en
Feedback
O'tkirbek Sobirov

O'tkirbek Sobirov

Open in Telegram

🔴 TEDx Speaker | YouTuber - Master of International Education 🇺🇿 Jahongashta o'zbek o'g'loni

Show more
578
Subscribers
No data24 hours
-17 days
+1130 days
Posts Archive
Hurmatli do‘stlar, Agar orangizda turli sohalarda yutuqlarga erishib kelayotgan yoki xorijda o‘qib qaytgan yoshlar bo‘lsa, sizlarni
Talaba Podcast
loyihamga taklif qilaman: https://youtube.com/@TalabaPodcast O‘zingiz haqingizda @srbrands ga ma'lumot yuboring. Ko‘rib chiqib, yana maslahat qilamiz. @srsobirov

3 soatdan keyin Toshkentga yo‘lga chiqaman. Bu safar uyda 23 kun qoldim. Ketish oson emas. Bolalikda biror joyga borsangiz, uyning qadri unchalik bilinmasligi mumkin. Lekin yosh o‘tgan sari uyga tortaverar ekan. Bu aafargi safarimda hamma narsani aniq qilib, Toshkentdagi ishlarimni tugatishga harakat qilaman. Katta ehtimol bilan Toshkentga qaytmaslikni o‘ylayapman. Keyinroq izohlar qismini yana ochaman. Gaplashamiz ) @srsobirov

🇺🇸
American Councils for International Education'da amaliyot
Talabalar uchun yaxshi imkoniyat. Tezroq topshirishni maslahat beraman. https://telegra.ph/Part-Time-Intern-Temporary-2-3-Month-Assignment-Tashkent-Uzbekistan-01-04 @srsobirov

Menga ko‘p narsalarni o‘rgatgan kitob. Xorijda o‘qish uchun eng zo‘r maslahatlar yozilgan.
By: Shahbozbek Dolimov @srsobirov

🇬🇧 Buyuk Britaniyada yozgi maktab
Haftasiga £250 stipendiya. ⏰: 19-yanvar, 2024 https://www.jic.ac.uk/training-careers/summer-schools/international-undergraduate/ @srsobirov

🇧🇷 Braziliyada liderlik dasturi
Grant beradi, lekin dedlayni yopilishi arafasida. Qiziqishga bo‘lsa ham topshirib ko‘ravering: tajriba uchun. www.wyse-ngo.org/ @srsobirov

2024-yilgacha Talaba Podcast obunachilarini 1000 taga yetkazsak degandim)
🇸🇪 Shvetsiya haqida podcast olganman. Ertaga Amerika haqida podcastni joylayman. Ungacha kanalga obuna bo‘lib, do‘stlaringizga ham yetkazib turing. https://youtube.com/@TalabaPodcast @srsobirov

Bu video men uchun katta ne'mat. Va menga asl maqsadlarimni eslatib turadi! @srsobirov

Toshkentdan zudlik bilan qaytdim. Uyoqdagi yashash joyim juda sovub ketdi. 1.5 oy uxlolmadim. Sovuqdan shamollab qoldim, yagona davo uyim va onajonim edi. Shunga hamma narsani tashlab uyga qaytdim, hozir davolanayapman uy sharoitida.
Hech qachon unutmayman: o‘z uying va oilang senga davo bo‘la oladi. Hech kim ona kabi senga mehribonlik ko‘rsatmaydi, qayg‘urmaydi.
Uyimda qayta tug‘ilgandek bo‘laman va quvvatlanaman. Yana 10 kuncha hech qayerga chiqmay, kravat bilan gaplashib davolanamiz. Maqsadlarni "charxlaymiz", yangiliklar sari intilamiz. Hammaga sog‘lik-salomatlik tilayman! Zerikib ketgandim, shunga bir yozgim keldi, do‘stlar) @srsobirov

Bolaligimda shunaqa xonada butun oilamiz bilan shamchiroq yoqib, tunni o‘tkizardik. Svet yaxshi emas edi. Lekin uy juda issiq
Bolaligimda shunaqa xonada butun oilamiz bilan shamchiroq yoqib, tunni o‘tkizardik. Svet yaxshi emas edi. Lekin uy juda issiq edi. Svet yonmasa ham akam va singlim bilan kayfiyatimizni ko‘tara olardik. Buvim bizga kichik suralarni yodlatardi; hadislar va rivoyatlar aytib berardi. Akamni
"Qo‘zidin",
meni
" Qo‘zivoy, O‘ttibek"
deb erkalatardi. O‘sha paytlarda ham qish edi, maktabga endi chiqqandim 1-sinfga. Shamchiroqqa salarka solib, yoqish, sham yoqish va pechkaga o‘tin solish men uchun hobbi edi, hozir ham. Lekin endi u paytdagi baxt hozir yo‘q. Meni "O‘ttivoy" deydigan buvim yo‘q endi. Toshkentdaligimda rosa ko‘p eslayman shu damlarni. U paytda sovuq menga umuman qiziq emas edi, endi esa har yili qishda uyimizni qanday isitish haqida o‘ylayman. Men muzlasam ham, oilam issiq bo‘lsin, deyman. Shiringina jiyanim bor, uni kasal bo‘lishini istamayman. Har gal Toshkentdan kelsam unga kiyim-kechak olib kelaman, didim zo‘rda doim Andijonda yo‘q stilniylaridan tanlayman. Davomi bor... @srsobirov

Анкета_заявление_на_должность_бортпроводника_2.docx0.25 KB

Bortkuzatuvchilar uchun vakansiya
Uzbekistan Airways cabin crew jamoasi uchun arizalarni qabul qilmoqda.
Shu link orqali batafsil ko‘rib chiqing. https://www.uzairways.com/en/uzbekistan-airways-announces-recruitment-flight-attendants @srsobirov

Vanihoyat uydaman 🙏
@srsobirov

Repost from N/a
Hayot kurashlardan iborat. Har birimiz bu hayotda haqiqiy jangchi bo‘la olsakkina, undan g‘o‘lib bo‘lib chiqamiz! Dilrabo Bah
Hayot kurashlardan iborat. Har birimiz bu hayotda haqiqiy jangchi bo‘la olsakkina, undan g‘o‘lib bo‘lib chiqamiz!
Dilrabo Bahronova O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, falsafa fanlari doktori. Ta'lim sohasida 23 yildan ortiq tajribaga ega. Yevropaning nufuzli universitetlarida ma'ruzalar o‘qigan. 50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Podkastimizni bu yerda tomosha qiling: https://youtu.be/WQ8e0IvsFEg?si=YYQ2E_xdEs_RUMeV @talabapodcast

Uyga ketaman deganimda vaqt juda sekin o‘tadi. Kun sanayman, soat nechchi bo‘ldi ekan deb vaqtga qarayman: hech qancha o‘tmag
Uyga ketaman deganimda vaqt juda sekin o‘tadi.
Kun sanayman, soat nechchi bo‘ldi ekan deb vaqtga qarayman: hech qancha o‘tmagan bo‘ladi. Uyga borish zo‘r-a? @srsobirov