en
Feedback
Xadichaikubro.uz

Xadichaikubro.uz

Open in Telegram

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tasarrufidagi "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasining rasmiy telegram sahifasi Instagram: https://www.instagram.com/xadichauzofficial?igsh=MWhubmMyemMxZG Rasmiy saytimiz: xadichaikubro.uz

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Xadichaikubro.uz

Channel Xadichaikubro.uz (@xadichaikubrouz) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 12 331 subscribers, ranking 7 175 in the Religion & Spirituality category and 6 365 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 12 331 subscribers.

According to the latest data from 09 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -319 over the last 30 days and by 5 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 22.76%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 14.70% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 2 807 views. Within the first day, a publication typically gains 1 813 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 39.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tasarrufidagi "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasining rasmiy telegram sahifasi Instagram: https://www.instagram.com/xadichauzofficial?igsh=MWhubmMyemMxZG Rasmiy saytimiz: xadichaikubro.u...

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 10 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Religion & Spirituality category.

12 331
Subscribers
+524 hours
-1837 days
-31930 days
Posts Archive
Repost from Muslim/podcast.uz
#Muslim_podcast  📱🗣GUNOH QILGAN ODAM KOFIR BO‘LADIMI? 🎙 Ekspert: G‘ulomiddin domla XolboyevO‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi direktori o‘rinbosari, Toshkent islom instituti oʼqituvchisi 🎞Toʼliq👉FULL HD: @Muslim_podcast_uz da koʼring! 📝 Mazkur podkast Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING VA ULASHING🗣

🗣 Joriy yilning 10-sentabr kuni ta'lim muassasasida Mavlid oyi munosabati bilan "Siyratning ayollar hayotidagi ahamiyati" ma
+3
🗣 Joriy yilning 10-sentabr kuni ta'lim muassasasida Mavlid oyi munosabati bilan "Siyratning ayollar hayotidagi ahamiyati" mavzusida O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi mutaxassisi Habibulloh domla Jo'raboyev ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. #Mavlid_oyligi #davra_suhbati 🔗 t.me/xadichaikubrouz - diniy-ma'rifiy kanal! Telegram🕊| Instagram📱 Facebook📱| Youtube  📺

⭐️ 🔠🅰️🅱️🔠🔠🔠 🅰️🔠🔠🅰️🔠 ⭐️ ✍ Bajardi: taʼlim muassasasi talabasi F.Bobokolonova ✏️ Masʼul:taʼlim muassasasi maʼnaviy-m
⭐️ 🔠🅰️🅱️🔠🔠🔠 🅰️🔠🔠🅰️🔠 ⭐️ ✍ Bajardi: taʼlim muassasasi talabasi F.Bobokolonova ✏️ Masʼul:taʼlim muassasasi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Z.Komiljonova #Mavlid #Siyrat #Rabiul_avval #talabalar_ijodi 🔗 t.me/xadichaikubrouz - diniy-ma'rifiy kanal! Telegram🕊| Instagram📱 Facebook📱| Youtube  📺

Repost from Muslim/podcast.uz
#Muslim_podcast  📱🗣DINIY SAVOLGA HAR KIMDAN JAVOB OLISH TO‘G‘RIMI 🎙 Ekspert: G‘ulomiddin domla XolboyevO‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi direktori o‘rinbosari, Toshkent islom instituti oʼqituvchisi 🎞Toʼliq👉FULL HD: @Muslim_podcast_uzda koʼring! 📝 Mazkur podkast Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING VA ULASHING🗣

✨ 💙💙💙💙💙💙 💙💙💙💙💙💙💙💙💙💙 ✨ 🎉 Tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlarini qabul qilish yakunlandi 🎉 🗣 E’lon qili
✨ 💙💙💙💙💙💙 💙💙💙💙💙💙💙💙💙💙 ✨ 🎉 Tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlarini qabul qilish yakunlandi 🎉
🗣 E’lon qilingan mavzular bo‘yicha tanlovga maqola, infografika, she’r va videolar taqdim etildi. Tanlov davomida ishtirokchilarning ijodkorligi, faolligi, izlanishi va mavzuga ijodiy yondashuvi alohida e’tiborga olindi. Yoshlarning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini rag‘batlantirish maqsadida barcha faol ishtirokchilar ta’lim muassasasi ma’muriyati tomonidan turli nominatsiyalar bo‘yicha munosib taqdirlandilar.
🥰 M.Muhammadnabiyeva “Eng yaxshi badiiy va publitsistik maqola” 🥰 F. Tavakalova “Eng yaxshi vizual infografika” 🥰 F. Tavakalova “Eng yaxshi tizimlashtirilgan infografika” 🥰 D.Islomova “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi sheʼr” 🥰 F.Soyibjonova “Eng yaxshi diniy-maʼrifiy va ilmiy maqola” 🥰 F.Soyibjonova “Eng yaxshi yoshlar qarashlari yoritilgan maqola” 🥰 F.Soyibjonova “Eng yaxshi keng qamrovli infografika” 🥰 F.Tavakalova “Eng yaxshi maʼnaviy-tarixiy infografika” 🥰 M.Hasanboyeva “Eng yaxshi tarixiy-maʼrifiy maqola” 🥰 R.Muxtoraliyeva “Eng yaxshi samimiy eʼtirof maqolasi” 🥰 L.Ikromova “Eng yaxshi ilmiy va maʼnaviy taraqqiyotga bagʻishlangan maqola” 🥰 O.Xoshimboyeva “Eng yaxshi milliy gʻururimiz aks etgan maqola” 🥰 N.Mutalibova “Eng yaxshi falsafiy va ilhomlantiruvchi she’r” 🥰 N.Mutalibova “Eng yaxshi tarixiy infografika” 🥰 M.Hasanboyeva “Eng yaxshi masʼuliyat va kelajak ishonchi aks etgan maqola” 🥰 M.Muhammadnabiyeva “Eng yaxshi adabiy-tahliliy va publitsistik maqola” 🥰 F.Bobokolonova "Eng yaxshi kreativ infografika” 🥰 F.Bobokolonova “Eng yaxshi maqsadli yondashuv maqolasi” 🥰 O.Abduvosilova “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi tahliliy maqola” 🥰 M.Muhammadnabiyeva “Eng yaxshi mahoratli sheʼr” 🥰 M.Alijonova “Eng yaxshi islohotlar va huquqiy-maʼrifiy mavzudagi infografika” 🥰 N.Mutalibova, M.Muhammadnabiyeva, F.Bobakalonova "Eng yaxshi yoritilgan Vatan haqidagi videorolik" 🏆 Barcha ishtirokchilarni samimiy muborakbod etamiz! Sizlarning izlanishingiz, ijodkorligingiz va faolligingiz biz uchun qadrlidir. Kelgusida ham ilm-ma’rifat, ezgulik, vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etuvchi ijodiy ishlaringiz bilan barchaga o‘rnak bo‘lishingizni tilaymiz. 🤲 Alloh taolo ilm yo‘lidagi izlanishlaringizni ziyoda, qalamingizni o‘tkir, ezgu maqsadlaringizni xayrli va barakali qilsin! 🗣 Tanlovda faol ishtirok etgan barcha yoshlarimizga tashakkur bildiramiz!  #tanlov_natijalari #mening_faxrim #mustaqillikning_35_yilligi 🔗 t.me/xadichaikubrouz - diniy-ma'rifiy kanal! Telegram🕊| Instagram📱 Facebook📱| Youtube  📺

#raddiya #dolzarb_savol_javob 🎞 PAYPOQQA MAS'H TORTISH JOIZMI? 🎙 Saidxon domla Maxsumov Toshkent shahar “Iskandarxo‘ja” masjidi imom-xatibi “Botil da’volarga asosli raddiyalar” kitobi asosida tayyorlandi. 📝 Mazkur video Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. 📱 Улашинг: @AhliSunnaValJamoaUz

✅✅✅✅✅✅ #Kun_hadisi #Duo 🌙 28 - Rabiul avval 👐 Uy ishlarida yordam qilar edilar...
Mas'ul: Hadis fani oʻqituvchisi D. Mahmudova
🔗 t.me/xadichaikubrouz - diniy-ma'rifiy kanal! Telegram🕊| Instagram📱 Facebook📱| Youtube  📺

"Qur’oni karim va tajvid" fan oyligi
﴿ وَقُولُوا لِلنَّاسِ حُسْنًا ﴾ Odamlarga yaxshi gaplar ayting. 🔊 "Shirin so‘z ham sadaqadir", deb bejiz aytilmagan. 📖 Yaxshi gap yopiq eshiklarni ochadi, insonning kayfiyatini ko‘taradi, qalb jarohatiga malham bo‘ladi. 👐 Is’hoq ibn Rohuvyah rahimahulloh ilm majlisida: "Kim sahih hadislarni jamlab chiqadi?" - deganida, Imom Buxoriyning qalbida bir chiroq yongan. U zot ana shu himmat bilan bizga sahih hadislarni jamlab berdi.
♥️ "Qur’ondan maktublar" kitobidanBajardi: ta’lim massasasi o‘quvchisi G.Isomiddinova va O.Yusufjonova ✏️ Mas’ul: ta’lim muassasasi o‘qituvchisi M.Xodjayeva #Qur'ondan_bir_oyat #Sentabr_Qur‘oni_karim_va_tajvid_fan_oyligi 🔗 t.me/xadichaikubrouz - diniy-ma'rifiy kanal! Telegram🕊| Instagram📱 Facebook📱| Youtube  📺

🔤🔤🔤🔤🔤🔤 #Namoz_vaqtlari #taqvim 🎁 10 - Sentabr, 2026 - yil | 28 - Rabiul avval, 1448 - yil Oisha raziyallohu anhodan ri
🔤🔤🔤🔤🔤🔤 #Namoz_vaqtlari #taqvim 🎁 10 - Sentabr, 2026 - yil | 28 - Rabiul avval, 1448 - yil
Oisha raziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: 🌙 “Nabiy sallallohu alayhi va sallam dushanba va payshanba kuni ro‘zasini tutishga harakat qilar edilar”. (Termiziy rivoyat qilgan) Abu Sa’id Xudriy raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 🌙 "Nabiy sallallohu alayhi vasallam: "Kim Alloh uchun bir kun ro‘za tutsa, Alloh uning yuzini do‘zaxdan yetmish yil uzoq qiladi", dedilar". (Imom Ahmad, Imom Buxoriy, Imom Muslim va Imom Nasoiy rivoyat qilgan) Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 🌙 Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: "Odam bolasining hamma amali bir necha barobar oshiriladi: bitta yaxshilik o‘n barobaridan yetti yuz barobarigacha oshiriladi. Alloh taolo: "Ro‘za unday emas. Ro‘za Men uchundir. O‘zim uning mukofotini beraman. Zero, Odam bolasi shahvati va taomini Men uchun tark qiladi", deb marhamat qilgan. 🌃Saharlik va iftorlik vaqti: 10.09.2026 (Toshkent vaqti bilan) Saharlik vaqti: 04:37 Iftorlik vaqti: 18:47 🤲 Niyat: Niyat qildim xolis Alloh uchun nafl ro‘zasini tutmoqlikni(qazo bo‘lgan farz ro‘zalar niyati ham joiz)
🌐 Manba: O'zbekiston Musulmonlari idorasi 🔗 t.me/xadichaikubrouz - diniy-ma'rifiy kanal! Telegram🕊| Instagram📱 Facebook📱| Youtube 📺

Repost from Muslim/podcast.uz
#Muslim_podcast  📱🗣DINIY SAVOLGA HAR KIM JAVOB BERA OLADIMI? 🎙 Ekspert: G‘ulomiddin domla XolboyevO‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi direktori o‘rinbosari, Toshkent islom instituti oʼqituvchisi 🎞Toʼliq👉FULL HD: @Muslim_podcast_uzda koʼring! 📝 Mazkur podkast Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING VA ULASHING🗣

🌙 RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VASALLAMGA NISBATAN MO‘MINNING ODOBLARI 🕌 1️⃣3️⃣➖🔥🍃🔥🔥
🕌 Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga ko‘p salavotu salomlar yo‘llashni, siyratlari va odobu axloqlarini hayotimizga tatbiq qilishni nasib aylasin. ☪️ Haq taolo Qiyomatda ul zotning shafoatlariga yetishtirsin, Jannatda esa ▫️ Rasulimiz sallallohu alayhi  vassalomga qo‘shni qilsin. ♥️ Manba: "Islom odoblari ensiklopediyasi"
#Rabiul_avval #Mavlid #Siyrat 🔗 t.me/xadichaikubrouz - diniy-ma'rifiy kanal! Telegram🕊| Instagram📱 Facebook📱| Youtube  📺

Repost from Muslim/podcast.uz
#Muslim_podcast  📱🗣IJTIMOIY TARMOQLARDAGI FATVOLAR QANCHALIK XAVFLI? 🎙 Ekspert: G‘ulomiddin domla XolboyevO‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi direktori o‘rinbosari, Toshkent islom instituti oʼqituvchisi 🎞Toʼliq👉FULL HD: @Muslim_podcast_uzda koʼring! 📝 Mazkur podkast Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING VA ULASHING🗣

⭐️ 🔠🅰️🅱️🔠🔠🔠 🅰️🔠🔠🅰️🔠 ⭐️ 🌙 Hidoyat tugʻildi 🕌 Kelishingiz lozim edi. Barcha nabiy birodarlaringiz kelishingiz haqi
⭐️ 🔠🅰️🅱️🔠🔠🔠 🅰️🔠🔠🅰️🔠 ⭐️ 🌙 Hidoyat tugʻildi
🕌 Kelishingiz lozim edi. Barcha nabiy birodarlaringiz kelishingiz haqida bashorat bergandi. Bashorat berganlarning soʻnggisi bokira Maryamning oʻgʻli boʻldi. Endi boʻlsa, dunyo sizga muntazir turibdi! Nubuvvat karvoni tamomiga yetish arafasida. Endi faqat xotima mushk-anbari tashrif buyurishi qoldi. Oʻzi mushk-anbar inson qiyofasida boʻlganida, sizdan oʻzga kim ham boʻlishi mumkin edi, yo Rasululloh?! Onangiz tushida ichidan bir nur chiqib, butun olamni yoritganini koʻrdi. Biz esa uygʻoqligimizda risolatingiz nurini koʻrdik. Bas, tugʻilgan kuningizda sizga salom boʻlsin, ey insoniyat sayyidi! Yetim boʻlib tugʻilib, keyinchalik dunyo otalariga bolalarni qanday tarbiya qilishni oʻrgatgan zot, sizga salom boʻlsin! Keyinchalik onasining qabri yonida dunyo bolalariga: "Avval onangga, onangga, onangga, soʻngra otangga", deya taʼlim bergan olti yoshli goʻdak, sizga salom boʻlsin! Amakisiga boqimanda boʻlmaslik uchun qoʻy boqqan oʻn ikki yoshli yigit, sizga salom boʻlsin! Goʻdakligingizda ham, bolaligingizda ham, yigitligingizda ham naqadar mard boʻlgansiz! Shomda yolgʻon gapirmay, aldamay, yolgʻon qasam ichmay, savdogarlik qilgan zot, sizga salom boʻlsin! Siz shu qadar rostgoʻy va omonatdor edingizki, hatto risolatingizni yolgʻonga chiqarganlar ham bir on xulqingizga til tekkiza olishmadi! Bu borada Rabbingizning guvohligi kifoyadir: "Va albatta siz buyuk xulq uzradirsiz!" (Qalam surasi 4-oyat). Xadichaga uylangan kunidagi yigirma besh yoshli yigit, sizga salom boʻlsin! Xadicha, yo Rasululloh, panohingiz va boshpanangiz, eng jasur askaringiz edi! Oʻsha ayol haqida umringizning soʻnggi nafasigacha:" Alloh menga Xadichadan yaxshirogʻini bermadi!" dedingiz. Sizga salom boʻlsin, qirq yoshli paygʻambar! Risolat masʼuliyatini koʻtarish uchun pishib yetildingiz. Shunday ekan, ey ummiy zot, "Oʻqing!" (Alaq surasi 1-oyat), ey ilgari bir harf ham yozmagan zot, "Kitobni quvvat bilan tuting!" (Maryam surasi 12-oyat). GUVOHLIK BERAMIZKI SIZ RISOLATNI YETKAZDINGIZ, OMONATNI TOPSHIRDINGIZ, UMMATNI CHIN YOʻLGA BOSHLADINGIZ, NIMA YAXSHILIK BOʻLSA, BIZGA UNI KOʻRSATDINGIZ VA NIMA YOMONLIK BOʻLSA, BIZNI UNDAN OGOH ETDINGIZ. Sizni koʻrmagan, yuzingiz nuridan bahra olmagan boʻlsak - da, bizga bergan tasallingiz tufayli holimizga rozi boʻlib turibmiz: "MEN BILAN UCHRASHUVINGIZ HAVZ OLDIDA!"
♥️ Manba: Adham Sharqoviy "Ishonchli xabar"Bajardi: taʼlim muassasasi talabasi F.Bobokolonova ✏️ Masʼul:taʼlim muassasasi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Z.Komiljonova #Mavlid #Siyrat #Rabiul_avval #talabalar_ijodi 🔗 t.me/xadichaikubrouz - diniy-ma'rifiy kanal! Telegram🕊| Instagram📱 Facebook📱| Youtube  📺

Repost from Muslim/podcast.uz
#Muslim_podcast  📱🗣NEGA ULAMOLAR FATVODAN QOCHISHGAN? 🎙 Ekspert: G‘ulomiddin domla XolboyevO‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi direktori o‘rinbosari, Toshkent islom instituti oʼqituvchisi 🎞Toʼliq👉FULL HD: @Muslim_podcast_uzda koʼring! 📝 Mazkur podkast Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING VA ULASHING🗣

✨💙💙💙💙💙💙✨ 🎉 Tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlari qabul qilinmoqda! 🎉 #infografika #talabalar_ijodi #yigirma_to'rt
✨💙💙💙💙💙💙✨ 🎉 Tanlov ishtirokchilarining ijodiy ishlari qabul qilinmoqda! 🎉 #infografika #talabalar_ijodi #yigirma_to'rtinchi_ijodiy_ish ✍ Bajardi: taʼlim muassasasi talabasi M.Alijonova ✏️ Masʼul:taʼlim muassasasi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Z.Komiljonova 🗣 E’lon qilingan mavzular bo‘yicha tayyorlangan maqola, infografika, audio va videoroliklar tanlovga kelib tushmoqda. Har bir ishtirokchining ijodkorligi va faolligi alohida e’tiborga loyiq. Ijodiy yondashuv va faollik qo‘llab-quvvatlanadi! 💫 #tanlov #mening_faxrim #mustaqillikning_35_yilligi 🔗 t.me/xadichaikubrouz - diniy-ma'rifiy kanal! Telegram🕊| Instagram📱 Facebook📱| Youtube  📺

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz
🇺🇿 Mustaqillik - bu xalqimizning eng buyuk ne’mati, o‘z taqdirini o‘zi belgilash, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash, ilm-fan va ta’lim taraqqiyoti uchun keng imkoniyatlar yaratgan buyuk tarixiy yutuqdir. Mustaqillikning eng katta tayanchi - bilimli, ma’naviyatli va vatanparvar avloddir.
Bajardi: taʼlim muassasasi 2-bosqich talabalari ✏️ Masʼul: taʼlim muassasasi oʻqituvchisi J.Gaipova #Mustaqillikning_35_yilligi #videorolik_mustaqillik #talabalar_ijodi 🔗 t.me/xadichaikubrouz - diniy-ma'rifiy kanal! Telegram🕊| Instagram📱 Facebook📱| Youtube  📺

✅✅✅✅✅✅ #Kun_hadisi #Duo 🌙 27 - Rabiul avval 👐 Oʻngdan boshlar edilar...
Mas'ul: Hadis fani oʻqituvchisi D. Mahmudova
🔗 t.me/xadichaikubrouz - diniy-ma'rifiy kanal! Telegram🕊| Instagram📱 Facebook📱| Youtube  📺

"Qur’oni karim va tajvid" fan oyligi
﴿ فَأَرَادَ رَبُّكَ أَن يَبْلُغَا أَشُدَّهُمَا وَيَسْتَخْرِجَا كَنزَهُمَا رَحْمَةً مِّن رَّبِّكَ ﴾ Bas, Rabbing ular voyaga yetib, Rabbingning rahmati bo‘lmish xazinalarini chiqarib olishlarini iroda qildi. 📚 Kahf surasi, 82-oyat 💗 Allohga ishoning. Sababini bilmasangiz-da, ne’matlarning kechikishida hikmat bor ekaniga ishoning. Negaligini anglamasangiz-da, mahrumlik rahmat ekaniga ishoning. Vaqt-soati kelganda bilasiz, Allohning sizga ravo ko‘rgani siz o‘zingizga ravo ko‘rganingizdan chandon yaxshiroq ekanini…
♥️ "Qur’ondan maktublar" kitobidanBajardi: ta’lim massasasi o‘quvchisi G.Isomiddinova va O.Yusufjonova ✏️ Mas’ul: ta’lim muassasasi o‘qituvchisi M.Xodjayeva #Qur'ondan_bir_oyat #Sentabr_Qur‘oni_karim_va_tajvid_fan_oyligi 🔗 t.me/xadichaikubrouz - diniy-ma'rifiy kanal! Telegram🕊| Instagram📱 Facebook📱| Youtube  📺

🔤🔤🔤🔤🔤🔤 #Namoz_vaqtlari #taqvim 🎁 9 - Sentabr, 2026 - yil | 27 - Rabiul avval, 1448 - yil 🗣Namozni to'kis ado eting. A
🔤🔤🔤🔤🔤🔤 #Namoz_vaqtlari #taqvim 🎁 9 - Sentabr, 2026 - yil | 27 - Rabiul avval, 1448 - yil
🗣Namozni to'kis ado eting. Albatta, namoz mo'minlarga vaqtida farz qilingandir. Niso surasi, 103-oyat. 🔊 Insonlarning gunohlari sizga ayon bo‘lib qolsa, fosh qilmang, yashiring. Alloh sizni ham gunohlaringizni oxirat kuni satr qiladi.
🌐 Manba: O'zbekiston Musulmonlari idorasi 🔗 t.me/xadichaikubrouz - diniy-ma'rifiy kanal! Telegram🕊| Instagram📱 Facebook📱| Youtube 📺

Repost from Muslim/podcast.uz
#Muslim_podcast  📱🗣BIR-IKKI HADIS BILISH — ILM EGASI BO‘LISHMI? 🎙 Ekspert: G‘ulomiddin domla XolboyevO‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi direktori o‘rinbosari, Toshkent islom instituti oʼqituvchisi 🎞Toʼliq👉FULL HD: @Muslim_podcast_uzda koʼring! 📝 Mazkur podkast Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING VA ULASHING🗣