en
Feedback
Facts

Facts

Open in Telegram

Beshikdan qabrgacha ilm izlaylik... -Qiziqarli maʼlumotlar -Kunlik savollar -Online zakovat turnirlari

Show more
344
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Selchuk Bayraktar — turk muhandisi. Turkiyaning Baykar Bayraktar kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan UUA boʻlmish TB2 ar
Selchuk Bayraktar — turk muhandisi. Turkiyaning Baykar Bayraktar kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan UUA boʻlmish TB2 arxitektori, Baykar Defence texnik menejeri va T3 Jamgʻarmasi Vasiylik kengashi raisi. Tavallud topgan joyi: Sarıyer, Turkiya Tavallud sanasi: 7-oktabr, 1979 Turmush oʻrtogʻi: Sümeyye Erdoğan Ota-onalar: Özdemir Bayraktar, Canan Bayraktar Aka/uka va opa/singillar: Haluk Bayraktar, Ahmet Bayraktar Taʼlim: Massachusets texnologiya instituti (2004–2006), https://telegra.ph/Turk-havo-dronlari-otasi-Turkiyalik-Stiv-Jobs-01-28 @facts_eng

Yevropa mamlakatlari pul birliklari 1. Avstriya - Yevro 2. Albaniya - Lek 3. Andorra - Ye 4. Belorussiya - Belorus rubli 5. Belgiya - Yevro 6. Bolgariya - Lev 7. Bosniya va Gertsogovina - Marka 8. Birlashgan Qirollik - Funt-Sterling 9. Vatikan - Yevro 10. Vengriya - Forint 11. Germaniya - Yevro 12. Gretsiya - Yevro 13. Daniya - Daniya Kronasi 14. Irlandiya - Yevro 15. Islandiya - Islandiya Kronasi 16. Ispaniya - Yevro 17. Italiya - Yevro 18. Latviya - Yevro 19. Litva - Yevro 20. Lixtenshteyn - Shveysariya Franki 21. Lyuksemburg - Yevro 22. Malta - Yevro 23. Moldova h Moldova Leyi 24. Monako - Yevro 25. Niderlandiya - Yevro 26. Norvegiya - Norvegiya Kronasi 27. Polsha - Zlotiy 28. Portugaliya - Yevro 29. Rossiya - Rossiya rubli 30. Ruminiya - Ruminiya Leyi 31. San-Marino - Yevro 32. Serbiya Serbiya - Dinori 33. Slovakiya - Yevro 34. Sloveniya - Yevro 35. Ukraina - Grivna 36. Finlandiya - Yevro 37. Fransiya - Yevro 38. Xorvatiya - Kuna 39. Chernogoriya - Yevro 40. Chexiya - Chexiya Kronasi 41. Shveysariya - Shveysariya Franki 42. Shvetsiya - Shvetsiya Kronasi 43. Shimoliy Makedoniya - Sh. Makedoniya Dinori 44. Estoniya - Yevro — Donetsk Xalq Respublikasi - Rossiya Rubli — Dnestrboʻyi Moldova Respublikasi - DMR Rubli — Kosovo - Yevro — Lugansk Xalq Respublikasi - Rossiya Rubli @facts_eng

QURAYISH – qishloq. Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani. 1924-yilda- gi tadqiqotlar natijalariga ko‘ra Buxoro yaqinida ersari turkman qabilasining qurayish bo‘linmalari qayd etilgan (bu etnonim katta ehtimol bilan arab qabi- lasi qurayish nomi bilan bog‘liq. Ko‘plab arablar Buxoro hududida yashagan- lar, ko‘pchilik vaziyatlarda ular o‘zlarining tilini yo‘qotishgan, biroq o‘zlari- ning urug‘-qabila nomlarini saqlashgan). Kollektivlashtirish va ko‘chirish yillarida bu yerga kelgan odamlar yoshligidanoq qishloqni o‘zlarining tug‘il- gan qishloqlari nomi bilan atashlari mumkin edi. @facts_eng

#toponim KONIGIL – Samarqand viloyatining Samarqand tumani. Xususan, Kon-i gil – “loy koni”dir. Bu qishloqdan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda, bizning davrimizning boshidanoq sopol idishda ishlatiladigan loy, oq qum, qizil loy, sariq loy va boshqa loy turlari qazib olingan. Temuriylar davrida keng tanilgan bu tekislik haqida birinchi marta Temur va Bobur tarixida so‘z yuritilgan. “Samarqand atrofida chiroyli o‘troqzorlar joylashgan. Bitta mashhur (o‘lang) – Kanigil o‘troqzoridir, u Samarqanddan sharqqa cho‘zilib, biroz shimolga egilib, bitta sheriga (taxminan 2 km) cho‘zil- gan. Obi Rahmat deb ham nomlangan ariq Konigilning o‘rtasidan oqadi, suv u yerda yetti yoki sakkizta tegirmon bo‘ladi. Ushbu soyning qirg‘oqlari butun- lay botqoqlikdir. Samarqandlik sultonlar uni har doim qo‘riqxona deb e’lon qiladilar, ular har yili bu o‘tloqqa borib, bir-ikki oy yashab ham kelardilar” (Бабур-наме. – Ташкент, 1958). Boburning so‘zlaridan ushbu so‘zning etimologiyasi (lang – so‘zma-so‘z “maysazor”) ekanligi ko‘rinib turibdi, soy qirg‘oqlari botqoqlikdir. Forschada gil so‘zi “loy” degan ma’noni anglatadi. Konigil – loydan, botqoqlardan iborat joyni bildiradi. Konigilda ohaktosh koni borligi ma’lum. Ba’zi odamlar Konigil “gullar mo‘l-ko‘l joy” degan ma’noni anglatadi, deb o‘ylashadi. Bunday semantik va grammatik jihatdan asosli emas, chunki bu holda bu toponim Gulzor, Guliston, Gulxona va boshqalar ham shunday jaranglagan bo‘lardi. Boburning Konigil “koniobgir”dan tuzilganligi haqidagi so‘zlari diqqatga sazovordir; obgir esa geografik termin bo‘lib, “ko‘lmak”, “botqoq” degan ma’noni anglatadi, bu so‘z “Boburnoma”da bir necha bor takrorlangan. Konigil tarixda qonli urushlar arenasi va “Samarqand sultonlari” uchun dam olish va ko‘ngil ochadigan joy sifatida tanilgan. Konigil qishlog‘i hozirda ham mavjud. @Zako_fakt_1

Birinchi ayol matematiklardan biri bo‘lgan Gipatiya xristiyan dini fanatiklari guruhi tomonidan m.a. 415-yilda Iskandariyada
+2
Birinchi ayol matematiklardan biri bo‘lgan Gipatiya xristiyan dini fanatiklari guruhi tomonidan m.a. 415-yilda Iskandariyada o‘ldirilgan Iskandariyalik Gipatiya antik davrning neoplatonist faylasufi, matematik, astronom va mexanigi edi. Iskandariyadagi neoplaton maktabining olimasi falsafa va astronomiyadan dars bergan. Gipatiya birinchi ayol matematik emas, lekin o‘zidan oldingi Pandrosiyadan farqli o‘laroq, uning hayoti yaxshiroq hujjatlashtirilgan. Gipatiya bir nechta ilmiy asboblarni ixtiro qilgan yoki takomillashtirgan: distillyator (distillangan suv ishlab chiqarish uchun asbob), gidrometr (suyuqlik zichligini o‘lchash uchun asbob), astrolab (astronomik o‘lchovlar uchun asbob) va planisfera. (osmonning tekis, harakatlanuvchi xaritasi). @Nurafshon_zakovat

#Eslatma 📖 Qurʼoni Karim suralar nomi tarjimasi ١ _1_Fatiha _ Ochuvchi ٢ _ 2_Baqoro _ Sigir ٣ _ 3_Aliy Imron _ Imron oilasi ٤ _ 4_Nisa _ Ayollar ٥ _ 5_Maida _ Dasturhon ٦ _ 6_Anam _ Chorvalar ٧ _ 7_Arof _ Jannah bilan Dozahni ajratib turadigan devor ٨ _ 8_Anfal _ Oʻljalar ٩ _9_ Tavba _ Tavba ١٠ _ 10_Yunus _ Yunus (nom) alayhisalam ١١ _ 11_Hud _ Hud (nom) alayhisalam ١٢ _ 12_Yusuf _ Yusuf (nom) alayhisalam ١٣ _13_ Raʼd _ Mamaqaldiroq ١٤ _ 14_Ibrohim _ Ibrohim (nom) alayhisalam ١٥ _15_ Hijr _ Madina va Shom ortasdagi vodiy ١٦ _ 16_Nahl _ Asalari ١٧ _17_ Isro _ Tungi sayr ١٨ _ 18_Kahf _ Gʻor ١٩ _ 19_Maryam _ Maryam (nom) roziAllahu anxo ٢٠ _20_ Toho _ Toxo harf ٢١ _ 21_Anbiya _ Paygʻambarlar ٢٢ _ 22_Haj _ Haj ٢٣ _ 23_Muminun _ Moʻminlar ٢٤ _ 24_Nur _ Nur ٢٥ _25_ Furqon _ Haq bilan nohaqni ajratib berguvchi ٢٦ _26_ Shuaro _ Shoirlar ٢٧ _27_ Naml _ Chumoli ٢٨ _28_ Qasas _ Qissa ٢٩ _29_ Ankabut _ Oʻrgimchak ٣٠ _ 30_Rum _ Rim (davlat nomi) ٣١ _31_ Luqman _ Luqmon ٣٢ _ 32_Sajda _ Sajda ٣٣ _33_ Ahzab _ Firqalar ٣٤ _34_ Sabaʼ _ Sabaʼ (qabila nomi) ٣٥ _ 35_Fatir _ Ilk Yaratguvchi ٣٦ _ 36_Yasin _ Ya sin harf ٣٧ _37_ Vas-saffat _ Saf tortib turguvchilar ٣٨ _ 38_Sod _ Sod harf ٣٩ _ 39_Zumar _ Guruhlar ٤٠ _ 40_Gʻofir _ Magfirat qilguvchi ٤١ _41_ Fussilat _ Mufassal bayon qilingan ٤٢ _42_ Shoʻro _ Maslahat ٤٣ _43_ Zuhf _ Zeb ziynat ٤٤ _ 44_Duxon _ Tutun ٤٥ _ 45_Jasiya _ Tiz choʻkuvchilar ٤٦ _ 46_Ahqof _ Qumtepalar ٤٧ _ 47_Muhammad _ Muhammad solallahu ʼalayhu vassallam ٤٨ _48_ Fath _ Gʻalaba ٤٩ _49_ Hujurot _ Hujralar ٥٠ _ 50_Qof _ Qof harf ٥١ _ 51_Vazzariyat _ Surib ketuvchi shamollar ٥٢ _52_ Tur _ Tur togʻi ٥٣ _ 53_Najm _ Yulduz ٥٤ _ 54_Qomar _ Oy ٥٥ _ 55_Rohman _ Mehribon ٥٦ _56_ Vaqea _ Voqea ٥٧ _57_ Hadid _ Temir ٥٨ _ 58_Mujadala _ Munozara ٥٩ _59_ Hashr _ Jamlab surgun qilish ٦٠ _ 60_Mumtahana _ Imtihon qilinguvchi ayal ٦١ _61_ Saf _ Saf qator ٦٢ _ 62_Jumaʼ _ Jumaʼ kuni ٦٣ _ 63_Munafiqun _ Munofiqlar ٦٤ _ 64_Tagʻobun _ Bir birini aldash-ziyon keltirish kuni ٦٥ _ 65_Talaq _ Taloq ٦٦ _ 66_Tahrim _ Harom qilib olish ٦٧ _ 67_Mulk _ Boylik ٦٨ _68_ Qolam _ Qalam yozuv asbobi ٦٩ _69_ Alhaqqo _ Aniq roy berguvchi ٧٠ _ 70_Maʼrij _ Osmon qavatlari ٧١ _71_ Nuh _ Nuh (nom) alayhisalam ٧٢ _72_ Jin _ Jin ٧٣ _ 73_Muzzammil _ Kiyimlariga oʻralib olgan zot ٧٤ _ 74_Muddassir _ Liboslariga burkanib olgan zot ٧٥ _ 75_Qiyamat _ Qiyomat ٧٦ _ 76_Inson _ Inson ٧٧ _ 77_Mursolat _ Yuborilgan shamollar ٧٨ _78_ Nabaʼ _ Habar ٧٩ _79_ Naziyat _ Jon olguvchi farishtalar ٨٠ _ 80_Abasa _ Qoshini chimirdi yuzini burushtirdi ٨١ _81_ Takvir _ Oʻralish ٨٢ _ 82_Infitor _ Yorilish ٨٣ _ 83_Mutaffifun _ Boshqalarning haqqidan urib qolguvchilar ٨٤ _84_ Inshiqoq _ Yorilish ٨٥ _ 85_Buruj _ Osmondagi burjlar ٨٦ _86_ Tariq _ Tungi yoʻlchi ٨٧ _87_ A'la _ Eng oliy zot ٨٨ _88_ Gʻoshia _ Oʻrab olguvchi ٨٩ _89_ Fajr _ Tong ٩٠ _ 90_Balad _ Shahar ٩١ _91_ Shams _ Quyosh ٩٢ _ 92_Layl _ Kecha tun ٩٣ _ 93_Zuxo _ Choshgoh vaqti ٩٤ _ 94_Sharh _ Ochmoq, keng qilmoq ٩٥ _95_ Tiyn _ Anjir ٩٦ _ 96_Alaq _ Lahta qon ٩٧ _ 97_Qodr _ Qadrli kecha ٩٨ _ 98_Bayyina _ Aniq hujjat ٩٩ _99_ Zalzala _ Zilzila ١٠٠ _ 100_Adiyat _ Chopqir otlar ١٠١ _ 101_Qoria _ Qalblarni qattiq qoʻrqituvchi qiyamat ١٠٢ _102_ Takasur _ Toʻplab koʻpaytirishga berilmoq ١٠٣ _103_ Asr _ Asr namaz vaqti ١٠٤ _104_ Humaza _ Boʻhtonchi ١٠٥ _105_ Fil _ Fil hayvon ١٠٦ _106_ Quroysh _ Quraysh qabila ١٠٧ _ 107_Maʼun _ Idish tavoq ١٠٨ _ 108_Kavsar _ Kavsar Xavzi ١٠٩ _109_ Kafirun _ Kofirlar ١١٠ _ 110_Nasr _ Yordam ١١١ _ 111_Masad _ Pishiq tola ١١٢ _112_ Ihlas _ Ihlos qilish ١١٣ _ 113_Falaq _ Tong ١١٤ _ 114_Nas _ Odamlar Tarqatib qoʻyamiz. In Shaa Alloh ilm boʻlsin

Kam uxlash — semirishga olib keladi Sog‘lom bo‘lish uchun odam kuniga kamida 6 soat uxlashi kerak. Doimiy uyqusizlik patologi
Kam uxlash — semirishga olib keladi Sog‘lom bo‘lish uchun odam kuniga kamida 6 soat uxlashi kerak. Doimiy uyqusizlik patologik holatlarning rivojlanishiga, uyqusizlikka, immunitetning pasayishiga, depressiv holatlarga, tez qarishga, o‘sma jarayonlarining rivojlanishiga va semirishga olib keladi. Imkon qadar uyquni me’yoriga keltirish kerak. Tungi uyqu juda muhim, sababi bu vaqtda organizmda kerakli gormonlar ajraladi, hujayralar tiklanadi, bakteriya va viruslar nobud qilinadi.

“Yil bestsellerlari 2023» reytingini e’lon qilindi. Undan yil davomida Asaxiy orqali O‘zbekiston bo‘ylab eng ko‘p sotilgan kitoblar o‘rin olgan. Yil bestsellerlari 2023: 1. Jeyms Klir: Atom odatlar — 300 bet 2. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari — 236 bet 3. Jorj Oruyell: Molxona — 100 bet 4. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar — 240 bet 5. Kel Nyuport: Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari — 230 bet 6. Piter Hopkirk: Katta o‘yin. Ikki imperiya to‘qnashuvi — 744 bet 7. Charlz Uilan: Yalang‘och iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi — 540 bet 8. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari — 676 bet 9. Jorj Oruyell: 1984 — 338 bet 10. Jon G. Miller: COC! Savol ortidagi savol — 104 bet 11. Uolter Ayzekson: Stiv Jobs — 624 bet 12. Mark Menson: Beparvolikning nozik san’ati — 192 bet 13. Devid Nikolls: Bir kun. Bir muhabbat tarixi — 496 bet 14. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma — 368 bet 15. Barbara Oukli: Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa bo‘ladi — 352 bet 16. Hans Rosling: Factfulness- 344 bet 17. Klaus Shvab: To‘rtinchi sanoat inqilobi — 248 bet 18. Ato Hamdam, Leonid Chigrin: Yapon zobiti. Yutaro Todaning asirlikda boshdan kechirganlari — 432 bet 19. Teodor Drayzer: Sarmoyador — 700 bet 20. Rey Bredberi: Farengeyt bo‘yicha 451º — 224 bet

#Доктор_Фокс_эффекти Ўтилаётган мавзуга умуман алоқаси йўқ нарсаларни ҳам мавзуга боғлиқ эканига аудиторияни ишонтира олиш. 1
#Доктор_Фокс_эффекти Ўтилаётган мавзуга умуман алоқаси йўқ нарсаларни ҳам мавзуга боғлиқ эканига аудиторияни ишонтира олиш. 1970 йилда бир актёр ўзини талабаларга доктор Фокс деб таништиради ва маъруза тингловчиларига мавзу ўтар экан, мавзуга умуман алоқадор бўлмаган маълумотлар билан талабаларга тўлиқ дарс ўтади

Repost from Zakovat +
#bookuz #kitobbilansurat Kitob bilan (o'qiyotganda, kutubxonada, shaxsiy kutubxona bilan yoki boshqa bir holatda) tushgan eng chiroyli fotosuratingizni qoldiring. Eng chiroyli, kreativ va qiziqarli surat egasini Book.uz tomonidan taqdim etiladigan ikkinchi kitob egasi deb e'lon qilamiz. Suratlar qabuli 18-00 gacha davom etadi. 🦉Zakovat +

#Yil_soʻzi 2023 Oksford lugʻati anʼanasiga sodiq qolgan holda 2023-yil soʻzini eʼlon qildi. "2023-yil shaxsiy — shuningdek, professional — PR davri boʻldi. Demak, eʼtiborni jalb etish uchun nima zarur? Albatta, bir dunyo xarizma, yoki qisqa qilib aytganda, “rizz” — deb yoziladi Oxford Languages saytida. "Rizz" soʻzi xarizma soʻzning qisqartirilgan shakli boʻlib, "insonlarni oʻziga jalb qilish qobiliyati" maʼnosini anglatadi. Kembrij lugʻati talqiniga koʻra "Hallucinate" feʼli yil soʻzi deb eʼlon qilindi. Bu feʼl "mavjud boʻlmagan narsalarni koʻrish, yoki eshitish, alaxsirash " maʼnosini bildiradi. Collins Dictionary ekspertlari esa "Artificial intelligence" (sunʼiy intellekt) ni yil soʻzi sifatida eʼtirof etishdi. Sizningcha Oʻzbekistonda qaysi oʻzbekcha soʻz yil soʻzi boʻlishi mumkin? @Zako_fakt_1

Repost from N/a
Assalomu alaykum Quiz ixlosmandlari. Qishning sovuq kunlarida IBTIDO jamoasi sizlarga qaynoqqina “IBTIDOiy Quiz” intellektual
Assalomu alaykum Quiz ixlosmandlari. Qishning sovuq kunlarida IBTIDO jamoasi sizlarga qaynoqqina “IBTIDOiy Quiz” intellektual-ko'ngilochar o'yinini taqdim etadi. Shu sababdan sizlarni Quizga taklif etib qolamiz. Demak, raundlar: 1️⃣. DTM savollar 2️⃣. Ha/yo’q 3️⃣. Kino 4️⃣.Zanjir 5️⃣. Musiqa 6️⃣. VaBank 📥 Ro’yxatdan o’tish uchun: @jorayev_otabek 🗓️ Sana: 07.01.2024 🕕 Vaqti: 21:21 🗂️ Manzil: @ibtidoiy_faktlar 🔰 Siz biz bilan zerikmaysiz!!

Kanalda tozalash ishlari olib borildi🧹 Agar haliyam kanalda boʻlsangiz demak siz oʻchirilgan hisob emassiz))

Sakinaga aylanib ketdi
Sakina zargarlar tomonidan ishlatiladigan narsa. U yaltiroq qora rangda boʻladi. Buni soatning qopqogʻini, uzuk, soch popuklarga, kamar va otning anjomlari sayqal berib tozalash uchun ishlatadilar. Sakina rangining qoraligidan foydalanib, xalq gʻoyatda kir boʻlib, yaltirab ketgan kishiga nisbatan "egni kir boʻlib, Sakinaga aylanib ketibdi" iborasini ishlatadi.

#toponim CHUVALACHI – Sebzor dahasidagi qadimgi mahalla. Teshikqopqa, Chigitboshi, Kaduvot, Hasanboy mahallalari bilan chegaradosh. 100 dan ortiq xonadon yashagan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar bo‘lib, ko‘pchiligi hunarmandchilik, dehqonchilik va bog‘dorchilik (shahar tashqarisidagi yerlarida), savdo-sotiq bilan shug‘ullangan. Chuvalachida tegirmon, bir necha baqqollik do‘konlari, choyxona, masjid bo‘lgan (20-asr boshi). Hozir Chuvalachi hududida bir qavatli turar joy binolari saqlangan. Chuvalachi ko‘chasi mavjud. 1977-yil Damir Salimov rejissyorligida suratga olingan "Shum bola" filmidagi mashhur sahnalardan biri boʻlgan, Qoravoyning Boy otaga aytadigan yolgʻonlari edi. Shu sahnada Boy ota Chuvalachi mahallasidagi uyida boʻlgan. @Zako_fakt_1

#Биласизми? Даниялик афсонавий дарвозабон Петер Шмейхель сабабли ФИФА футбол қоидаларига ўзгартириш киритган. Гап шундаки ЕВРО-1992 турнирида сенсацион тарзда чемпион бўлган Дания терма жамоаси финалда Германия терма жамоаси билан ўйинда, ҳисобда олдинга ўтиб олади. Табиийки ўйинннинг сўнгги дақиқалари яқинлашгач Данияликлар вақтни чўзиш учун ҳужумга ўтмай тўпни ўз дарвозабонларига ошираверишади. Ҳимоячилардан келган тўпни дарвозабон қўли билан ушлаб олиб ҳохлаганича вақт чўзган. Бу воқеадан сўнг ФИФА дарвозабонларга ўз жамоадошидан келган тўпни қўл билан ушлашни таъқиқлаб қўяди.

8 Soniyalik 8 Hikoya Jahon adabiyotida nisbatan yangi yo’nalishlardan biri bu flesh-fikshndir (flash-fiction). Gapni ko’p cho’zmasdan, quyida sizlarga 8ta eng qisqa hikoyalarni taqdim etamiz. 1. Qalbda kuchli og‘riq bilan u darvoza oldida marmarga yozilgan birgina so‘z – “yashaydi” o‘rniga “yashagan” deb yozib qo‘ydi. 2. Tanish ovoz “boshqa joyga tushdingiz” deb telefonidagi qizil tugmani bosdi. 3. Eng kichik tobutlar – eng og‘ir tobutlar. 4. Dunyodagi birinchi aql va sezuvchanlikka ega sentiel robot: “Iltimos, meni o‘chirib qo‘ying.” 5. Bugun onamga yana o‘zimni tanishtirdim. 6. Pachaq bo‘lib, oynasi mayda parchalangan mashina orqa oynasidagi yozuvni amallab o‘qidim: “Men endi otaman!”. Mashinani g‘ildiragi hali ham aylanib turibdi, uni bezagan sharlar osmonga uchib ketmoqda. 7. Bugun yaxshi ko‘rgan qizimni ko‘rdim. Uning to‘yida. 8. Bolalar oyoq kiyimi sotiladi. Kiyilmagan.

#bir_soʻz_tarixi Egizak so’zi qayerdan keladi yoki tilimizda kichraytirishlar. Dunyoning ko’plab tillarida egizak ma’nosiga keluvchi so’zlarning ikki sonidan yasalgan so’z ekanini ko’ramiz (inglizcha twin, forscha دوقلو, tojikcha dugona…). Shu qatori tilimizdagi egizak so’zi ham ikki soniga borib taqaladi. Zero boshqa turkiy tillarda egizak so’zi o’rniga (qozoqcha va qirg’izcha egiz, tatarcha igezek, ozarbayjoncha, turkmancha ekiz, turkcha ikiz…). So’zning o’zagi ikki so’zining asl holi bo’lgan iki / eki so’zidir. So’zning o’zagidan keyingi -z tovushi esa ko’plik qo’shimchasi. Yuqorida ba’zi tana a’zolarining otlari va biz, siz kabi so’zlar orqali -z qo’shimchasining ko’plikni bildirishi haqida to’xtalib o’tdik. Hozirgi turk tilida hatto boshqa sonlarga qo’shilib bir paytda necha bola tug’ilganini ifoda etadi. Üçüz “ayni paytda tug’ilgan uch bola”, dördüz, beşiz… Bunga ko’ra so’zni egi-z-ak deb ajratsak bo’ladi. So’z oxiridagi -ak qo’shimchasi esa kichraytirish qo’shimchasidir. Hozirda tilimizda eng faol kichraytirish qo’shimchalari orasida -(g)kina, -cha qo’shimchalaridir. -AK kichraytirish qo’shimchasi turkiy tillarda qadimdan mavjud bo’lib, hozirda o’zbek tilida ba’zi so’zlarda qoliplashgan holda ko’ramiz. Bosh so’ziga keladi boshoq; “kichik bosh” degani bo’lib bug’doy, arpa kabi o’simliklarning bosh qismiga aytiladi. Qum so’ziga keladi qumoq. O’g’il so’ziga keladi o’g’iloq yasaladi; biroq biz bu so’zdagi ba’zi tovushlarni tushirib uloq deymiz. O’g’il “farzand, bola” degani. Echki bolasi uchun “o’g’iloq”dan uloq va yana bir kichraytirish qo’shimchasi bilan uloqcha so’zlari tilimizda bor. Ingichka qatorli misollari esa erk so’ziga kelganda erkak so’zi yasaladi. Cho’p so’zidan kichik cho’p ma’nosida cho’pak. Ip so’zidan ipak bo’lganidek egiz so’zidan ham egizak yasalgani ayon bo’lmoqda.

Garri Potterdagi qaysi afsunlarni bilasiz? Bugun siz uchun ularni bir postga jamladim. Iltimos hech kimni afsunlab qoʻymanglar.😅 Aksio (Accio) - chaqiruvchi afsun.💥 Aguamenti (Aguamenti) - suv yaratadi.💦 Alohomora (Alohomora) - ochuvchi va buzuvchi afsun.🗝 Avada Kedavra (Avada Kedavra) - o'lim afsuni.😵 Avis (Avis) - qushchalar to'dasini ko'rmoqchimisiz - sinab ko'ring!🕊 Kolloportus (Colloportus) - pechatlovchi afsun.🔴 Krusio (Crucio) - chidalmas og'riq afsuni.😬 Diffindo (Diffendo) - yechuvchi, tarqatuvchi afsun.⛓ Ingorgio (Engorgio) - narsalarni kattalashtiruvchi afsun.🔍 Enerveyt (Enervate) - xushsiz ahvoldan chiqaruvchi afsun.😀 Episkey (Episkey) - yaralarni davolaydi.💊 Lokomotor (Lokomotor) - narsalarni havoda harakatlantiruvchi afsun.🎈 Lyumos (Lumos) - dunyo yorug' bo'lsin!!!🌞 Noks (Nox) - chiroqni o'chiring! (Lyumosga teskari afsun).🌚 Impervius (Impervius) - suvni itaradigan afsun.☔️ Imperio (Imperio) - ongning afsun qo'llovchiga to'liq bo'ysunishi.🤔😳 Inkarsero (Incarcerous) - arqon afsuni (raqibni arqonlar bog'laydi). Insendio (Incendio) - yondiruvchi afsun.🔥 Legilimens (Legilimens) - ongga kiruvchi afsun.😶⚡️ Levikorpus (Levicorpus) - raqibni oyog'ini osmondan qilib yer ustidan ko'taradi.🙃 Evanesko (Evanesco) - narsalarni g'oyib qildiruvchi afsun. Ekspekto Patronum (Expecto Patronum) - Patronus (Himoyachi) chaqiruvchi afsun.✨🐇 Ekspeliarmus (Expelliarmus) - raqibni qurolsizlantiruvchi afsun.🙇‍♂ Finite Inkantatem (Finite Incantatum) - har qanday afsunning ta'sirini to'xtatadi (Avadadan tashqari).✨❌ Flagreyt (Flagrate) - obyektlarni belgilaydi.💮 Furnunkulus (Furnunculus) - tanaga yaralar keltiruvchi qarg'ish.🤕 Impedimenta (Impedimenta) obyektni to'xtatadi yoki biroz vaqtga uning harakatini sekinlashtiradi.✋🏻 Mobilikorpus (Mobilikorpus) - odamning havoda harakatlanishi.🛩 Mosmorde (Morsmordre) - Ajal Belgisini chaqiradi.🐍 Oblivayte (Obliviate) - inson xotirasini o'zgartiradi.🙅🏻‍♀🙋🏻‍♀ Orxideus (Orchideous) - orxideyalar, gullar afsuni.🌺 Petrifikus Totalus (Petrificus Totalus) - harakatsizlantiruvchi afsun.💃🏻 Portus (Portus) - narsalarni portalga aylantiradi.🕳 Protego (Protego) - qalqon afsuni.🛡 Dzenus Podpisantikus ( Zenus Subscribus) - mushugingizni qulog'ining ostini qashiydi.🐱 Sonorus (Sonorus) - ovoz kuchini oshiradi.🗣 Kvaytus (Quietus) - ovoz kuchini kamaytiradi. Redutsio (Reducio) - narsalarni kichraytirish afsuni.🔍 Redukto (Reducto) - sindiruvchi afsun.🔨 Reparo (Reparo) - tiklovchi afsun.✨ Riddikulus (Riddikulus) - Boggartga qarshi afsun.☁️ Serpensortia (Serpensortia) - ilon yaratuvchi afsun.🐍 Silentsio (Silencio) - soqovlik afsuni.🗣❌ Stupefay (Stupefy) - yiqiltiradi, kam tuyilmaydi.😐 Tarantallegra (Tarantallegra) - raqsga tushiruvchi afsun.👯‍♀ Vingardium Leviosa (Wingardium Leviosa) - parvoz @Zako_fakt_1

Repost from N/a
Choyxona asosan choy ichish uchun moʻljallangan jamoat taomxonasidir. Oʻrta Osiyo mamlakatlari, Eron va Turkiyada keng tarqalgan. Oʻzbek choyxonalaridagi asosiy taomlar — palov, somsa, lagʻmon, qozonkabob, dimlama. Choyxonalarda spirtli ichimliklar sotilmaydi. Choyxona, samovar — choy ichib tamaddi qilinadigan, hordiq chiqariladigan jamoat joyi. Issiq iqlim va sharoit taqozosi bilan Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Oʻtroq xalqlarda qadimdan (arablar istilosidan ilgari ham) Choyxona kabi qishki va yozgi tamaddixonalar boʻlgani haqida maʼlumotlar bor. Choyxonalar rabotlar, bozor, guzarlar va mahallalardagi xushmanzara joylarga qurilgan, ularda choy va nondan tashqari turli qand-qurs, meva qoqilar sotilgan, taomlar ham tayyorlangan. Choyxonalar musofirlar, yoʻlovchilar tunab qoladigan joy vazifasini ham bajargan. Oʻtxonali suv qaynatish qurilmasi — rus samovarlari paydo bulishi bilan Choyxonalarda choy, albatta samovarda qaynab turgan suvdan damlangan (Choyxonaning "samovar" nomi shundan). 20-asrning 20-yillaridan boshlab sobiq sovet davlatida Choyxonalar — "qizil burchaklar" tashkil qilingan targʻibot-tashviqot, tashkiliy ishlar markaziga aylantirildi. 90-yillar boshidan qishloq markazlarida, korxonalarda, shahar mahallalari va oshxonalar huzurida ishlab turgan Choyxonalarda milliy urf-odatlarni tiklash masalalariga alohida eʼtibor berildi. Choyxonalarni milliy uslublarda qurish, bezash va jihozlash, xizmat koʻrsatish, madaniy hordiq chiqarish shart-sharoitlari yaratildi. Choyxonalar madaniyat va istirohat bogʻlarining zaruriy unsuriga aylanib, dam oluvchilarga xizmat koʻrsata boshladi.