en
Feedback
Chinoz tumani hokimligi

Chinoz tumani hokimligi

Open in Telegram

Chinoz tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi. Kanal Chinoz tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan yuritiladi. Savol va murojaatlar uchun: @chinoztumanihokimligibot

Show more
2 897
Subscribers
-324 hours
-167 days
+4730 days
Posts Archive
“Paxta — 2026” mavsumiga munosib tayyorgarlik Chinoz tumanida “Paxta — 2026” mavsumini xavfsiz va uyushqoqlik bilan o‘tkazish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash maqsadida amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Shu maqsadda “APK Chinoz” MChJga qarashli paxtani qabul qilish korxonasida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi Favqulodda vaziyatlarni boshqarish markazi hamda Chinoz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida korxona xodimlariga yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda ko‘rilishi lozim bo‘lgan dastlabki choralar bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. Bunday mashg‘ulotlar xodimlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini oshirish hamda xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

#Chinoz_tumani #qabul Chinoz tumanida ochiq muloqot: aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda Chinoz tumani hokimi Sh. Salixov Xalq qabulxonasi binosida aholi murojaatlarini o‘rganish va hal etish maqsadida navbatdagi qabulni o‘tkazdi. Qabulda tuman sektor rahbarlari hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi. Bu esa murojaatlarni tezkor va samarali hal etish imkonini berdi. Fuqarolarning murojaatlari asosan uy-joy, bandlik, kadastr, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minoti, shuningdek sog‘liqni tiklash va oilaviy nizolar bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi. Qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi, qolganlari esa mas’ul tashkilot rahbarlariga ijrosini ta’minlash uchun topshiriq tarzida yuborildi. Ayrim fuqarolarga esa huquqiy maslahatlar berildi. Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati |Telegram|Facebook|Instagram|

📌 #Chinoz_tumani 📌 #Deputat_o‘rganishi 📌 #Deputat_nazorati 📌 #Adliya ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ ⚖️ BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI 🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Surayyo Axmedova tomonidan Chinoz tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i F. Xaitmetov bilan hamkorlikda Adliya bo‘limining faoliyati, davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 🔎 O‘rganish davomida hududda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni aholi va tashkilotlarga yetkazish, qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi. 📚 Hisobot davrida tuman Adliya bo‘limi tomonidan 850 ga yaqin yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar davlat organlari va tashkilotlarining tuman bo‘limlariga yetkazilgan. ⚖️ Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish, qonunchilikni bir xil qo‘llashni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi topshirig‘i hamda Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi buyrug‘i asosida tegishli tashkilotlarda 20 ta o‘rganish va 12 ta yo‘nalishda monitoring o‘tkazilgan. 📌 O‘rganishlar davomida jami 103 ta qonunbuzilishi holati aniqlangan. 📢 HUQUQIY TARG‘IBOT ISHLARI Aholining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida hisobot davrida jami 172 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan. Shundan: 🔹 51 tasi ommaviy axborot vositalari orqali; 🔹 12 marotaba televideniyeda chiqish; 🔹 16 marotaba radioda chiqish; 🔹 13 ta maqola gazetalarda chop etilgan. 👨‍👩‍👧‍👦 FHDYO SOHASIDAGI KO‘RSATKICHLAR 2026-yilning ikki choragi davomida Chinoz tumani FHDYO organlarida: 👶 Tug‘ilish — 1 016 ta 💍 Nikoh — 346 ta 📄 Ajrim — 115 ta 🕊 O‘lim — 326 ta Shuningdek, fuqarolarga eksterritoriallik tamoyili asosida 1 422 ta xizmat ko‘rsatilgan. Bu esa aholining ortiqcha ovora bo‘lishining oldini olish va davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda. 📑 YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH MARKAZI FAOLIYATI Chinoz tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 2026-yilning 6 oyi davomida mehnat va fuqarolik munosabatlariga oid jami 26 658 ta hujjat ko‘rib chiqish uchun kelib tushgan. Shundan: ✅ 23 783 ta hujjatga ijobiy xulosa berilgan; 📌 Salbiy xulosa berilgan holatlar mavjud emasligi qayd etildi. 🤝 O‘rganish yakunida deputat Surayyo Axmedova va Chinoz tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i F. Xaitmetov o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida qonunchilik talablariga rioya etilishini kuchaytirish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. 📌 Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar tashkilotlar faoliyatidagi mavjud masalalarni aniqlash, ularni bartaraf etish va aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

photo content
+2

📌 #Chinoz_tumani 📌 #Deputat_o‘rganishi 📌 #Deputat_nazorati 📌 #Kambag‘allikni_qisqartirish 📌 #Bandlik ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 📊 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI 🇺🇿 2026-yil 3-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, oilalarning daromad manbalarini ko‘paytirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Chinoz tumanida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi. 🏛 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Baxromov tomonidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining faoliyati o‘rganildi. 🔎 O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbalarini yaratish hamda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga e’tibor qaratildi. 📈 Chinoz tumanidagi mavjud holat: 👨‍👩‍👧‍👦 Jami oilalar soni — 43 041 ta 📌 Kambag‘al oilalar — 753 ta 🏠 Davlat ta’minotidagi oilalar — 575 ta 📍 Kambag‘allik chegarasidagi oilalar — 272 ta Mazkur ko‘rsatkichlar asosida hududlarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, oilalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda mavjud muammolar tahlil qilindi. 🤝 Shuningdek, kambag‘al va kambag‘allik chegarasidagi oilalarni daromadli mehnatga jalb qilish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va yangi ish o‘rinlari yaratish orqali oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgilandi. ✅ Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash, ularning yechimini topish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning samarali tashkil etilishiga xizmat qiladi.

photo content
+3

#Ijtimoiy_himoya #Sayyor_qabul 🔰 Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Chinoz tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlari marka
+5
#Ijtimoiy_himoya #Sayyor_qabul 🔰 Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Chinoz tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi direktori boshchiligida bugun Oydin mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. 🤝 Sayyor qabul davomida 15 nafardan ziyod fuqaroning murojaatlari,ularning muammo va takliflari tinglandi. ✅ Murojaatlar orasida nogironlik guruhini belgilash, nazoratsiz qolgan bolalarga vasiy yoki homiy tayinlash, sog‘lig‘ini tiklash va reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish, bolalar nafaqasi hamda moddiy yordam olish kabi masalalar o‘rin oldi. ♻️ Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan 9 nafar fuqaroning murojaatlari yuzasidan mas’ullar biriktirilib, ularning ijrosi nazoratga olindi. 📌 Bunday sayyor qabullar aholining ijtimoiy muammolarini bevosita o‘rganish, fuqarolarga qulay sharoit yaratish hamda murojaatlarni o‘z vaqtida va manzilli hal etishga xizmat qiladi.

“Fermerlar kuni” munosabati bilan qishloq xo‘jaligiga oid masalalar muhokama qilindi “Fermerlar kuni” munosabati bilan Chinoz
+3
“Fermerlar kuni” munosabati bilan qishloq xo‘jaligiga oid masalalar muhokama qilindi “Fermerlar kuni” munosabati bilan Chinoz tumanining “Chinoz” hududidagi “O‘rinboy hoji” fermer xo‘jaligi dala shiyponida qishloq xo‘jaligi masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Sh. Salixov, tuman prokurori, qishloq xo‘jaligiga aloqador bo‘limlar rahbarlari, fermer xo‘jaliklari hamda klaster korxonasi rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda paxta maydonlarida defoliatsiya ishlarini yakunlash, yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda sifatli yig‘ib-terib olish, texnika va paxta terish mashinalarini mavsumga to‘liq safarbar etish, terim otryadlarini shakllantirish hamda terimchilar uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, 2027-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarini ekishga tayyorgarlik ko‘rish, zarur yoqilg‘i-moylash materiallari, fosforli o‘g‘itlar va urug‘lik don zaxirasini yaratish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Mas’ullarga qishloq xo‘jaligi mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati |Telegram|Facebook|Instagram|

Hurmatli fuqarolar! Yurtimizda 1-sentabrdan 30-sentabrgacha “Yongʻindan ogohlik umummilliy kompaniyasi oyligi” o‘tkazilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Yurtimizda 1-sentabrdan 30-sentabrgacha “Yongʻindan ogohlik umummilliy kompaniyasi oyligi” o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.Ҳурматли фуқаролар! Юртимизда 1 сентябрдан 30 сентябргача “Ёнғиндан огоҳлик умуммиллий компанияси ойлиги” ўтказилмоқда. Ушбу тадбирларда фаол иштирок этишингизни сўраймиз. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱instagram | 📱X.com

#Eʼlon Sayyor qabulga taklif qilamiz! Joriy yil 5-sentabr kuni, soat 10:00da Chinoz tumani "Oydin" mahalla binosida "Inson" i
#Eʼlon Sayyor qabulga taklif qilamiz! Joriy yil 5-sentabr kuni, soat 10:00da Chinoz tumani "Oydin" mahalla binosida "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Shuhrat Roʼzi-Qoriyev tomonidan  soat 10.00 da Oydin mahalla fuqarolarining murojaatlari yuzasidan sayyor qabul oʻtkaziladi. Qabul davomida fuqarolar ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi qator masalalar yuzasidan murojaat qilishlari mumkin. Oydin mahallasi fuqarolarini belgilangan vaqtda faol ishtirok etishga taklif etamiz. 📍 Manzil: Chinoz tumani Oydin mahalla binosi 🕙 Vaqt: 2026-yil 5-sentabr, soat 10

#Chinoz_tumani #Deputat o'rganish Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildiXalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 18-Sutbuloq saylov okrugidan saylangan deputat A.Turdiboyevga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ulug'bekova tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida aholi bandligi masalalari o‘rganildi. 📝O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga muvofiq, hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari ijrosini ta’minlash maqsadida Chinoz tumanida 2026-yil uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olinganligi ma'lum bo'ldi. ♻️Mazkur rejaga ko‘ra, 2026-yil davomida jami 28 101 nafar aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish ko‘zda tutilgan. Jumladan: 🔹Doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish bo‘yicha – 4 039 ta; 🔹“Loyihaviy yondashuv” va infratuzilma loyihalari orqali – 18 743 ta; 🔹Ish o‘rinlarini “soya”dan chiqarish hisobiga – 5 319 ta. 🇺🇿 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi

photo content
+2

Kuz-qish mavsumi yaqinlashmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarni is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiradi. Asosiy tavsiyalar ushbu videorolikda taqdim etilgan. ——— Приближается осенне-зимний сезон. МЧС призывает граждан принять все необходимые меры, для того чтобы избежать случаев отравлений угарным газом, вспышек газо-воздушной смеси и пожаров. Основные рекомендации представлены в данном видеоролике. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X

#Chinoz_tumani 🏛 Chinoz tumanida ochiq muloqot: fuqarolar murojaatlari e’tiborda Chinoz tumanida aholi bilan ochiq va samimiy muloqotlar davom etmoqda. Fuqarolarning murojaatlarini bevosita tinglash, ularning muammolarini o‘rganish hamda amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi qabul Birlik MFY binosida tashkil etildi. Qabul jarayonida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi Abduvohid Turdiboyev fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning murojaat va takliflarini atroflicha o‘rgandi. 📌 Murojaatlarda asosan: 🔸uy-joy masalalari; 🔸bandlik va ish bilan ta’minlash; 🔸kadastr; 🔸tabiiy gaz ta’minoti; 🔸ichimlik suvi; 🔸sog‘liqni tiklash; 🔸oilaviy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Muloqot davomida har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, imkon qadar muammolarni joyida hal etish choralari ko‘rildi. Qabul yakunida murojaatlarning aksariyati ijobiy yechim topdi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar esa tegishli tashkilot va mutasaddi rahbarlarga ijro uchun biriktirildi. Ayrim fuqarolarga amaldagi qonunchilik doirasida huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi. Bunday ochiq muloqotlar aholining murojaatlarini bevosita o‘rganish, mavjud muammolarga tezkor yechim topish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 🇺🇿 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi

photo content
+3

#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi ♿️ Nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi 📝 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyat mudiri Asqar Baxramov tumandagi Nafis MFY hududida joylashgan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va yengilliklarning amaldagi holati hamda ularning to‘g‘ri qo‘llanilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishdan asosiy maqsad — nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan imtiyoz va yengilliklarning qonunchilik talablari asosida to‘g‘ri hamda shaffof qo‘llanilishini ta’minlashdan iborat. ✍️Tahlillar: Tumandagi 40 ta MFYda 40 nafar ijtimoiy xodim faoliyat yuritmoqda. Tumanda nogironligi bo‘lgan fuqarolar soni 3 065 nafarni tashkil etadi: 1-guruh: 339 nafar 2-guruh: 2 345 nafar 3-guruh: 381 nafar O'rganish davomida fuqarolarning ijtimoiy himoyasi, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanish darajasi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda murojaatlar bilan ishlash tizimi atroflicha tahlil qilindi. ✅Mas’ul mutaxassislar bilan o‘tkazilgan muloqotda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi. ✨ Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda davlat ijtimoiy kafolatlarini to‘liq ta’minlash deputatlik nazoratining diqqat merkazida bo‘lib qoladi. 🇺🇿 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi

photo content
+3

#Chinoz_tumani 🌱 Chinozda g‘o‘za parvarishiga alohida e’tibor qaratilmoqda Chinoz tumani "A.Temur" hududidagi "Arslanov Abdumajid" fermer xo‘jaligi dalalarida g‘o‘za parvarishi ilmiy tavsiyalar va zamonaviy agrotexnik talablar asosida olib borilmoqda. Parvarishlanayotgan paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, g‘o‘zaning rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mo‘l hosil yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati |Telegram|Facebook|Instagram|

#Chinoz_tumani 🌱 Chinozda g‘o‘za parvarishiga alohida e’tibor qaratilmoqda Chinoz tumani "Yo'ltushgan" hududidagi "Doniyor Al-Said" fermer xo‘jaligi dalalarida g‘o‘za parvarishi ilmiy tavsiyalar va zamonaviy agrotexnik talablar asosida olib borilmoqda. Parvarishlanayotgan paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, g‘o‘zaning rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mo‘l hosil yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chinoz  tumani hokimligi axborot xizmati |Telegram|Facebook|Instagram|