cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Farg'ona politexnika instituti

www.ferpi.uz www.facebook.com/farpiyoshlar/ www.instagram.com/farpilive Farg'ona politexnika institutining axborot kanali / новостной канал ФерПИ Kanallar: @farpimedia Murojaat: @yoshlarqabulxonasi_bot

Show more
Advertising posts
8 730
Subscribers
-1124 hours
-207 days
-34430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#sport_sinovlari #ICHBF_legenda 🔰Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF–37-son Farmoni 1-ilovasi 88.2-bandida Yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish belgilangan. Shu munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi PQ-5148-son qarori hamda 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmonida belgilangan topshiriqlarni ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti talabalari o'zlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun sport sinovlarini topshirdi. @farpiyoshlar
Show all...
🍓 5👍 3🎅 2
#9_may_Xotira_va_qadrlash #ICHBF_legenda Inson xotira tuyg‘usi bilan barhayot. 🔰9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bugun Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti tyutori Mohiraxon Ahmedova bir guruh talabalari bilan Farg'ona politexnika instituti feysida uzoq yillar davomida institutimiz rivoji uchun samarali va fidokorona mehnat qilib, yetuk  kadrlarni  etishib chiqishida mislsiz  jasorat  ko‘rsatgan  ustozlarni  hotirlash uchun  tashkil etilgan  “Xotira  maydoni” da bo'ldi. Tyutor M.Axmedova institutda o'qish davrida o‘ziga ta'lim bergan ustozlarini eslab, ulardan olgan o‘gitlarini talabalarga gapirib berdi. @farpiyoshlar
Show all...
#Ochiq_eshiklar_kuni ✍️Joriy yilning 3.05.2024y kuni Farg‘ona politexnika instituti Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti  tyutori To'ychiyeva Mashxura o‘ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan Farg‘ona shahrida joylashgan "O‘zbekiston Respublikasi Sharqiy harbiy okrugi 52788 harbiy qismi"ga sayohatga borishdi.    🖇Sayohat jarayonida harbiy qism xizmatchilari  talaba yoshlarga mamlakatimizning bugungi kundagi harbiy sohadagi islohotlari haqida umumiy ma'lumot berdilar. Shuningdek, harbiy qismdagi qurol yaroqlarini va harbiy texnikalarini qay tarzda ishlatilishi haqida gapirib o‘tdilar. 🖇Harbiy qismda xizmat jarayonida halok bo'lgan harbiy xizmatchilar xotirlandi. @farpiyoshlar    
Show all...
👍 2
#Xotira_va_qadrlash #Ekskursiya 2024-yil 2-may kuni Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti tyutori M.Uraimova talabalarni Vatanga bo‘lgan muhabbat, sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanni, tinchlikni qadriga yetishlari va uni doimo his qilishlari uchun "Vatanparvarlar bog‘i" va "Motamsaro ona haykali" maydoniga 56-23 MS VA MSM guruh talabalarini olib bordi. Talabalar u yerda Ikkinchi jahon urushi paytida halok bo‘lgan vatanparvarlar ismlari qayt etilgan "Xotira" kitobiga razn soldilar. Talabalar u yerdan ko‘p taasurotlar va Vatan oldidagi burchlarini his qilgan holda,ko‘tarinki kayfiyatda qaytdilar. @farpiyoshlar
Show all...
Manfaatli hamkorlik 2024 yil 4-may kuni Energetika fakulteti “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” kafedrasi tomonidan viloyatdagi kasb-xunar maktablar va texnikumlar hamkorligida energetika sohasidagi kadrlar tayyorlashda oliy taʼlim muassasasi va professional taʼlim muassasalari hamkorligini yanada oshirish, hamda tayyorlanayotgan kadrlar sifatini yaxshilash maqsadida seminar o‘tkazildi. Seminar ishtirokchilari bu yerdagi sharoitlar bilan tanishib, nazariy va amaliy bilimlarni chambarchas bog‘lab, ko‘proq amaliy ishlarga urg‘u berish sifatli kadr tayyorlashda muhim o‘rin tutishiga amin bo‘ldilar. Bunday hamkorlik tizimli ravishda doimiy o‘tkazilishi bo‘yicha kelishib oldilar.
Show all...
#sport_sinovlari #ICHBF_legenda 🔰Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF–37-son Farmoni 1-ilovasi 88.2-bandida Yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish belgilangan. Shu munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi PQ-5148-son qarori hamda 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmonida belgilangan topshiriqlarni ijrosini taʼminlash maqsadida Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti talabalari o'zlarining jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun sport sinovlarini topshirdi. @farpiichbfak @farpiyoshlar
Show all...
Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti

👍 4
#tanlov 🖇 03-may kuni Yengil sanoat va to‘qimachilik fakultetida Tabiiy tolalar kafedrasi tomonidan Mutaxassislik fanlaridan “Fan olimpiyadasi”, “Maketlar tanlovi” hamda ishlab chiqarish korxona rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 📍Tadbir davomida viloyatda faoliyat olib borayotgan yirik yengil sanoat kompaniyalari bilan Oliy ta’lim integratsiyasini ta’minlash maqsadida ikki tomonlama maqsadli shartnomalarni imzolash uchun “Oseana tekstil” Qo‘shma korxonasi raisi, “UzWoolon textil” MChJ direktor o‘rinbosari, Qishloq xo‘jalik mahsulotlari sifatini baholash markazi Farg‘ona filiali paxta mahsulotlarini sertifikatlash bo‘yicha mutaxassislari tashrif buyurib korxonada kafedra filiallarini tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolandi. 🏭 Shundan so‘ng talabalar tomonidan tayyorlangan “Maketlar tanlovi” bo‘lib, talabalar o‘zlari tayyorlagan maketlarini ishlash jarayonlari to‘g‘risida taqdimot qilib berdilar. ✨ Tadbir so‘ngida g‘oliblar aniqlanib diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. @farpiyoshlar
Show all...
Yengil sanoat va to'qimachilik fakulteti

2024-yil 3-may kuni Kompyuterlashgan loyihalsh tizimlari fakulteti YBIB dekan o'rinbosari S.Nomanjonov boshchiligida va tyutor D.Nurmatova tashabbusi bilan 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan talabalar o'rtasida vatanaparvarlik, vatanga sadoqat, vatanga muxabbatini xis-tuyg'ularini yanada oshirish maqsadida. Farg'ona shahar harbiy orkestr jamoasini institutiga taklif etdi. @farpiyoshlar
Show all...
👏 1
#profilaktika #Biz_chekishga_qarshimiz #qalqon "Qalqon" jamoatchilik guruhi a'zolari hamda institut profilaktika inspektori bilan hamkorlikda institut hududi toza ekologik hudud ekanligi, qolaversa, chekish sog'liq uchun zarar ekanligi borasida targ'ibot ishlarini olib bormoqda. Telegram | Instagram | Facebook | Web sayt @farpiyoshlar
Show all...
👍 4
Go to the archive of posts