en
Feedback
Хоразм Пресс

Хоразм Пресс

Open in Telegram

Xorazm viloyati hokimi matbuot kotibining rasmiy kanali

Show more
1 461
Subscribers
+224 hours
+27 days
No data30 days
Posts Archive
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Sha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi. Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi. Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan. Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi. Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega. — Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан Мирзиёева Саида Шавкатовна назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью. Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях. Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра. В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг. Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов. Facebook|Instagram|X

#Tayinlov ✅ Kaimxodjayev Oybek Abdukarimovich – Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Pod
#Tayinlov ✅ Kaimxodjayev Oybek Abdukarimovich – Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Podpolkovnik O.Kaimxodjayev tayinlovga qadar Toshkent shahar Yashnobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube

Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi ✅ Bugun mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida birinchi qo‘ng‘iro
+6
Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili  boshlandi ✅ Bugun mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida  birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi. Viloyatimizda 41 ming nafardan ziyod o‘g‘il-qizlar maktab ostonasiga ilk qadam qo‘yib, 1-sinfga qabul qilindi.  ✅ Urganch tumanidagi 2-sonli   umumta’lim maktabida o‘tkazilgan  tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov  ishtirok etib, hurmatli Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Ushbu maktab joriy yilda   10 mlrd 600 mln so‘m mablag‘ sarflanib, mukammal ta’mirlandi. Viloyat hokimi maktab jamoasini yangi bino hamda o‘quv yilining boshlanishi bilan qutlab, 1-sinf o‘quvchilariga  o‘quv qurollari to‘plamidan iborat Prezident sovg‘alarini topshirdi. Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram

Video message00:28

photo content

Урганч шаҳридаги “Авесто” боғ мажмуасида “Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз! ” шиори остида Ватани
+9
Урганч шаҳридаги “Авесто” боғ мажмуасида “Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз! ” шиори остида Ватанимиз мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган байрам тадбири бўлиб ўтди. ✅ Тантанада сўзга чиққан Хоразм вилояти ҳокими Жўрабек Рахимов воҳа аҳлини қутлуғ байрам билан табриклаб, ўтган давр мобайнида вилоятда амалга оширилган кенг кўламли бунёдкорлик ишлари ҳақида тўхталди, юртимиз равнағи ва халқимиз бахт-саодати йўлида олиб борилаётган ислоҳотларнинг мазмун моҳиятини, унинг самараларини фахр билан тилга олди. ✅ Пойтахтимиздан ташриф буюрган ва вилоятимиз санъат усталари ижросидаги байрам дастурида озод ва обод юртимиз, унинг толеи баланд меҳнаткаш халқи , бугунги дориламон кунларга шукроналик авж пардаларда тараннум этилди. Дронлар шоуси ва байрам мушакбозлиги тадбирга ўзгача файз киритди.

photo content
+9

Davlat mukofotlari topshirildi ✅ Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezidentimizning tegishli farmonlari
+9
Davlat  mukofotlari topshirildi ✅  Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan  Prezidentimizning tegishli  farmonlariga asosan  viloyatimizdan ham davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhi  faxriy unvonlar, orden, medallar va “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.     
Viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov taqdirlanganlarni bu yuksak e’tirof bilan samimiy qutlab, davlat mukofotlari va esdalik nishonlarini  hurmatli Prezidentimiz nomidan o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube

photo content
+9

Нахчивон ва Урганч шаҳарлари ўртасида биродарлик муносабатлари йўлга қўйилади ✅Бугун Озарбайжон ва Ўзбекистон шаҳарларини бир
+1
Нахчивон ва Урганч шаҳарлари ўртасида биродарлик муносабатлари йўлга қўйилади ✅Бугун Озарбайжон ва Ўзбекистон шаҳарларини биродарлаштириш ташаббуслари халқларимизни янада яқинлаштирадиган, муштарак тарихий, маданий ва маънавий қадриятларни асраб-авайлайдиган, келажак авлодлар ўртасидаги дўстлик ва ўзаро ишончни мустаҳкамлайдиган муҳим ҳамкорлик платформаларидан бирига айланган.Яқин вақтда Нахчивон ва Урганч ўртасида ҳам биродарлик муносабатларини йўлга қўйиш режалаштирилган. ✅Бу ҳақда Озарбайжон Республикаси Президенти Илҳом Алиев мамлакатимизга давлат ташрифи арафасида берган интервьюсида маълум қилди.

🎗Komil Allamjonov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi Komil Allamjonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyas
🎗Komil Allamjonov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi Komil Allamjonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi maslahatchisi hamda Administratsiyaning AQSHdagi vakili sifatida O‘zbekiston–AQSH munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqish, ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni kengaytirishga qo‘shib kelayotgan munosib hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. So‘nggi davrda uning ishtirokida AQSH–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya hamkorligini institusional jihatdan mustahkamlash, amerikalik investorlarni O‘zbekistonga jalb qilish, yirik investisiya va savdo loyihalarini ilgari surish bo‘yicha qator muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda. 2026-yilda ikki davlat o‘rtasida qo‘shma investisiya platformasini yaratish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. Komil Allamjonovni yuksak davlat mukofoti bilan samimiy muborakbod etamiz! Mukofot Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, uning xalqaro nufuzi va O‘zbekiston–AQSH munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lidagi mehnatining munosib e’tirofidir. https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17665

#ТЕЗКОР ⚡️⚡️Президент Администрациясининг Коммуникациялар департаменти бошлиғи – Президент матбуот котиби Асадов Шерзод Икром
#ТЕЗКОР ⚡️⚡️Президент Администрациясининг Коммуникациялар департаменти бошлиғи – Президент матбуот котиби Асадов Шерзод Икромович “Дўстлик” ордени билан тақдирланди https://t.me/+05YgQSHZVWoxNjYy

"Халқ сўзи" газетасининг бугунги сонида вилоят ҳокимининг матбуот котиби Одилбек Адамбаевнинг "Хоразмнинг улкан салоҳияти" са
"Халқ сўзи" газетасининг бугунги сонида вилоят ҳокимининг матбуот котиби Одилбек Адамбаевнинг "Хоразмнинг улкан салоҳияти" сарлавҳали мақоласи эълон қилинди. "Ташрифдан кейинги ўйлар..." рукни остида чоп этилган мазкур мақола билан газетанинг босма шакли ёки электрон варианти орқали танишишингиз мумкин.

#ЭЪТИРОФ❗ ✅ Хоразм вилояти ҳокимлигининг ижтимоий тармоқлардаги расмий каналлари верификациядан ўтиб, тасдиқланганлик белгиси
#ЭЪТИРОФХоразм вилояти  ҳокимлигининг ижтимоий тармоқлардаги расмий каналлари  верификациядан  ўтиб, тасдиқланганлик белгисига👍эга бўлди! Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати томонидан тақдим этилаётган ахборотлар  верификация шартларига тўла мувофиқ деб топилди. Эндиликда ҳокимликнинг  телеграмм, фейсбук ва инстаграмдаги каналлари  тасдиқланганлик белгиси👍билан ажралиб туради.  Бу эса фуқароларга расмий саҳифаларни  сохта аккаунтлардан осон фарқлаш, ишончли ахборотни  бевосита расмий манбадан олиш имконини беради.  📢Ҳурматли  ижтимоий тармоқ фойдаланувчилари! Вилоят ҳаётига оид янгиликлар билан биринчи расмий манба орқали танишмоқчи бўлсангиз, вилоят ҳокимлигининг ижтимоий тармоқлардаги расмий каналларига обуна бўлинг! Обуна бўлиш учун ҳаволалар:⬇️ ◾️ Telegram ◾️ Facebook ◾️ Instagram

↪️ NAVBATDAGI O’YIN ⚽️⚽️ Superliga | 18-tur 🟡 Xorazm 🆚 Lokomotiv 🔴 🏟 Xorazm sport majmuasi 📅 20.08.2026 🕐 20:00 🟡«Xorazm» PFK matbuot xizmati Telegram Instagram Youtube

Artiqov Odilbek Sadullayevich– xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Gurlan tumani hokimi
Artiqov Odilbek Sadullayevich– xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Gurlan  tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.  O. Artiqov tayinlovga qadar O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati Xorazm.uz| Facebook | Telegram | Instagram|Youtube