𝑼𝒔𝒆𝒇𝒖𝒍_𝒓𝒆𝒔𝒐𝒖𝒓𝒄𝒆𝒔
Open in Telegram
Kanalimiz havolasi👇 t.me/useful_resource Chat uchun👇 t.me/useful_resource_chat Murojaat uchun👇 t.me/useful_resource_chat
Show more1 183
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-1930 days
Posts Archive
1 183
Repost from Grantlar.uz
Boston University: AQSHda bakalavr bosqichini o'qish uchun to'liq grant; joy – 20 ta!
AQSHdagi Boston universiteti istalgan bakalavrlik dasturida oʻqish uchun Trustee Scholarship grantini taklif qiladi. Har yili taxminan 20 ta talaba bu grant bilan taqdirlanadi.
Grant mkoniyatlari:
– Kontrakt pulida toʻliq ozod qiladi (4 yilgacha)
– Boshqa majburiy talabalik toʻlovlaridan ozod qiladi
Arizalar 2023-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/boston-university-bakalavr-bosqichi-uchun-toliq-grant/
@grantlar
1 183
Wake Forest University: AQShda bepul o’qish, bepul yotoqxona va o'ziq-ovqat!
AQShda joylashgan Wake Forest universiteti bakalavriat bosqichiga topshiruvchi nomzodlarga Guy T. Carswell Scholarships grantlarini taklif etadi.
Grant imkoniyatlari:
– Oʻqish toʻlovidan toʻliq ozod etiladi.
– Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminlanadi.
– Shaxsiy xarajatlar uchun 3400 AQSh dollar mablagʻ ajratiladi.
– Tadqiqotlar uchun qoʻshimcha 5000 dollarlik yordam puliga ariza berish mumkin.
Bu grant yiliga 5 nafargacha talabaga ajratiladi.
Arizalar 2023-yil 15-noyabrgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/wake-forest-university-aqshda-bepul-oqish-bepul-yotoqxona-va-ovqatlanish-uchun-grant-stipendiya-3-400-dollar/
@grantlar
1 183
Schwarzman Scholars: Dunyoning 14-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 200 tagacha!
Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi.
Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli va boshqa universitet badallari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat.
– Pekinga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
– Kerakli kitoblar va boshqa materiallar ta’minlanadi.
– Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.
– Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi.
Bu dasturga har yili butun dunyodan 200 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi.
Bu yilgi qabul 2023-yil 19-sentabrgacha davom etadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/
@grantlar
1 183
Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!
Bu maktabda 2023-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.
Maktab 2024-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.
Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar
Dasturga 20 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.
Arizalar 2023-yil1-dekabrdan 2024-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/
P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ertaroq maʼlumot ulashmoqdamiz.
@grantlar
1 183
Repost from Grantlar.uz
AQSH: Simmons Universitetida bakalavriat bosqichida oʻqish va oʻqishni koʻchirish uchun 120 000 AQSH dollargacha grantlar
Bu universitet bakalavriat bosqichiga faqat ayol-qizlarni qabul qiladi. Oʻgʻil bolalar topshira olmaydi.
Grantlar:
– First-Year Scholarship (1-kursdan oʻqishni boshlash uchun) – 4 yil uchun kontrakt puliga 120 ming dollargacha chegirma
– Transfer Scholarship (oʻqishni Simmons universitetiga koʻchirish uchun) – Kontrakt puliga yiliga 10-20 ming dollar chegirma
Arizalar 2024-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/aqsh-simmons-universityda-bakalavriat/
@grantlar
1 183
Repost from RESPUBLIKA YOSH OLIMLAR KENGASHI RASMIY KANALI
#Qonunchilik_yangiliklari
⚡️Talabalar uchun har oylik stipendiya toʻlanadigan oʻquv kurslari tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (19.05.2023-y., 206-son) qabul qilindi.
Oʻquv kurslari quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etiladi:
➡️ axborot texnologiyalaridan va kommunikatsiyalaridan foydalanish (boshlangʻich);
➡️ matematik statistika;
➡️ algoritmlash asoslari;
➡️ maʼlumotlarni qayta ishlash;
➡️ dasturlash tillari (Python);
➡️ ingliz tili;
➡️ qaror qabul qilish asoslari.
◀️ Oʻquv kurslari jamoa boʻlib ishlash va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham tashkil etilishi mumkin.
Birinchi oʻquv yilida kamida 60 nafar tinglovchi qabul qilinadi, keyingi yillarda tinglovchilar soni ehtiyojdan kelib chiqib, oshirib boriladi.
Taʼlim olish 34 hafta muddat davomida “Blending learning — aralash taʼlim texnologiyasi” asosidagi oʻquv dasturiga muvofiq tashkil etiladi.
❕ Ushbu kurslarda oʻqish uchun tanlovning birinchi yilida respublika davlat OTMlarining bakalavriat bosqichida (barcha taʼlim shakli boʻyicha) 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan (akademik qarzdorligi boʻlmagan) talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Ushbu oʻquv kurslariga qabul qilingan respublika hududlaridagi talabalarining oʻqishini mos va turdosh yoʻnalishlarda Toshkent shahrida joylashgan davlat OTMlariga akademik mobillik asosida bir yil muddatga koʻchiriladi.
Oʻquv kurslariga qabul qilingan talabalar (tinglovchilar):
💰 ushbu oʻquv kurslarida oʻqishi davomida BHMning toʻrt baravari (1 mln 320 ming soʻm) miqdorida har oyda bir marotaba ragʻbatlantirib boriladi;
🏠 turar joy bilan taʼminlanadi yoki asosiy oʻqish joyi boʻlgan hududlardagi davlat OTMlari tomonidan belgilangan tartibda ijara toʻlovlarining bir qismi qoplab beriladi;
🍱 oʻqishi davomida bir mahal issiq ovqat bilan taʼminlanadi;
💻 taʼlim olish muddatiga zarur kompyuter jihozlari (noutbuk va boshqalar) taqdim etiladi;
🧑💻 IT-park rezidentlari boʻlgan tashkilotlarda amaliyotlarda qatnashishi taʼminlanadi;
🧾 oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi va Toshkent shahridagi Inxa universiteti tomonidan tasdiqlanadigan tegishli yoʻnalishi boʻyicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
✅ Respublika yosh olimlar Kengashini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
1 183
Repost from TDYU • KARYERA
#bilasizmi
👀 Advokatlik faoliyati bo‘yicha uzoq kutilgan qonun imzolandi.
“Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3¹-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun (O‘RQ–862, 09.08.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Eng muhimi, advokat bo‘lish uchun 2 yillik ish staji talabi bekor qilindi.
Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:
Advokat maqomiga ega bo‘lishga talabgor shaxs litsenziya olish uchun advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hay’atida, yuridik maslahatxonada) kamida 3 oy muddat stajirovka o‘tashi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shartligi belgilandi.
Ilgari: talabgor shaxs yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lish lozim edi.
✍️✍️✍️✍️✍️✍️
Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari
1 183
Repost from Grantlar.uz
ICYF International Conflict Resolution Camp: 18-35 yoshlilar uchun Turkiyada 6 bepul kunlik oromgoh!
Bu dasturga nizolarni hal qilish, tinchlik oʻrnatish sohasiga qiziquvchi 18-35 yoshli nomzodlar ariza berishi mumkin.
Oromgoh sanalari:
– 2023-yil 2-7-noyabr: ayol-qizlar uchun
– 2023-yil 9-14-noyabr: erkaklar uchun
Mashgʻulotlar ingliz tilida olib boriladi.
Dastur imtiyozlari:
– ishtirok etish bepul
– Turar joy, oziq-ovqat va shaharga ekskursiyalar xarajati qoplanadi
– Mahalliy transport xarajatlari qoplanadi.
– Maxsus sertifikat beriladi
Arizalar 2023-yil 26-avgust tungi 01:59 gacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/icyf-international-conflict-resolution-camp/
@grantlar
1 183
Repost from Grantlar.uz
Yosh tadqiqotchi ayol-qizlar uchun bepul 5 kunlik ilm-fan oromgohi
Bu dasturga O’zbekistondagi ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanuvchi ayol-qizlar ariza topshirishi mumkin.
Mashgʻlotlar 2023-yil 18-22-avgust kunlari Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Semurg‘” oromgohida oʻtkaziladi.
Moddiy imtiyozi:
– Qatnashish bepul
– Ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlar qoplanadi
Arizalar 2023-yil 10-avgustgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/yosh-tadqiqotchi-ayol-qizlar-uchun-bepul-5-kunlik-ilm-fan-oromgohi/
@grantlar
1 183
Repost from Grantlar.uz
Kanada: dunyoning 31-raqamli universitetida toʻliq grant va oylik stipendiya asosida oʻqish imkoniyati!
McCall MacBain Scholarships dasturi Kanadada joylashgan McGill universitetining magistratura va 2-kasbiy bakalavriat dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qiladi.
Grantlar universitetdagi turli sohalarda, jumladan, tibbiyot, stomatologiya, huquq, musiqa, taʼlim va oʻqitish hamda boshqa koʻplab sohalarda oʻqish uchun ajratiladi.
Moddiy imtiyozlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– 1500 dollar oylik stipendiya
– Monrealga borib, joylashish uchun mablagʻ
– Yozgi tajriba uchun 3700 dollargacha grant
Arizalar 2023-yil 24-avgustgacha qabul qilinadi (oʻqish 2024-yil yozgi yoki kuzgi semestrdan boshlanadi).
Batafsil👇
https://grantlar.uz/mccall-macbain-scholarships-kanadada-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/
@grantlar
1 183
Repost from Grantlar.uz
Sentabrda qabul tugaydigan dasturlar
Eʼtiboringizga 2023-yil sentabr oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini taqdim etamiz.
👉 Stipendium Copernicus: bakalavr va magistrlar uchun Germaniyada 1 semestr oʻqish imkoniyati! (dedlayn: 1-sentabr)
👉 Harvard Kennedy School: AQSHda 4 oylik amaliyot dasturi; 40 000 dollar stipendiya beriladi! (dedlayn: 7-sentabr)
👉 NASAdan qisqa metrajli filmlar tanlovi; mukofot – 10 000 dollargacha! (dedlayn: 8-sentabr)
👉 The Hodder Fellowship – sanʼatkorlar uchun AQSHda amaliyot dasturi; stipendiya – 90 000 AQSh dollari! (dedlayn: 12-sentabr)
👉 Princeton universitetida (AQSH) 2 yil davomida dars berish va malaka oshirish imkoniyati; yillik stipendiya – 90 000 dollar! (dedlayn: 12-sentabr)
👉 AQSHda 1 semestrgacha amaliyot oʻtash yoki tadqiqot olib borish uchun toʻliq grant! (dedlayn: 16-sentabr)
👉 Dunyoning 14-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 200 tagacha! (dedlayn: 19-sentabr)
👉 iF Social Impact Prize ijtimoiy loyihalar tanlovi: mukofot jamg’armasi – 100 000 yevro! (dedlayn: 25-sentabr)
👉 GCSP Prize – global xavfsizlikka oid innovatsion loyihalar uchun 11 660 dollar mukofot! (dedlayn: 26-sentabr)
👉 Germaniya: Musiqa yoʻnalishida magistratura yoki malaka oshirish kurslari uchun stipendiya! (dedlayn: 28-sentabr)
👉 Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar! (dedlayn: 30-sentabr)
👉 Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari! (dedlayn: 30-sentabr)
👉 Tom Howard/Margaret Reid Poetry Contest she'rlar tanlovi: mukofot – 3000 AQSh dollarigacha! (dedlayn: 30-sentabr)
👉 Iqtisodiyot, moliya va biznes masalalari yoritiladigan jurnalistik ishlar uchun 15 000 dollargacha grant! (dedlayn: 30-sentabr)
Avgust oyida qabul tugaydigan dasturlar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.
😎 Hujjat topshirish muhlatini oʻtkazib yubormang!
@grantlar
1 183
Repost from Grantlar.uz
ERP Study Scholarships (DAAD): Germaniyada iqtisodiyot va biznes boshqaruvi boʻyicha magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!
Dasturga iqtisod mutaxassisliklari va/yoki biznes boshqaruvi sohasida bakalavrlik diplomiga ega boʻlgan yoki bu diplomni 2024-yil iyul oyigacha qoʻlga kiritadigan nomzodlar topshirishi mumkin.
Nomzod ingliz yoki nemis tilida oʻqishni tanlashi mumkin.
Grant imkoniyatlari:
– 850 yevro oylik stipendiya.
– Oʻquv xarajatlari uchun yiliga 460 yevro mablagʻ.
– Sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Zarur hollarda 2 oylik bepul nemis tili kursi.
Arizalar 2023-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/erp-study-scholarships-daad-germaniyada-iqtisodiyot-va-biznes-boshqaruvi-boyicha-magistratura-uchun-toliq-grant/
@grantlar
1 183
Repost from Grantlar.uz
Eric Bleumink Fund: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!
Gollandiyadagi Groningen universiteti taklif qiladigan ushbu grant shu universitetdagi istalgan magistratura kursida tahsil olish uchun beriladi.
Grant imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi 100% qoplanadi.
– Safar xarajatlari qoplanadi.
– Oylik 970 yevro beriladi.
– Oʻquv anjomlari uchun 310 yevro bir martalik mablag’ beriladi.
– Gollandiyaga borib, joylashish uchun 275 yevro ajratiladi.
– Sug’urtalanadi.
– Viza xarajatlari qoplanadi.
Hujjatlar 2023-yilning 1-oktabridan 1-dekabrigacha qabul qilinadi (2024-2025-oʻquv yili uchun).
Batafsil👇
https://grantlar.uz/eric-bleumink-fund-gollandiyada-magirtratura/
@grantlar
1 183
Repost from Grantlar.uz
Helmut Veith Stipend: Ayol-qizlarning magistraturani Vena texnologiya universitetida oʻqishi uchun toʻliq grant va stipendiya!
Bu stipendiya quyidagi magistrlik kurslarida oʻqish uchun taqdim etiladi:
– Logic and Computation
– Business Informatics
– Computer Engineering
– Media and Human-Centered Computing
Bu kurslarning barchasi ingliz tilida oʻqitiladi.
Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi
– Yiliga 6000 yevro stipendiya beriladi
Arizalar 2023-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi (oʻqish 2024-yil yozgi semestrdan boshlanadi).
👉 BATAFSIL MAʼLUMOT 👈
@grantlar
1 183
Repost from TDYU • KARYERA
♾ "ESTE" advokatlik firmasi ishga taklif etadi.
✔️ Talablar
🔴 o'rta maxsus ta'lim yoki oliy yuridik ma'lumot;
🔴 2- va 3-kurs TDYU talabasi bo'lish;
🔴 og‘zaki va yozma muloqot;
🔴 da'vo ishlarini bajarish;
🔴 sud hujjatlari bo'yicha qarzlarning undirilishini ta'minlash;
🔴 ijro protsessida tajribaga ega bo'lish.
🔹 Imtiyozlar
🟢 5/2 kunlik ish vaqti;
🟢 Toshkent markazida zamonaviy ofis;
🟢 ish natijalariga qarab ish haqi;
🟢 transport xarajatlarini qoplash;
🟢 karyeraviy o‘sish.
↖️ Toshkent sh., Mirobod tuman, Shahrisabz ko'cha, 21A uy.
📞 +9989 881831777
📱 @JuristeSpecialOne
✍️✍️✍️✍️✍️✍️
✅ Karyera — yuristlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari
1 183
Repost from Grantlar.uz
Stamps Scholarship: AQSHda bakalavriat uchun toʻliq grant, bepul turar joy va 12 000 dollar mablagʻ!
Mayami universiteti bakalavriatda oʻqishni xohlovchilar uchun Stamps Scholarship dasturini taklif etadi.
Maktab, kollej yoki litseyda oxirgi sinf/kurs vaqti ariza topshiradiganlar bu grantga talabgorlik qilishi mumkin.
Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi va boshqa badallar qoplanadi
– Bepul turar joy
– Bepul oziq-ovqat
– Noutbuk va darsliklar olish uchun mablagʻ
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Tadqiqotlar uchun 12 ming dollar mablagʻ
Arizalar 2023-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi (2024-yilning bahorgi yoki kuzgi semestri uchun).
Batafsil👇
https://grantlar.uz/stamps-scholarship-aqshda-bakalavr-kursi-uchun-toliq-grant/
@grantlar
1 183
Repost from Grantlar.uz
University of Helsinki: magistraturada oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!
Helsinki universiteti (TOP 101) magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun 2 xil grant taklif etadi:
1. Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi va umumiy 10 ming yevro stipendiya beriladi.
2. Faqat kontrakt summasi qoplanadi (50% dan 100% gacha).
Nomzodlar universitetdagi istalgan magistratura kursini tanlashi mumkin.
Universitetda tibbiyot, huquqshunoslik, taʼlim, biologiya, farmatsevtika va boshqa koʻplab yoʻnalishlar mavjud.
Hujjatlar qabuli 2023-yil 1-dekabrdan 2024-yil 3-yanvargacha davom etadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-helsinki-magistraturada-oqish-uchun-toliq-grant-va-stipendiya/
P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrib borishingiz uchun bu dastur haqida ertaroq maʼlumot ulashmoqdamiz.
@grantlar
1 183
Repost from Grantlar.uz
🇰🇷 Diqqat, shoshilamiz! Qabul tugashiga 4 kun qoldi
✅Magistratura
⏺Talab: IELTS 5.5 / TOPIK 3
⏺Firma to’lovi: (3.000.000)-2.000.000 so’m
⏺Qabul qilinish foizi - 💯%
⏺Grand: 30-100% gacha
✅Til kursi - TOPIK 1/2 borlar uchun ajoyib dasturlarimiz mavjud
🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
💬Telegram | 📹Instagram
📞Shartnoma tuzish uchun:
+998959566210 | Yozish✍️
+998959556210 | Yozish✍️
1 183
❗Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti yakuniy jaboblari e'lon qilindi
1 183
• Jinoyat
http://std1.tsul.uz/student-exams/981/exam-result/307
• JPK
http://std1.tsul.uz/student-exams/333/exam-result/332
• IPK
https://std1.tsul.uz/student-exams/1/exam-result/381
• Advokatura
https://std1.tsul.uz/student-exams/1/exam-result/456
• Tezkor qidiruv
https://std1.tsul.uz/student-exams/1/exam-result/485
