talabalari haqida bir haqiqatni aytib beraman. Bu post pul haqida bo'ladi, ya'ni o'zbek yoshlari chet elda qanday pul topishadi - aynan shu haqida. Premyera kechkipaytga ) @srsobirov

Bugun uydan o'qiyman deb chiqib ketganimda roppa-rosa 10 yil bo'libdi. Ashi paytda cho'ntagimda 20.000 ming so'm pul bor edi xolos. Shuncha yil tug'ilib o'sgan joyimdan uzoqda musofir bo'lib o'qidim, yashadim. Ba'zida qachon men ham o'zimning uyimda yashayman ekan degan savol boshni og'ritib qo'yadi. Hatto mahallamiz boshidagi bir aka meni chet ellik sayyoh deb o'ylagan: uyga kam borganligim uchun meni ko'rmagan-da! Bugun musofirchilikning 10 yillik yubileyini o'zim bilan o'zim nishonlayman ) Musofirlar tan-u jonilar sog' bo'lsin! @srsobirov

Talabalar ketib, Toshkent ko'chalari huvillab qolibdi. @srsobirov

Bugun soat 20:00 da Talaba Podcast loyihamizda ilk podcast premyera qilinadi. Ungacha kanalga obuna bo'lib turing: https://youtube.com/@TalabaPodcast @srsobirov

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh, Barchangizga Qurbon Hayit bayrami muborak bo'lsin! @srsobirov

Pul baxt olib keladimi? - Ha. Yoshlik paytida topilgan pul baxt olib kelishi mumkin ) @srsobirov

photo content

Yangilik Anchadan beri faqat talabalar uchun foydali bo'ladi oladigan loyiha ishlab chiqish niyatida yurgandim. Oxiri TalabaP
Yangilik Anchadan beri faqat talabalar uchun foydali bo'ladi oladigan loyiha ishlab chiqish niyatida yurgandim. Oxiri TalabaPodcast deb nomlangan loyihada to'xtadim. Bilasizlar, men Ziyo Forumda va Avlod Mediada loyihalar menejeri va kontentmeyker sifatida faoliyat yuritaman. Jamoamiz bilan TalabaPodcastning ilk ko'rsatuvini suratga oldik. Hozirda montaj jarayonlarini boshlaganmiz. Bugun esa TalabaPodcastning YouTubedagi ilk debyut videosi chiqadi: intro. Intro bugun premyera bo'ladi. Ungacha kanalga o'tib, a'zo bo'lib turing. Agar siz talaba bo'lsangiz, yoki talaba bo'lish istagida bo'lsangiz, xorijning eng zo'r oliygohlarida bepul o'qimoqchi bo'lsangiz, bizni kuzatib borish sizga katta yordam berishi aniq. YouTube kanalimiz linkini qoldiraman: https://youtube.com/@TalabaPodcast Loyiha katta masshtabli bo'ladi. Siz ham bunga o'z hissangizni qo'shing. Shaxsiy blogingiz bor bo'lsa, kichik e'lon tarzida shu postni qoldirsangiz ko'pchilikka foydangiz tekkan bo'ladi )) Rahmat katta! @srsobirov

SR 🖤 @srsobirov
SR 🖤 @srsobirov

Yana bir natija APG England loyihamiz o'quvchisi Javohir Ahmedov Londonda joylashgan Birkbeck, University of Londonga Interna
+1
Yana bir natija APG England loyihamiz o'quvchisi Javohir Ahmedov Londonda joylashgan Birkbeck, University of Londonga International Relations magistrlik dasturi bo'yicha o'qishga shartsiz ravishda qabul qilindi. Birkbeck, University of London QS reytinggida 343-o'rinda turadi. O'qish 2-oktabrdan boshlanadi. Javohir loyihamiz davomida Westminster University in London, London South Bank University ham ham qabul qilindi. Yaqin kunlarda Viza harakatlarini boshlaymiz. Agar siz ham qishki semestrda Londonda tahsil olishni istasangiz, @srbrands murojaat qiling. @srsobirov

Men hayotimda davomida, umuman, medal olmaganman. Singlimga doim ishonganman. Bugun tuman hokimligidan chaqirib, iqtidorli o'
Men hayotimda davomida, umuman, medal olmaganman. Singlimga doim ishonganman. Bugun tuman hokimligidan chaqirib, iqtidorli o'quvchilarni taqdirlashibdi. Singlim maktabni oltin medalga bitirdi. Eshitib juda xursand bo'ldim. Singlimning o'qishini hal qilishim uchun rejalarimni o'zgartirganman. U sifatli ta'lim olishi kerak. Boshqa qizlar ham. Singlimga ta'lim olishi uchun sistema tuzib berganman: til o'rganish, qaysi oliygohga kirish, to'g'ri kitoblarni tanlash va o'qish, odob, madaniyat, vaqt. Men erisha olmagan maqsadlarimga singlim erishadi. Va bu yo'lda men singlimga qayerda kerak bo'lsam, o'sha yerda hozir bo'laman. Qiyinchilik paydo bo'lsa, o'zim devor bo'laman; to'g'on bo'laman. Hayoti go'zal bo'lsin deb ko'p narsalardan kechganman. Ishonchimni oqlayotganing uchun rahmat, singlim. Cho'chima, akalaring bor! Muammolarni, qiyinchiliklarni tepalab, yapishtirib, yer bilan bitta qilib o'tib ketamiz! Oltin medal muborak, singlim! @srsobirov

Biznes - bu muammolarga yechim topish. Yaqin kelajakda quyidagi kasb, hunar va sohalar juda yaxshi rivojlanadi: 1. Onlayn ta'lim. Yaxshi daromad olib keladi. Til o'rganuvchilar uzoq joylarga borishni istamay qo'yishdi. Arzon narxlar hammaga yoqadi. Onlayn ta'limda ham o'qisa bo'ladikan deb psixologiya shakllandi yoshlarda. O'z sohasining ekspertlari dunyoning istalgan joyidan turib o'z o'quvchilarini topishayapti. Bu soha ,asosan, individual dars o'tuvchi ustozlarga mos keladi. 2. Yetkazib berish. Odamlar vaqti yo'qligidan yoki zaruriy paytlarda taom buyurtma qilishga o'rganib bo'lishdi. Endi bu soha jadallik bilan rivojlanadi. 3. Kafe, restoran, milliy taomlar. Insonlar moliyaviy erkinlikka erishish payidalar. Shu sabab ovqat pishirish uchun vaqtini ketkazishni istashmaydi. Bora-bora erinchoqlik sabab ular doimo yaxshi taomnomaga ega sifatli joylarni izlashadi va doimiy mijozga aylanishadi. Narxi unchalik muhim bo'lmaydi. 4. Mexaniklar. Elektromobillar, zamonaviy texnikalar yaqinda juda ko'payib ketadi. Zamonaviy avtolarni, ichki qurilmalarni tushunadigan kuchli mexaniklar, ustalar ,albatta, kerak. Uzoq kuttirib qo'ymay deb qisqaroq yozdim. Yana davomini yozishga harakat qilaman. Yoshlarga hammasini tavsiya etaman. @srsobirov

Bugun yaqin yillarda eng ko'p daromad topsa bo'ladigan kasb, soha va hunarlar haqida post yozaman. Agar eplay olsangiz, pul sizni quvlab yuradi ) @srsobirov

YouTube kanalimga yangi video joyladim. Talabalar uchun maxsus: https://youtu.be/ByYdb4Rh3Kw @srsobirov