cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Sunnatlar va Hadislar🌙

Суннатлар ва хадислар канали. «Инсонларнинг Аллоҳга бўлган муҳаббатларининг аломати Расулининг суннатига эргашиш бўлди». Хасан Басрий. Админга мурожаат учун: @Moon_1411

Show more
Advertising posts
203
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
#Juma 🌿Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Azizlar, barchangizga Sayyid-ul ayyom (kunlar sayyidi), hajjul Masokin (miskinlar haji) boʻlmish Juma ayyomi muborak boʻlsin! Allohim umringizga mazmun, rizqingizga baraka, taningizga sogʻlik, ruhingizga osoyishtalik, qalbingizga xotirjamlik, oilangizga fayzu barakot, barchamizga sogʻ-omonlik ato qilsin. Allohim oqibatlarimizni mehrli,oxiratlarimizni xayrli, ikki dunyomizni saodatli qilsin. Umringizning har bir kuni ALLOH MUHABBATI ila oʻtsin. 🤲 🌿Jumaning Xayru barakoti sizga boʻlsin, Azizlar! Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad 📿📿📿 Sollallohu alayhi vasallam t.me/ahlisunniy
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
ЁМҒИРДАН ФОЙДАЛАНИБ ОЛИНГ! Аллоҳ таоло шундай марҳамат қилган: “Биз осмондан барокатли сув (ёмғир) ёғдирдик …” (Қоф сураси, 9-оят) Ёмғир Аллоҳ таолонинг фазли-раҳмати бўлгани учун ёмғир ёғаётган пайтда қилинган дуонинг ижобат бўлиши умид қилинади. Шундай экан, ёмғир томчилаб турган пайтда ўзимиз учун муҳим бўлган нарсаларни Аллоҳ таолодан сўраб олишимиз максадга мувофик. Саҳл ибн Саъд розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: “Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: ☝️“Икки нарса рад қилинмайди; Азон пайтида ҳамда ёмғир ёғиб турган пайтда қилинган дуо (рад қилинмайди), дедилар”. 📜(Имом Ҳоким ва Тобароний раҳматуллоҳи алайҳлар ривоят қилишган. Саҳиҳ.) 🌧 Айни пайтда ана шундай катта имкониятлар қаршисида турибмиз! Туринг ўрнингиздан! Улашинг, балки бошқалар буни билмас! T.me/ahlisunniy
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Рамазон ойининг иккинчи жумаси муборак бўлсин!
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинган ҳадисда Набий алайҳиссалом марҳамат қиладилар: 📌“Қанча рўзадорлар бор, уларнинг рўзасида оч қолишдан бошқа нарса йўқ. Қанча қоимлар бор, уларнинг қиёмида бедорликдан бошқа нарса йўқ” 📜(Имом Аҳмад ривояти). t.me/ahlisunniy
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#sunnatlarni_tiklaymiz 🔹Ибн Масъуд розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: “Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам Аллоҳга дуо қилсалар тилакларини ҳам, истиғфорни ҳам уч бор қайтарар эдилар” 📖Имом Аҳмад, Имом Абу Довуд ривояти Расулуллоҳ ﷺ суннатларини тиклаймиз t.me/ahlisunniy
Show all...
​​UYQU ODOBI 1️⃣ Erta yotib, erta turish. 2️⃣ Uyquga yotishdan oldin tahorat olish. Tahoratli yotganga, u kecha bir farishta tonggacha: "Ey Robbim bu qulingni afv et!" — deb duo qiladi. Tahoratli yotgan kishi shu kechada vafot etsa, shahid maqomida bo'ladi. 3️⃣ Yotishdan oldin "Oyatul kursiy" va "Amanarrosuli"ni o'qish. 4️⃣ "Ixlos", "Falaq" va "Nos" suralarini yotgan holda uch marta o'qib, kaftiga puflab, tanasining qo'li yetgan har bir joyga surtish. 5️⃣ Kechasi "Mulk" surasini o'qish. 6️⃣ "Bismika robbiy vazo'tu jambiy va bika arfa'uhu, in amsakta nafsiy farhamha va in arsaltaha fahfazha bima tahfazu bihi 'ibadakas solihiyn" duosini o'qish. Ma'nosi: Ey Rabbim, Sening isming bilan yotdim va Sening isming bilan turaman. Agar mening ruhimni olsang, unga rahm qil. Agar uni qo'yib yuborsang, xuddi solih bandalaringni saqlaganingdek, uni ham hifzu himoyangga ol. 7️⃣ Quyosh chiqishi va botishida uxlamaslik. 8️⃣ O'ng kaftni yonoq ostiga qo'yib, o'ng tomonga yonboshlab yotish. 9️⃣ Ertalab qilinadigan xayrli ishlar uchun yotishdan oldin bomdod namoziga turishni va dam olishni niyat qilish. 👉 IRFON TV ilmiy-ma'rifiy onlayn telekanali t.me/ahlisunniy
Show all...
Repost from Edu Arabia
Saudiya ta’lim vazirligining “Yagona portali” orqali hujjatlarni topshirib berishni boshladik. Bu portal orqali siz Saudiyaning 30 ga yaqin universitetlariga hujjat topshira olasiz. Bir paytning o’zida esa 3 ta universitetga topshirishingiz mumkin. Yagona portalda hozircha bor universitetlar: 1. Madina islom universiteti 2. Ummul Quro universiteti (Makka) 3. Toyyiba universiteti 4. Najron universiteti 5. Malik Abdulaziz universiteti 6. Malik Fahd Universiteti 7. Malik Saud Universiteti 8. Malik Xolid Universiteti 9. Malik Faysal Universiteti 10. Amira Nura Universiteti 11. Faysal Universiteti 12. Imom Abdurrohman ibn Faysal Universiteti 13. Amir Muhammad ibn Fahd Universiteti 14. Amir Sulton Universiteti 15. Bisha Universiteti 16. Al-Qosiym Universiteti 17. Shimoliy Chegara Universiteti 18. Majmaah Universiteti 19. Amir Satam Universiteti 20. Tabuk Universiteti 21. Toif Universiteti 22. Al-Baha Universiteti 23. Jazaan Universiteti 24. Al-Juf Universiteti 25. Hail Universiteti 26. Hafr al-Batin Universiteti 27. Shaqro Universiteti 28. Jiddah Universiteti 29. Imom Muhammad bin Saud universiteti Saudiyaning 3 ta universitetiga hujjatlaringizni arab tiliga tarjima qilish va topshirib berish narxi 55$. Agar sizda tayyor tarjima bo’lsa 25$ evaziga topshirib beramiz. Hujjat topshirish va tarjima uchun: @KSAadmin
Show all...
Repost from Edu Arabia
Ayol-qizlar ham topshirishi mumkin. Sharti: o’z mahrami (akasi, ukasi yoki turmush o’rtog’i) bilan birgalikda hujjat topshirishi kerak. Ayol-qizlar uchun maxsus chegirmamiz bor (ilk bor ayollarni hujjatini topshirib berayotganimiz munosabati bilan). Chegirma-13$! Ya’ni Ayol-qizlar uchun topshirib berish narxi 42$. Chegirma muddati 5 kun. Hujjat topshirish va tarjima uchun: @KSAadmin
Show all...
Repost from Edu Arabia
Show all...
Universitetga taqdim etish uchun talab etiladigan hujjatlar

Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.