en
Feedback
O'tkirbek Sobirov

O'tkirbek Sobirov

Open in Telegram

🔴 TEDx Speaker | YouTuber - Master of International Education 🇺🇿 Jahongashta o'zbek o'g'loni

Show more
578
Subscribers
No data24 hours
-17 days
+1130 days
Posts Archive
Dunyoning rivojlangan ta'lim platformalaridan biri bo‘lgan ApplyBoard kompaniyasi bilan hamkorlikni boshladik (Level Consulti
Dunyoning rivojlangan ta'lim platformalaridan biri bo‘lgan ApplyBoard kompaniyasi bilan hamkorlikni boshladik (Level Consulting bilan) Endilikda professional tarzda konsalting bilan shug‘ullanaman va konsaltingdagi faoliyatimni xalqaro darajadagi yirik ta'lim kompaniyasida davom ettiraman. ApplyBoard'ning bosh ofisi 🇨🇦Kanadaning Ontario shtatida joylashgan. ApplyBoard orqali AQSH, Kanada, Avstraliya, Irlandiya va Buyuk Britaniyadagi nufuzli oliygohlarga hujjat topshirishingiz mumkin. @srsobirov

Muomala va chaqqonlik Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab mashhur kompaniyalar o‘z kanallariga bo‘sh ish o‘rinlari haqida e'lon joylashgandi. Men hammasiga ariza topshirib, suhbat jarayonigacha borganman. Lekin ishga qabul qilishmagan. ''O‘zbekiston Havo Yo‘llari'' milliy aviakompaniyamizning bosh ofisiga "Men sizlarda amaliyot qilmoqchiman" deb borgandim, garchi ular amaliyotchi kerak deb e'lon bermagan bo‘lsa ham. Maqsadimni tushuntirib, chiroyli muomala qilganman: 1 oylik amaliyotga qabul qilishgan. U yerda professional uchuvchi va aviatsiya sohasining masterlari bilan tanishdim. Yaxshi muomala va chaqqonlik bilan o‘zingiz qiziqadigan sohada ishlashingiz yoki kamida amaliyot qilishingiz mumkin. Gapingizni ichingizga yutsangiz, sohangizning masteri bo‘lsangiz ham yaxshi ishni boshini tuta olmaysiz, tanishlar orttira olmaysiz. @srsobirov

Balki, bolalik paytlaringizda shaxsiy biznesingizni yoki biror qiziqqan sohangizni boshlab ko‘rish fikri bo‘lgandir. Ba'zida kattalarimiz bizni bu yo‘ldan qaytarishadi. Sababi bizni yakka o‘zimizni biznes qilishga uquvsiz va eplay olmaydi deb o‘ylashadi. Lekin yoshlik paytlarida orttirilgan tajribalar keyinchalik foyda beradi. Bu videoda akam tomonidan real tajribalar va xulosalar keltirilgan. Ertalabda yaxshi energiya bo‘ladi! https://youtube.com/watch?v=S3dCFrnsg4M&si=75sfY5fvhkXSvpGk @srsobirov

Kimdir "yonishi" kerak! Yoshlarimizning ko‘pchiligi chekka qishloqlarda yashashadi. Shaharga ketishni doim reja qilib yurisha
Kimdir "yonishi" kerak! Yoshlarimizning ko‘pchiligi chekka qishloqlarda yashashadi. Shaharga ketishni doim reja qilib yurishadi. Ha, biz rejalarimizni, maqsadlarimizni chekka bir joyda amalga oshirishimiz qiyin. Ba'zan "Odamlar nima deydi?'' ga o‘rganib qolgan aholidan zerikib, ularning gapini eshitmaslik uchun ham ketgimiz keladi bu yerlardan. Hammasini ana shu qishlog‘ingizdan boshlang. Qishloqda maydon bo‘sh. Biznes qilsangiz ham, bolalarga Ingliz tilidan dars bersangiz ham nimalargadir erishsangiz bo‘ladi. O‘rtacha 1000$ topa olasiz. Oddiy maktab bolasi ham qishloqda bu pulni topa oladi. Faqat shuni tushunish kerak: qishloqda odamlar juda sodda. Lekin ular yangiliklarni qadrlaydi. Siz yangilik yaratasiz, foydali bo‘lsa, 1 kunda butun qishloqqa ovoza bo‘lib ketasiz - ko‘cha boshidagi xolalar yordam berishadi. Ishlaringiz ham yurib ketadi. Qishloq odamlarga rasmdagi lampochka kabi nur taratadigan bir noyob odam kerak xolos. Balki, siz o‘sha insondirsiz. O‘zingizdan so‘rab ko‘ring! @srsobirov

Shogirdim Nuriddin 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliyaga talabalik vizasini qo'lga kiritdi. Nuriddin Londondagi universitetlar, talabalik
Shogirdim Nuriddin 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿 Angliyaga talabalik vizasini qo'lga kiritdi. Nuriddin Londondagi universitetlar, talabalik vizasi va boshqa mavzularda kerakli konsultatsiyalarni olgandi. Natijadan xursand bo'ldim. Angliya bo'yicha va boshqa davlatlar bo'yicha konsultatsiya uchun @srbrands ga yozaverasiz. @srsobirov

Inson o'z ona tilisini hurmat qilishi kerak! Hozir bir video ko'rib qoldim. Bir konsalting firma chet elga o'qishga jo'natish
+2
Inson o'z ona tilisini hurmat qilishi kerak! Hozir bir video ko'rib qoldim. Bir konsalting firma chet elga o'qishga jo'natish bo'yicha video chiqaribdi. Izohlarni ko'rib, tugab qo'yovirdim. Videoga biriktirilgan subtitrdagi gaplar 70% xato yozilgan: orfografik xatolar hammasi. Biznesga professional yondashilsa, keyin xaridorlar oqimi oshadi, kompaniyaning qadri oshadi. Conadayam bo'ladimi? Veza deganiga chidab turomadim ) @srsobirov

Kecha Harvard universitetida HPAIR 2024 konferensiyasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Taxminan 25 ta o'zbek talabalar, p
Kecha Harvard universitetida HPAIR 2024 konferensiyasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Taxminan 25 ta o'zbek talabalar, professorlar qatnashishyapti. Men ham shu Harvard konferensiyasiga xat olgandim. Bu safar borish nasib etmadi. Vizaga ham harakat qilib ko'rmoqchi edim, lekin fikrimdan qaytdim. Shunday bo'lsa-da, mana shu tadbirga qatnashish uchun xat olganlarning 90% ini bir guruhga birlashtirdim. Men shu holatdayam yutaman, chunki dunyoning rivojlangan davlatlarida o'qiydigan, ishlaydigan 81 ta tanishim bor endi. Endi ishga borishim kerak. Gaplashamiz ) @srsobirov

Bugun nomiga, til uchida, shunchaki, Alisher Navoiyning tug'ilgan kuni nishonlanadigan kun. "Mutafakkir" so'zi bir yilda bir ishlatiladigan kun. Akamdan nuqtasiga urilgan shedevr gaplar: @Burjlar_turniri @srsobirov

7 yil deganda maqsad qilingan loyiha amalga oshdi. Yoshlarga foydali bo‘lishi kerak edi. Menimcha, Talaba Podcast bu yo‘lning
7 yil deganda maqsad qilingan loyiha amalga oshdi. Yoshlarga foydali bo‘lishi kerak edi. Menimcha, Talaba Podcast bu yo‘lning boshida turibdi. Bu loyihaga juda ko‘p vaqtim ketdi. Qachondir katta bir startapga aylanishiga ishonib, uni rivojlantirishda davom etaman. 15 kishi shu loyihaga ozgina bo‘lsa ham hissa qo‘sha oladi: https://youtube.com/@talabapodcast Oldindan rahmat. @srsobirov

XXI asrda tug‘ilganlarning Koreaga bo‘lgan qiziqishi boshqacha (o‘qish, kino va moliyaviy tomondan). Litseydosh do‘stim bilan 🇰🇷 Koreyada o‘qish va ishlash haqida andijoncha podkast oldik. Bu podkastni litseyda bir guruhda o‘qigan 304-guruhdagi do‘stlarimizga va qadrli ustozlarimizga bag‘ishladik. Koreyada o‘qimoqchi bo‘lsangiz, bu suhbatni tomosha qiling. Videoni ulashishni unutmang. https://youtu.be/hoN9M3xBbgQ?si=ZegyKnti1vx81zQA @srsobirov

Ancha yillardan buyon xorijda ta'lim olish istagida bo‘lgan yoshlarga mentorlik qilib kelaman. 2023-yilning so‘nggi oylarida
+2
Ancha yillardan buyon xorijda ta'lim olish istagida bo‘lgan yoshlarga mentorlik qilib kelaman. 2023-yilning so‘nggi oylarida bir shogirdim bilan Amerikadagi 20 ta universitetga hujjat topshirdik (Qisman mentorlik orqali. Ya'ni kerakli joylarida hujjatlar va insholar bilan yordam ko‘rsatdim). Hozirda 3 ta universitetdan xat keldi, qolganini ham kutayapmiz. Efiopiyadan (Afrika) ham bir qiz telegramimni topib yozibdi Finlandiya bo‘yicha. Undan tashqari YouTube'dan ham murojaatlar kelyapti. Xullas, individual konsultatsiya xizmatini ham boshladim. Hozircha Amerika, Avstraliya, Finlandiya, Buyuk Britaniya, Polsha, Qozog‘iston universitetlari bo‘yicha konsultatsiya xizmatini tashkil qildim. Narxlar 30 daqiqa ~ 75.000 so‘m 1 soat ~ 150.000 Nega unda o‘ziz grant yutib ketmaysiz? ~ Men hali chet elda o‘qiyman degan qarorga kelmadim. Payti kelsa, topshirib ko‘rarman. Lekin boshqalarga yordam berishimga bu to‘siq bo‘la olmaydi. Murojaat: @srbrands @srsobirov

Ancha yillardan buyon xorijda ta'lim olish istagida bo‘lgan yoshlarga mentorlik qilib kelaman. 2023-yilning so‘nggi oylarida
+2
Ancha yillardan buyon xorijda ta'lim olish istagida bo‘lgan yoshlarga mentorlik qilib kelaman. 2023-yilning so‘nggi oylarida bir shogirdim bilan Amerikadagi 20 ta universitetga hujjat topshirdik (Qisman mentorlik orqali. Ya'ni kerakli joylarida hujjatlar va insholar bilan yordam ko‘rsatdim). Hozirda 3 ta universitetdan xat keldi, qolganini ham kutayapmiz. Efiopiyadan (Afrika) ham bir qiz telegramimni topib yozibdi Finlandiya bo‘yicha. Undan tashqari YouTube'dan ham murojaatlar kelyapti. Xullas, individual konsultatsiya xizmatini ham boshladim. Hozircha Amerika, Avstraliya, Finlandiya, Buyuk Britaniya, Polsha, Qozog‘iston universitetlari bo‘yicha konsultatsiya xizmatini tashkil qildim. Narxlar 30 daqiqa ~ 75.000 so‘m 1 soat ~ 150.000 Nega unda o‘ziz grant yutib ketmaysiz? ~ Men hali chet elda o‘qiyman degan qarorga kelmadim. Payti kelsa, topshirib ko‘rarman. Lekin boshqalarga yordam berishimga bu to‘siq bo‘la olmaydi. @srsobirov

Oxford deganimga. Hozir bir Oxford bitiruvchi talabasi bilan gaplashib qoldim. Menga o‘xshab konsalting bilan shug‘ullanar ek
Oxford deganimga. Hozir bir Oxford bitiruvchi talabasi bilan gaplashib qoldim. Menga o‘xshab konsalting bilan shug‘ullanar ekan. Oxford'ga kirish strategiyalari borligini aytdi. Yana bitta tanish bor endi Oxford'ni bitirgan. @srsobirov

Kecha beshinchi va yettinchi sinflarga ''Sizlar ham eng zo‘r universitetlarda o‘qishga loyiqsiz'' deb aytgandim. Bugun shu xa
+3
Kecha beshinchi va yettinchi sinflarga
''Sizlar ham eng zo‘r universitetlarda o‘qishga loyiqsiz''
deb aytgandim. Bugun shu xatlarni o‘qib ''maza qivordim''. Ustoz o‘ziz bizni tayyorlaysiz-a Harvardga va Oxfordga deb savol berishdi. Agar hozirdan tayyorgarlik ko‘rsangiz, sizlarga yo‘lboshchi bo‘laman deb aytdim. Bekorga shu "study abroad guide" bo‘lish fikri kelmagan ekan menga deb o‘zimcha o‘ylab qoldim. Bizni Andijondan hozircha 2 kishi Oxford universitetini bitirdi (faktga asoslanib ko‘rganlarim). Qolganlarini Cambridge va Oxford'ga o‘qishga kirishiga nasib qilsa o‘zim qo‘mondonlik qilaman. Albatta, boshqa udar universitetlarga ham talabgorlar topiladi. @srsobirov

Repost from N/a
Vaqtdan yutish va boy bo‘lish sirlarini topdik. O‘z data'laringizni boshqaring! Podcastda tomosha qiling. Izohlaringizni kuti
Vaqtdan yutish va boy bo‘lish sirlarini topdik.
O‘z data'laringizni boshqaring! Podcastda tomosha qiling. Izohlaringizni kutib qolamiz: https://youtu.be/IZxqYBWjrNU?si=aWSUwFX5DL2AXGDI @talabapodcast

0.34 KB

Singlimga shu kitoblarni sotib oldim. U o‘qishi kerak ) Andijonda kitoblar bo‘yicha muammolar bor. Istalgan kitobni topish qi
Singlimga shu kitoblarni sotib oldim. U o‘qishi kerak ) Andijonda kitoblar bo‘yicha muammolar bor. Istalgan kitobni topish qiyin. Toshkentda esa tanlov katta. @srsobirov

3 soatdan keyin Andijonga yo‘lga chiqaman. Bu safar Toshkentda 11 kun qoldim. Butunlayga ketayapman. Toshkentda yaxshi xotiralar ko‘p bo‘ldi: o‘qidim, juda ko‘p tanishlar orttirdim. Biror bir yumush bilan kelishim mumkin endi. Aytishadi-yu, Toshkentga faqat elchixona va aeroportga kelay deb )) Endi dvijeniyani Andijonda bosamiz. @srsobirov

Repost from N/a
Monash universiteti haqidagi video 🇦🇺 Avstraliyaning eng nufuzli oliygohlaridan biri bo‘lgan Monash universiteti turli gran
Monash universiteti haqidagi video
🇦🇺 Avstraliyaning eng nufuzli oliygohlaridan biri bo‘lgan Monash universiteti turli grantlarni taklif etadi. Universitetga kirish qiyin emas, hujjatlari ham ko‘p emas. Dunyodagi 42-raqamli universitet bo‘lganligi sababli "El-yurt umidi'' stipendiyasiga ham bemalol topshira olasiz. Video boshqa foydali ma'lumotlarni ham berib o‘tganman: https://youtu.be/rUzLCF7Zru0?si=2Q-djdvQuBB_9hxY @talabapodcast

photo content
+1