Adobe MAX 2026: dizaynerlar uchun eng muhim yangiliklar
10–11-noyabr kunlari Mayamida Adobe MAX o'tdi. Asosiy mavzu: AI endi alohida generator emas, har bir dasturda ishlaydigan
yordamchi (AI Assistant). Grafik va motion dizaynerga kerakli yangiliklarni ajratib oldik 👇
🎨
Firefly Design (beta). Vektor, rastr, motion, 3D va print bitta canvasda. Brand kit va mijoz bilan review ham shu yerda. Beta davrida hamma foydalanuvchilar uchun ochiq.
🧠
Firefly AI Assistant, yangi
Plan Mode bilan: assistent ishni boshlashdan oldin qadamlarni ko'rsatadi, siz ularni tahrirlaysiz. Rang va format kabi sozlamalarni eslab qoladi.
🔗
Firefly Graph (beta). Node asosidagi workflow. Bir marta yig'asiz, keyin slider orqali qayta ishlatasiz va jamoaga ulashasiz.
🖼
Photoshop:
•
Relight: sahnaga virtual yorug'likni sudrab qo'yish mumkin
•
Convert to Text Layers: tekis rasmdagi yozuvni tahrirlanadigan text layerga aylantiradi (beta)
•
Generative Restyle: alohida layer va intensivlik slideri bilan
•
Quick Compare: canvasning o'zida before/after
• Remove tool endi obyekt soyasini ham olib tashlaydi
✏️
Illustrator: AI Assistant (beta), yangilangan brush/pattern/gradient kutubxonalari, Blend sozlamalarini canvasning o'zida jonli ko'rish.
🎬
Motion va video uchun:
•
After Effects AI Assistant: animatsiyani tahrirlanadigan layerlar bilan quradi
•
Premiere Color Mode: yangi rang bilan ishlash muhiti, allaqachon chiqqan
•
Generative Object Remove: videodan obyektni mask orqali o'chiradi
🤖
Eng qiziq yangilik: MCP. Claude, Gemini kabi AI agentlar to'g'ridan-to'g'ri PSD, AI va AE fayllaringiz ichida ishlay oladi, layerlar esa tahrirlanadigan holicha qoladi. Private beta 2027-yil boshida.
✨
Sneaks (kelajak texnologiyalari):
•
Deep Brush: geometriya va yorug'likni hisobga olib chizadigan cho'tka
•
Rinse Repeat: tahrirlaringizni boshqa rasmlarda ham takrorlaydi
•
On Cue: musiqa ritmiga moslab video generatsiya qiladi
•
Sight Span: bitta JPEG'dan yangi kamera burchaklarini yaratadi
Firefly ichida endi Google, OpenAI, Kling, Runway va ElevenLabs modellarini ham tanlash mumkin. Bitta e'tibor beradigan joy bor: Adobe'ning o'z modellari tijoriy ishlatish uchun mo'ljallangan, partner modellarida esa foydalanish shartlari boshqacha bo'lishi mumkin.
💬 Qaysi funksiyani birinchi bo'lib sinab ko'rasiz?
#AdobeMAX #Photoshop #Firefly #AfterEffects #dizayn
👉
@ai_design_flow