O'RMON AGENTLIGI
Open in Telegram
🌐 Oʻrmon va yashil hududlarni ko'paytirish, cho'llanishga qarshi kurashish agentligi 📬 E-mail: info@urmon.uz ☎️ Ishonch raqami: +998 (71) 207-88-77 🌐 Rasmiy veb-sayt: https://gov.uz/urmon 📍 Toshkent shahri, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7-A
Show more1 719
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-2330 days
Posts Archive
1 719
O'rmonlar xalq boyligi
Uni asrash va muhofaza qilishda o‘rmon qo‘riqchiliari faoliyat yuritadi.
“O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasi o'rmon qo'riqchiligining huquqiy asoslarini belgilaydi. Bu me’yor o‘rmonlarni muhofaza qilish bilan birga, ulardan foydalanishda qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi.🌳 Tabiatni asrash – nafaqat ekologik, balki huquqiy mas’uliyatdir. #UrmonlarMuhofazasi #TabiatniAsraylik #HuquqiySavodxonlik
1 719
“O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonunning 37-moddasida o'rmonlarda daraxt va butalarni kesishning tartibi belgilangan
❗️ Daraxtlarni o‘zboshimchalik bilan kesish qonunbuzarlik hisoblanadi. ❕ Daraxtlarni kesishdan avval belgilangan tartib va talablar bilan tanishib chiqing!🌳Bugun ekilgan daraxt – ertangi kunimiz nafasi! 💻Instagram 😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
1 719
O‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha “In-Vitro” innovatsion laboratoriyalari ochildi
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) hududida O‘rmon va manzarali o‘simliklar innovatsion laboratoriyasi hamda o‘rmon va manzarali daraxtlarning “In-Vitro” laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.👉Batafsil - https://gov.uz/oz/urmon/news/view/215530 💻Instagram 😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
1 719
Repost from Rasmiy axborot
+3
🏛Bir asrlik tarix — yangi mazmun: Toshkentda Zamonaviy san’at markazi ochildi
Toshkentda Zamonaviy san’at markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maskan Markaziy Osiyoda zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi ilk madaniy muassasa sifatida o‘z faoliyatini boshlamoqda.Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi. Ma’lum qilinganidek, mazkur maskan davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakat madaniy hayotini yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy san’atni rivojlantirish va xalqaro madaniy muloqotni kengaytirish maqsadida tashkil etildi. Zamonaviy san’at markazi bir asrdan ortiq tarixga ega bo‘lgan tarixiy sanoat ob’yekti negizida barpo etildi. 1912 yilda qurilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy me’moriy qiyofasi saqlangan holda yangi madaniy makonga aylantirildi. Markazda zamonaviy san’at, me’morchilik, ta’lim va tadqiqot yo‘nalishlari uyg‘unlashadi. Bu yerda ko‘rgazma zallari, ta’lim maydonlari, kutubxona, tadqiqot infratuzilmasi hamda jamoatchilik uchun ochiq makonlar faoliyat yuritadi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
1 719
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Сербия Александра Вучича 7-8 сентября посетит эту страну с официальным визитом.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1 719
📣 E’LON!
O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti 2027-o‘quv yili uchun PhD va DSc doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilik bo‘limiga qabul e’lon qiladi
📆 Hujjatlar Innovatsion rivojlanish agentligining yagona elektron tizimi (http://daraja.ilmiy.uz) orqali 2026-yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar qabul qilinadi.☎️Murojaat uchun tel: (+99894) 626-74-54 (+99871) 225-72-32
1 719
Shavkat Mirziyoyev: “Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf-xatarlar bo‘yicha yagona kun tartibini shakllantirish lozim”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Bishkekda ShHT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi hamda “BMT adolatli dunyo tartibotining asosiy boʻgʻini sifatida: “ShHT plyus” davlatlarining koʻp qutbli dunyoni shakllantirishga qoʻshayotgan hissasi” mavzusidagi “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etdi.👉Batafsil - https://gov.uz/oz/urmon/news/view/214393 💻Instagram 😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
1 719
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
O‘tgan chorak asr davomida Shanxay hamkorlik tashkiloti o‘zining zarurligi va samaradorligini namoyon etdi, teng huquqli muloqotni ta’minladi, mintaqaviy barqarorlik va mamlakatlarimizning izchil rivojlanishiga ko‘maklashdi.
—
Время доказало востребованность и эффективность Шанхайской организации сотрудничества, которая обеспечила равноправный диалог, содействовала региональной стабильности и устойчивому развитию наших стран.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1 719
+1
#GreenCities #GCI
Toshkent va Samarqand FAOning Yashil shaharlar tarmog‘iga a’zo bo‘ldi
Yaqinda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining Rimdagi bosh qarorgohi huzuridagi Yashil shaharlar tashabbusi kotibiyati tomonidan berilgan sertifikatlarda Toshkent va Samarqand FAOning Yashil shaharlar tarmog‘iga a’zo shaharlar sifatida rasman qayd etildi.
Toshkent va Samarqand shaharlari ushbu tarmoqqa qo‘shilish orqali hozirgidan-da yashil va sog‘lom, barqaror va inklyuziv shahar muhitini rivojlantirish yo‘lida hamkorlik qilayotgan global shaharlar qatorida e’tirof etiladi. Mazkur tarmoq kompleks shahar ko‘kalamzorlashtirish yondashuvlari orqali barqaror shahar rivojlanishini ilgari suradi va a’zo shaharlar o‘rtasida hamkorlikni samarali mustahkamlashga xizmat qiladi.👉Batafsil - https://gov.uz/oz/urmon/news/view/213473 💻Instagram 😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
1 719
#DorivorMahsulotlar
O‘rmonning shifobaxsh o'simliklari
Rozmarin (Salvia rosmarinus) – xushbo‘y hidli, qurg‘oqchilikka chidamli hamda quyoshni yaxshi ko‘radigan o‘simlik. U o‘ziga xos ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Rozmarin dorivor va ziravor o‘simlik hisoblanadi.💻Instagram 😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
1 719
#tabrik
#Mustaqillik_35_yil
Qadrli yurtdoshlar!
Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz!
Mustaqillik — milliy g‘ururimiz, erkinligimiz va bugungi jadal taraqqiyotimizning mustahkam poydevoridir. Ushbu buyuk ne’mat sharofati bilan jonajon Vatanimiz jahon maydonida o‘zining yuksalish yo‘lidan dadil ilgarilamoqda.
🌳 Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil maydonlarni kengaytirish va yangi o‘rmonlar barpo etishda siz - aziz vatandoshlarimizning faol tashabbuslariga suyanamiz. Zero, ona tabiatni asrab-avaylash har birimizning yuksak insoniy burchimizdir.
✨ Ushbu shukuhli ayyomda barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, Yangi O‘zbekiston ravnaqi yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.
Mustaqilligimiz abadiy, tinchligimiz bardavom bo‘lsin!
✍️ Erkin Muhiddinov
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi O‘rmon agentligi direktori
1 719
+4
#Mustaqillik_35_yil
Mustaqillik bayrami munosabati bilan soha vakillari taqdirlandi
Markaziy Osiyo ekologiyasi va atrof-muhit tadqiqotlari markazida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda bir guruh soha vakillari Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan taqdirlandi. Shu jumladan, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi O‘rmon agentligi direktori Erkin Muhiddinov, direktor o‘rinbosari G‘olibjon Qurbonov hamda direktor maslahatchisi G‘ofurjon Qarshiboyevlarga ham “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari tantanali topshirildi.👉Batafsil - https://gov.uz/oz/urmon/news/view/212497 💻Instagram 😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
1 719
+2
🇺🇸 Oregon shtati 1-sentabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi
📆 AQShning Oregon shtati gubernatori Tina Kotek 2026-yil 1-sentabrni shtat miqyosida “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” (Uzbekistan Independence Day) deb rasman e’lon qildi. Tegishli proklamatsiya Oregon davlat kotibi Tobias Rid tomonidan ham tasdiqlangan.
Mazkur qaror O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qabul qilingan. Proklamatsiyada mamlakatimizning suverenitetini mustahkamlash, boy madaniy merosini asrab-avaylash, tinchlik va farovonlikni ta’minlash, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni izchil amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlari qayd etilgan.
Hujjatda O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligi va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni, shuningdek, O‘zbekiston–AQSh munosabatlarining savdo, investitsiyalar, texnologiyalar, ta’lim, toza energetika, turizm va xalqlararo almashinuvlar yo‘nalishlarida kengayib borayotgani e’tirof etilgan.
O‘zbekiston Mustaqilligi kunining AQShning butun bir shtati miqyosida rasman e’tirof etilishi mamlakatimizga bo‘lgan xalqaro e’tibor va O‘zbekiston–AQSh munosabatlari tobora kengayib borayotganining muhim ifodasidir.
📌Ma’lumot uchun, Oregon AQShning Tinch okeani sohilidagi muhim iqtisodiy va texnologik markazlardan biri bo‘lib, shtat aholisi 4,3 milliondan ortiq. Shtatda yuqori texnologiyalar, xususan, yarimo‘tkazgichlar sanoati rivojlangan bo‘lib, Intel kompaniyasining yirik ilmiy-ishlab chiqarish majmuasi ham shu hududda joylashgan.
Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosida jalb qilinadigan maslahatchisi, Prezident Administratsiyasining AQSHdagi vakili Komil Allamjonov ushbu tashabbus uchun amerikalik hamkorlarimizga samimiy minnatdorlik bildirdi.
1 719
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikkinchi qism):
📌 Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetgani, go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi 4 barobar kamaygani sohadagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir;
📌 Mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi;
📌 Kelgusi yillarda yurtimizda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dasturni amalga oshiramiz;
📌 Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi;
📌 Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tamiz. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi;
📌 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi;
📌 To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi;
📌Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz;
📌Mahalla jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantiriladi;
📌 O‘zbekistonni xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylantirish uchun ko‘pqirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiramiz;
📌 Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz;
📌 Xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘q;
📌 Matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetadi.
1 719
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (birinchi qism):
📌Buyuk istiqlolimizning ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi;
📌 Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimizni, muqaddas dinimizni, ona tilimizni, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi;
📌 Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz, jadidlar xotirasiga ta'zim bajo keltiramiz;
📌 Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini ehtirom bilan yod etamiz;
📌 Islohotlarni boshlagan birinchi kunlardanoq xalqning qalbiga quloq soldik, aholining dardiga darmon bo‘lishni maqsad qildik;
📌 "Paxta qulligi", "majburiy mehnat va bolalar mehnati", "konvertatsiya cheklovi", "propiska" kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berdik;
📌 Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyatni barpo etish uchun keyingi 10 yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik. O‘zbekistonni dunyoga keng ochdik;
📌 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazishni reja qilgan edik. Bu vazifani shu yilning o‘zida ortig'i bilan amalga oshiramiz va daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiramiz;
📌 Bugungi kunda kambag'allik darajasini 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushurishga erishdik. 10 million nafar insonning turmush sifati yaxshilandi;
📌 Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarining yarmidan ko‘pini qizlar va ayollar tashkil etadi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod, ma’rifatli jamiyat deganidir;
📌Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalarni ham taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili deb bilamiz;
📌 Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur.
1 719
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv va ekologiya masalalari yanada dolzarb bo‘lib borayotgani qayd etildi.
To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi.
Kelgusi besh yilda ekin maydonlarida suv tejaydigan texnologiyalarning qamrovi 100 foizga yetkaziladi.
– Tabiatga munosabat – xalqning madaniyati, davlatning mas’uliyati va taraqqiyotning sifat ko‘rsatkichidir. “Yashil makon” umummilliy harakatini yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz,– dedi Prezidentimiz. Maktab, bog‘cha, shifoxona va ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlar jamiyatning daxlsiz boyligi sifatida muhofaza qilinadi. Yaqin yillarda tuman va shahar markazlarida yashillik ko‘lami 30 foizga yetkaziladi. Facebook|Instagram|X
1 719
Repost from Rasmiy axborot
🇺🇿Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi
AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026-yil 1-sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.🔷Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan. 🔷Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan. 🔷Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investisiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan. 🔷Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan. https://t.me/Rasmiy_axborot_official
1 719
+3
#UNCCDCOP17
O‘rmon xo‘jaligi sohasida muhim kelishuvlarga erishildi
Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o‘tkazilgan BMTning Cho‘llanishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 17-sessiyasi (UNCCD COP17) mamlakatimiz delegatsiyasi uchun ham katta taassurot va natijalarga boy bo‘ldi.👉Batafsil - https://gov.uz/oz/urmon/news/view/211506 💻Instagram 😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
1 719
+8
#Etirof
#Mustaqillik_35_yil
O‘rmon xo‘jaligi sohasi fidoyilari taqdirlandi
Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi O‘rmon agentligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda agentlik mas’ullari va markaziy apparat xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirni O‘rmon agentligi direktor o‘rinbosari G‘olibjon Qurbonov kirish so‘zi bilan ochib, barchani eng ulug‘, eng aziz ayyom – Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan tabrikladi.
“– Mustaqillik tom ma’noda barchamiz uchun eng ulug‘ qadriyat. Bu buyuk ne’matning tub zamirida el-yurt tinchligi, xalqimizning farovon hayoti mujassam. Davlat rahbarining oqilona siyosati, tashabbuskorligi tufayli erishilayotgan jamiki yutuqlar esa mustaqilligimizni mustahkamlashga xizmat qilmoqda, – dedi
G‘. Qurbonov. – O‘z navbatida, barcha sohalar qatori o‘rmon xo‘jaligi sohasida ham istiqlol yillarida ko‘plab yutuqlarga erishildi, katta-katta marralar zabt etildi. Fursatdan foydalanib, soha ravnaqi yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan sohaning barcha vakillarini Istiqlolimizning 35 yilligi bilan samimiy tabriklayman.”
Shundan so‘ng, mamlakatimizning yashillik darajasini oshirish, yangi o‘rmonlar barpo etish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida amalga oshirib kelayotgan munosib xizmatlari uchun bir guruh soha vakillariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari tantanali topshirildi.
💻Instagram 😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
1 719
+2
#UNCCDCOP17
O‘rmonlarni barqaror boshqarish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi
Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o‘tkazilayotgan BMTning Cho‘llanishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi konvensiyasining 17-sessiyasi (COP17) doirasida Ekologiya qo‘mitasi huzuridagi O‘rmon agentligi direktori Erkin Muhiddinov hamda Osiyo o‘rmon hamkorligi tashkiloti (AfoCO) ijrochi direktori Pak Chonxo o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.👉Batafsil - https://gov.uz/oz/urmon/news/view/211238 💻Instagram 😀You Tube 📝Telegram 💬Facebook 🌍Sayt
