Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Open in Telegram
Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabining sahifasi. Instagram: https://www.instagram.com/toshbabm?igsh=MnpzZWdsb3NoZGtl&utm_source=qr Facebook: https://facebook.com/toshbabm ☎️ +998712373442
Show more361
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-630 days
Posts Archive
#Ota_onalar_uchun
To‘garak tanlashda yo‘l qo‘yiladigan eng keng tarqalgan xatolar
To‘g‘ri tanlangan to‘garak bolaning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ammo ba’zan bilmasdan quyidagi xatolarga yo‘l qo‘yiladi:
❗️Bolaning qiziqishini inobatga olmaslik;
Ota-ona xohishi bilan tanlangan to‘garak bola uchun qiziq bo‘lmasligi mumkin.
❗️ Yoshiga mos kelmaydigan to‘garak tanlash;
Juda murakkab yoki aksincha juda oddiy mashg‘ulotlar bolaning qiziqishini so‘ndiradi.
❗️ Faqat natijaga e’tibor qaratish;
Jarayondan zavq olish ham natija kabi muhim.
❗️ Ustoz va muhitga e’tibor bermaslik;
Tajribali ustoz va sog‘lom muhit bolaning rivoji uchun asosiy omildir.
❗️ Bolani majburlash;
Majburiy qatnashuv vaqt o‘tib to‘liq qiziqishning yo‘qolishiga olib keladi.
❗️❗️❗️❗️ To‘garak — bu bolaning qobiliyatini ochish va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish vositasidir.❓ Siz to‘garak tanlashda qaysi jihatga ko‘proq e’tibor berasiz? Biz bilan birga bo'ling!
#yetti_yo‘nalish_ekologiya
Ekologiya – tabiatni asrashga chorlovchi muhim yo‘nalish!
Ekologiya orqali:
✅ atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat shakllanadi
✅ tabiatni asrash ko‘nikmalari rivojlanadi
✅ ekologik madaniyat oshadi
✅ sog‘lom kelajak uchun bilimlar beriladi
🍀 Ekologiya yo‘nalishi tabiat va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid bilimlarni berishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishdagi to‘garaklarda ishtirokchilar ekologiya fanining asoslari, tabiiy resurslardan to‘g‘ri foydalanish hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaslik yo‘llari bilan tanishadilar.
🌱 Mashg‘ulotlar davomida chiqindilarni kamaytirish, saralash, suv va energiyani tejash kabi amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi. Shuningdek, ekologik muammolar va ularning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
😎 Telegram 😎 Instagram 😎 Facebook
“Sariq O‘rdakcha” musiqiy sarguzasht!
😝 Kichkina o‘rdakcha ko‘lmakchada hafa bo‘lib o‘tiribdi chunki suv iflos va atrofda axlatlar yotibdi. Do‘stlari esa unga yordam berib, musiqalar orqali tabiatni asrash va suvni tejash qanchalik muhimligini o‘rgatishadi!
📤 Videoni tomosha qiling va do‘stlaringizga ulashing!
Biz bilan birga bo'ling!
#learn_new_word
Bugungi kunda bilim chegarasi yo‘q
😝 “To‘garak” so‘zining 5 ta tildagi tarjimasi:
🇺🇿 O‘zbekcha: To‘garak
🇷🇺 Ruscha: Кружок
🇬🇧 Inglizcha: Club
🇹🇷 Turkcha: Kulüp
🇨🇳 Xitoycha: 俱乐部 (Jùlèbù).
To‘garak bilim va qiziqishlarni rivojlantiruvchi maskan!❔ Siz qaysi to‘garakka qatnashgansiz? Biz bilan birga bo'ling!
+6
▪️ Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabida ota onalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad:
❤️ PQ277-son qarori bilan batafsil tanishtirish;
❤️ bolaning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish
❤️ to‘garaklarga jalb qilish masalalari ko'rib chiqildi.
Uchrashuv davomida, ota onalarni qiziqtirgan savollaga javob berildi va to'garaklarga qatnashishi uchun shartnomalar tuzildi.
😎 Telegram 😎 Instagram 😎 Facebook
#yetti_yo‘nalish_xorijiy_tillar
Ingliz tili – xorijiy tillar yo‘nalishidagi muhim va istiqbolli to‘garak!
Ingliz tili orqali:
✅ muloqot va nutq ko‘nikmalari rivojlanadi
✅ dunyoqarash kengayadi
✅ mustaqil fikrlash shakllanadi
✅ xalqaro imkoniyatlarga yo‘l ochiladi
Agar sizni ingliz tili to‘garagi qiziqtirayotgan bo‘lsa,
maktabimizga tashrif buyuring!
Ingliz tili to‘garak rahbari:
Aydin Murzayeva
☎️ +998 95 933 19 88
Biz bilan birga bo'ling!
JANUBIY KOREYA TA’LIM TAJRIBASI
🇰🇷 Janubiy Koreyada ta’lim mehnat, raqobat va yuqori natijaga asoslangan. Bu davlatda bilim kelajak muvaffaqiyatining asosiy kaliti deb qaraladi.
Koreya ta’limining asosiy jihatlari:
🫥 Ta’limga katta ahamiyat — o‘qish jamiyatda eng muhim qadriyatlardan biri.
🫥 Yuqori talab va raqobat — o‘quvchilar doimo o‘z ustida ishlaydi.
🫥 Uzoq va puxta tayyorgarlik — maktabdan tashqari qo‘shimcha ta’lim keng tarqalgan.
🫥 Texnologiyaga tayangan darslar — raqamli vositalar faol qo‘llaniladi.
🫥 O‘qituvchi — nufuzli shaxs — jamiyatda katta hurmatga ega.
Janubiy Koreya tajribasi kuchli mehnat va intizom katta natija berishini isbotlaydi.👉 Kanalni kuzatib boring, foydali ma’lumotlar oldinda! ⏩⏩⏩⏩ Biz bilan birga bo'ling!
#chet_el_tajribasi
🇫🇮 FINLYANDIYA TA’LIM TAJRIBASI
Finlyandiya ta’lim tizimi dunyodagi eng samarali tizimlardan biri hisoblanadi. Bu yerda asosiy e’tibor o‘quvchi shaxsiga qaratiladi.
Asosiy jihatlar:
🔹O‘quvchi markazda — darslar o‘quvchi qiziqishi asosida olib boriladi.
🔹 Bosimsiz ta’lim — reyting, ortiqcha test va yuklama yo‘q.
🔹 Xato — rivojlanish vositasi — xato qilish qo‘rquv emas.
🔹 Amaliy yondashuv — loyihalar va guruhli ishlar ustuvor.
🔹 O‘qituvchi — murabbiy — yo‘l ko‘rsatuvchi va motivator.
👉 Kanalni kuzatib boring, foydali ma’lumotlar oldinda!
⏩⏩⏩⏩
😎 Telegram 😎 Instagram 😎 Facebook
#bilasizmi
🤖Sun’iy intellekt (AI) haqida bilasizmi?
🤖 Sun’iy intellekt — bu kompyuter va mashinalarga inson fikrlashiga o‘xshash qobiliyat beruvchi texnologiya. U o‘rganadi, tahlil qiladi va qaror qabul qila oladi.
⚡️ Bugungi kunda AI soniyalar ichida millionlab ma’lumotlarni qayta ishlaydi va inson bajara oladigan ko‘plab vazifalarni tezroq amalga oshiradi.
📊 Sun’iy intellekt tibbiyot, ta’lim, robototexnika, transport va moliya sohalarida faol qo‘llanilib, inson hayotini ancha yengillashtirmoqda.
🧠 AI inson miyasidek o‘ylamaydi, ammo u katta hajmdagi ma’lumotlar asosida aniq xulosalar chiqarishda juda samarali.
❗️ Mutaxassislar fikricha, kelajak kasblarining katta qismi sun’iy intellekt bilan bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun uni o‘rganish bugundan muhim.
😎 Telegram 😎 Instagram 😎 Facebook
😊 Hurmatli ota-onalar, aziz ustozlar va mehribon o‘quvchilar!
😊 Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi jamoasi Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2026-yil bilan samimiy tabriklaydi.
😊 Kirib kelayotgan Yangi yil barchangizga yangi orzular, katta yutuqlar va ezgu niyatlar olib kelsin. Ushbu yil ham farzandlarimiz kamoloti yo‘lida birgalikda yangi marralarni zabt etishimizga ishonamiz.
😊 Yangi yil muborak bo‘lsin!
😊😊😊
😊 Уважаемые родители, дорогие учителя и любимые ученики!
😊 Коллектив детской школы "Баркамол авлод" города Ташкента сердечно поздравляет вас с наступающим 2026 годом.
😊 Пусть наступающий Новый год принесет каждому из вас новые мечты, большие достижения и добрые намерения. Мы верим, что и в этом году мы вместе покорим новые вершины на пути к гармоничному развитию наших детей.
😊 С Новым годом!
Biz bilan birga bo'ling!
#bilasizmi?
🔭 Quyoshdan keyingi eng yaqin yulduz Proksima Centauri bizdan 4,24 yorug‘ yili uzoqlikda. Agar roppa-rosa hozir yo‘lga chiqqan bo‘lganingizda ham, hozirgi texnologiyalar bilan unga yetib borish uchun 60 000 yil kerak bo‘lardi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
😎 Telegram 😎 Instagram 😎 Facebook
⏰ “Raqamli Avlod” IT Oromgohi — 2026: Qishki mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!
Yangi yilni texnologiyalar olamida boshlang!
Loyiha 2026-yil 5-yanvardan 9-yanvarga qadar onlayn formatda bo‘lib o‘tadi.
➖ Onlayn yo‘nalishlar:
❄️Promt (AI Video)
❄️Vibe coding
❄️No coding
❄️Data analytics
❄️AI
❄️.net
❄️Phyton
📝Ro‘yxatdan o‘tish:Online.raqamliavlod.uz
Har bir ishtirokchiga sertifikat taqdim etiladi. Faol ishtirokchilarni esa sovgʻalar ham kutmoqda.
Digital Generation Uzbekistan
Iste’dodli o‘g‘il-qizlarimiz Yangi O‘zbekistonimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasi davom etmoqda.
Iste’dodli o‘g‘il-qizlarimiz ta’lim, ilm-fan, madaniyat, san’at, sport va boshqa sohalarda erishayotgan katta yutuqlari bilan ham Yangi O‘zbekistonimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi.
😎 Telegram 😎 Instagram 😎 Facebook
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasini quyidagi havola orqali real vaqt rejimida kuzatishingiz mumkin!
➡️https://t.me/shmirziyoyev?livestream
😎 Telegram 😎 Instagram 😎 Facebook
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
"Mashaqqatli mehnatimiz bilan hurmat qilishga majbur qilyapmiz barchani!"– Shavkat Mirziyoyev 😎 Telegram 😎 Instagram 😎 Facebook
Yoshlarimiz uchun yangi loyiha: “Kelajak uchun xorijiy til” — kelajakni birgalikda barpo etamiz!
O‘quvchilarimizning xorijiy tillar yo‘nalishidagi bilimlarini mustahkamlash, ular uchun yana-da kengroq imkoniyatlar yaratish maqsadida yangi loyihani yo‘lga qo‘ydik.
➡️ Batafsil
Bizni kuzating:
😎 Telegram
😎 Instagram
😎 Facebook
🎯🎯🎯🎯
✅ Joriy yilning 12-14 dekabr kunlari Turkiyada o‘tkazilgan Turkish open musobaqasida Uchtepa tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Karate" to‘garak a‘zosi Shuhratov Alirizo 1-o'rinni egalladi.
O‘quvchilarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!⬇️ Batafsil: Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 😎 Telegram 😎 Instagram 😎 Facebook
👍👍👍👍👍👍👍
Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Raqamli avlod” IT haftaligi doirasidagi Robo Sumo tanlovining respublika bosqichida Sergeli tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi robototexnika to‘garagi rahbari Sultonov Begzod faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Ustozimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
➡️ Batafsil
Biz bilan birga bo'ling!
Toshkentda doridan zaharlanish bilan bog‘liq 7 mingdan ortiq holat kuzatilgan
🔴 Sog‘liqni saqlash vaziri eshituvida deputatlar sohada erishilayotgan yutuqlar bilan birga, ayrim kamchiliklar kuzatilayotganini qayd etib, bir qator savollarni o‘rtaga tashladi. Jumladan, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan elektron retsept tizimi bo‘yicha ham savollar ko‘tarildi.
▪️ Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi barchangizni extiyotkor bo‘lishga chaqiradi.
Manba
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
😎 Telegram 😎 Instagram 😎 Facebook
