cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Farg'ona politexnika instituti

www.ferpi.uz www.facebook.com/farpiyoshlar/ www.instagram.com/farpilive Farg'ona politexnika institutining axborot kanali / новостной канал ФерПИ Kanallar: @farpimedia Murojaat: @yoshlarqabulxonasi_bot

Show more
Advertising posts
8 553
Subscribers
-524 hours
-807 days
-16430 days
Posts Archive
🇺🇿Fargʻona Politexnika instituti "Qalqon" jamoatchilik guruhi aʼzolari tungi navbatchilik xizmatini olib borishmoqda. На Русском In English Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt @farpiyoshlar
Show all...
👍 6🎄 2🎅 1
#Sayohat 🏵 Kecha Qurilish fakulteti tyutorlari o'ziga biriktirilgan talabalar bilan Farg'ona shahrida joylashgan 52788-sonli Harbiy qismga sayohat qilishdi. ♻️ Talabalarga harbiy qism tarixi haqida harbiy qism xodimlari tomonidan ma'lumotlar berildi. ✔️ Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. @farpiyoshlar
Show all...
👍 5
#Ochiq_eshiklar_kuni 03.05.2024 kuni Mexanika-mashinasozlik fakulteti tyutorlari va talabalari ishtirokida talablarni harbiylik kasbiga qiziqtirish, vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy qismlarga yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish uchun tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” da harbiy xizmatchilarga yaratilgan shaoitlar, kundalik mashg‘ulotlari bilan tanishdilar, hamda harbiy-vatanparvarlik tadbirlarida faol ishtirok etdilar. @farpiyoshlar
Show all...
👍 5
01:48
Video unavailableShow in Telegram
#FarPI_OAV_nigohida 🖇O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi  Farg‘ona bo‘limi binosida, “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida shoir Ravshan Madumarovning “Unutmoq osonmas bizlarni” deb nomlangan she’riy kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. ♻️Ushbu uchrashuvda elimizning taniqli shoir va yozuvchilari, FarPI, FarDU, TATU talabalari va ijodkor yoshlar ishtirok etdi. ✨Tadbir soʻnggida ijodkor yoshlarga kitoblar ulashildi. Bu esa , talabalarda faxr va iftixor tuygʻularini uygʻotdi. На Русском In English Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt @farpiyoshlar
Show all...
FARG`ONA_24_29_04_2024_YOZUVCHILAR_ISHTIROKIDA_TADBIR_BO`LIB_O`TDI.mp430.12 MB
👍 3🤝 1
#9_may #jasorat_darslari #ochiq_eshiklar_kuni #harbiy_qism Bugun barcha fakultetlardan tyutorlar rahbarligidagi talabalar ishtirokida vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida 52788-sonli harbiy qismda yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish uchun tashkil etilgan Ochiq eshiklar kuni” da harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar, kundalik mashg‘ulotlari bilan tanishdilar hamda harbiy-vatanparvarlik tadbirlarida faol ishtirok etdilar. @farpiyoshlar
Show all...
👍 3
#poll #sorovnoma #teatr_ibratxonadir Bugun institutda "Oliy ta’lim muassasalari talabalarining teatr san’atiga munosabati" mavzusi bo‘yicha sotsiologik tadqiqot o'tkazildi. @farpiyoshlar
Show all...
👍 8 1
#diqqat_tanlov #9_may ✅Talaba-yoshlarning maʼnaviy olamini yuksaltirish, ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, xalqimizning tarixiy xotira bilan yashab, oʻtganlar xotirasini yod etish maqsadida “9-may – Xotira va qadrlash kuni"ga bagʻishlangan ijodiy ishlar koʻrik-tanlovi tashkil etiladi. ❗️Tanlov Ikkinchi jahon urushi jang maydonlarida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini koʻrsatgan koʻp millatli Oʻzbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan gʻalabani taʼminlashga qoʻshgan munosib hissasi, jasorati, mardligi, vatanparvarligi kabi tarixiy voqealarni rangtasvir, grafika va haykaltaroshlik asarlari yordamida tarannum etiladi. 🎨Tanlovning ishtirokchilari o‘zlari tomonidan yaratilgan, badiiy jihatdan hamda badiiy bezak va mantiq jihatdan to‘liq yakunlangan ijod namunasi (rangtasvir A2 format) bilan ishtirok etadi. ⏳Asarning orqa tarafiga muallifning ismi va sharifi fakultet nomi yozilib fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga 2024-yil 8-may kuniga qadar taqdim etiladi. 🎁Tanlov g‘olibi va sovrindorlari quyidagi tartibda pul mablag‘lari, institut rektorining diplom va sertifikatlari bilan rag‘batlantiriladi: 1-o‘rin 1 nafar – bazaviy stipendiyaning bir barobari va I darajali diplom; 2-o‘rin 2 nafar – bazaviy stipendiyaning 0.75 barobari va II darajali diplom; 3-o‘rin 3 nafar – bazaviy stipendiyaning 0.5 barobari va III darajali diplom. 👍Tanlovda ishtirok eting va g'olib bo'ling! @farpiyoshlar
Show all...
👍 6
Fan olimpiadasi Energetika fakultetining "Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari" kafedrasi tomonidan 2- may kuni "Elektrotexnika" fanidan institut miqyosida talabalar fan olimpiadasi o'tkazildi. Ushbu tanlov 2 bosqichda o‘tkazilib, yakuniy natijalarga ko‘ra 1-o‘rinni Abdulxamidov Abdulaziz, 2-o‘rinni Ergashboyev Inomjon va 3-o‘rinni Oxunov Shoxruxbeklar egalladilar. G‘olib talabalarga rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan 1,5, 1, 0,5 barobar miqdorda rag‘bat taqdim etiladi. @farpiyoshlar
Show all...
👍 6 1👏 1🎉 1🏆 1
#ma’rifat_ulashib_loyihasi Farg‘ona politexnika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi davom etmoqda. Adib institut bilan tanishar ekan, talabalarga yaratilgan sharoitlar, ochiq kutubxona - “Renessans holl”, institut tarixi va bugunidan soʻzlovchi moʻjaz muzeyni koʻzdan kechirdi, hatto talabalar turar joyida qizlarning miliy qadriyatlarimizdan biri boʻlgan tandirda non yopishlari uchun sharoitlarni e’tirof etdi. Shuningdek, iqtidorli va iste’dodli talabalardan iborat “Nazm va navo” toʻgarak a’zolarining adabiy kechasida ishtirok etgan adib, “Men bunday san’atga shaydo boʻlgan talabalar bilan suhbat qurganimda benihoya shodman”, deb hayajonlanib, she’rlar ijro etib berdi. Milliy kuy-qoʻshiqlar, xalq ogʻzaki ijodidan namunalar keltirilgan va joʻr boʻlib kuylangan “Oʻzbegim” qoʻshigʻi ila qalblarda faxr tuygʻusini joʻsh urdirdi. @farpiyoshlar
Show all...
IMG_5413.MOV13.99 MB
IMG_5416.MOV11.19 MB
IMG_5425.MOV12.02 MB
IMG_5438.MOV8.38 MB
IMG_5449.MOV5.90 MB
IMG_5450.MOV9.60 MB
2
#ma’rifat_ulashib_loyihasi Farg‘ona politexnika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi davom etmoqda. Bugun, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adib Rahmatov Muhammadsiddiq institutga tashrif buyurib, institutda yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’naviy soha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, “Maʼrifat ulashib” va “Adabiy-maʼrifiy haftaliklar” loyihalari boʻyicha tashkil etilayotgan tadbirlar samaradorligini oʻrganish, ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish hamda oliy taʼlim muassasalariga koʻmaklashish maqsadida oʻrganishlar olib bordi. @farpiyoshlar
Show all...
👍 3
#mahallabay #Qoshtepa34 “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida institutga tegishli yo‘nalishga hujjat topshirish hamda aniq fanlarni o‘qitish, oliy ta’limga targ‘ibot, nemis va koreys tili o‘quv kurslarga jalb qilish, tijorat banklaridan kredit olish bo‘yicha institut bilan hamkorlikda biznes reja ishlab chiqilishi, Toshloq texnikumiga hujjat topshirish hamda sinovlarga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan o‘quv kurslarga jalb qilish belgilanib, yoshlarni institut bilan hamkorlikda uchrashuvlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishiga kelishib olindi. Uchrashuv yakunida yoshlarga institut logotipi tushirilgan sumkalarda badiiy kitoblar sovg'a qilindi. @farpiyoshlar
Show all...
👍 4