cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

TDTUOF | Rasmiy kanali

Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali rasmiy telegram kanali Taklif va Murojaatlar uchun: @Muqaddas_Ergasheva Filial direktoriga: @tdtuof_direktorga_murojaat_bot Ishlar boshqarmasi boshlig`iga: @tdtuof_ishlar_boshqarmasi_bot @smarteduuzbot

Show more
Advertising posts
2 979
Subscribers
-624 hours
-307 days
-2530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
#olimpiada Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi 2024-yilning 1–10-iyun kunlari oralig‘ida tashkil etiladi. ➖ Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi. ➡️ G‘oliblar ikki bosqichda saralab olinadi: 1️⃣ nazariy topshiriqlar – 50 ta test, maksimal 50 ball; 2️⃣ amaliy topshiriqlar – tegishli fan bo‘yicha 1 ta topshiriq, maksimal 50 ball. 👉 Ishtirok etish uchun olimpiada.edu.uz platformasida onlayn ro‘yxatdan o‘tiladi. Eslatma o‘rnida, olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilish imtiyoziga ham ega bo‘ladi. 👉На русском 👉In English Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇 Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz
Show all...
😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Qabul2024/2025
⚡️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi
30-maydan boshlab ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi. Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi. Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi. Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi. 👉 Batafsil... Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇 Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz
Show all...
👍 1
Repost from Edu.uz
01:15
Video unavailableShow in Telegram
🌎“Yoshlar kuni”da dunyo yoshlari O‘zbekistonda jamlanadi 📑 Butunjahon yoshlar festivali ilk bor 26-30-iyun kunlari O‘zbekistonda 150 ta davlat yoshlariga o’zaro fikr va tajriba almashish imkonini yaratadi. Festival taʼlim, innovatsiya, IT, biznes, media, madaniyat, sanʼat, sport kabi yo‘nalishlarda nufuzli spikerlarni Sizlarga taqdim etadi. 📍Festival Samarqand, Buxoro, Jizzax, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida bir vaqtda oʼtkaziladi. 📝Ishtirok etish uchun gyf2024.uz saytidan ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 15-iyun kuniga qadar qabul qilinadi.
Ta’lim, taraqqiyot, tashabbus, tenglik va tinchlik uchun birlashaylik!
Savol va takliflaringizni [email protected] elektron manzili yoki 1093 qisqa raqami orqali yo’llashingiz mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
👍 2
Repost from Edu.uz
29:34
Video unavailableShow in Telegram
#Vazir_ochiq_muloqot
⚡️ Nima sababdan “avval test, soʻng tanlov” tizimiga oʻtildi?
Qachon rektorlarni jamoatchilik saylaydi? ❓ Taʼlim granti har yili qayta taqsimlansa, poraxoʻrlik avj olmaydimi? ❓ Nega sirtqi taʼlimdan voz kechilmoqda? Ushbu savollarga Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov bilan “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorov suhbatida javob olishingiz mumkin. 🎬 Videoni Full HD formatda koʻrish
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
#abituriyent ‼️Qabul boshlanishiga 6 kun qoldi Prezident farmoniga ko‘ra, joriy yilda ilk marta qabul jarayonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ Birinchi bosqich: abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi; Ya’ni birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi. "Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi. ✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. 2️⃣ Ikkinchi bosqich: abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaychi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi. ❓O‘qishga kira olmaganlar nima qiladi? Mabodo abituriyentlar oliygohlarga kira olmasa, unda testda to‘plagan bali bilan kollej va (yoki) texnikumni tanlashi mumkin. O‘qishga kira olmaganlar uchun kollej yoki texnikum tanlashga OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng yana 10 kun muddat beriladi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇 Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz
Show all...
TDTUOF | Rasmiy kanali

Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali rasmiy telegram kanali Taklif va Murojaatlar uchun: @Muqaddas_Ergasheva Filial direktoriga: @tdtuof_direktorga_murojaat_bot Ishlar boshqarmasi boshlig`iga: @tdtuof_ishlar_boshqarmasi_bot @smarteduuzbot

👍 6
#qabul_2025

⚡️2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlanadi
📌 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. 📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi. 📆 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi. ✅ Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi. 2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. 🖥 Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇 Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz
Show all...
TDTUOF | Rasmiy kanali

Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali rasmiy telegram kanali Taklif va Murojaatlar uchun: @Muqaddas_Ergasheva Filial direktoriga: @tdtuof_direktorga_murojaat_bot Ishlar boshqarmasi boshlig`iga: @tdtuof_ishlar_boshqarmasi_bot @smarteduuzbot

#OAVda 🗞"Toshkent haqiqati" gazetasining 29-maydagi 37-sonida Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali ilmiy kengash kotibi, filologiya fanlari doktori Abdurahmon Pirimqulovning "Patefoni o‘chmay qolgan olimlar yoxud Abdulla Oripovning hajviy asarlari haqida jiddiy mulohazalar" sarlavhali maqolasi chop etildi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 👇 Telegram I Facebook I Instagram I You tube I tdtuof.uz
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
🎉 36🔥 4👍 3👏 3👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
🎉 34🔥 3👍 2👏 1