men va o'zim
Open in Telegram
mening vazifam nafas olishdir va shunchaki oʻrganing 𓍼 @library_and shuerdaman: https://t.me/anonimvalentinbot?start=5890067894
Show more497
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
497
seni har xafta yangi do'stlaring haqida surishtirib turadigan, eng yaqin, jealous dyusting )
497
tush
bir ko'zimni qilt etib ochib, ha sizlarga bidr-bidr qilib gapiraman hozir.
ajoyib tush, juda
ulkan qanotlarim bor edi katta- katta,
tong saxarlarda uchardim, ko'p
odamlardan yashirinb tin olay deb, uzun daraxtlar izlardim chuqur nafas, chuqur hey yoqimli nafas bilan.
qanotlarimni qalqitgancha zimdan nazar tashlardim, borliqga. mana soat 02;35 ekan, ana ahvol ? nega uyg'ondima, telefon tushib ketdi deng yerga: TAP
ko'rganlarim kino lentasidek ko'z oldimdan o'ta boshladi, to'xta, yozib qo'ysangchi, tongda eslay olmay yurma tag'in deb, yoza boshladim shuerga.
mayli davom etayin, bilasizmi uzun uzun daraxtlar izlar edim, bir so'z bilan aytganda yurak tortadigan qismini izlab, qulay bo'lsa bo'ldi edi deb ichimdan xotirjamlik bilan sevinardim. qo'limda qandaydir kitobcha, nazarimda shuni o'qish uchun o'sha qulaylikni izlayotgan edim
atrofga, odamlarga qarardim, uchish paytida, shoshardim ba'zan, bitta men odamli qushman chog'i, birontasi meni ko'rib qolishidan hayiqib, uchardim, josuslardek bekinib deyaymi )
lekin yana bir tomondan, odam qushlar bordek edi, men shunday qulay joy topdimki vay asti qo'yavering. odam bo'lgan holimda ham chiqib yashab ko'rgim keldi o'sha joyda bir zum
yanayam qizig'i, endi qanotlarimni yig'ib, ana deb sevinch bilan qo'ngan edim ham. pastga qarasam, odamlar. ha, avvaliga odamlar edi ular, bir to'da, nimadir muhokamasi edi ularda. qarab turdim, ovoz, shovqin chiqarmayin deb
ayni shu payt qaysidiri payqab qoldi deng, undan ham g'alatirog'i yuqoriga uchdi deng, ha yonimga. qolgan yerdagilar ketishdi, yurib, demak, ular odam edi, qanotsiz
va yonimga uchib kelgan biriga qarab, iy, odam emasmidi bu deyman, ufq tomondagi narigi shoxga qo'nib, hazil sifat nimadir deb qo'ndi. ha, qanotlari bor edi uniyam. bunaqa tushda plastic kartaga nima bor ekan deysiz ?😅
omg, u bilan suxbatimiz, qaysi bankni kartalari yaxshi ? mavzusida bo'lib ketdi. tugadim shu joiga, kulgim kelyapdi, yaxshigina personages'lar edi bizda, fentaziroq. kino ko'rgandek uxlayotgandim, mayli endi
xullas u afzalliklari haqida tushintirardi, menda ham tushuncha bor edi chamasi, yaxshigina mulohaza qilindi, negadir kulardik, ha, menimcha o'sha tub burilishdan kein, ro'llarimizni ahvoliga, o'z ustimizdan kulayogan bo'lsak ajab emas
kxax, xazil, xuddiki joke qilib suhbat qilayotgandek edik. lekin mulohaza asli chin, kein men unga bir tavsiyada to'xtalib shundan olaver, qanaqadir jixatlarini aytib, hammasi yaxshi deganim bilaman, o'zimcha
u ham rahmat aytdi-da, qaergadir ketishi kerak edi asli, kulib yuqoriga ko'tarilib, xayrlashuv paytiga o'xshash narsa bo'ldi, lekin hammasi tabassum bilan, boshqacha edi. yuzini eslolmayman, manavi ahmoq telefon sabr qilib turganida edi, davomini ham, ko'rinishini ham yozar edim nazarimda
maylida endi yana biroz uxlayin, balki davomi kelib qolar ))
497
qorningiz och qolganda:
4 soat oldin arazlagan o'zingiz -
bo'ldi, endi ovqatlanish yo'q !.
degan miyangiz bilan urishib ovqatlanish yo'llarini qidirasizmi ?)
497
- bilasizmi nima ?
= bilmayman, lekin
sizni xis qilaman
sizni tushinaman
sizni qadirlayman
va, men siz bilanman
shuning uchun, bu imkonni
qo'ldan boy berishni istamayman ..
497
atychiphobia = muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqish, yetarlicha yaxshi bo'lmaslik qo'rquvi.
497
kelajak tanlovi haqiqatdan qiyn masala
o'zingni tayyor ekanligingga shubha qilaverasan. vaqt esa kutib o'tirmaydi, aslida vaqt qo'rquvi sendan boshqa hammada bo'ladi - atrofingdagilar, do'stlar oila.
senga esa mavridi ahamiyatli, u mavrid ham doim qaerlardadir bo'ladi nazdingda.
tavakkalga kelsak butun hayotingni tavakkal qilib yuborish qo'rquvi senga doim bu ishda to'xta deydi. bejizga emasligi aniq deysanu kutasan, aslida sabr senga hech ham muammo emas.
lekin, lekinlar siqadi, netamiz endi qadirdon
497
oddiylikning jon-joniga singib borayotgan sarim, to'ymayapman. qiziq, kein nima kutish mumkin ?
menimcha, g'ayrioddiylik
yoki ehtimol to'yishim kerak bo'lgani asli oddiylikning g'ayrisidir ?
uni qaerdan topaman ?
izlamayman, menman u
deyman, va ochman
demak men yetarli emasligim nimani anglatadi ?
o'zi kim o'ziga yetarli bo'libdi aytgandek ?
hech kim. degan sadoni o'zim bermayapman o'zimga, yashayapman, ko'rganlarim butunligicha hech kimligini anglatyapdi
aslida ham bu tabiiy
unda oila qurish nega kerak bo'libdi deysiz ?
uzoqlashib ketdim, ha. kechirasiz
nima haqida edi gap ?
ha, bu diqqat haqida desammikin, u o'zimizdan boshqa har yerda
bilasizmi ?
shuning aziyatida emasmikin bari
qaytarib berar ehtimol, hayot ?
qanday qaray unga ? nima deb so'ray ?
bilmayman
eshitganingiz uchun, rahmat
yoki, eshitmasangiz ham
baribir yaxshisizlar,
mendek bir valdirovchini eshitishga qancha sabr kerak ekan dildosh ?
lekin aksiga hech qancha ?
unaqasiga ham sabr kerak, shunday emasmi ?
kerak, shunday.
omon bo'ling
497
manzil'siz'
-o'z devoringizga suyanishni bilasizmi ?
-bugun osmoningiz qanday rangda ?
shunday qilib, turli ko'zlar har-xil narsalarni ko'radi:
- ko'zlaringiz qanday ?
= yomon.
- lekin siz ko'rasiz
= men, nima hoxlasam..
kabi,
qaerdadir o'qigandim:
jamiyat ming xil rangda bo'lsa
ular bilan bir xil rangda bo'lish, qanchalik qiyn..
- sizningcha, oxirgi paytlardagi, so'zning xorligi va sukunatning ulug'vorligi, bunga javob bo'la olarmidi ?
lekin, bu tashqaridan.. ichkaridagi hayotni eshiting. undagi hayot hoxishlar shuni istaydiki =
u, eshitilishni istaydi
u, xis etilishni istaydi
u, tushunilishni
u, e'tiborni
u, mexrni, muxabbatni
u, u, u.. istashlarni ichida, ichkarida, jim yashaydi, va qachongacha bunga yaraydi ?
bil-may-di.
bilgisi tashqaridaligi uchun, xa.
ammo u tashqariga aksini ko'rsatishga davom etadi. u, xisoblaydi:
kim xam tushinardi,
odamlar ishonchsiz,
xammasi kul'rang.
va u, shu tipda davom etaveradi, qarabsanki haqiqat'siz' bo'lib qoladi.
u shu fikrlarining haqiqatiga aylanib qoladi.
- sezmaydi ham, o'ziga yuz tutuvchi oynani ko'rmaguncha.
bu yengilishi qiyn bo'lgan egoga aylanib borishi, fojia. konstruktiv harakatlari bilan devorlarini mustahkam qurib oladi. shunda, anavi ming xil rangdagi jamiyat, u uchun bir xil rangga aylanadi, xa, kul=rang.
og'ir
yoqimsiz
zerikarli
sovuq
va qolgani, ham ziddiyat paradokslari.
: bu xamma narsaga ahmoqona va kulguli ko'nikishga o'xshaydi.
- deylik, o'zim ham qisman introvert sifatida aytishim mumkinki, bu aziyat lahzalarini bir chimdin ta'tib ko'rganman. ishoning %
odamni o'zlikdan va ko'plikdan, lahzalardan ayiradigan ta'm.
bu ta'mni yaratgan ham, undan qochib o'zimga kelgan ham men'ligim izohida,
devorlarim, suyanish uchun qora ..
va, aslida o'zimcha, o'zim uchun bo'yab olganim, rang barang qilib, ko'pga yaramaydi..
xa, undan tashqariga chiqib turmasangiz qulflanib qolasiz.
zero, anglaganingiz:
u devor,
nafas olyapsiz ekan
nafaqat sizga
yuragingizga yaqinlarga ham xizmat qilsin.
ko'rganingiz:
siz chiroyli 'manzil' ekanligingiz, quvonchi bo'lsin, azizm ) 📸
497
bolaligimdan beri o'zgarmagan, va tobora kuchayib boruvchi orzuim:
yog'och tomli xona, va mashinali uy.
bu, makon va menda doim mendanda tirik bo'lgan niyatdir. ✉️
497
sen
kelajakni yoki o'tmishni o'ylab, o'tirgan joingdan sijimay yashab kelarkansan. sen yashamayapsan Brayn, kelajak yo'q. o'tmish yo'q. bizda hozir bor, sen esa unga tupirgansan. kein, bilasanmi nima, sen o'ylayotgan kelajak ketingdan tepib kelaveradi va sen tepki yegan o'tmishingni o'ylab o'tiraverasan
yasha, brayn. sen yaxshi o'ylovchisan, meni ishontirding
