Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Open in Telegram
Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining sahifasi. Instagram: https://www.instagram.com/toshbabm?igsh=MnpzZWdsb3NoZGtl&utm_source=qr Facebook: https://facebook.com/toshbabm ☎️ +998712373442
Show more361
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-630 days
Posts Archive
#bilasizmi?
Qartal ko‘zi inson ko‘zidan to‘rt baravar ravshanroq ko‘radi. U uch km balandlikdan ham o‘lja harakatini sezishi mumkin.
➡️ Qartallarning ko‘z to‘r pardasi ikki qavatli bo‘lib, shu tufayli ular bir vaqtning o‘zida oldinga va yon tomonga ikki xil fokus bilan qaray oladi.
➡️ Ularning ko‘rish qobiliyati shunchalik kuchliki, hatto shamol tezligi yoki yorug‘lik o‘zgarishiga qarab uchish burchagini real vaqt rejimida aniq hisoblab, o‘ljasiga to‘g‘ri sho‘ng‘iy oladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
😎 Telegram 😎 Instagram 😎 Facebook
Prezident maktabi o‘quvchisi SAT’dan maksimal ball oldi
✅ Andijon shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Muxtorjon Mo’ydinov xalqaro SAT imtihonidan maksimal — 1600 ball natija qayd etdi.
🌐 Ma’lumot uchun, SAT (Scholastic Assessment Test) imtihoni 400-1600 ball oralig‘ida baholanib, dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga kirishda muhim mezon hisoblanadi.Muxtorjon Mo’ydinov bundan avval IELTS xalqaro til imtihonidan 8.0 ball natijani qo‘lga kiritgan. 🔗 Manba Biz bilan birga bo'ling!
+4
“Konstitutsiya o'quvchilar nigohida" ijodiy ishlar tanlovi
O‘quvchilar o‘rtasidagi iqtidorni qo‘llab-quvvatlash va ularni yangi g‘oyalarga ilhomlantirish maqsadida maktabimizda “Konstitutsiya o'quvchilar nigohida" ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi.
🏆 Eng sara ishlar mukofotlandi: g‘oliblarga diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning mehnati munosib eʼtirof etildi.
Bunday tanlovlar o‘quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhini shakllantirishda, huquqiy madaniyat va masʼuliyat hissini rivojlantirishga, kelajakda faol fuqaro bo‘lib kamol topishi uchun zamin yaratishga xizmat qiladi.
Biz bilan birga bo'ling!
#tayinlov
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika “Kelajak markazi” hududiy markaz rahbarlari tayinlandi. Xususan:
➖ Tashimov Ruslan Raxmanbergenovich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi direktori lavozimida ishlagan);
➖ Dadajanov Fayzulloh Sirajiddin oʻgʻli — Andijon viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Andijon shahar 31-umumiy o‘rta taʼlim maktabi direktori lavozimida ishlagan);
➖ Kamildjanov Muxammadjon Neʼmatdjonovich — Buxoro viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan);
➖ Xolmurodova Gulrux Xolmamatovna — Qashqadaryo viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi tizimidagi Shaxrisabz tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori lavozimida ishlagan);
➖ Saidov Bexzod Yuldashbayevich — Xorazm viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktoridi lavozimida ishlagan);
➖ Mirzayev Eldor Tadjiqul oʻgʻli — Toshkent viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Ixtisoslashtirilgan taʻlim muassasalari agentligi tizimidagi Oqqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori lavozimida ishlagan);
➖ Ortiqov Shamsiddin Fahriddin oʻgʻli — Namangan viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Namangan shahar Davlatobod tumani 80-sonli maktab direktori lavozimida ishlagan);
➖ Mamatov Avaz Muxitdinovich — Sirdaryo viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Guliston Yoshlar texnoparki direktori lavozimida ishlagan);
➖ Qodirov Firuzjon Usmonovich — Surxondaryo viloyati “Kelajak markazi” direktori (hozirga qadar Surxondaryo viloyati, Termiz tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshlig‘i oʻrinbosari lavozimida ishlagan) etib tayinlandi.
Manba
Biz bilan birga bo'ling!
👍👍
Maktabimiz faoliyatida yana bir muhim gʻalaba!
🥇 Tadjibayev Turanshoh Taekwon-Do boʻyicha turnirda 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi!
Bu g‘alaba — mehnat, sabr va tinimsiz mashg‘ulotlarning natijasi.🎉 Toʻgarak a’zolarimiz bilan faxrlanamiz va ularga yanada katta yutuqlar tilaymiz! Biz bilan birga bo'ling!
⬇️ Joriy yilning 16-dekabr kuni G‘alaba kuni munosabati bilan O‘zbekistondagi Bangladesh Xalq Respublikasi elchixonasida tadbir bo‘lib o‘tdi.
▪️ Ushbu tadbirda Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi G‘uncha raqs ansambli ijodiy chiqishlari bilan faol ishtirok etdilar.
🥳 Yosh ijodkorlarimizning xamkorlik doirasida o‘tkaziladigan bunday nufuzli tadbirda qatnashish yosh ijodkorlarimizning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada rivojlantiradi.
😎 Telegram 😎 Instagram 😎 Facebook
📢 “Kelajak” markazlariga direktor lavozimiga tanlov e’lon qilinadi!
🏫 “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Respublika o‘quvchi yoshlar markazi hamda “Yoshlik” sport jamiyati negizida tashkil etilayotgan “Kelajak” markazlari uchun malakali rahbarlik lavozimiga ochiq tanlov e'lon qilinadi.
⏰ Lavozimlar maqsadi:
• O‘quvchilarda zamonaviy kasblarga qiziqish uyg‘otish • STEM, ilm-fan, san’at, sport va xorijiy tillar yo‘nalishidagi to‘garaklarni rivojlantirish • Liderlik, tashabbuskorlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish • SEL (ijtimoiy-emotsional ta’lim) modeli asosida bolalar bilan ishlash • ERP.PORTFOLIO tizimi orqali o‘quvchilar faoliyatini raqamlashtirish🔴 Tanlov shartlari va imtiyozlar:
• Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlarga har oy maoshiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi • To‘garak rahbarlari uchun haftalik ish yuklamasi: 16 soat • Direktorlar faoliyati KPI asosida baholanadi • Hududiy markazlar STEM, xorijiy tillar, ilm-fan, san’at va boshqa yo‘nalishlarga ixtisoslashadi📩 Hoziroq ariza topshiring: Buning uchun oʻzingiz haqingizdagi maʻlumotlarni tanlov.uzedu.uz manziliga yuboring. Oʻz yoʻlingizni “Kelajak" bilan boshlang!
#bilasizmi?
Miyaning o‘zi og‘ir bo‘lmasa-da (o‘rtacha 1,4 kg), u tanadagi umumiy energiyaning 20% ini sarflaydi. Bu superkompyuterga teng darajadagi ishlov berish quvvatidir.
Biz bilan birga bo'ling!
+3
Karate – iroda, intizom va jasorat maktabi!
🥋 Maktabimizda karate to‘garagi faol, qiziqarli va jismoniy rivojga boy mashg‘ulotlar bilan davom etmoqda.
❤️ Har bir dars – o‘quvchilarning chidamlilik, tezkorlik, o‘ziga ishonch va irodasini mustahkamlovchi haqiqiy sport sarguzashtidir.
Bolalar nafaqat mashq qilishmoqda, balki tartib-intizom, hurmat va matonat kabi muhim qadriyatlarni ham o‘zlashtirishmoqda.Bizning kuchli va irodali yosh sportchilarimiz bilan tanishib boring! Biz bilan birga bo'ling!
Qanchalik ko‘p olsangiz, shunchalik kattalashib boradi. Bu nima?
U uchadi, lekin qushi yo‘q. Bu nima?
Qaysi so‘z har doim noto‘g‘ri yoziladi?
Inson tanasidagi eng kuchli mushak qaysi?
+3
“Konstitutsiya o‘quvchilar nigohida” rasmlar ko‘rik-tanlovi baholash jarayonlari
Joriy yilning 15-dekabr kuni maktabimizda o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Konstitutsiya o‘quvchilar nigohida” mavzusidagi rasmlar ko‘rik-tanlovining baholash jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
Bunda:
🎯 Bu kabi tanlovlar to‘garak a'zolarining huquqiy ongini shakllantirish va ijodiy salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi.Biz bilan birga bo'ling!
Quyidagi bepul ta’lim platformalari bolajonlarga vaqtlarini unumli o‘tkazish, bilimlarini boyitish, fikrlash qobiliyati va salohiyatlarini rivojlantirishda katta yordam beradi:
🌍 Ibrat farzandlari - Farzandingizning ingliz tilini o‘rganishga qiziqishini oshiring!
📚Kitob.uz - Kitob o‘qishga ishtiyoq uyg‘oting!
🤝 Bek va Lola - Bolajoningiz mehrli va tarbiyaviy multfilm ko‘rishni taminlang!
♟ UzChess - shaxmatni tez va qiziqarli tarzda o‘rgating!
📖 1000Kitob - dunyo adabiyotining eng yaxshi asarlarining o‘zbekcha tarjimasi!
🌿 Yashil makon - ekologik tarbiyaga bag‘ishlangan multfilmlar!
📼 Khan Academy Uzbek - o‘zbek tilidagi bepul videodarsliklar!
📚 Mutolaa - eng sara kitoblar audiosi!
Bolaga bergan eng katta sovg‘a — uning qalbiga solgan ilm va tarbiyadir😎 Telegram 😎 Instagram 😎 Facebook
📚 Maktab maslahatchisi – o‘quvchilar tashabbusini rivojlantirish bo‘yicha muhim bo‘g‘in
Maktab maslahatchisi lavozimi o‘quvchilarning yetakchilik, tashabbuskorlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan hamda ularning ilmiy, madaniy, sport va ijtimoiy salohiyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
🎯Maktab maslahatchisi quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
🏫 • “Kelajak” markazlarining to‘garaklari faoliyatini tizimli tashkil etish 🏛 • O‘quvchilarni tarixiy obidalar, madaniy yodgorliklar va milliy qadriyatlar bilan tanishtirish 🤝 • Loyihalar, klublar va debatlar orqali yetakchilik va tashabbuskorlik ko‘nikmalarini shakllantirish 🎨 • Madaniyat, san’at, 📖 kitobxonlik, ⚽️ sport va 🌱 ekologik loyihalarni tashkil etish 💻 • O‘quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatini tizimli ravishda yuritish✨ Mazkur lavozim orqali o‘quvchilarga rivojlantiruvchi va xavfsiz ta’lim muhiti yaratiladi hamda ularni kelajakdagi muvaffaqiyatga tayyorlash ta’minlanadi. Manba
Eng uzoq yashaydigan hayvon qaysi?
Вазирлар Маҳкамасининг 2025-йил 10-декабрдаги 776-сон қарори билан танишинг.
@aminsayyor 👈
