Tabiiy fanlar fakulteti e'lonlari! |Rasmiy kanal|
Open in Telegram
Website : www.tdpu.uz Telegram : @TDPU_uz Facebook: Facebook.com/nizamitdpu Instagram: Instagram.com/nizomiytdpu YouTube: Youtube.com/TDPU_Nizami
Show more999
Subscribers
-424 hours
-57 days
-1830 days
Posts Archive
Barcha talabalar diqqatiga!!! 2023/2024-o'quv yili ikkinchi yarim yilligida fanlardan yakuniy nazoratlar jadvali yuborilmoqda. Yakuniy nazoratlar jiddiy tayyorgarlik ko'rishingizni so'raymiz. Fanlardan (yoki ayrim fan bo'yicha) dars mashg'ulotlarini 25 % qismiga sababsiz qatnashmagan talabalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 8-bob 41-bandiga asosan nazorat turiga kiritilmaydi.
Diqqat shoshilinch, Tabiiy fanlar fakultetining barcha talabalari diqqatida!!!
Dushanba kuni 27.05.2024 sanasida Toshkent shahrida yo'l qurilish sohasida ta'mirlash ishlari borishi munosabati bilan universitet shu jumladan fakultet binosiga talabalarning kelmasliklarini so'raymiz. Seshanba kunidan odatdagi tartibda ish jarayoni davom etadi.
Ayni paytda Chilonzor metro yaqinidagi bosh bino xovlisida bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi bo'lib o'tmoqda. Yaqin hududda bo'lsangiz bosh bino xovlisiga kiring, kimyo va biologiya fanlari bo'yicha maktablarda ehtiyoj mavjudligi aytilmoqda.
++++Kurs ishi Tabiiy fanlar 2024 yangisi tasdiqlangan.pdf8.63 KB
2023/2024-o'quv yilining ikkinchi yarim yilligida kurs ishi rejalashtirilgan fanlar bo'yicha kurs ishi mavzulari va biriktirilgan rahbarlar to'g'risida buyruq yuborilmoqda. Kurs ishi mavzularini shu buyruqdagi mavzu bilan aynan mos bo'lishiga e'tibor beringlar. Aks xolda kurs ishini tasdiqlanishida muammolar yuzaga kelishi mumkin.
