cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Abdukarim Mirzayev✍ Ibratli hikoyalar

Assalomu aleykum... Xurmatli obunachilar... Jurnalist, muallif va rejissor... Abdukarim Mirzayevning... Ijodidagi yangi Hikoyalar va voqealar Ibratli gaplar barchasi bizda

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
135
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

ГЎДАК ФАРЁДИ. Нега ухлаб қолдинг жим? Ҳали қуёш ботган йўқ. Тунмоможон осмонга, Юлдузчалар отган йўқ. Тур Онажон, жон Онам.! Чўзилиб тош қотмасдинг.! Қанча хориб, чарчама, Мен ухламай ётмасдинг. Тўшакчамдан бир қарич, Тушсам, тортиб қўярдинг. Йиғлар бўлсам, кўзларим Артиб, ўпиб қўярдинг. Тур Онажон, жон Она.!!! Иштончам хўл, қорним оч. Кимдир тутган ширмой нон, Сенга берай, кўзинг оч.! Қўлларингни уқалаб, Кўзларимга сураман. Сал қимирла, бошингга, Ёстиқ бўлиб тураман. Тур Онажон.! Ҳеч гўдак Мустар бўлиб кутмасин.! Уйғонмасанг, дунёни Қиёматлар ютмасин.! Кимдир туртиб, ким боя Тепиб ўтди, билмадинг. Айбимиз не? Бировга Ҳеч ёмонлик қилмовдинг... Жилмаярдинг чиройли, Тургин Она, кулиб тур.! Югуртирмай майлига, Қимирлаб тур, юриб тур.! Оқ сут берган кўкрагинг, Музламасди бунчалик. Эсламадинг эмсам ҳам, Унутдингми, шунчалик?! Тургин Она, тур Она.! Билакчамга куч бўлгин.! Меҳринг дариғ тутмагин, Юракчамга куч бўлгин.! Уйғон Она.! Майлига, Уришиб тур, уриб тур.! Эртак айтма, шеър айтма, Қўшиқ айтма, кулиб тур.! "Болажоним", дер эдинг, Катта бўлай, кўр Она.! Ширинсўзим, ҳаммадан, Фақат ўзинг зўр Она.! …Афсус.! Анча нарсага, Ақлим етиб турибди... Уйғонмасанг, қай қисмат, Мени кутиб турибди? "Ҳазиллашдим" десангчи, Лол қолдириб оламни. --Бермайман.!~де, ҳеч кимга Эркатойим, боламни... Тур Онажон.! Тур Она.! Осмон катта, ер катта, Ҳаммага жой бор, Она.! Тоғлар сиққан, ой сиққан, Дунёсида қол, Она.!!!
Show all...
Inson ilk bor baxtini topgan yeriga qayta qayta boraveradi.. Inson fitrati go'zallikka moil bo'ladi.. Siz go'zallikni har yerda topsangiz bo'ladi.. Faqat siz go'zallikni izlang, o'shandagina haqiqiy jamil go'zallik topa olasiz.. Qayerdadir o'qiganman "Inson aqilli bo'lishi uchun Mo'min bo'lishi kifoya qiladi" deb.. Alhamdulillah siz, biz musulmonmiz mo'minmiz...
Show all...
Dunyo ishlari molning turiga qarab o'z o'lchovi bilan Temir-tonnada Meva-kiloda Tillo-gramda Olmos-karatda o'lchanadi. Lekin oxiratning amallari esa zarralar bilan o'lchanadi "Bas kim zarra og'irligicha yahshilik qilsa ham ko'radi va kim kim zarra og'irligicha yomonlik qilsa ham ko'radi. Allohning moli qimmat Allohning moli jannat"
Show all...
Yashashni yosh boladan o‘rganing! ...hech sababsiz tabassum qiladilar... ...yiqilsalar, darhol o‘rinlaridan turib ketadilar... ...bir narsani xohlasalar, yetishmaguncha chekinmaydilar... ...qiziqtirgan narsasini anglab yetmagunlaricha ularni hech narsa to‘xtata olmaydi... ...aslo qo‘rquvni bilmaydilar... ...urishib koyisangiz ham, xafa bo‘lib, gina qilmaydilar, darhol unutadilar... 🙂
Show all...
🌿 O'zingizdek bo'lib qoling... Kimdir sizni sevadi, kimdir esa chiday olmaydi... Biri kelib do'stingizga aylanadi, boshqasi esa dushmaningiz bo'ladi... Ba'zi kishilarning yurish-turishidan samimiyat ufuradi, ba'zi kishilarning tabiatida xasislik to'lib ko'rinadi... Kimdir sirlaringizni saqlaydi, kimdir esa gaplaringizni tashiydi... Biri yo'qligingizda o'zini-da sog'intirar, boshqasining tashrifi kamaymas... Ba'zi insonlarga dardingiz dard, sevinchingiz quvonch bo'lib yuqar ekan, ba'zi kishilarga esa dardingiz sevinch, sevinchingiz esa qayg'u bo'lib tatiydi... Undaylari ham, bundaylari ham mavjuddirlar... Boringki, shunaqalar ham bo'lsinlar... Agar siz O'ZINGIZdek bo'lib qola olsangiz va doimo go'zallik va ezgulikni nishon olsangiz, demak, yuzingizga bir tabassum sachrating va yashashda davom eting... - Erdo'g'an Yildirim
Show all...