en
Feedback
SamMU Media | RASMIY

SamMU Media | RASMIY

Open in Telegram

Samarqand davlat tibbiyot universiteti Matbuot xizmati ✅ Veb-sayt: https://sammu.uz ✅ Telegram: https://t.me/sammu_education ✅ Facebook: https://www.facebook.com/sammu.education ✅ Instagram: https://www.instagram.com/sammu_education

Show more
6 194
Subscribers
+724 hours
+2047 days
+46730 days
Posts Archive
#texnikum_bilan_hamkorlik 📌SamDTU va Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari bilan 2026-2027-o‘quv yilida
+7
#texnikum_bilan_hamkorlik 📌SamDTU va Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari bilan 2026-2027-o‘quv yilida hamkorlik ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yishga qaratilgan ishlar boshlab yuborildi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti akademik litsey va jamoat salomatligi texnikumlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ta’lim sifati va amaliy ko‘nikmalar samaradorligini oshirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. SamDTU akademik litsey va jamoat salomatligi texnikumlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i B.Eshbekov Abu Ali ibn Sino nomidagi Payariq jamoat salomatligi texnikumida bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida o‘tgan davrda o‘zaro hamkorlikda qilingan ishlar va yangi o‘quv yilida qilinishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar xususida so‘z yuritildi. Bugungi kunda o‘rta bo‘g‘in tibbiy xodimlarning kasb sirlarini mukammal bilishlari, yangi zamonaviy yondashuvlar asosida birlamchi xizmat ko‘rsatishni yaxshi o‘zlashtirishida o‘zaro hamkorlik muhim ekanligini alohida ta’kidlandi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, 2025/2026-o‘quv yilida SamDTU professor-o‘qituvchilari tomonidan 40 dan ortiq mahorat va ochiq darslar, “Tibbiy ta’limda uzviylik va integratsiya: Universitet va texnikum hamkorligi” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Texnikum o‘quvchilari bir necha bor SamDTU ga tashrif buyurib, universitetdagi sharoitlar o‘quv jarayonlarining borishi, simulyatsion markaz faoliyati va muzeydagi eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.
Albatta bunday hamkorlik ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 🏛SamDTU Matbuot xizmati 🕊Telegram |📱Instagram |📱Facebook

🇺🇿🇮🇹 SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI VA PIZA UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIKDAGI QO‘SHMA TA’LIM DASTURI 👩‍⚕️ Terapiya yo‘nalishi 📍 Ta’lim tili: ingliz tili 👥 Ajratilgan o‘rinlar: 50 ta 🇮🇹 Hamkor universitet: Piza universiteti (Italiya) 📣 Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturi asosida Terapiya yo‘nalishiga qabul e’lon qilinadi! Xalqaro ta’lim muhitida tahsil olish va zamonaviy tibbiyot bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat! 🔹 50 ta o‘rin 🔹 Ta’lim tili — ingliz tili 🔹 Xalqaro hamkorlik asosidagi ta’lim 🌐 Hujjat topshirish: sammu.uz/admission 📞 Murojaat uchun: +998973955036 +998935151671 +998979131401 🏛 SamDTU Matbuot xizmati 🕊Telegram |📱Instagram |📱Facebook

Repost from Edu.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi Qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi.
Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun chuqur minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak hurmati, mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qatʼiy intilish ramzi sifatida qabul qilishini taʼkidladi.
❗️Maʼlumot uchun: Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri bo‘lib, xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda Serbiya Respublikasi bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

📌Bugun Samarqand davlat tibbiyot universitetida talabalar bilan kiberxavfsizlik, internetdan xavfsiz foydalanish hamda narko
+6
📌Bugun Samarqand davlat tibbiyot universitetida talabalar bilan kiberxavfsizlik, internetdan xavfsiz foydalanish hamda narkojinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Eldor Tangirov, rektor maslahatchisi Ibrat Qurbonov, shuningdek, Samarqand viloyati IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi mutaxassislari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida talabalarga internet tarmog‘ida uchrashi mumkin bo‘lgan kiberxavflar, firibgarlik holatlari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish, bunday illatlarning inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri, huquqiy javobgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, zarur tavsiya va tushuntirishlarga ega bo‘ldilar. 🏛SamDTU Matbuot xizmati 🕊Telegram |📱Instagram |📱Facebook

Kiberxavfsizlik va narko jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan tadbir o'tkazildi 👉 https://www.sammu.uz/uz/news/2581948
Kiberxavfsizlik va narko jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan tadbir o'tkazildi 👉 https://www.sammu.uz/uz/news/2581948 Telegram | Facebook | Instagram

🚀 STARTAP LOYIHALARI TANLOVI 📣 Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari, yosh olimlari, magistrlari,
🚀 STARTAP LOYIHALARI TANLOVI 📣 Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari, yosh olimlari, magistrlari, klinik ordinatorlari va talabalar diqqatiga! Universitetda istiqbolli va innovatsion loyihalarni saralab olish maqsadida startap loyihalari tanlovi o‘tkaziladi. 💡 Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlar o‘zlarining innovatsion va istiqbolli startap loyihalarini taqdim etishlari mumkin. 📩 Loyihalarni qabul qiluvchi koordinator: ➡️ @abidinov_031 🗓 Loyihalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 1-oktyabrInnovatsion g‘oyangizni hayotga tatbiq eting! 🚀 O‘z startapingiz bilan tanlovda ishtirok eting va yangi imkoniyatlardan foydalaning! 🏛 SamDTU Matbuot xizmati 🕊Telegram |📱Instagram |📱Facebook

🇺🇿 “YAGONA VATAN, YAGONA XALQ — YANGI HAYOT VA KELAJAK SARI!” Samarqand davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya fakultet
+3
🇺🇿 “YAGONA VATAN, YAGONA XALQ — YANGI HAYOT VA KELAJAK SARI!” Samarqand davlat tibbiyot universiteti Stomatologiya fakultetining 1-bosqich talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Kelajak soati” darslari tashkil etildi. 📚 Mashg‘ulotlarda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori asosida mustaqillikning tarixiy ahamiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda Vatan kelajagidagi yoshlarning o‘rni haqida fikr almashildi. 🏛SamDTU Matbuot xizmati 🕊Telegram |📱Instagram |📱Facebook

Repost from Edu.uz
🎓 Diplom — marra emas, balki karyeradagi birinchi qadam! Diplom oldingiz, lekin mos ish topishda ikkilanyapsizmi? Career Edu yechim beradi! 🤔 Career Edu platformasi: 🔆 Yosh mutaxassislarni nufuzli ish beruvchilar bilan bog‘laydi; 🔆 Mutaxassisligingizga mos ish va amaliyot o‘rinlarini taklif etadi; 🔆 Birinchi ish joyingizni topishni sezilarli darajada osonlashtiradi. 📈 Platformada nafaqat vakansyalarni izlashingiz, balki: • HR suhbatlariga tayyorlanishingiz, • rezyume yaratishingiz; • frilans eʼloningizni joylashingiz mumkin. 🔗 career.edu.uz hoziroq sinab ko‘ring! Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

📚 MOCK EXAM — TEST YOUR KNOWLEDGE! 🎓 Are you ready to challenge yourself and see how well you know English? Join our FREE M
📚 MOCK EXAM — TEST YOUR KNOWLEDGE! 🎓 Are you ready to challenge yourself and see how well you know English? Join our FREE Mock Exam and test your knowledge in a real exam atmosphere! ✨ 📅 Date: September 12, 2026 ⏰ Time: 10:00 AM 📍 Venue: SamMU Building, 1st Floor — Lingua Academy Room 👩‍🏫 Teachers: Ergasheva Shahrizoda Jurayeva Yulduz 🎁 COMPLETELY FREE! Don’t miss this opportunity to check your level, identify your strengths, and prepare for future success! 🚀 Let’s test your knowledge together! 💙

Repost from Edu.uz
#UzbekGiftContest #dizaynerlar #rassomlar #ijodkorlar #tanlov Turizm qo‘mitasi tomonidan “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi
#UzbekGiftContest #dizaynerlar #rassomlar #ijodkorlar #tanlov Turizm qo‘mitasi tomonidan “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda   Tanlovning mazkur bosqichida dizaynerlar, rassomlar va ijodkorlar 25 ta hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha turistlar uchun ixcham, jozibador va hamyonbop sovg‘a mahsulotlari eskizi va dizayn g‘oyasini taqdim etishlari kerak bo‘ladi.   Har bir ishtirokchi bir vaqtda barcha yo‘nalishda qatnashishi mumkin.   10 nafar g‘oliblarning har biri 12,5 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.   ➡️Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/h3XKYkwsjByRDHAa8   ♾️Arizalar 21-sentyabrga qadar qabul qilinadi. Batafsil: https://gov.uz/oz/uzbektourism/news/view/209250 👉 На русском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

#mustaqillik_darsi #kelajak_soati 📌Samarqand davlat tibbiyot universitetida yangi o‘quv yilidagi dastlabki darslar “Yagona V
+6
#mustaqillik_darsi #kelajak_soati 📌Samarqand davlat tibbiyot universitetida yangi o‘quv yilidagi dastlabki darslar “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostidagi mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan “Kelajak soati” darslari sifatida tashkil etildi.
Darslar davomida Mustaqilligimizning xalqimiz va ayniqsa yoshlarimizga bergan ulkan imkoniyatlari, mustaqilligimiz sharofati va yurtboshimiz tashabbuslari bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida fikr almashildi.
“Kelajak soati” darslari yoshlar ongida mustaqillik va tinchlikning qadriga yetib, uning sharofati bilan yaratilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanishga hamda vatanparvarlik, fidokorlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qildi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. 🏛SamDTU Matbuot xizmati 🕊Telegram |📱Instagram |📱Facebook

​Universitetda dastlabki darslar mustaqilligimizga bag‘ishlangan “Kelajak soati” darslari shaklida tashkil etildi 👉 https://
​Universitetda dastlabki darslar mustaqilligimizga bag‘ishlangan “Kelajak soati” darslari shaklida tashkil etildi 👉 https://www.sammu.uz/uz/news/2581931 Telegram | Facebook | Instagram

📚 Yangi o‘quv yili muborak! Samarqand davlat tibbiyot universiteti fakultet dekanlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘li
+9
📚 Yangi o‘quv yili muborak! Samarqand davlat tibbiyot universiteti fakultet dekanlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi va “Bilimlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlarida ishtirok etdilar.
Tadbirlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yangi o‘quv yili munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, o‘quvchilarga mazmunli va qiziqarli kitoblar sovg‘a qilindi.
👫 Maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 1-sinf o‘quvchilari samimiy muborakbod etilib, ularga ilm olish yo‘lidagi ilk qadamlarida omad, zafar va muvaffaqiyat tilandi. Yangi o‘quv yili barchaga yangi bilimlar, ezgu maqsadlar va ulkan yutuqlar olib kelsin! 🏛 SamDTU Matbuot xizmati 🕊Telegram |📱Instagram |📱Facebook

#videolavha
Samarqand davlat tibbiyot universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlandi
🏛SamDTU Matbuot xizmati 🕊Telegram |📱Instagram |📱Facebook

⚡️Samarqand davlat tibbiyot universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlandi Bugun yurtimizning barcha oliygohlarida 1-bos
+8
⚡️Samarqand davlat tibbiyot universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlandi Bugun yurtimizning barcha oliygohlarida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlandi. Shu jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham yangi o‘quv yiliga bayramona kayfiyatda start berildi. Erta tongdan universitet bosh binosida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdilar. Tadbirda so‘zga chiqqan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev barcha talabalarni mustaqilligimizning 35 yilligi hamda yangi o‘quv yili bilan tabriklab, ularning kelgusi o‘qishlarida omadlar tiladi.
Shuningdek, 1-bosqich talabalari universitetning o‘quv va laboratoriya xonalari hamda ularda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Birinchi bosqich talabalari universitet tarixi muzeyiga ham tashrif buyurib, oliygohning tashkil topishi, rivojlanishi hamda uning qiziqarli tarixi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
🏛SamDTU Matbuot xizmati 🕊Telegram |📱Instagram |📱Facebook

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlandi 👉 https://www.sammu.uz/uz/news/2581916 Telegr
​Samarqand davlat tibbiyot universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlandi 👉 https://www.sammu.uz/uz/news/2581916 Telegram | Facebook | Instagram

2026–2027 O‘QUV YILIDA TO‘LOV-KONTRAKT MIQDORLARI 👉 https://www.sammu.uz/uz/announcements/2581901 Telegram | Facebook | Inst
2026–2027 O‘QUV YILIDA TO‘LOV-KONTRAKT MIQDORLARI 👉 https://www.sammu.uz/uz/announcements/2581901 Telegram | Facebook | Instagram

⚡️Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari SamDTUning ko‘p tarmoqli klinikasi va universitet xuzuridagi markazlar fa
+6
⚡️Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari SamDTUning ko‘p tarmoqli klinikasi va universitet xuzuridagi markazlar faoliyati bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Otabek Sunnatovich Imamov hamda Milliy antidoping agentligi bosh direktori Abdushukur Abdudjamilevich Sadikovlar joriy yilning 4-sentyabr kuni universitetning ko‘p tarmoqli klinikasiga tashrif buyurdilar.
Batafsil:👉https://www.sammu.uz/uz/news/2581871 ✅ SamDTU Matbuot xizmati Telegram | Instagram | Facebook

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari SamDTUning ko‘p tarmoqli klinikasi va universitet xuzuridagi markazlar faol
Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari SamDTUning ko‘p tarmoqli klinikasi va universitet xuzuridagi markazlar faoliyati bilan tanishdi 👉 https://www.sammu.uz/uz/news/2581871 Telegram | Facebook | Instagram

Repost from Edu.uz
“Kelajak soati” darsining 1-mavzusi taqdimoti Hurmatli ustozlar! Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda “Kelajak soati” darslari uchun taqdimotlar ham tayyorlanib, kanalga joylab boriladi. Mavzu: “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Dars ssenariysi 1-kontent: Biz bugun kechagidan kuchlimiz, ertaga bundan ham kuchli boʻlamiz! 2-kontent: Mustaqillik va biz! 3-kontent: Talabalik maktublari 4-kontent: Yangi Toshkent shahridamiz Facebook | Instagram | YouTube | Telegram