cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

TATUQF.UZ |

🏛 TATU Qarshi filiali yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat va ma‘rifat bo‘limi 🌐 Veb sayt: http://tuitkf.uz ☎️ Telefon, Faks: 75 228-02-32 📩 E-mail: [email protected] ⬇️ Manzil: Qarshi shahri, Beshkent yo'li 3-km. Talabalar murojaati uchun: @hikmat_safarov

Show more
Advertising posts
1 832
Subscribers
-324 hours
-217 days
+6630 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Repost from Edu.uz
02:41
Video unavailableShow in Telegram
#el_yurt_umidi “EL-YURT UMIDI” JAMGʻARMASI 2024 YILGI 1-OCHIQ STIPENDIYA TANLOVIDA ISHTIROK ETING! “El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi! “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib: - bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin, - magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin, - doktorantura ta’lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan. Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25 iyundan 25 iyulga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi. Tanlovga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi. 🌐 Nomzodlar uchun barcha zarur ma’lumotlar Jamg‘armaning onlayn hujjat topshirish platformasida (http://admission.eyuf.uz) batafsil yoritib berilgan. Murojaat uchun: ☎️ +998 71 203 00 47 +99 871 203 00 48 +99 871 203 00 53 📧[email protected]@EYUF_Admission_2023bot “El-yurt umidi” jamg‘armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan Siz yoshlarni ochiq stipendiya tanlovida kutib qoladi! Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
21.95 MB
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon ⚡️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi 2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi. Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi. Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan: ➖o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari; ➖ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
👍 3
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon ⚡️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi 2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi. Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi. Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan: ➖o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari; ➖ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon ⚡️Joriy yil kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan: ➖yo‘nalish; ➖oliy ta’lim muassasasi nomi; ➖manzil; ➖sanasi va vaqti aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi. Hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. P/S: Imtihonlar o‘tkaziladigan sana bo‘yicha tez orada qo‘shimcha xabar beriladi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
👍 1
⚡️TATU Qarshi filiali talabasi Turkiyada o‘tkazilgan “Oʻzbekistan’ın lider kadınları” kitobining taqdimot marosimida ishtirok etdi Joriy yilning 24-25 iyun kunlari Turkiyaning Alanya shahrida mamlakatimizda turli sohalarda samarali faoliyat olib borayotgan iqtidorli va faol ayol-qizlarning ijodiy ishlari jamlangan “Oʻzbekistan’ın lider kadınları” kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bir guruh o‘zbek va turk shoir-yozuvchilari, fan doktorlari va talabalar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda so‘z olgan “Baygench” nashriyoti rahbari Arslan Bayir bu kabi taqdimot marosimlari ikki millat o‘rtasidagi adabiy, madaniy va do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashini ta’kidlab o‘tdi. Ahamiyatlisi shundaki, mazkur tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining 2-bosqich talabasi Gulboeva Sabrina ham faol ishtirok etib, o‘z ijodi va IT sohasidagi erishgan yutuqlari bilan o‘zbek qizlari hech kimdan kam emasligini namoyon etdi. 👉@TUITKF_UZ
Show all...
👍 14 6🔥 1
00:09
Video unavailableShow in Telegram
🐦 Umumiy sovrin jamgʻarmasi 1 million dollarni tashkil qiluvchi “President Tech Award” tanlovining ikkinchi toʻlqini uchun arizalar qabuliga start berildi! Qiziqarli musobaqada qatnashish va oʻz gʻoyalaringizni hayotga tatbiq etish uchun noyob imkoniyatni qoʻldan boy bermang! Oʻz kuchingizni sinab koʻrish va ilgʻor IT-yechimlarini yaratishga tayyor boʻlsangiz, ushbu imkoniyat aynan siz uchun! 📝! Tanlov asosiy va maxsus yoʻnalishlarga boʻlinadi. Tanlovning asosiy yoʻnalishi quyidagi toifalar boʻyicha oʻtkaziladi: 1. Sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar; 2. Ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar; 3. MicroSaaS va AdTech; 4. Kompyuter va mobil oʻyinlar; 5. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar. 📢 Maxsus yoʻnalish 72 soat ichida raqamli yechim yaratishni oʻz ichiga oluvchi Gran-Pri Hakatondan iborat. Sovrin jamg‘armasi o‘zgarishsiz qolmoqda — 5 ta yo‘nalishning har birida 1, 2, 3-o‘rin sovrindorlari aniqlanib, quyidagi mukofotlarga ega bo‘lishadi: 1-oʻrin — $100,000 2-oʻrin — $50,000 3-oʻrin — $30,000 🤔 Tanlovning rasmiy veb-saytida roʻyxatdan oʻtishingiz, asosiy yoʻnalishlar, oʻtkazilish sanalari va ishtirok etish tafsilotlari bilan tanishishingiz mumkin. ✈️ Telegram
Show all...
IMG_4840.MP49.28 KB
Qashqadaryoda 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan katta galakonsert dasturi tashkil etildi Galakonsert davlatimiz madhiyasi sadolari bilan boshlandi. So‘ngra viloyat hokimi Murotjon Azimov Prezidentimizning yurtimiz yoshlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Ushbu tadbir yoshlar uchun muhim voqea bo‘lib, unda ko‘plab taniqli san’atkorlar ishtirok etdi. Galakonsert davomida yulduzlar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar tomoshabinlarga katta zavq bag‘ishladi. Ushbu bayram tadbirida O‘zbekistonning sevimli xonandalari va boshqa san’at vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek, yosh iste’dodlar ham o‘z chiqishlarini namoyish qilishdi. Viloyatda “Yoshlar kuni”ni nishonlash tadbirlari katta qiziqish va faollik bilan o‘tdi va bu bayram ko‘plab yodda qolarli lahzalarni taqdim etdi. Shu bilan birgalikda yoshlar o‘rtasida do‘stona muhit yaratishga, ularni birlashtirishga xizmat qildi. Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Show all...
👍 2
#Yangi_nafas Bugun Qarshi shahrida Yoshlar kuni munosabati bilan “Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofada, bir maqsadda birga yuguramiz!” shiori ostida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi. Erta tong soat 7.00 da boshlangan bu marafon 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 500 nafardan ziyod ishtirokchilarni jam qildi. Musobaqada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali jamoasi ham ishtirok etdi. Gʻoliblarga maxsus diplomlar va esdalik sovgʻalari topshirildi. 👉@TUITKF_UZ
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Қадрли ёшлар, сиз кутган кун келди! 30-июн - Ёшлар куни муносабати билан Қарши шаҳридаги Амфитеатрда шоу гала-концерт дастури ўтказилади. Унда ўзбек эстрадасининг энг ёрқин юлдузлари Сардор Мамадалиев, Севинч Мўминова ҳамда воҳамиздаги таниқли санъаткорлар иштирок этишади. Концерт дастури 30-июн куни 18:00да бошланади. Ушбу концерт дастурига кириш мутлақо бепул. 👉@TUITKF_UZ
Show all...
👍 2
Repost from Edu.uz
#qabul2024 #abituriyent
Abituriyentlar test uchun to‘lovlarni bugun ham amalga oshirsa bo‘ladi
Testga kirish uchun talab etiladigan to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati bugun, 26-iyun soat 23:59 gacha etib belgilangan. Bugundan kechikkan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi. Hujjat topshirish kecha soat 23:59 da yakunlandi. Ma’lumot uchun, 2024–2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.