en
Feedback
TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

Open in Telegram

🏛 TDYU Ommaviy huquq fakultetining rasmiy telegram kanali 📩 Murojaatlar va takliflar uchun: 👉 @ohf_dekan_bot ☎️| +998 71 233-66-36 (1150)

Show more
3 221
Subscribers
-424 hours
+447 days
+31130 days
Posts Archive
#elon 📣 Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi
#elon 📣 Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi — kontrakt.edu.uz ishga tushirilgan. Mazkur tizim orqali abituriyentlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorini bilishi hamda qo‘shimcha qabul va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ariza topshirishi mumkin. Buning uchun ular yuqoridagi axborot tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tishi va tegishli ma’lumotlarni kiritishi kerak. Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirish bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, universitetning Qabul jarayonini tashkil etish bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin. 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈

📣 To'lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlar diqqatiga! Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qarori bilan Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida to'lov kontraktlari mahalliy hokimliklar tomonidan qoplanishi mumkin. Ushbu masala yuzasidan quyidagi toifalarga tushuvchi xotin-qizlar 7 sentabr kuni, 16:00ga qadar dekan o'rinbosari Q.Musayevga (@Qamariddin_Musayev) murojaat qilishlari so`raladi: 1. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar; 2. Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yaʼni yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlar; 3. Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yaʼni boquvchisini yoʻqotgan (turmush oʻrtogʻi vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolgʻiz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar. 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈

#knowledge_day #university #student #TSUL #Public_law #faculty soon... 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈

#stipendiya 📣 Fakultetimiz talabasi Adliya vazirligi stipendiyasi g'olibi. 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020
#stipendiya 📣 Fakultetimiz talabasi Adliya vazirligi stipendiyasi g'olibi. 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga muvofiq, Adliya vazirining tegishli buyrug'i bilan "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining stipendiyasi" ta'sis etilgan.
✔️Vazirlik stipendiyasi har yili universitetning har bir fakulteti 2 va 3-bosqichida tahsil olib kelayotgan o'qish tilidan qat'iy nazar eng yuqori ko'rsatkichlarga erishgan (GPA) birinchi o'rindagi talabalarga taqdim etiladi.
✨ Adliya vazirining "Toshkent davlat yuridik universiteti iqtidorli talabalariga Adliya vazirligi stipendiyasini ajratish to'g'risida"gi tegishli buyrug'i bilan Ommaviy huquq fakulteti 3-kurs talabasi Tilovmurodova Jasmina Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori bo'ldi. 👆 G'olibga 1-sentyabrdan boshlab, o'quv yili yakuniga qadar oyma-oy bazaviy stipendiyaning bir yarim baravari miqdorida pul mablag'i to'lab boriladi. 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈

#stipendiya 📣 Fakultetimiz talabasi Adliya vazirligi stipendiyasi g'olibi. 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020
#stipendiya 📣 Fakultetimiz talabasi Adliya vazirligi stipendiyasi g'olibi. 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga muvofiq, Adliya vazirining tegishli buyrug'i bilan "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining stipendiyasi" ta'sis etilgan.
✔️Vazirlik stipendiyasi har yili universitetning har bir fakulteti 2 va 3-bosqichida tahsil olib kelayotgan o'qish tilidan qat'iy nazar eng yuqori ko'rsatkichlarga erishgan (GPA) birinchi o'rindagi talabalarga taqdim etiladi.
✨ Adliya vazirining "Toshkent davlat yuridik universiteti iqtidorli talabalariga Adliya vazirligi stipendiyasini ajratish to'g'risida"gi tegishli buyrug'i bilan Ommaviy huquq fakulteti 2-kurs talabasi Xolmamatova Aziza Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori bo'ldi. 👆 G'olibga 1-sentyabrdan boshlab, o'quv yili yakuniga qadar oyma-oy bazaviy stipendiyaning bir yarim baravari miqdorida pul mablag'i to'lab boriladi. 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈

#tanlov 📣 MUSTAQILLIK – MENING NAZARIMDA 🇺🇿 Davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan barchani “Mustaqillik
#tanlov 📣 MUSTAQILLIK – MENING NAZARIMDA 🇺🇿 Davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan barchani “Mustaqillik – mening nazarimda” ijodiy tanlovida ishtirok etishga taklif etamiz! Ishtirokchilar quyidagi 2 ta nominatsiya bo‘yicha o‘z mahoratlarini ko‘rsatishlari mumkin: 📸 Eng yaxshi fotoalbom 🎤 Eng yaxshi qoʻshiq 🎁 G‘olib va sovrindorlar darajali diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlanadi! 📅 Ijodiy ishlar 15-sentabrga qadar qabul qilinadi. 📩 Ishlaringizni @Bekmirza_Bektemirovich telegram manzili orqali yuborishingiz mumkin. O‘z iqtidoringizni namoyon eting va g‘oliblar qatoridan joy oling! 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈

#shubalar_faoliyati 📣 Hamkorlik memorandumi natijasida tashkil qilingan amaliyot shu'basining tantanali ochilish marosimi bo
#shubalar_faoliyati 📣 Hamkorlik memorandumi natijasida tashkil qilingan amaliyot shu'basining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Mazkur “Yo‘l xaritasi”da quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish belgilangan: • TDYU va institut o‘rtasida dual ta’limni tashkil etish; • ta’lim jarayonini bevosita amaliyot bilan integratsiya qilish; • professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchi mutaxassislar hamkorligini rivojlantirish; • qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish; • amaldagi qonunchilik muammolarini tahlil qilish va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish; • bo‘lajak huquqshunoslarda zamonaviy amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish; • huquqiy madaniyatni yuksaltirish va innovatsion hamkorlikni rivojlantirish.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida dual ta’lim tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈

#talabalar_turar_joyi #manzil 📣 Toshkent davlat yuridik universiteti Talabalar turar-joylarii manzillari! 1️⃣-sonli talabala
#talabalar_turar_joyi #manzil 📣 Toshkent davlat yuridik universiteti Talabalar turar-joylarii manzillari! 1️⃣-sonli talabalar yurar joyi manzili 📍 Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar ko'chasi 192-uy, 1-bino 2️⃣-sonli talabalar turar joyi manzili 📍 Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar ko'chasi 192-uy, 2-bino 3️⃣-sonli talabalar turar joyi manzili 📍 Toshkent shahri, Uchtepa tumani, 12-mavze 67-"A" uy 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈

#dual_talim 📣 2026/2027-o'quv yili uchun dual ta'lim jarayoni boshlanmoqda! 2,3,4-kurs talabalari uchun yuridik ta’lim dastu
#dual_talim 📣 2026/2027-o'quv yili uchun dual ta'lim jarayoni boshlanmoqda! 2,3,4-kurs talabalari uchun yuridik ta’lim dasturlarining 50 foizi nazariy qismi auditoriyalarda, 50 foiz amaliy qismi esa sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa yuridik sohaga oid tashkilot va muassasalarda amalga oshiriladi. 🎯 Fakultet kesimida 2-3-4-kurs talabalari tashkilotlardan ajratilgan kvotalar asosida dekanat tomonidan taqsimlanadi! ☝️ Talabalarga ularning qiziqishlarini hisobga olgan holda va qulaylik yaratish maqsadida o'zlari amaliyot o'tamoqchi bo'lgan sohaga oid davlat tashkilotlari, xususiy sektorlardan rozilik xati yoki rasmiy asosda ishlashni tasdiqlovchi buyruq mavjud bo'lganda ularning mazkur tashkilotlarda amaliyot o'tashlari uchun yo'naltiriladi. 📌 Shu sababdan, kimda mazkur asoslar (rozilik xati, buyruq) mavjud bo'lsa ertaga, 3-sentabr kuni soat 17:00ga qadar kurs tyutorlariga yuborish so'raladi! 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈

#sõrovnoma 📣 Toshkent shahrida talabalarning kundalik transport harakatini o‘rganish maqsadida qisqa so‘rovnoma o‘tkazilmoqd
#sõrovnoma 📣 Toshkent shahrida talabalarning kundalik transport harakatini o‘rganish maqsadida qisqa so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
📲 Botga kirib: • universitetingizni tanlang; • qayerdan yo‘lga chiqishingizni belgilang; • foydalanadigan transportingizni tanlang; • yo‘lga chiqish vaqtingizni ko‘rsating; • so‘rovnomani yuboring.
⏱️ To‘ldirish atigi bir necha daqiqa vaqt oladi. ✅ Har bir talaba so‘rovnomani bir marta to‘ldiradi. Zarur bo‘lsa, keyinchalik javoblarini yangilashi mumkin. Sizning javoblaringiz Toshkent shahrida talabalar uchun transport harakatini yaxshiroq tahlil qilishga yordam beradi. 👇 So‘rovnomada qatnashish uchun botga kiring: @student_coddbot 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈

#tdyu 📣 Toshkent davlat yuridik universiteti yangi o‘quv yiliga tayyor! 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈

#elon #ekskursiya #muzey 📣 O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyida “Ochiq eshiklar kunlari” o‘tkaziladi. Muzey soat 09:00
#elon #ekskursiya #muzey 📣 O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyida “Ochiq eshiklar kunlari” o‘tkaziladi. Muzey soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi hamda ushbu kunlari barcha tashrif buyuruvchilar uchun kirish biletlari bepul taqdim etiladi. 🏛 “Ochiq eshiklar kunlari” 2–8-sentabr kunlari “Muzeylar haftaligi” munosabati bilan o‘tkaziladi. 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈

#qutlov Aziz va muhtaram professor-o‘qituvchilar, qadrli talabalar va hamkasblar! Sizlarni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz b
#qutlov Aziz va muhtaram professor-o‘qituvchilar, qadrli talabalar va hamkasblar! Sizlarni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan Ommaviy huquq fakulteti jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Mustaqillik — milliy o‘zligimiz, erkin va obod turmushimiz hamda yorug‘ kelajagimizning mustahkam poydevoridir. Mamlakatimizda huquqiy davlat va adolatli jamiyat barpo etishda, xususan, milliy qonunchilik va ommaviy huquq sohasini rivojlantirishda Toshkent davlat yuridik universitetining munosib o‘rni bor. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti jamoasi 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈

🔹🔹🔹🔹🔹 Toshkent davlat yuridik universiteti 2026/2027 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari yuzasidan ijtimoiy tarm
+1
🔹🔹🔹🔹🔹 Toshkent davlat yuridik universiteti 2026/2027 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikrlar yuzasidan Rasmiy bayonot. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

#elon TDYUda 2026/2027-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi Bakalavr/magistratura to'lov-kontrakt narxlari
#elon TDYUda 2026/2027-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi Bakalavr/magistratura to'lov-kontrakt narxlari; Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt narxlari. 🔗 Batafsil 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈

#marafon “Toshkent xalqaro yarim marafoni” ommaviy yugurish musobaqada ishtirok eting. Ro‘yxatdan o‘ting va 100 000 so‘m yutib oling. 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈

#dayjest #tadqiqot_markazi TDYU Ommaviy huquq fakulteti Tadqiqot markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar dayjesti 👉 Teleg
#dayjest #tadqiqot_markazi TDYU Ommaviy huquq fakulteti Tadqiqot markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar dayjesti 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈

#yutuq 📣 Choriyev Ulug'bek Toshkent davlat yuridik universiteti granti g'olibi! 3-kurs talabasi Choriyeva Ulug'bek tanlov ko
#yutuq 📣 Choriyev Ulug'bek Toshkent davlat yuridik universiteti granti g'olibi!
3-kurs talabasi Choriyeva Ulug'bek tanlov komissiyasining tavsiyasi asosida universitet rektorining buyrug'i bilan mazkur o'quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti granti sovrindori bo'ldi.
💶 Universitet ta'lim granti sovrindorlari ushbu o'quv yili uchun belgilangan to'lov-kontrakt miqdorining yarmidan ozod etiladi. 💐 Talabamizni ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklab, keyingi faoliyatiga omad tilaymiz! 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈

#yutuq 📣 Najmiddinova Sarvara Toshkent davlat yuridik universiteti stipendiyasi g'olibi! 3-kurs talabasi Najmiddinova Sarvar
#yutuq 📣 Najmiddinova Sarvara Toshkent davlat yuridik universiteti stipendiyasi g'olibi!
3-kurs talabasi Najmiddinova Sarvara tanlov komissiyasining tavsiyasi asosida universitet rektorining buyrug'i bilan mazkur o'quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti stipendiyasi sovrindori bo'ldi.
💶 Universitet stipendiyasi sovrindorlariga bazaviy stipendiya miqdorining bir yarim baravari miqdorida stipendiya berib boriladi. 💐 Talabamizni ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklab, keyingi faoliyatiga omad tilaymiz! 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈

#DIQQAT #GRANTLAR #YAKUNIY_NATIJALAR 📢 HURMATLI TALABALAR! Toshkent davlat yuridik universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun
#DIQQAT #GRANTLAR #YAKUNIY_NATIJALAR 📢 HURMATLI TALABALAR! Toshkent davlat yuridik universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash jarayoni yakunlandi. 🏛 Maxsus komissiya tomonidan taqdim etilgan ta’lim grantlarini oluvchi talabalar ro‘yxati hamda unga tegishli hujjatlar Universitet Kengashida ko‘rib chiqilib, tegishli qaror bilan tasdiqlandi. 📋 Quyidagi grant turlari bo‘yicha talabgorlarning yakuniy natijalari e’lon qilinmoqda: 🔹 to‘liq ta’lim granti; 🔹 to‘liq bo‘lmagan ta’lim granti; 🔹 qo‘shimcha davlat granti; 🔹 oliy ta’lim tashkiloti granti. 📎 Yakuniy natijalar bilan ushbu havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin. 🎓 Ta’lim grantiga sazovor bo‘lgan barcha talabalarni samimiy tabriklaymiz! 🌟 Bu yutuq — bilim, izlanish va fidokorona mehnatingizning munosib natijasidir. Yutuqlaringiz muborak bo‘lsin! 🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti 👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈