🇺🇿O‘zbekiston milliy metrologiya instituti |Rasmiy kanali
Open in Telegram
"O‘zbekiston milliy metrologiya instituti" davlat muassasasining telegram kanali Veb-sayt: http://nim.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/nim.uzb Instagram: Youtube: Korrupsiyaga qarshi bot: @UzNIM_korrupsiya_bot
Show more3 590
Subscribers
-4024 hours
-2537 days
+31530 days
Posts Archive
+3
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti tomonidan xalqaro onlayn trening tashkil etildi
Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya tashkiloti Metpologiya kengashi (SMİİC MC) (https://mc.smiic.org/en/calendar/smiic-mc-activities) doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Radiotexnik kattaliklar, ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash va putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 7 sentyabr kuni “Time scale difference. Local clock vs. UTC(k) measurement uncertainty calculation” mavzusida xalqaro darajadagi onlayn trening tashkil etildi. Trening davomida milliy vaqt shkalalarini shakllantirish va taqqoslash, UTC(k) va mahalliy vaqt shkalasi o‘rtasidagi farqni o‘lchash, shuningdek, amalga oshirilgan o‘lchashlarning noaniqligini baholash va hisoblash usullari bo‘yicha ma’ruzalar va texnik taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek, ishtirokchilarga O‘zMMIning Vaqt va chastota laboratoriyasining o‘lchash va kalibrlash imkoniyatlari (CMC), milliy vaqt shkalasining xalqaro vaqt shkalalari bilan metrologik kuzatiluvchanligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda amaliy o‘lchash jarayonlari haqida ma’lumot taqdim etildi. Mazkur trening vaqt va chastota metrologiyasi sohasida xalqaro tajriba almashish, zamonaviy o‘lchash va noaniqlikni baholash yondashuvlarini ommalashtirish hamda SMIIC MC doirasidagi professional hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.#UzNIM #Metrology #SMIIC_MC #International_Training #Calibration #Time_scale #TF 😃O'zMMI Axborot xizmati 🕸nim.uz📱Facebook📱Instagram 📱Youtube🖥LinkedIn
O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti vakillari хalqaro seminarda ishtirok etdi
Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida Osiyo-Tinch okeani qonuniy metrologiya forumi (APLMF), Xalqaro qonuniy metrologiya tashkiloti (OIML) hamda Bozorni tartibga solish davlat ma’muriyati (SAMR) hamkorligida OIML sertifikatlash tizimini (OIML-CS) qo‘llash va “Harakatdagi yo‘l transport vositalarining massasini avtomatik tortish va o‘qlarga tushadigan yuklamani o‘lchash” bo‘yicha OIML R 134 Xalqaro tavsiyasini qayta ko‘rib chiqish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti vakillari ham faol ishtirok etdilar. Seminar soha mutaxassislariga og‘irlik o‘lchash uskunalarining turini tasdiqlash bo‘yicha xalqaro talablarni o‘rganish, sinov uslubiyotlarini xalqaro talablar asosida uyg‘unlashtirish, yo‘llarda avtomatik og‘irlik nazorati sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishish, OIMLning yetakchi mutaxassislari bilan tajriba almashish va ilmiy-texnik salohiyatni oshirish imkonini berdi. E’tiborli jihati, O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti Massa o‘lchash bo‘limi xodimi Shohruh Bakirov xalqaro seminarda “National Legal Metrology Framework & Control of Automatic Instruments for Weighing Road Vehicles in Motion in Uzbekistan” mavzusida taqdimot bilan ishtirok etdi. Mazkur xalqaro seminar O‘zbekistonda qonuniy metrologiya sohasida xalqaro tajribani joriy etish, mutaxassislar salohiyatini oshirish hamda OIML doirasidagi xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.#UzNIM #Metrology #OIML #APLMF 😃O'zMMI Axborot xizmati 🕸nim.uz📱Facebook📱Instagram 📱Youtube🖥LinkedIn
O‘zbekistonda Kvant metrologiyasi bo‘yicha ilk xalqaro yozgi maktab o‘tkazildi
😃O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti tashabbusi bilan mamlakatimizda ilk bor aynan kvant metrologiyasi mavzusiga bag‘ishlangan “Quantum Technologies in Measurements” xalqaro yozgi maktabi tashkil etildi.
✍️Tadbirda AQSH Milliy standartlar va texnologiyalar instituti (NIST), Chexiya Milliy metrologiya instituti (CMI) ekspertlari hamda O‘zbekistonning metrologiya, ilm-fan, oliy ta’lim muassasalari va sanoat sohasi vakillari ishtirok etdi.
💻Yozgi maktab doirasida kvant metrologiyasining zamonaviy yo‘nalishlari, yuqori aniqlikdagi o‘lchash texnologiyalari, kvant etalonlari va ularni milliy metrologiya tizimiga joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.
✅Mazkur tashabbus O‘zbekistonda kvant metrologiyasini rivojlantirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va zamonaviy kvant texnologiyalarini metrologiya amaliyotiga joriy etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
#UzNIM #Metrology #Quantum_Metrology #Summer_School #Measurement_Science #Quantum_Technology
😃O'zMMI Axborot xizmati
🕸nim.uz📱Facebook📱Instagram 📱Youtube🖥LinkedIn
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad shahriga keldi. Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi kutib oldi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с супругой прибыл в город Белград. В международном аэропорту имени Николы Теслы высоких гостей встретили Президент Республики Сербия Александр Вучич и его супруга.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Rasmiy axborot
"Bugun nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqamiz madaniy hayotidagi muhim voqeaga guvoh bo‘lib turibmiz. Shunday kunda sizlarni Toshkent Zamonaviy san’at markazida qutlash men uchun katta sharaf. Bugun Markaziy Osiyoda ilk bor zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi muassasa o‘z eshiklarini ochmoqda", - Saida MirziyoyevaPrezident Administratsiyasi rahbari mazkur markaz O‘zbekistonning dunyoga ochiqligi, yangilikka intilishi hamda turli madaniyatlar va qarashlarga bo‘lgan yuksak hurmatining amaliy ifodasi ekanligini ma'lum qildi.
"Toshkent azaldan turli xalqlar va madaniyatlarni o‘zaro bog‘lab kelgan shahardir. Asrlar davomida turli qarashlar, urf-odatlar va madaniyatlar uning o‘ziga xos muhitini shakllantirgan",
- dedi Saida Mirziyoyevahttps://t.me/Rasmiy_axborot_official
Repost from Rasmiy axborot
+3
🏛Bir asrlik tarix — yangi mazmun: Toshkentda Zamonaviy san’at markazi ochildi
Toshkentda Zamonaviy san’at markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maskan Markaziy Osiyoda zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi ilk madaniy muassasa sifatida o‘z faoliyatini boshlamoqda.Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi. Ma’lum qilinganidek, mazkur maskan davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakat madaniy hayotini yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy san’atni rivojlantirish va xalqaro madaniy muloqotni kengaytirish maqsadida tashkil etildi. Zamonaviy san’at markazi bir asrdan ortiq tarixga ega bo‘lgan tarixiy sanoat ob’yekti negizida barpo etildi. 1912 yilda qurilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy me’moriy qiyofasi saqlangan holda yangi madaniy makonga aylantirildi. Markazda zamonaviy san’at, me’morchilik, ta’lim va tadqiqot yo‘nalishlari uyg‘unlashadi. Bu yerda ko‘rgazma zallari, ta’lim maydonlari, kutubxona, tadqiqot infratuzilmasi hamda jamoatchilik uchun ochiq makonlar faoliyat yuritadi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
🟦🟦🟦🟦
Kvant metrologiyasi nima?
Ko‘pchilik metrologiya deganda bozorlardagi tarozi yoki uydagi gaz hisoblagichlarni tekshirishni tasavvur qiladi. Ammo zamonaviy ilm-fan allaqachon atomlar dunyosiga ko‘chib o‘tdi. Bugun fizika va texnologiyaning eng qaynoq nuqtasi bo‘lgan Kvant metrologiyasi haqida sodda tilda gaplashamiz.
Oddiy tilda aytganda, bu — dunyodagi eng maksimal aniqlikka erishish uchun koinotning eng kichik zarrachalari (atom, elektron va fotonlar) qonuniyatlariga tayanadigan yangi o‘lchash fanidir.
Ilgari kilogramm yoki metr kabi o‘lchovlar insonlar tomonidan yasalgan moddiy buyumlarga (masalan, Parijdagi maxsus metall quymasiga) qarab belgilangan bo‘lsa, endi u butunlay o‘zgardi. Hozirgi zamonaviy metrologiyada o‘lchashlar tabiatning o‘zgarmas qonunlari va atomlar tebranishi orqali hisoblanmoqda.
U hayotimizni qanday o‘zgartiradi?
Kvant o‘lchash vositalari oddiy qurilmalar mutlaqo ilg‘ay olmaydigan o‘ta kichik o‘zgarishlarni ham soniyaning milliarddan bir ulushida aniqlay oladi. Bu esa bizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
🔹Tibbiyotda yangi davr: Kvant datchiklari inson miyasidagi eng kuchsiz magnit maydonlarini ham o‘lchay oladi. Bu degani, og‘ir kasalliklar, jumladan, saratonni endigina boshlanayotgan eng dastlabki hujayra darajasida aniqlash mumkin bo‘ladi.
🔹Mukammal GPS va navigatsiya: Avtomobilingiz yoki telefoningizdagi navigatsiya tizimi hatto tunnellarda, yer ostida yoki kosmik sun’iy yo‘ldoshlar bilan aloqa uzilgan joyda ham adashmaydi. Chunki kvant soatlari va datchiklari joylashuvingizni millimetrigacha aniq ko‘rsatib turadi.
🔹Zilzilalarni oldindan bilish: Yer qobig‘idagi eng kichik tebranishlar va gravitatsiya o‘zgarishlarini kvant darajasida aniq o‘lchash orqali tabiiy ofatlarni ancha vaqt oldin bashorat qilish imkoni tug‘iladi.
Xulosa qilib aytganda, kvant metrologiyasi shunchaki aniqlik emas, bu kelajak texnologiyalarining asosi va poydevoridir.🕸nim.uz 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube 🖥LinkedIn
🟦🟦🟦
Voxobjon Nishonov - O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassisi, “Quantum Technologies in Measurements” mavzusida xalqaro yozgi maktab — Summer School ishtirokchisi
#UzNIM #Metrology #Quantum_Metrology #Summer_School #Measurement_Science #Quantum_Technology
😃O'zMMI Axborot xizmati
🕸nim.uz📱Facebook📱Instagram 📱Youtube🖥LinkedIn
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Сербия Александра Вучича 7-8 сентября посетит эту страну с официальным визитом.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🟦🟦🟦
Dr Petr Kren - Chexiya milliy metrologiya instituti (CMI) Uzunlik kvant bo’limi metrologi
▶️Sizning institutga taklif qilinganimdan juda mamnunman. Bu yerda juda ko‘p yangi laboratoriyalar tashkil etilgan va ular zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Shuningdek, ushbu anjuman o‘tkazilayotgan joy kvant metrologiyasiga oid masalalarni samarali muhokama qilish uchun juda qulay va maqsadga muvofiqdir.
#UzNIM #Metrology #Quantum_Metrology #Summer_School #Measurement_Science #Quantum_Technology
😃O'zMMI Axborot xizmati
🕸nim.uz📱Facebook📱Instagram 📱Youtube🖥LinkedIn
🟦🟦🟦
Dr. Albert Rigosi - AQSh Savdo departamenti huzuridagi Milliy etalonlar va texnologiyalar institute (NIST) kvant o‘lchashlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari fikrlari
Yozgi maktab haqidagi fikrlarimni bayon etish imkoniyati uchun tashakkur. Mening ismim Albert Rigosi. Men Amerika Qo‘shma Shtatlarining Milliy standartlar va texnologiyalar institutida Kvant o‘lchashlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritaman. Men bugun kvant o‘lchashlariga bag‘ishlangan Yozgi maktabda ishtirok etish, shuningdek, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti — O‘zMMIga tashrif buyurish uchun taklif etildim.
Bugun men ikkita fikrni bildirmoqchiman.
▶️Birinchisi Yozgi maktabning o‘ziga taalluqli. Menimcha, bu juda ajoyib tashabbus bo‘ldi. U kvant o‘lchashlari sohasida, ayniqsa, SI birliklarini uzatish yo‘nalishida tajribaga ega bo‘lgan ko‘plab mutaxassislarni bir joyga jamladi. Men ushbu ekspertlarni birlashtirish va O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda kalibrlash sohasidagi yetakchi markazlardan biriga aylanishiga ko‘maklashish g‘oyasini juda muhim deb hisoblayman. Ayniqsa, bu ishlar BIPMning amaldagi tavsiyalari bilan uyg‘unlashtirilgani alohida ahamiyatga ega.
▶️Ikkinchi fikrim esa O‘zbekiston milliy metrologiya institutiga amalga oshirgan tashrifim bilan bog‘liq. Bu men uchun haqiqatan ham juda ajoyib taassurot qoldirdi.
💻Institutning infratuzilmasi juda ta’sirli va mutlaqo yangi. Menimcha, kvant texnologiyalari uchun zarur bo‘ladigan maxsus shart-sharoitlarga doimiy ravishda e’tibor qaratib borilsa, ushbu rivojlanish barqaror davom etadi. Umuman olganda, men ushbu ishlar uzluksiz xalqaro hamkorlik orqali nafaqat O‘zbekiston va Markaziy Osiyoga, balki boshqa qit’alarga ham manfaat keltirishiga ishonaman.
Tashakkur.
#UzNIM #Metrology #Quantum_Metrology #Summer_School #Measurement_Science #Quantum_Technology
😃O'zMMI Axborot xizmati
🕸nim.uz📱Facebook📱Instagram 📱Youtube🖥LinkedIn
+8
O‘zbekistonda kvant metrologiyasini rivojlantirishning yangi istiqbollari belgilandi
O‘zbekistonda zamonaviy kvant texnologiyalarini metrologiya sohasiga joriy etish, mutaxassislarning ilmiy-amaliy salohiyatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan “Quantum Technologies in Measurements” mavzusidagi xalqaro yozgi maktab o‘z ishini yakunladi.
Yozgi maktab dasturi doirasida xorijiy ekspertlar tomonidan kvant metrologiyasining dolzarb yo‘nalishlari, zamonaviy o‘lchash texnologiyalari, yuqori aniqlikdagi o‘lchashlar va kvant texnologiyalarining metrologiyadagi istiqbollariga bag‘ishlangan ma’ruzalar hamda taqdimotlar o‘tkazildi.
Taqdimotlar davomida ishtirokchilarga kvant texnologiyalarining o‘lchashlar aniqligini oshirishdagi ahamiyati, zamonaviy etalonlarni shakllantirish va ularni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari, shuningdek, kvant metrologiyasi sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Ma’ruzalar savol-javoblarga boy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan xorijiy mutaxassislarga savollar berib, kvant metrologiyasidagi zamonaviy yondashuvlar, amaliy yechimlar va xalqaro tajriba bo‘yicha fikr almashdilar.
Xususan, AQSH Savdo departamenti huzuridagi Milliy standartlar va texnologiyalar instituti (NIST) hamda Chexiya Milliy metrologiya instituti (CMI) vakillarining ishtiroki yozgi maktabning ilmiy-amaliy ahamiyatini yanada oshirdi.
Tadbirda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti va uning hududiy filiallari, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va ilmiy-tadqiqot institutlarining olimlari, ilmiy xodimlari hamda sanoat korxonalari mutaxassislari faol ishtirok etdilar.
Yozgi maktab doirasida bildirilgan fikr va takliflar O‘zbekistonda Kvant metrologiya markazini tashkil etish, uning ilmiy-texnik konsepsiyasini shakllantirish, zamonaviy kvant texnologiyalarini milliy metrologiya tizimiga bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Shuningdek, tadbir xorijiy ekspertlar va O‘zbekiston mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish, ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish va kvant metrologiyasi sohasida yangi qo‘shma tashabbuslarni muhokama qilish uchun samarali muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.
Shu tariqa, “Quantum Technologies in Measurements” xalqaro yozgi maktabi o‘z ishini yakunlab, kvant metrologiyasi sohasida xalqaro tajriba almashish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va O‘zbekistonda zamonaviy kvant texnologiyalarini metrologiya amaliyotiga joriy etish borasida muhim qadam bo‘ldi.
#UzNIM #Metrology #Quantum_Metrology #Summer_School #Measurement_Science #Quantum_Technology
😃O'zMMI Axborot xizmati
🕸nim.uz📱Facebook📱Instagram 📱Youtube🖥LinkedIn
+6
O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutaxassislari Termofizik kattaliklar metrologiyasi bo‘yicha EURAMET yozgi maktabida ishtirok etishdi
2026-yilning 1-4-sentyabr kunlari O‘zbekiston milliy metrologiya institutining ikki nafar mutaxassisi Parijdagi Fransiya Milliy Metrologiya va sinov laboratoriyasi (LNE) va Fransiyaning Parij va Tropesida o‘tkaziladigan Termofizik kattaliklar metrologiyasi bo‘yicha EURAMET Yozgi maktabida ishtirok etishdi. Dastur termofizik kattaliklar metrologiyasining asosiy sohalarini qamrab oluvchi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi. Treningda issiqlik o‘tkazuvchanligi, issiqlik diffuziyasi, solishtirma issiqlik sig‘imi, erish entalpiyasi va radiatsiya xossalarini o‘lchash usullari, shuningdek, o‘lchov noaniqligi, standartlar va sertifikatlangan ma'lumotlar ko‘rib chiqildi. LNE laboratoriyalarida alohida e'tibor amaliy mashg‘ulotlarga berildi. Ishtirokchilar zamonaviy o‘lchash uskunalari va texnikasi, jumladan, issiqlik diffuzivligini o‘lchash uchun lazerli flesh usuli, differensial skanerlash kalorimetri, issiqlik o‘tkazuvchanligi va radiatsion xususiyatlarini o‘lchash usullari, shuningdek, materiallarning termofizik xususiyatlarini aniqlashda qo‘llaniladigan boshqa usullar bilan tanishdilar. UzMMI mutaxassislarining EURAMET o‘quv tadbirlarida ishtirok etishi kasbiy malakani mustahkamlashga, ilg‘or xalqaro amaliyotlar haqida tushunchaga ega bo‘lishga hamda institutning termofizik kattaliklar sohasidagi o‘lchash va kalibrlash imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.#UzNIM #Metrology #EURAMET #LNE #Thermophysical_Quantities #Calibration #Measurement_Science #International_Cooperation 🕸nim.uz 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube 🖥LinkedIn
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda.
—
Ташкент заявляет о себе как о новом центре на карте современного искусства.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+2
O‘zbekiston va IEC: elektrotexnika sohasida hamkorlikning yangi bosqichi
🤔 O‘zbekistonning Xalqaro elektrotexnika komissiyasi (IEC) bilan hamkorligini yanada rivojlantirish va elektrotexnika sohasida xalqaro standartlarni joriy etish masalalari yuzasidan IECning xalqaro masalalar bo‘yicha direktori Katrina Fraga bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida O‘zbekistonning IECga to‘laqonli a’zo bo‘lganligi munosabati bilan o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, istiqbolda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar va amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Xususan, IEC texnik qo‘mitalari faoliyatida O‘zbekistonning ishtirokini yanada kengaytirish, mahalliy mutaxassislarning xalqaro ekspertlik salohiyatini oshirish maqsadida trening va seminarlar tashkil etish, shuningdek, IEC xalqaro standartlarini milliy amaliyotga samarali joriy etish bo‘yicha qo‘shma «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish masalalari yuzasidan fikr almashildi.🤔 Shu bilan birga, IEC EE muvofiqlikni baholash tizimini joriy etish maqsadida sinov laboratoriyalarini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish, zamonaviy raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida yosh mutaxassislarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda «yashil» energetika, Smart Grid texnologiyalari, energiyani saqlash tizimlari hamda elektr uzatish tarmoqlarida zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ham muhokama qilindi.
Muloqot yakunida tomonlar elektrotexnika sohasida xalqaro standartlarni keng joriy etish, milliy mutaxassislarning kasbiy va ekspertlik salohiyatini oshirish, shuningdek, innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish borasidagi hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.🌐 standart.uz |😎 Facebook |😎 Instagram |😎 YouTube
хамма постларни хамма жойга жойладим борвурсам бўладими ёзги мактабга у ердаги ишларни хам охирига етказиб қўйи
ўзимни мошинамда кетвураман хеч кимни опкетиш керакмасми?
🟦🟦🟦🟦🟦
📣Davlat etalonlari xaridi: Gaz qorishmalarini tayyorlash laboratoriya majmuasi ISO 6142 "Gas analysis — Preparation of calibration gas mixtures" standarti talablariga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasida amalda boʻlgan boshqa umumiy qabul qilingan xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilish sinov uskunalari va yordamchi jihozlari kompleksi bo'yicha tender boshlandi.
Vazirlar Maxkamasining tegishli qarori ijrosini ta'minlash hamda yuqori aniqlikdagi gaz qorishmalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish maqsadida: Mahalliy ishlab chiqarilgan gaz aralashmalari nafaqat yuqori sifat va ishonchlilikni ta'minlaydi, balki import qilinadigan gaz aralashmalariga boʻlgan ehtiyojni kamaytiradi va mablagʻlarni tejash uchun zamin yaratadi.
Shuningdek, gaz aralashmalarini aniq kalibrlash atmosfera va sanoat chiqindilari tarkibini ishonchli baholash imkonini beradi, bu esa ekologik nazorat va xavfsizlik choralarini yanada samarali amalga oshirishga yordam beradi.
Shu munosabat bilan "O'zMMI" DM tomonidan davlat xaridlarining elektron tizimi – etender.uzex.uz maxsus axborot portalida cheklanmagan miqdordagi shaxslar ishtiroki uchun еng yahshi kelib tushgan taklif prinspi asosida tender o'tkazilishi to'g'risidagi e'lon hamda tender hujjatlari joylashtirildi.
Tender ma'lumotlari:
Lot raqami: 26120012507917
Xarid predmeti: Gaz qorishmalarini tayyorlash laboratoriya majmuasi ISO 6142 "Gas analysis — Preparation of calibration gas mixtures" standarti talablariga muvofiq
Tender hujjatlarini qabul qilishning yakuniy muddati: 2026-yil 18-sentabr.
Barcha manfaatdor yetkazib beruvchilar va ishtirokchilar belgilangan muddatga qadar davlat xaridlarining elektron tizimi orqali tenderda ishtirok etishlari mumkin.
🕸nim.uz 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube 🖥LinkedIn
⭕️⭕️⭕️⚡️⚡️⚡️
2027-yil qabuliga tayyorgarlik boshlandi
daraja.ilmiy.uz tizimida “Imtihon dasturlari va taqdimotlar” bo‘limi ishga tushirilgan.
Bu bo‘limda tashkilotlar 2027-yil qabuliga oid imtihon dasturlari, ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti talablari, baholash mezonlari, ilovalar va namunaviy shakllarni joylashtirmoqda.
Eng muhim jihat: ustuvor ilmiy ixtisosliklarda tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul oddiy imtihon emas, ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti asosida amalga oshiriladi.
Demak, talabgor endi faqat savol-javobga emas, o‘z mavzusini ilmiy muammo sifatida asoslashga ham tayyor bo‘lishi kerak.
Taqdimotda mavzuning dolzarbligi, maqsad-vazifalari, metodologiyasi, kutilayotgan ilmiy natijasi va amalga oshirish imkoniyati aniq ko‘rsatilishi muhim.
2027-yil qabuliga tayyorlanayotgan talabgorlar tanlagan tashkiloti bo‘yicha ushbu bo‘limdagi hujjatlarni albatta ko‘rib chiqishi kerak. Ilmiy yo‘l hujjat topshirishdan emas, tayyorgarlikni to‘g‘ri boshlashdan boshlanadi.
🕸nim.uz 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube 🖥LinkedIn
🟦🟦🟦🟦🟦
📣Davlat etalonlari xaridi: Vaqt va chastota etalon kompleksi bo‘yicha tender boshlandi
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoniga muvofiq tasdiqlangan 2024–2030-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan xarid qilinadigan etalonlar ro‘yxati ijrosini ta‘minlash maqsadida Vaqt va chastota etalon kompleksini xarid qilish bo‘yicha davlat xaridlari tender savdolari e’lon qilindi.
Shu munosabat bilan 2026-yil 25-avgust kuni “O‘zMMI” DM tomonidan davlat xaridlarining elektron tizimi – etender.uzex.uz maxsus axborot portalida cheklanmagan miqdordagi shaxslar ishtiroki uchun еng yahshi kelib tushgan taklif prinspi asosida tender o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon hamda tender hujjatlari joylashtirildi.
Tender ma’lumotlari:
Lot raqami: 26111006508361
Xarid predmeti: Vaqt va chastota etalon kompleksi
Tender hujjatlarini qabul qilishning yakuniy muddati: 2026-yil 16-sentabr.
Barcha manfaatdor yetkazib beruvchilar va ishtirokchilar belgilangan muddatga qadar davlat xaridlarining elektron tizimi orqali tenderda ishtirok etishlari mumkin.
🕸nim.uz 📱 Facebook 📱 Instagram 📱 Youtube 🖥LinkedIn
