en
Feedback
YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

Open in Telegram

🏛️ «Yuridik taʼlim»® Huquqni sodda va ishonchli manbalar asosida yorituvchi rasmiy kanal. • Qonunchilik yangiliklari • Huquqiy sharhlar • Sud amaliyoti • Amaliy tavsiyalar 📢 Reklama ⚖️ Yuridik xizmatlar 🤝🏻 Hamkorlik uchun 📩 @Dilmurod_Allaberganov

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

Channel YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal (@yuridik_talim) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 21 547 subscribers, ranking 9 132 in the Education category and 3 713 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 21 547 subscribers.

According to the latest data from 08 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 6 050 over the last 30 days and by -13 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 18.43%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 8.59% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 3 972 views. Within the first day, a publication typically gains 1 850 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 15.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
🏛️ «Yuridik taʼlim»® Huquqni sodda va ishonchli manbalar asosida yorituvchi rasmiy kanal. • Qonunchilik yangiliklari • Huquqiy sharhlar • Sud amaliyoti • Amaliy tavsiyalar 📢 Reklama ⚖️ Yuridik xizmatlar 🤝🏻 Hamkorlik uchun 📩 @Dilmurod_Allaber...

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

21 547
Subscribers
-1324 hours
-977 days
+6 05030 days
Posts Archive
❗️ TDYUda TO‘LOV-KONTRAKTNI TO‘LASH MUDDATLARI BELGILANDI Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2026-yil 8-sentabrdagi 199-son buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktlarni amalga oshirish muddatlari belgilandi. 🎓 1-bosqich talabalari uchun: 🔹 belgilangan kontrakt summasining 25 foizi — 15-sentabrgacha; 🔹 tabaqalashtirilgan kontrakt asosida o‘qish istagini bildirganlar uchun 50 foizi — 30-sentabrgacha to‘lanishi lozim. 📚 2-bosqich va undan yuqori kurs talabalari uchun: 🔹 25 foizi — 2026-yil 1-oktabrgacha; 🔹 50 foizi — 2027-yil 1-yanvargacha; 🔹 75 foizi — 2027-yil 1-martgacha; 🔹 100 foizi — 2027-yil 1-maygacha. 📌 Mazkur muddatlar bakalavriat, magistratura va tegishli ta’lim shakllariga tatbiq etiladi. 📃 TDYUning rasmiy buyrug‘i — PDF shaklida biriktirilgan. 📤 TDYUda o‘qiydigan tanishlaringizga yuborib qo‘ying! 👉 @Yuridik_talim

⚡️ PF–181: YANGI ISH HAQI TIZIMI KIMLARGA TATBIQ ETILMAYDI? Prezidentning 2026-yil 2-sentabrdagi PF–181-son Farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlarida mehnatga haq to‘lashning yangi tizimi joriy etilmoqda. 🗓 Yangi tizim 2027-yil 1-yanvardan amal qiladi. ❗️Biroq Farmonda ayrim soha va tashkilotlar uchun amaldagi ish haqi tizimini saqlab qolish nazarda tutilgan. Jumladan: ➖ sud tizimi xodimlari; ➖ pedagog xodimlar; ➖ tibbiyot xodimlari; ➖ Davlat xavfsizlik xizmati; ➖ ichki ishlar organlari; ➖ Milliy gvardiya; ➖ mudofaa tizimi; ➖ prokuratura organlari; ➖ bojxona organlari; ➖ mahalla tizimidagi ayrim xodimlar. 📌 Muhim: bu ro‘yxat bilan cheklanmaydi. Farmonda yangi ish haqi tizimi tatbiq etilmaydigan boshqa davlat organlari va tashkilotlari ham belgilangan. 📄 To‘liq ro‘yxat va batafsil tartib — PF–181-son Farmonning o‘zida. 👉 Farmon PDF shaklida quyida biriktirilgan. 📤 Kimlarga tatbiq etilmasligini bilib oling va hamkasblaringizga yuboring! 👉 @Yuridik_talim

⚡️DAVLAT XIZMATCHILARINING OYLIK ISH HAQI TIZIMI O‘ZGARADI Prezident farmoni bilan davlat xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lash tizimini yagona va shaffof tamoyillar asosida shakllantirish bo‘yicha yangi tartiblar belgilanmoqda. 📌 Farmonda: ▪️ lavozim maoshi; ▪️ ish tajribasi; ▪️ malaka va ilmiy daraja; ▪️ faoliyat natijadorligi; ▪️ boshqa to‘lov va ustamalar bo‘yicha muhim qoidalar nazarda tutilgan. 📃 Farmonning to‘liq matni — quyidagi PDF faylda. 📤 Davlat xizmatchilari uchun muhim — ulashib qo‘ying! 👉 @Yuridik_talim

ПФ-181 тўлиқ.pdf7.70 MB

⚡️ NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR RO‘YXATIGA YANGI TUR QO‘SHILDI! 📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbar
⚡️ NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR RO‘YXATIGA YANGI TUR QO‘SHILDI! 📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari endilikda normativ-huquqiy hujjatlarning alohida turi sifatida belgilandi. 📝 Bu o‘zgarish 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ-1166-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun bilan kiritildi. 🔹 “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi yangi tur — Prezident Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari bilan to‘ldirildi. ⚖️ Prezident Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari Konstitutsiya va qonunlar, shuningdek Prezidentning farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari asosida, ularning ijrosini ta’minlash hamda Administratsiya faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida qabul qilinadi. ❗️ Eng muhim jihati — bunday farmoyishlar O‘zbekiston Respublikasining butun hududida davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. 📚Endilikda normativ-huquqiy hujjatlar tizimida: 1️⃣ O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; 2️⃣ O‘zbekiston Respublikasi qonunlari; 3️⃣ Oliy Majlis palatalarining qarorlari; 4️⃣ Prezidentning farmonlari va qarorlari; 5️⃣ Prezident Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari; 6️⃣ Vazirlar Mahkamasining qarorlari; 7️⃣ Vazirlik va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari; 8️⃣ Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari. 📌 Huquqshunoslar va davlat tashkilotlari xodimlari uchun muhim yangilik! 📤 Ushbu o‘zgarishdan bexabarlarga yuboring. 👉 @Yuridik_talim

🚨 MAGISTRATURA MANDATI E’LON QILINDI! 🎓 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalari e’lon qilindi. 📌 Talabgorlarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqilib, yakuniy natijalar shakllantirildi. 🔎 Natijalarni my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetingiz orqali tekshirishingiz mumkin. 📤 Magistraturaga hujjat topshirgan tanishlaringizga yuboring! 👉 @Yuridik_talim

⚡️2-SENTYABRDAN TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONI BOSHLANADI 🗓 Ertaga, 2-sentyabr (chorshanba): 🔹 barcha uchun — ish kuni; 🔹 maktablarda — barcha sinflar uchun darslar boshlanadi; 🔹 akademik litsey va texnikumlarda — darslar boshlanadi. 🎓 Oliy ta’lim muassasalarida: 🔹 7-sentyabr — 1-bosqich talabalari uchun; 🔹 14-sentyabr — 2-bosqich va undan yuqori kurs talabalari uchun darslar boshlanadi. 📌 O‘quv yili boshlanish sanalarini saqlab qo‘ying va talaba/o‘quvchi tanishlaringizga yuboring! 👉 @Yuridik_talim

🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK! Aziz yurtdoshlar! Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Ushbu ulug‘ sana yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va mamlakatimiz taraqqiyotining yorqin timsolidir. Yangi O‘zbekistonimizning bunyodkorlik va taraqqiyot yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlari bardavom bo‘lsin. Har bir xonadonda tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka va farovonlik hukm sursin! 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, osmonimiz musaffo, Vatanimiz ravnaqi bardavom bo‘lsin! 👉 @Yuridik_talim

⚡️ TDYU RASMIY BAYONOT BERDI Toshkent davlat yuridik universitetining 2026/2027-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari y
+1
⚡️ TDYU RASMIY BAYONOT BERDI Toshkent davlat yuridik universitetining 2026/2027-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikrlar bo‘yicha universitet tomonidan rasmiy bayonot berildi. 📃 Bayonotning to‘liq mazmuni — quyidagi 2 ta rasmda. 📤 TDYUga qiziqayotganlarga yuboring! 👉 @Yuridik_talim

⚡️ TALABALAR UCHUN 3 TA MUHIM YANGILIK! 🎓 TDYUda ikkinchi mutaxassislik natijalari e’lon qilindi! 🎓 O‘zMUda ikkinchi mutaxassislik natijalari e’lon qilindi. 📊 O‘tish bali — 103,1 ball. 🔵 Davlat OTMlari o‘rtasida “perevod” natijalari ham e’lon qilindi! 📌 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTMlaridan boshqa davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha yuborilgan arizalar ko‘rib chiqildi. 🔎 Natijangizni transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetingiz orqali tekshirishingiz mumkin. ✅ O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar tegishli OTMga murojaat qilishlari lozim. 📤 Talaba va abituriyent tanishlaringizga yuboring! 👉 @Yuridik_talim

⚡️ FAKULTET TANLASH NATIJALARI E’LON QILINMOQDA! 🎓 Fakultet tanlash bo‘yicha natijalar bosqichma-bosqich e’lon qilinmoqda. 📌 Zaruratga ko‘ra, o‘zingiz biriktirilgan fakultet bilan bog‘lanishingiz mumkin. 📃 Batafsil ma’lumot — ilova qilingan faylda. 👉 @Yuridik_talim

🎓 Toshkent davlat yuridik universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun kontrakt va super-kontrakt miqdorlari belgilandi. 💵 Odd
+1
🎓 Toshkent davlat yuridik universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun kontrakt va super-kontrakt miqdorlari belgilandi. 💵 Oddiy kontrakt va super-kontraktning barcha yo‘nalishlar bo‘yicha miqdorlari yuqoridagi 2 ta rasmda batafsil ko‘rsatilgan. 📤 TDYUga kirishni rejalashtirayotganlarga yuboring! 🔔 Bunday muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling! 👉 @Yuridik_talim

🎓 Toshkent davlat yuridik universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun kontrakt va super-kontrakt miqdorlari belgilandi. 💵 Odd
+1
🎓 Toshkent davlat yuridik universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun kontrakt va super-kontrakt miqdorlari belgilandi. 💵 Oddiy kontrakt va super-kontraktning barcha yo‘nalishlar bo‘yicha miqdorlari yuqoridagi 2 ta rasmda batafsil ko‘rsatilgan. 📤 TDYUga kirishni rejalashtirayotganlarga yuboring! 🔔 Bunday muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling! 👉 @Yuridik_talim

🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMIDA NECHA KUN DAM OLAMIZ? 🗓 Mustaqillik bayrami munosabati bilan 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar 4 kun, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar esa 3 kun dam oladi. - 5 kunlik ish haftasi: • 29-avgust — dam olish kuni • 30-avgust — dam olish kuni • 31-avgust — qo‘shimcha dam olish kuni • 1-sentabr — Mustaqillik bayrami - 6 kunlik ish haftasi: • 30-avgust — dam olish kuni • 31-avgust — qo‘shimcha dam olish kuni • 1-sentabr — Mustaqillik bayrami ⚖️ Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PF-257-son Farmoni. 📤 Dam olish kunlarini oldindan rejalashtirib oling va yaqinlaringizga ham yuboring! 👉 @Yuridik_talim

📚 2026-YILNING 2-YARMIDA MILLIY SERTIFIKAT IMTIHONLARI O‘TKAZILADI Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha
📚 2026-YILNING 2-YARMIDA MILLIY SERTIFIKAT IMTIHONLARI O‘TKAZILADI Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari sentyabr, oktyabr, noyabr va dekabr oylarida tashkil etiladi. 📝 Ro‘yxatdan o‘tishmy.gov.uz orqali onlayn amalga oshiriladi. 📌 Talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlariga qulay bo‘lgan imtihon hududini tanlashlari mumkin. 🗓 Qaysi fanlardan imtihon o‘tkazilishi, ro‘yxatdan o‘tish va to‘lov muddatlari hamda imtihon sanalari yuqoridagi rasmda batafsil ko‘rsatilgan. ⚠️ E’tibor bering: imtihon o‘tkaziladigan hududlardagi o‘rinlar soni cheklangan. Belgilangan limit to‘lgach, ushbu hudud bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish yopiladi. 📌 Shuning uchun milliy sertifikat imtihonida qatnashmoqchi bo‘lgan talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish muddatlarini oldindan tekshirib borishlari tavsiya etiladi. 📤 Abituriyent va o‘qituvchi tanishlaringizga yuboring! 👉 @Yuridik_talim

⚡️ O‘QITUVCHIGA 20 SOATDAN ORTIQ DARS BERISH MUMKIN EMASMI? ❌ “O‘qituvchi 20 soatdan ortiq dars ololmaydi” degan umumiy qoida
⚡️ O‘QITUVCHIGA 20 SOATDAN ORTIQ DARS BERISH MUMKIN EMASMI? ❌ “O‘qituvchi 20 soatdan ortiq dars ololmaydi” degan umumiy qoida yo‘q. 📚 Amaldagi tartibga ko‘ra, bir stavka dars yuklamasi: 🔹 I–IV sinflarda — 18 soat; 🔹 V–XI sinflarda — 20 soat. Shu sababli 20 soat — barcha o‘qituvchilar uchun maksimal chegara emas. ⚖️ Belgilangan tartib va mavjud dars soatlaridan kelib chiqib, o‘qituvchiga 1,5 stavkagacha dars yuklamasi berilishi mumkin. Demak: 👩‍🏫 boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga — 27 soatgacha; 👨‍🏫 V–XI sinf fan o‘qituvchisiga — 30 soatgacha dars berilishi mumkin. ❗️Lekin bu har bir o‘qituvchi 30 soatni talab qilishi mumkin degani emas. Dars soatlari mavjud yuklama hamda 3271-son Nizomning 15–16-bandlarida belgilangan ustuvorliklar asosida taqsimlanadi. Bunda malaka toifasi, tegishli sertifikatlar va boshqa belgilangan mezonlar hisobga olinadi. 2026/2027-o‘quv yili uchun 3271-1-son o‘zgartirishlar bilan dars soatlarini taqsimlash tartibi yangilangan. 📌 Xulosa: “20 soatdan oshirib dars berish mumkin emas” degan vajning o‘zi yetarli huquqiy asos emas. Yuqori sinf o‘qituvchisiga belgilangan tartibda 30 soatgacha dars yuklamasi berilishi mumkin. 📤 O‘qituvchi tanishlaringizga yuboring — bu masala ayni paytda juda dolzarb! 👉 @Yuridik_talim

⚡️ O‘QISHNI KO‘CHIRISH BO‘YICHA TEST NATIJALARI E’LON QILINDI 📢 Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekistondagi davlat va nodavlat OTMlarga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha 2026-yil 19–20-avgust kunlari o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. 🎓 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz platformasi orqali tekshirishlari mumkin. 🔎 Natijani ko‘rish uchun: ▪️ pasport seriyasi va raqami; ▪️ JShShIR raqami kiritiladi. ❗️ O‘qishini ko‘chirish uchun test topshirgan talabgorlar natijalarini hoziroq tekshirib ko‘rishlari mumkin. 📤 O‘qishini ko‘chirish uchun test topshirgan tanishlaringizga ham yuboring! 👉 @Yuridik_talim

❗️ 32 MINGDAN ORTIQ VAKANT O‘RINLAR UCHUN QO‘SHIMCHA TANLOV BOSHLANDI 2026/2027-o‘quv yili uchun 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga vakant o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovda qatnashish imkoniyati berildi. 🏫 Jami: 80 ta OTMda 31 808 ta vakant o‘rin mavjud. 🗓 Ro‘yxatdan o‘tish: 22–28-avgust 🌐 Ariza my.uzbmb.uz platformasi orqali topshiriladi. 📌 Abituriyentlar: — fanlar majmuasi mos; — ta’lim tili mos; — vakant o‘rin mavjud bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishlarini tanlashi mumkin. 🎓 Tanlov to‘plangan ballar ketma-ketligi asosida, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. ⚠️ 28-avgust — ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni. 📤 Bu imkoniyatdan foydalanishi mumkin bo‘lgan abituriyentlarga yuboring! 👉 @Yuridik_talim

⚠️ Bola parvarishlash ta’tilidan qaytgan o‘qituvchini 1-sentabrgacha ishga qo‘ymaslik mumkinmi? Amaliyotda ayrim o‘qituvchila
⚠️ Bola parvarishlash ta’tilidan qaytgan o‘qituvchini 1-sentabrgacha ishga qo‘ymaslik mumkinmi? Amaliyotda ayrim o‘qituvchilarga bola parvarishlash ta’tilidan avgust oyida qaytganda: 🔠 «Faqat 1-sentabrdan ish boshlaysiz» 🔠 «Avgust oyida ishlasangiz ham ish haqi to‘lanmaydi» 🔠 «Sizning o‘rningizga boshqa o‘qituvchi tariflangan» kabi vajlar aytilmoqda. ⚖️ Qonunchilikda-chi? Mehnat kodeksining 405-moddasiga ko‘ra, xodim bola parvarishlash ta’tilidan belgilangan muddat tugashini kutmasdan, o‘z xohishiga ko‘ra istalgan vaqtda ishga qaytishi mumkin. Bola parvarishlash ta’tili davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Shu sababli ta’tilidan qaytgan xodimni «1-sentabrgacha kuting» deb majburlash yoki avvalgi lavozimiga qaytishini rad etish uchun faqat «o‘rningizga boshqa o‘qituvchi tariflangan» degan vajning o‘zi yetarli emas. 📚 O‘qituvchi ta’tilidan qaytgach, dars soatlari amaldagi tartib va belgilangan ustuvorlik mezonlari asosida qayta taqsimlanishi mumkin. 💵 Yana bir muhim jihat: agar o‘qituvchi ishga qaytib, amalda mehnat qilgan bo‘lsa, bajarilgan ish uchun mehnatiga haq to‘lanishi kerak. 📌 Xulosa: bola parvarishlash ta’tilidan avgust oyida qaytgan o‘qituvchini faqat «o‘quv yili 1-sentabrdan boshlanadi» degan sabab bilan ishga qo‘ymaslik to‘g‘ri emas. 📤 O‘qituvchi tanishlaringizga ham yuboring. 👉 @Yuridik_talim

⚠️ TELEGRAM GURUHIDA HAQORAT QILISH UCHUN JAVOBGARLIK BORMI? Telegram guruhida biror shaxsni haqorat qilish, tahqirlash yoki
⚠️ TELEGRAM GURUHIDA HAQORAT QILISH UCHUN JAVOBGARLIK BORMI? Telegram guruhida biror shaxsni haqorat qilish, tahqirlash yoki bila turib u haqida yolg‘on ma’lumot tarqatish shunchaki “hazil” bo‘lib qolmasligi mumkin. ⚖️ MJtKning 41-moddasiga ko‘ra — haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish javobgarlikka sabab bo‘ladi. ❗️Agar shaxs haqida bila turib yolg‘on ma’lumot tarqatilsa, MJtKning 40-moddasidagi tuhmat masalasi ham yuzaga kelishi mumkin. 📱 Profil ma’lumotlarini guruhga tashlash-chi? Telefon raqami, foydalanuvchi nomi va shaxsni aniqlash imkonini beradigan boshqa ma’lumotlar shaxsga doir ma’lumot bo‘lishi mumkin. “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, bunday ma’lumotlarni tarqatish uchun tegishli rozilik yoki boshqa qonuniy asos talab etilishi mumkin. ⚠️ Biroq profil skrinshotini joylashtirishning o‘zi har qanday holatda ham avtomatik ravishda huquqbuzarlik degani emas. Vaziyat, ma’lumotning turi, uni tarqatish maqsadi va qonuniy asos mavjudligi alohida baholanadi. ⚖️ Huquqingiz buzilgan bo‘lsa, nima qilish mumkin? Fuqarolik kodeksining 99–100-moddalariga muvofiq, shaxs o‘zining sha’ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar yuzasidan himoya talab qilishi mumkin. Jumladan, holatga qarab: ▪️ ma’lumotlarni o‘chirish; ▪️ yolg‘on ma’lumotlarni rad etish; ▪️ yetkazilgan ma’naviy zarar uchun kompensatsiya talab qilish masalasi qo‘yilishi mumkin. 📌 Xulosa: Telegram guruhi “qonundan tashqari hudud” emas. Internetdagi yozuv va tarqatilgan ma’lumot ham ayrim holatlarda huquqiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. ✈️ Telegramdan faol foydalanadigan tanishlaringizga ham yuboring. 👉 @Yuridik_talim