KAMONDAN (PARA KAMONDAN) OTISH UZ
Open in Telegram
Oʻzbekiston kamondan (para kamondan) otish Federatsiyasi Instagram👉 https://www.instagram.com/kamondanotish/ Facebook👉 https://www.facebook.com/kamondan.otish Youtube👉 https://www.youtube.com/@kamondanotishuz2346 Veb sayt👉 https://uzarchery.uz/oz
Show more1 486
Subscribers
-424 hours
-297 days
-8530 days
Posts Archive
+9
🏹 Qo’qon shahrida joylashgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi o’quvchi yoshlari bilan harbiy qismda Kamondan otish sport turidan "Maxorat darslari" oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan mahorat darsi davomida, mutaxassis murabbiy tomonidan mazkur sport turi haqida batafsil maʼlumot berilib, ushbu sport turining sir-asrorlari, moʻljalga aniq olish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish yuzasidan tushunchalar berildi va yoshlar oʻz merganlik mahoratlarini sinab koʻrishdi.
Website I Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
+4
#Namangan
#Kamondan_otish
#Payshanba_yoshlar_kuni
🏹 Yangiqoʻrgʻon tumanida joylashgan 28-umumiy oʻrta taʼlim maktabida yoshlar bilan Kamondan otish sport turidan "Maxorat darslari" oʻtkazildi.
🏹Oʻtkazilgan mahorat darsi davomida, mutaxassis murabbiy tomonidan mazkur sport turi haqida batafsil maʼlumot berilib, ushbu sport turining sir-asrorlari, moʻljalga aniq olish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish yuzasidan tushunchalar berildi va yoshlar oʻz merganlik mahoratlarini sinab koʻrishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇
https://t.me/namangan_milliygvardiya
+9
Namanganda zamonaviy kamondan otish majmuasi foydalanishga topshirildi.
Davlatimiz Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanayotgan ayni kunlarda Davlatobod tumanida sport sohasi uchun yana bir muhim obyekt zamonaviy kamondan otish majmuasi foydalanishga topshirildi.
Mazkur majmua Namangan olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi qoshida barpo etildi.
Loyiha Davlat dasturi asosida ajratilgan 2,4 milliard so‘m mablag‘ hisobidan amalga oshirildi.
Yangi majmuaning foydalanishga topshirilishi viloyatimiz sport infratuzilmasini yanada boyitish bilan birga, kamondan otish sport turiga qiziqayotgan yoshlar uchun yangi imkoniyat va istiqbollarni ochib beradi.
Zamonaviy sharoitlarda mashg‘ulot olib borish sportchilarning mahoratini oshirish, ularni nufuzli respublika va xalqaro musobaqalarga puxta tayyorlash hamda yuqori natijalarga erishishiga xizmat qiladi.
Tadbirda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bazarov, Milliy gvardiyaning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Nurillo Tursunov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Akramjon Dedabayev, Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tadjimirzayev, sportchilar hamda sport sohasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida mamlakatimizda sportni ommalashtirish, yoshlarni sportga keng jalb etish, olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Namangan viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati
🌐Web-Sayt |📝Telegram | 📝Facebook | 💻Instagram | 🎞Youtube
+6
#Jizzax
Jizzax Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Jizzax viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Zafar Azimov hamda viloyat hokimining o‘rinbosari Dilmurod Xudayshukurov ishtirokida viloyatdagi sport federatsiyalari hamda ularga biriktirilgan homiy tashkilotlar rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
✅ Yig‘ilishda viloyatda sportni yanada rivojlantirish, sport federatsiyalarining faoliyatini samarali tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlashda homiylik mablag‘laridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, homiylik mablag‘larini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lash, mavjud qarzdorliklarni bartaraf etish hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha mas’ullarning vazifalari belgilab olindi.
✅ Yig‘ilish davomida, Kamondan otish federatsiyasining ushbu sport turini viloyatda keng ommalashtirish, sportchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xisoboti ham tinglandi.
https://t.me/milliygvardiyauz_jizzax
+7
#MilliyGvardiya
#Sirdaryo
#KamondanOtish
🇺🇿 MUSTAQILLIK TUHFASI
⚡️ Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Guliston shahrida zamonaviy kamondan otish majmuasi foydalanishga topshirildi.
🏹 2,4 milliard so‘m mablag‘ hisobidan barpo etilgan majmua yoshlarni sportga keng jalb etish, iqtidorli sportchilarni saralash va yuqori natijalarga erishish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
✔️ Tadbirda viloyat hokimligi, Milliy gvardiya, sport sohasi vakillari, nuroniylar va sportchilar ishtirok etdi.
🇺🇿 Mustaqillik — bunyodkorlik va yangi imkoniyatlar timsoli!
Bizni kuzatishda davom eting👇👇👇
SAMARQAND YANGILIKLARI | KAMONDAN OTISH SPORT TURI BO'YICHA O'ZBEKISTON KUBOGI SOHIBLARI ANIQLANDI
02.09.2026-YIL
Rasmiy sahifalar:
✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Repost from Samarqand TVR | MTRK
SAMARQAND YANGILIKLARI | KAMONDAN OTISH SPORT TURI BO'YICHA O'ZBEKISTON KUBOGI SOHIBLARI ANIQLANDI
02.09.2026-YIL
Rasmiy sahifalar:
✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
+7
#Samarqand
🟩 KAMONDAN OTISH BO‘YICHA O‘ZBEKISTON KUBOGI 🏹
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi “Lokomotiv” stadionida kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Mazkur nufuzli musobaqada mamlakatning barcha hududlaridan eng sara sportchilar ishtirok yetishdi.
Musobaqaning asosiy maqsadi — kamondan otish sport turini yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda xalqaro arenalarda Vatanimiz sharafini himoya qila oladigan yosh iste’dodlarni tayyorlashdan iborat.
Dastlabki bahslar yuqori ruhda, keskin raqobat muhitida o‘tmoqda. Sportchilarning har bir chiqishi tomoshabinlarda katta qiziqish va hayajon uyg‘otmoqda.
🏆 Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, munosib taqdirlandi.
https://t.me/milliy_gvardiya_sam_uz
+7
#Samarqand
🟩 KAMONDAN OTISH BO‘YICHA O‘ZBEKISTON KUBOGI 🏹
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi “Lokomotiv” stadionida kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Mazkur nufuzli musobaqada mamlakatning barcha hududlaridan eng sara sportchilar ishtirok yetishdi.
Musobaqaning asosiy maqsadi — kamondan otish sport turini yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda xalqaro arenalarda Vatanimiz sharafini himoya qila oladigan yosh iste’dodlarni tayyorlashdan iborat.
Dastlabki bahslar yuqori ruhda, keskin raqobat muhitida o‘tmoqda. Sportchilarning har bir chiqishi tomoshabinlarda katta qiziqish va hayajon uyg‘otmoqda.
🏆 Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, munosib taqdirlandi.
https://t.me/milliy_gvardiya_sam_uz
+6
#Mustaqillik35
#Uzb35
#MilliyGvardiya
#Sirdaryo
🇺🇿 “Jasorat maktabi” — jasorat va mahorat maskani!
Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik o‘quv-yig‘ini ishtirokchilari kamondan otish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Mashg‘ulotlar yoshlarning aniqlik, diqqat, sabr-toqat va qat’iyat kabi fazilatlarini mustahkamlashga xizmat qildi.
🇺🇿 Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
bizni kuzatishda davom eting👇👇👇 https://t.me/milliygvardiyauz_sirdaryo
Repost from MILLIY GVARDIYA SIRDARYO VILOYATI | RASMIY
+6
#Mustaqillik35
#Uzb35
#MilliyGvardiya
#Sirdaryo
🇺🇿 “Jasorat maktabi” — jasorat va mahorat maskani!
Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik o‘quv-yig‘ini ishtirokchilari kamondan otish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Mashg‘ulotlar yoshlarning aniqlik, diqqat, sabr-toqat va qat’iyat kabi fazilatlarini mustahkamlashga xizmat qildi.
🇺🇿 Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
bizni kuzatishda davom eting👇👇👇 https://t.me/milliygvardiyauz_sirdaryo
+9
Andijonda yangi “Kamondan o‘q otish majmuasi” foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida, 2026-yil Investitsiya dasturi doirasida Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hududida zamonaviy “Kamondan o‘q otish majmuasi” barpo etilib, foydalanishga topshirildi.
Majmuaning ochilish marosimida Andijon viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Toshpo‘latov, markaz direktori Iqboljon Xaydarov, sportchi yoshlar, o‘qituvchi va murabbiylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda mazkur majmuaning kamondan o‘q otish sport turini rivojlantirish, yoshlar orasida ushbu sportni ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni saralash va ularning mahoratini oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlardagi ahamiyati ta’kidlandi.
Yangi va zamonaviy sport inshooti Andijonda kamondan o‘q otish yo‘nalishini yanada rivojlantirish, kelgusida yuqori natijalarga erishadigan sportchilarni tayyorlash uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Bizning sahifalarimiz:
📝Telegram |📝Facebook |💻Instagam |🎞Youtube |🌐 Web-sayt
🏹 KAMONDAN OTISH BO‘YICHA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI CHEMPIONATI!
📣 26–28 avgust kunlari Samarqand shahrida kamondan otish bo‘yicha Respublika chempionati bo‘lib o‘tadi!
🏆 Musobaqada 120 nafar sportchi ishtirok etib, 4 ta dastur bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadi.
Yurtimizning eng iqtidorli kamonchilari ishtirok etadigan ushbu nufuzli musobaqada sportchilar o‘z mahorati, aniqligi va matonatini namoyish etadilar.
Barcha sport ixlosmandlarini musobaqani kuzatishga va sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz!
📍 Manzil: Samarqand shahri, Lokomotiv stadioni
Website I Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
+4
🏹 Tojikiston Respublikasida kamondan o‘q otish sporti bo‘yicha “Hokim kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada Farg‘ona viloyati kamondan otish federatsiya a’zolari Tojikiston Respublikasida kamondan o‘q otish sporti bo‘yicha “Hokim kubogi” musobaqasida kamondan o‘q otish turi bo‘yicha munosib ishtirok etishdi.
Musobaqa yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda ularning mahoratini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Bellashuvlar davomida, Farg‘ona viloyati kamondan otish federatsiya a’zolari o‘zlarining mahorati va kuchli tayyorgarligini namoyish etib 70m masofadan Sheraloyev Jo‘raboy yakkalik bahsida 3 o‘rin , jamoa basida 3 o‘rin Abdumalikov Muhammadibrohim. Jamoa 2 o‘rin, 60 m masofadan Jamoaviy Isakov isabek va Akramov Dilhush 1 o‘rin, 60 metr qizlar Sotiboldiyeva Qanoathon yakkalik yo‘nalishida 1 o‘rin, Abdusattorov Abdulaziz 1 o‘rinni egallab umumiy jamoa hisobida 1 o‘rinni egallashdi. G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
+6
#Namangan
#OAV
#Dolzarb_90_kun
#Mustaqillik_35
Yozgi ta’til davrida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda harbiylik kasbiga qiziqishlarini oshirish maqsadida “Dolzarb 90 kun” hamda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz" degan ezgu shior ostida Milliy gvardiya Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida tadbir tashkil etildi.
Shuningdek, oʻquvchi yoshlar bilan "Biz giyohvandlikka qarshimiz" mavzularida profilaktik targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇https://t.me/namangan_milliygvardiya
+4
#Jizzax
Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari tashkil etildi.
✅ Tadbir davomida mehmonlarga harbiy xizmatning o‘ziga xos jihatlari, gvardiyachilarning kundalik faoliyati hamda xizmatda foydalaniladigan qurol-aslaha va harbiy anjomlar namoyish etildi.
✅ Ayniqsa, qurol-aslaha va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi oila a’zolari, xususan, yoshlar va bolalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zaro bellashdilar.
✅ Farzandlar uchun tashkil etilgan “Kamondan otish” bo‘yicha mahorat darsi esa tadbirning eng qiziqarli jarayonlaridan biri bo‘ldi. Ertamiz kelajagi bo‘lgan yosh avlod vakillari kamondan nishonga aniq otish bo‘yicha dastlabki ko‘nikmalarga ega bo‘lib, ushbu mashg‘ulot ularda unutilmas taassurot qoldirdi.
https://t.me/milliygvardiyauz_jizzax
Xalqaro hamkorlikdagi sa’y-harakatlar — yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari!
O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasi raisi, Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-polkovnik B. Tashmatov hamda Osiyo Kamondan otish federatsiyasi prezidenti Kazi Rajab Chapol o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, kamondan otish sportini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
- - -
International cooperation — towards new opportunities and new milestones!
An online meeting was held between B. Tashmatov, Chairman of the Uzbekistan Archery Federation and Commander of the National Guard, Colonel General, and Kazi Rajab Chapol, President of the Asian Archery Federation.
During the meeting, the parties discussed the current state and prospects of bilateral cooperation, the development of archery, and ways to further expand international collaboration.
Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |OAV
+3
#Mustaqillik35
#Uzb35
#Dоlzarb_90_kunlik
Qo‘ng‘irot tumanida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yoshlar ishtirokida kamondan otish bo‘yicha mahorat darsi hamda vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.
Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan tashkil etilgan mashg‘ulotda yoshlar kamondan otish ko‘nikmalarini egallash bilan birga, o‘z imkoniyatlarini amaliy sinovlarda namoyon etdilar. Tadbir doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot ham tashkil etildi.
— — — —
#Ǵárezsizlik35
#Uzb35
#Áhmiyetli_90_kúnlik
Qońırat rayonında "Áhmiyetli 90 kún" joybarı sheńberinde jaslardıń qatnasıwında oq jaydan atıw boyınsha sheberlik sabaǵı hám watansúyiwshilik ilajı ótkerildi.
Milliy gvardiya Qaraqalpaqstan Respublikası boyınsha basqarmasınıń áskeriy xızmetkerleri tárepinen shólkemlestirilgen shınıǵıwda jaslar oq jaydan atıw kónlikpelerin ózlestiriw menen birge, óz imkaniyatların ámeliy sınaqlarda kórsetti. Ilaj sheńberinde jaslar menen ashıqtan-ashıq pikirlesiw de shólkemlestirildi.
✅ @qrmilliygvardiya_official
+4
🏹 Yoshlar va xamkorlikdagi bo‘linmalar bilan kamondan otish sirlarini o‘rganmoqda..!
🛡 Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida yoshlarning Yozgi ta’til vaqtida yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish hamda "Dolzarb 90 kun" doirasida Milliy gvardiya Sirdayo viloyati bo’yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan xamkorlikdagi tashkilotlar bilan kamondan otish sport turi bo‘yicha maxorat darsi o‘tkazildi.
🔹 "Kamondan o‘q otish" bo‘yicha maxorat darslari va amaliy ko‘rgazmali o‘tishlar namoyish etildi. Bu yoshlar va ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
📌 Tadbir davomida yoshlar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar hamda Kamon tarixi xaqida qo‘shimcha savol —javob tarzida samimiy suhbatlar tashkil etildi.
