cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Sirdaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi

🎭🎼 @Sirdaryo_madaniyat — Sirdaryo viloyati Madaniyat boshqarmasining Telegram'dagi rasmiy kanali ✍ @SirdaryoMadaniyatBot 📞 +99867-225-1089

Show more
Advertising posts
401
Subscribers
No data24 hours
+17 days
+1730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov soha vakillarining murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida o‘z qabuliga yozilgan jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qildi. Muloqot davomida ko’tarilgan har bir masalaga yechim topish nuqtai nazaridan tegishli mas’ullar biriktirilib, muammolarni hal etish muddatlari belgilandi. Qabul davomida oʻnga yaqin fuqaroning murojaatlari tinglanib, murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal qilindi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan muammolarni qisqa fursatlarda hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. ❗️ Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilib, fuqarolarga murojaatlar qonuniy belgilangan tartibda hal etilishi ma’lum qilindi. Har bir murojaat alohida nazoratga olindi. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Show all...
👍 1
Barcha xor san'ati ixlosmandlarini, Sirdaryo viloyatidagi barcha bolalar musiqa va san'at maktabi, oliy ta'lim dargohidagi professor-o'qituvchilar va o'quvchilarini 2024 yil, 7 may, soat 10:00 da O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Akademik xor dirijyorligi" kafedrasi talabalar xor jamoasi konsertiga taklif etamiz!
Show all...
⚡️ O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov soha vakillarining murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida o‘z qabuliga yozilgan jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qildi. Muloqot davomida ko’tarilgan har bir masalaga yechim topish nuqtai nazaridan tegishli mas’ullar biriktirilib, muammolarni hal etish muddatlari belgilandi. Qabul davomida oʻnga yaqin fuqaroning murojaatlari tinglanib, murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal qilindi. Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan muammolarni qisqa fursatlarda hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. ❗️ Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilib, fuqarolarga murojaatlar qonuniy belgilangan tartibda hal etilishi ma’lum qilindi. Har bir murojaat alohida nazoratga olindi. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Show all...
#Buxoro #Festivali ⚡️ Buxoroda "II Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali"ning ochilish marosimi jarayonlaridan lavha. 👉 Festival haqidagi batafsil ma'lumotlar Press-relizda ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Show all...
Yurtimizda ijod qilayotgan xonanda, kompozitor va bastakorlar diqqatiga! Madaniyat vazirligi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi barchamiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram – yurtimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan qo‘shiqlar tanlovini e'lon qiladi. Tanlovda havaskor va professional xonandalar, shoirlar, kompozitor hamda bastakorlar Vatan, istiqlol, tinchlik va farovonlik, ona yurtga muhabbat va sadoqat, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik, o‘zaro mehr-oqibat kabi yuksak insoniy tuyg‘ular tarannum etilgan yangi qo‘shiqlari bilan ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan ijodkorlar o‘z qo‘shiqlarini “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining @mustaqillik2024 telegram manziliga yo‘llashlari mumkin. G‘olib deb topilgan xonandalar mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadilar va pul mukofotini qo‘lga kiritadilar. 🥇-o‘rin uchun (bitta) – 50 mln. so‘m. 🥈-o‘rin uchun (bitta) – 40 mln. so‘m. 🥉-o‘rin uchun (bitta) – 30 mln. so‘m. Qadrli yurtdoshlar! Vatan tuyg‘usi ijodkor uchun chinakam ilhom manbaidir. Shunday ekan, ushbu imkoniyatdan foydalanib, o‘z iqtidoringizni namoyish qilishga shoshiling. Ijodiy ishlar 2024-yil 20-iyulgacha qabul qilinadi. Tanlov g‘oliblari 2024-yil 1-avgust kuni e'lon qilinadi. Murojaat uchun telefon: +99871 234-24-28 ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Show all...
Ta’ziya O‘zbekiston xalq baxshisi Chori baxshi Umirov 86 yoshda vafot etdi. Chori baxshi yarim asrdan ziyod o‘zining sehrli ovozi va sozi bilan el olqishiga sazovor bo’lgan baxshi sifatida Sherobod dostonchilik maktabiga mansub yosh baxshilarga o‘z ijodidagi dostonlarni o‘rgatib, ustozlik qilib kelmoqda edi. Xalqimizning an’anaviy baxshichilik san’atini qayta tiklash va keng targ‘ib etish, o‘sib kelayotgan yosh avlodga ushbu noyob san’at sirlarini o‘rgatishda, xalqimiz kelajak avlodlarga o‘zining yaratgan dostonlarini meros qilib koldirish yuzasidan olib borgan xizmatlari uchun 2017-yilda davlatimiz tomonidan Chori baxshi Umirovga “O‘zbekiston Xalq baxshisi” unvoni berilgan. Madaniyat vazirligi marhumning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Show all...
Boyovut madaniyat markazida ”Uch avlod uchrashuvitadbiri oʻtkazildi Mamlakatimizda har yili 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan turli xil tadbirlar tashkil etilib, ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi janglarda, mehnat frontida jonbozlik ko‘rsatgan faxriylarga e’tibor va ehtirom ko‘rsatiladi, halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltiriladi. Bugun ham Boyovut tuman madaniyat boʻlimi tasarrufidagi 19-sonli “Boyovut” madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan ana shunday tadbirda urush qatnashchisi O'skan ota Xojimanov tuman mahallalarida yashaydigan yuzdan ortiq piru badavlat otaxon va onaxon, o‘rta avlod hamda yoshlar vakillari bilan uchrashib, dildan suhbat qurdi. Boyovut tuman madaniyat boʻlimi axborot xizmati 💬 Telegram  | 🌐 Instagram
Show all...
Yurtimizda ijod qilayotgan xonanda, kompozitor va bastakorlar diqqatiga! Madaniyat vazirligi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi barchamiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram – yurtimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan qo‘shiqlar tanlovini e'lon qiladi. Tanlovda havaskor va professional xonandalar, shoirlar, kompozitor hamda bastakorlar Vatan, istiqlol, tinchlik va farovonlik, ona yurtga muhabbat va sadoqat, millatlararo do‘stlik va hamjihatlik, o‘zaro mehr-oqibat kabi yuksak insoniy tuyg‘ular tarannum etilgan yangi qo‘shiqlari bilan ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan ijodkorlar o‘z qo‘shiqlarini “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining @mustaqillik2024 telegram manziliga yo‘llashlari mumkin. G‘olib deb topilgan xonandalar mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadilar va pul mukofotini qo‘lga kiritadilar. 🥇-o‘rin uchun (bitta) – 50 mln. so‘m. 🥈-o‘rin uchun (bitta) – 40 mln. so‘m. 🥉-o‘rin uchun (bitta) – 30 mln. so‘m. Qadrli yurtdoshlar! Vatan tuyg‘usi ijodkor uchun chinakam ilhom manbaidir. Shunday ekan, ushbu imkoniyatdan foydalanib, o‘z iqtidoringizni namoyish qilishga shoshiling. Ijodiy ishlar 2024-yil 20-iyulgacha qabul qilinadi. Tanlov g‘oliblari 2024-yil 1-avgust kuni e'lon qilinadi. Murojaat uchun telefon: +99871 234-24-28 ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Show all...
1
3-may kuni “Boysun bahori” festivalining folklor san’ati yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi. 🥇-o‘rin - “Boysun” folklor-etnografik jamoasi /Surxondaryo viloyati/ 🥈-o‘rin - “Jondor” folklor-etnografik jamoasi /Buxoro viloyati/ 🥈-o‘rin - “Chavqi” folklor etnografik jamoasi /Samarqand viloyati/ 🥉-o‘rin - “Xorazm” folklor-etnografik jamoasi /Xorazm viloyati/ 🥉-o‘rin - “Qozog‘iston” jamoasi /Qozog‘iston/ 🥉-o‘rin - “Yapon marvarid” jamoasi /Yaponiya/ Nominatsiyalar: 🏆 Folklor namunalarining eng yaxshi talqini uchun - “Yalama-yorim” folklor-etnografik jamoasi /Namangan viloyati/ 🏆 Turli xalqlar folklor namunalarini mujassamlashtirgan jamoa uchun - Belgium Eugenie Dagmar Nde Mey /Belgiya/ 🏆 An’anaviy musiqaning milliy cholg‘ulardagi eng yaxshi talqini uchun - Great Britain The Cider House Rebellion /Buyuk Britaniya/ 🏆 Milliy folklor qo‘shiqlarining eng yaxshi sahnaviy talqini uchun – “Qirg‘iziston” jamoasi /Qirg‘iziston/ 🏆 Milliy an’analarning targ‘iboti uchun - “Yor-yor” folklor-etnografik xalq ansambli /Navoiy viloyati/ #boysun_bahori ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Show all...
👍 2
“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining taqdirlash marosimida milliy xalq o‘yinlari va tomosha san’ati yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarga pul mukofotlari va statuetkalar tantanali topshirildi. 🥇-o‘rin - “Ko‘zmunchoq” jamoasi /Toshkent viloyati/ 🥈-o‘rin - “Besh tosh” jamoasi /Jizzax viloyati/ 🥈-o‘rin - “Meros” bolalar jamoasi /Qoraqalpog‘iston Respublikasi/ 🥉-o‘rin - “Qoratog‘” jamoasi /Tojikiston/ 🥉-o‘rin - “Sayxun yigitlari” jamoasi /Sirdaryo viloyati/ 🥉-o‘rin - “Yaritsa” xalq jamoasi /Belarus/ Nominatsiyalar: 🏆 Eng noyob xalq tomoshasi uchun - “Surxon” dorbozlari jamoasi /Surxondaryo viloyati/ 🏆 Milliy urf-odatlarning eng yaxshi talqini uchun - “Surxonim mard o‘g‘lonlari” milliy dorbozchilar jamoasi /Surxondaryo viloyati/ 🏆 Eng ahil jamoa uchun - “Oypari” jamoasi /Jizzax viloyati/ 🏆 Voha folklori va tomosha san’atining targ‘ibotchisi – “Zanjir saroy” jamoasi /Qashqadaryo viloyati/ 🏆 Folklor va tomosha san’atining eng yaxshi targ‘ibotchisi - “Bulbuligo‘yo” jamoasi /Surxondaryo viloyati/. #boysun_bahori ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Show all...