en
Feedback
English faculty

English faculty

Open in Telegram

Official channel of English Faculty University life is about challenging, questioning, enjoying good people and good friends, and pushing yourself to the limit. Connect with us: @Jurnalist_nutqi

Show more
1 480
Subscribers
+5224 hours
+527 days
+6330 days
Posts Archive
🇺🇿 “O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman!” O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakulteti tyutori Ubaydullayeva Farangiz Rustamovnaga biriktirilgan 2521-guruh talabalari tomonidan “O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman” shiori ostida videorolik tayyorlandi. Mazkur videorolikda yoshlarning Vatanga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbati, yurtimizning mustaqilligi, tinchligi va farovonligi bilan faxrlanish tuyg‘ulari aks ettirilgan. 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yangi O‘zbekiston yoshlari — Vatanimiz faxri!

“Super-kontrakt” 2 barobarga arzonlashdi! 1-kurs to‘lov qilib, 2-kursdan grantda o‘qing! Samarqand davlat chet tillar institutida 2026-2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt – “super-kontrakt” miqdorlari tasdiqlandi. Batafsil video orqali tanishing👆 ✅ Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, yapon, xitoy, arab, rus, turk) hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz, nemis, fransuz, xitoy, rus) ta’lim yo‘nalishlarida bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori 10 barobardan 8 barobarga; ✅ Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili hamda Jurnalistika ta’lim yo‘nalishlarida bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori 8 barobardan 6 barobarga; ✅ O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori 7 barobardan 5 barobarga; ✅ Kompyuter lingvistikasi, Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishlarida bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori 6 barobardan 4 barobarga arzonlashtirildi. #Ahamiyatlisi, Samarqand davlat chet tillar instituti diplomi butun dunyoda tan olinadi. Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilish imkoniyatlari va qabul tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin. +998662341257 +998662341258 +998662341260 🕖 Ish vaqti: 08:00 dan 18:00 gacha 📍Manzil: Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi 43-uy. 📌Mo‘ljal: Tenge bank binosi yonida.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt

photo content
+5

Repost from SamDCHTI | Rasmiy
#Talaba_taassuroti Samarqand davlat chet tillar instituti 1-bosqich talabasi Rayhona Abdumalikova ilm maskani talabalar turar joyida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt

🔈 Barcha talabalar diqqatiga! To‘lov shartnomasini olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan onlayn ariza yuboring. ✅ Arizangiz oliygoh tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi, ✅ Tayyor shartnomani tizimdan yuklab olishingiz mumkin. 📌“KONTRAKT EDU” mobil ilovasi
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt

Repost from SamDCHTI | Rasmiy
Bundan roppa-rosa 9 yil avval Toshkentda “Rekord osh” tadbiri tashkil etilib, o‘zbek oshi Ginness rekordlar kitobiga kiritilishiga muvaffaq bo‘lgan edi. Komil Allamjonov tarixiy tadbirdan arxiv video e’lon qilib, o‘sha kunlarni esladi:
“Jamoamiz bilan ushbu tadbirni tashkil qilganimizga roppa-rosa 9 yil bo‘libdi. Oradan shuncha vaqt o‘tsa ham, hayajon hamon o‘sha-o‘sha”, — deb yozdi K.Allamjonov.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt

Repost from SamDCHTI | Rasmiy
🔵 Endi yer va bino sotib olish biznes uchun og‘ir yuk bo‘lmaydi: to‘lov shartlari yengillashtirilmoqda Davlat aktivlari va y
🔵 Endi yer va bino sotib olish biznes uchun og‘ir yuk bo‘lmaydi: to‘lov shartlari yengillashtirilmoqda Davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha tadbirkorlarga moliyaviy erkinliklar berilmoqda. Endi ishlab chiqarish yoki biznesni kengaytirish uchun davlat ob’yektlarini katta yuk va ortiqcha to‘lovlarsiz xarid qilish mumkin:
🔵Avans to‘lovi 15%: Bu biznesga katta pullarni birdaniga muzlatib qo‘ymay, ularni yangi loyihalar va ishlab chiqarishga yo‘naltirish imkonini beradi. 🔵To‘liq to‘lovga 25% chegirma: Agar aktiv qiymati 6 oy ichida to‘liq to‘lansa, shartnoma summasining chorak qismi kechib yuboriladi. 🔵7 yilgacha foizsiz bo‘lib to‘lash: Aktiv qiymatining yarmini (50%) 6 oyda to‘lagan xaridorga qolgan qismini 7 yil davomida foizsiz to‘lash imkoniyati beriladi (yoki 35% ini 3 oyda to‘lab, qolganini 5 yilga bo‘lib to‘lash mumkin).
📖 “Tayyor paket” yerlar: Yer uchastkalari loyihasi, ruxsatnomalari va kommunikatsiya texnik shartlari tayyor holda savdoga chiqariladi. Ya’ni auksiondan yer olib, hujjat yig‘ish va tarmoqlarga ulanish uchun 6 oydan 1 yilgacha vaqt yo‘qotishga chek qo‘yiladi. Islohot maqsadi — iqtisodiyotda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirib, yillar davomida foydalanilmay yotgan aktivlarni real qiymat, daromad va yangi ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga aylantirishdir.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt

Repost from SamDCHTI | Rasmiy
#Talaba_taassuroti Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetining 1-bosqich talabasi Dinora Kamolova ilm maskanidagi dastlabki taassurotlari, talabalik hayotining ilk sahifalari hamda yaratilgan zamonaviy sharoit va imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt

Repost from SamDCHTI | Rasmiy
+2
#DIQQAT, HURMATLI TALABALAR! 📱 Telefon xavfsizligingizni ta’minlashga e’tibor qarating! Bugungi kunda turli noma’lum manbalardan yuklab olinadigan, zararli dasturlarni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan ilovalar telefon qurilmalari hamda undagi shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Shu sababli, talabalardan telefonlariga “APK Qo‘riqchi” ilovasini o‘rnatish so‘raladi. ❗️ “APK Qo‘riqchi” ilovasi telefoningizga o‘rnatilayotgan APK fayllar va ilovalar bilan bog‘liq xavflarni aniqlash hamda zararli yoki shubhali ilovalardan himoyalanishga yordam beradi. 📌 Bajarish tartibi: 1️⃣ Quyida taqdim etilgan video qo‘llanmani diqqat bilan tomosha qiling. 2️⃣ Video qo‘llanmada ko‘rsatilgan tartibda “APK Qo‘riqchi” ilovasini telefoningizga o‘rnating. 3️⃣ Ilovadan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarga amal qiling. 🔐 Telefon xavfsizligi — o‘zingizni va shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilishdan boshlanadi! Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt

🏠IJARA XONADONLARNI O'RGANISH 📚 2026–2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan SamDChTI Ingliz tili fakulteti tyutori A.
+3
🏠IJARA XONADONLARNI O'RGANISH 📚 2026–2027-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan SamDChTI Ingliz tili fakulteti tyutori A. Sartayev tomonidan talabalarning yashash sharoitlari bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🏡 Xususan, oliygohga yangi kelgan talabalarni ijara xonadonlariga joylashtirish, ularning yashash sharoitlari bilan tanishish hamda ijara asosida yashashning muhim qoidalari haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 🤝 Talabalarga xonadon egalari bilan o‘zaro hurmat va kelishuv asosida munosabat o‘rnatish, yashash joyida tartib-intizomga rioya qilish, sanitariya-gigiyena talablarini saqlash hamda mol-mulkdan ehtiyotkorlik bilan foydalanish yuzasidan tavsiyalar berilmoqda. 🎓 Bunday ishlar talabalarning yangi o‘quv yilini munosib boshlashi, xavfsiz va qulay sharoitda istiqomat qilishi hamda ta’lim olishiga ko‘maklashishga qaratilgan. ✨ Yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin! Talabalarimizga bilim olish yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz!

Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakulteti tyutorlari Ubaydullayeva Farangiz va Primov Ravshan tomonidan Ta
+2
Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakulteti tyutorlari Ubaydullayeva Farangiz va Primov Ravshan tomonidan Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan 1-kurs talabalarining yashash sharoiti va holidan xabar olish maqsadida navbatdagi monitoring va suhbat tashkil etildi. Tashrif davomida tyutorlar talabalar bilan yaqindan suhbatlashib, ularning yashash sharoiti, kundalik faoliyati, o‘qishga bo‘lgan munosabati hamda talabalar turar joyidagi ichki tartib-qoidalarga rioya etish holatlari bilan tanishdilar. Suhbat jarayonida talabalarga xona tozaligi va ozodaligiga rioya qilish, shaxsiy gigiyenani saqlash, yashash xonasini tartibli tutish, umumiy foydalanish joylariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kabi masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.Shuningdek, talabalarga Talabalar turar joyida belgilangan tartib-intizom qoidalariga qat’iy rioya qilish, kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish, o‘zaro hurmat va muomala madaniyatini saqlash aytib o’tildi.

photo content
+2

#Diqqat_xushxabar 📌SamDCHTIda “Super-kontrakt” narxlari 2 barobarga arzonlashdi Samarqand davlat chet tillar institutida 202
#Diqqat_xushxabar   📌SamDCHTIda “Super-kontrakt” narxlari 2 barobarga arzonlashdi   Samarqand davlat chet tillar institutida 2026-2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt – “super-kontrakt” miqdorlari tasdiqlandi.   Amaldagi tartibga muvofiq, kirish imtihonlarida 56,7 balldan kam bo‘lmagan natija qayd etgan va belgilangan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinishi mumkin. To‘lov miqdori abituriyentning kirish imtihonida to‘plagan bali hamda tanlagan ta’lim yo‘nalishiga qarab belgilandi.   ✅ Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, yapon, xitoy, arab, rus, turk) hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz, nemis, fransuz, xitoy, rus) ta’lim yo‘nalishlarida bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori 10 barobardan 8 barobarga; ✅ Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili hamda Jurnalistika ta’lim yo‘nalishlarida bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori 8 barobardan 6 barobarga; ✅ O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori 7 barobardan 5 barobarga; ✅ Kompyuter lingvistikasi, Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishlarida bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori 6 barobardan 4 barobarga arzonlashtirildi.   Kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha “super-kontrakt” miqdorlari yuqoridagi jadvalda👆 keltirilgan.   ❗️Eng muhimi, bu to‘lov faqat birinchi o‘quv yili uchun! Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori talabaning birinchi o‘quv yili uchun amal qiladi. Ya’ni, “super-kontrakt” asosida talabalikka qabul qilinish butun ta’lim davri davomida aynan shu miqdorda to‘lov qilish degani emas. Bundan tashqari, talaba 1-kurs davomida fanlarni puxta o‘zlashtirib, yuqori GPA ko‘rsatkichlariga erishsa hamda ijtimoiy faollik indeksida yuqori natija qayd etsa, amaldagi tartib va tanlov mezonlar asosida 2-kursdan davlat grantida o’qishni davom ettiradi. #Ahamiyatlisi, Samarqand davlat chet tillar instituti diplomi butun dunyoda tan olinadi. Samarqand davlat chet tillar institutida tahsil olishni istagan abituriyentlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilish imkoniyatlari va qabul tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin. +998662341257 +998662341258 +998662341260 🕖 Ish vaqti: 08:00 dan 18:00 gacha 📍Manzil: Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi 43-uy. 📌Mo‘ljal: Tenge bank binosi yonida.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt

Repost from SamDCHTI | Rasmiy
Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi. — Президент Шавкат Мирзиёев награжден высшей государственной наградой Сербии.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt

Repost from SamDCHTI | Rasmiy
#Xorijlik_talaba_taassuroti Samarqand davlat chet tillar institutining birinchi bosqich talabasi Ibrohimi Muhammadsaid Yusufzoda (Tojikiston Respublikasi) oliygoh haqidagi taassurotlari haqida gapirib berdi
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt

Repost from SamDCHTI | Rasmiy
#Qabul_2026 ❗️ Samarqand davlat chet tillar institutida "super kontrakt" boʻyicha arizalar qabuli davom etmoqda Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar super-kontrakt asosida diplomi butun dunyoda tan olinadigan Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi bo'ling! Super-kontrakt miqdori quyidagicha: ✅ Agar 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa, oddiy kontraktning 1.5 barobarini to'laydi; ✅ Agar 1,1 baldan — 2,0  ballgacha yetmasa, oddiy kontraktning 2 barobarini to'laydi; ✅ Agar 2,1 baldan — 3.0 ballgacha yetmasa, oddiy kontraktning 2.5 barobarini to'laydi; ✅ Agar 3,1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa, oddiy kontraktning 3 barobarini to'laydi; 👉 Agar 4,06 balldan ortiq ball yetmasa, tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdorini to'laydi. 📢 Eslatma: Institut tomonidan qabul chegarasiga 4,06 ball va undan ko'p yetmagan, ammo 56,7 va undan yuqori ball to'plaganlar uchun to'lov-kontrakt miqdorlari bugun e'lon qilinadi. 📍Manzil: Samarqand shahar, Gagarin ko'chasi, 43-uy. 📌Mo'ljal: Tenge bank yoni.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt

Repost from SamDCHTI | Rasmiy
#Mustaqillik_darslari Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Samarqand
+9
#Mustaqillik_darslari Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar institutida birinchi bosqich talabalari uchun “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida “Kelajak soati” doirasidagi mustaqillik darslari bo‘lib o‘tdi. Institut rahbariyati, taniqli professor-o‘qituvchilar hamda davlat va jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan ushbu mashg‘ulotlarda istiqlol ne’mati, uning inson qadri va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda mustaqillik yillarida erishilgan salmoqli yutuqlar e’tirof etildi. Tadbirlar davomida yoshlarga mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan tub islohotlar, intellektual salohiyatni oshirish imkoniyatlari hamda raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishishda har bir talabaning mas’uliyati haqida fikr yuritildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt

#Xorijlik_talaba_taassuroti Samarqand davlat chet tillar institutining biritnchi bosqich talabasi Mastaneh Hosseini (Eron Islom Respublikasi) oliygoh haqidagi taassurotlarini gapirib berdi
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt

Repost from SamDCHTI | Rasmiy
Belgraddagi Serbiya saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o
+9
Belgraddagi Serbiya saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. — Во Дворце Сербии в Белграде прошла церемония торжественной встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева. #Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #marosim
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt

Repost from SamDCHTI | Rasmiy
#Yurtimiz_bayrog‘i Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad shahriga keldi. Prezidentimiz tashrifi sharafiga Serbiya poytaxtidagi “Kula Belgrade” osmono‘par binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | You-Tube | Veb-sayt