en
Feedback
Researchers Club

Researchers Club

Open in Telegram

To'garak Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi qoshida faoliyat yuritadi. Mazkur to`garakning vazifasi ilmiy ishlanmalarni yozish hamda ularni chop etishni o`rgatishdan iborat.

Show more
424
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Жиноят ишлари бўйича Шайхонтоҳур туман судининг қарори билан майда безорилик содир қилган ҳуқуқбузарга 3 сутка маъмурий қамоқ жазоси тайинланди Каналга обуна бўлиш 👉 https://t.me/AzizAbidov

Жиноят ишлари бўйича Олмазор туман судида ўғрилик жиноятини содир этган муқаддам судланган шахсга оид жиноят иши кўриб чиқилди. Судланувчи ўта хавфли рецидивист деб топилиб, озодликдан маҳрум қилинди Каналга обуна бўлиш 👉 https://t.me/AzizAbidov

Жиноят ишлари бўйича Олмазор туман судида ўғрилик жиноятини содир этган муқаддам судланган шахсга оид жиноят иши кўриб чиқилди. Судланувчи ўта хавфли рецидивист деб топилиб, озодликдан маҳрум қилинди Каналга обуна бўлиш 👉 https://t.me/AzizAbidov

Зилзила вақтида нима қилиш керак? Видео-йўриқномани кўринг. Яқинларингизга улашинг! Telegram | Instagram | Facebook

Aziz hamkasblar! Hammamiz uchun suyukli va ardoqli Navro'z bayrami bilan barchangizni chin dildan tabriklaymiz! Navro'z har b
Aziz hamkasblar! Hammamiz uchun suyukli va ardoqli Navro'z bayrami bilan barchangizni chin dildan tabriklaymiz! Navro'z har bir xonadonga, butun el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-u saodat, qut-baraka olib kelsin! Barcha ezgu niyat va maqsadlarimiz amalga oshsin! Vatanimiz yanada obod, xalqimiz doim omon bo'lsin! Navro'zi olam barchangizga muborak bo'lsin! 🌐@hrtsul

#vakansiya #talabalaruchun 📣 Endilikda faqat TDYU talabalari uchun TBC BANKda amaliyot o'tash va ishlash imkoniyati mavjud. 💡 Talablar: • yurisprudensiya sohasini yaxshi bilishi; • davlat tili mukammal va rus tilini bilishi (xorijiy tillarni bilish rag‘batlantiriladi); • kompyuter savodxonligi bo‘yicha kerakli bilimlarga ega bo‘lish, xat-hujjatlar bilan ishlay olish. ⏳ Muddat: 24.03.2023 💵 Maosh: Oylik maosh to'lanadi. *hujjat topshirish uchun quyidagi👇 🔗 HAVOLA orqali so'rovnomada qatnashing va o‘z obyektivkangiz va 3x4 rasmingizni yuklang! 👉 faqatgina 3, 4-kurs va magistr bosqichidagi talabalar qabul qilinadi. Karyera — talabalar uchun bo'sh ish o'rinlari

Repost from GENERALISSIMUS
Тадбиркорлик фаолиятида тўсиқларга дуч келяпсизми? b-advice.uz порталига мурожаат қилинг! 🌐 Адлия вазирлиги томонидан аҳолининг тадбиркорлик фаолиятига ҳар томонлама кўмак беришга мўлжалланган “Biznesga maslahat” (b-advice.uz) интерфаол ахборот портали ишлаб чиқилган. ❕ Мазкур портални яратишда Буюк Британия, Сингапур, Австралия ва Янги Зеландия каби илғор хорижий давлатлар тажрибаси ўрганилган. 🔰 Мазкур портал орқали қуйидаги масалалар бўйича маълумотларга эга бўлиш мумкин: ▫️тадбиркорликка оид қонунчилик ҳужжатлари ва янгиликлар; ▫️бизнесни бошлаш ва юритиш тартиб-таомиллари; ▫️лицензиялаш ва рухсатнома олиш тартиблари; ▫️солиқ, банк ва божхона органларининг тадбиркорлик билан боғлиқ хизматлари; ▫️кредит ва ссуда олиш тартиблари. 📲 Шунингдек, портал орқали тадбиркорларнинг онлайн мурожаатлари қабул қилинади. Тадбиркорлик фаолиятингизни b-advice.uz портали билан янада ривожлантиринг! @generalissimus_uzb

Bugundan boshlab ma'muriy sudlarga huquqi buzilgan kundan 6 oy davomida murojaat qilish mumkin. Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksning 186-moddasida nazarda tutilgan 3 oylik muddat 6 oyga uzaytirildi. @generalissimus_uzb

Mirzo Ulug'bek tumani mart vakansiya.xlsx3.32 KB

+8
Olmazor tumani mart vakansiya.xlsx0.90 KB

#vakansiya #talabalaruchun #parttime Ishlash va qo‘shimcha daromad topish niyati borligini bildirgan talabalarga Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi mart oyi uchun bo'sh ish o'rinlar ro'yxati! Karyera — Talabalar uchun bo‘sh ish o‘rinlari

🧾 “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni e
🧾 “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi matni e'lon qilindi. 💻 Qonun loyihasi matni bilan "Xalq so‘zi" va "Narodnoye slovo" gazetalarining bugungi soni hamda mening konstitutsiyam.uz (https://meningkonstitutsiyam.uz/uzc) sayti orqali tanishib chiqishingiz mumkin. @hrtsul

#qatnasha_olmaganlar_uchun ⚡️“Zamonaviy sud ekspertizaning imkoniyatlari” mavzusida tashkil etilgan audio-podkastning to'liq videosi 🎙️Suhbat davomida: 👉DNK ekspertizasi; 👉Sud-avtotexnika ekspertizasi; 👉Hujjatlarning texnik kriminalistik ekspertiza tadqiqotlari; 👉Lingvistik ekspertiza va boshqa masalalar bo’yicha fuqarolarning bevosita ijtimoiy tarmoqlar orqali bergan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi. Kanalga ulanish👇👇👇 @huquqiy_gap

▪️Davlat xizmatchilarining sovg‘a olishi bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i tasdiqlandi. ✅Unga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchisi: ▪️O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshiriladigan xizmat safarlari; ▪️xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar; ▪️O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan sovg‘a olishi mumkin. O‘zbekistondagi boshqa xizmat safarlarida sovg‘a olish mumkin emas. ✅Davlat fuqarolik xizmatchisi oladigan sovg‘a quyidagi talablarga javob berishi kerak: ➖milliy qonunchilikda taqiqlanmagan ashyolar bo‘lishi; ➖sovg‘a xalqaro va boshqa rasmiy tadbirda ixtiyoriy berilgan bo‘lishi; ➖sovg‘a ochiq va oshkora qabul qilinishi; ➖davlat organining obro‘siga putur yetkazmasligi; ➖milliy qonunchiligimizda taqiqlanmagan ashyolar bo‘lishi; ➖sovg‘a xalqaro va boshqa rasmiy tadbirda ixtiyoriy berilgan bo‘lishi; ➖sovg‘a ochiq va oshkora qabul qilinishi; ➖davlat organining obro‘siga putur yetkazmasligi; ➖manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaviy omilni keltirib chiqarmasligi. Davlat fuqarolik xizmatchisi sovg‘ani tadbirdan kelgandan so‘ng 3 ish kunida xo‘jalik bo‘limiga beradi va bunda dalolatnoma tuziladi. Sovg‘aning qiymati aniq bo‘lmasa, xo‘jalik bo‘limi uni baholaydi va uning qiymati BHMning 4 baravaridan (1,2 mln so‘mdan) ko‘p bo‘lmasa, sovg‘a davlat fuqarolik xizmatchisiga beriladi. Sovg‘a qiymati BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lsa, u moliya-iqtisod bo‘linmasi tomonidan davlat organi balansiga kirim qilinadi hamda davlat organi ehtiyoji uchun foydalaniladi. ❌ Davlat fuqarolik xizmatchilari fuqarolar yoki bevosita boshqa manfaatdor shaxslardan muayyan ishni hal qilib berish yoki kelgusidagi manfaatlar uchun sovg‘a olishi taqiqlanadi. Nizom davlat fuqarolik xizmatchilariga fuqarolardan sovg‘a olishiga ruxsat bermaydi. @generalissimus_uzb

Ўзбекистон Республикаси Конституциясига оид референдум 30 апрель куни бўлиб ўтиши кутилмоқда.

“Давлат мулкини бошқариш тўғрисида”ги қонун (ЎРҚ–821-сон, 09.03.2023 й.) Президент томонидан имзоланди Қонун давлат мулкини бошқариш соҳасидаги муносабатларни тартибга солади. Давлат мулкига бўлган мулк ҳуқуқи фуқаролик қонунчилигида назарда тутилган асосларга кўра, шунингдек қуйидаги асосларга кўра ҳам юзага келади: шартномалар ва бошқа битимлар тузилганда; мол-мулкни ёки мол-мулкдан фойдаланиш ҳуқуқини, солиқлар ва йиғимлар бўйича қарздорликни, шунингдек давлат улуши бўйича ҳисобланган дивидендларни хўжалик жамиятининг устав фондига (устав капиталига) киритиш йўли билан улушни олишда; суд қарорлари асосида. Қонунга кўра, айрим давлат мулклари хусусийлаштирилмайди, жумладан: Ўзбекистон ҳудуди доирасидаги ер, ер ости бойликлари, сув омборлари, ҳаво бўшлиғи, ўсимлик ва ҳайвонот дунёси; моддий маданий мерос объектлари, архив ҳужжатлари, давлат музейлари ва муҳофаза этиладиган табиий ҳудудлар, шу жумладан хиёбонлар ва ботаника боғлари. Давлат активларини бошқариш агентлиги давлат мулкини бошқариш соҳасидаги ваколатли давлат органидир. Давлат мулки реестрини юритиш Вазирлар Маҳкамаси белгилаган тартибда ва шаклда Агентлик томонидан амалга оширилади. Агентлик ҳар йили 1 августгача давлат иштирокидаги корхоналарнинг ўтган молия йилидаги фаолияти самарадорлиги тўғрисидаги йиғма ҳисоботни ўз расмий веб-сайтида эълон қилади. Қонун расмий эълон қилинган кундан эътиборан кучга киради.

Toshkent davlat yuridik universiteti rahbariyati va jamoasi universitetda faoliyat yuritayotgan barcha opa-singillarimiz, ust
Toshkent davlat yuridik universiteti rahbariyati va jamoasi universitetda faoliyat yuritayotgan barcha opa-singillarimiz, ustozlarimizni ezgulik va go‘zallik bayrami 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy qutlab, ularga oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik tilaydi. @hrtsul

⚡️2022–2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi imzolandi. @TSUL_RC

O‘zbekiston Respublikasining referendumi O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarni qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berishidir. Referendum saylovlar bilan bir qatorda xalq irodasining bevosita ifodasidir. Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bo‘ladi. Agar referendumda qabul qilingan qarorlarda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, referendumda qabul qilingan qarorlar faqat referendum yo‘li bilan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin. @generalissimus_uzb

2️⃣2️⃣2️⃣ • TDYUda “Ta’lim va karyera” ta’lim ko‘rgazmasi o‘tkaziladi 👉 Batafsil... 2️⃣2️⃣2️⃣2️⃣ • В ТГЮУ пройдет выставка «
2️⃣2️⃣2️⃣ • TDYUda “Ta’lim va karyera” ta’lim ko‘rgazmasi o‘tkaziladi 👉 Batafsil... 2️⃣2️⃣2️⃣2️⃣ • В ТГЮУ пройдет выставка «Образование и карьера» 👉 Подробнее... 👍👍 @tsulofficial