♟️ProfChess - Professional shaxmat maktabi!🏆
Open in Telegram
♟️ ProfChess - Professional shaxmat maktabining rasmiy kanali!🏅 🗯️ Bahs va munozaralar uchun quyidagi guruhga o'ting: 🔊 @shaxmat_ovozi 📩 Talab va takliflar uchun - @Sunnatilla_Baniyazov
Show more606
Subscribers
+324 hours
+47 days
+630 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
October '26Oct '26
October '26
+4
in 0 channels
September '26
+29
in 0 channels
Get PRO
August '26
+33
in 0 channels
Get PRO
July '26
+36
in 0 channels
Get PRO
June '26
+50
in 1 channels
Get PRO
May '26
+38
in 0 channels
Get PRO
April '26
+34
in 0 channels
Get PRO
March '26
+20
in 1 channels
Get PRO
February '26
+23
in 1 channels
Get PRO
January '26
+27
in 0 channels
Get PRO
December '25
+21
in 1 channels
Get PRO
November '25
+12
in 0 channels
Get PRO
October '25
+29
in 1 channels
Get PRO
September '25
+20
in 0 channels
Get PRO
August '25
+25
in 0 channels
Get PRO
July '25
+35
in 0 channels
Get PRO
June '25
+64
in 0 channels
Get PRO
May '25
+34
in 0 channels
Get PRO
April '25
+28
in 0 channels
Get PRO
March '25
+29
in 0 channels
Get PRO
February '25
+46
in 0 channels
Get PRO
January '25
+60
in 1 channels
Get PRO
December '24
+61
in 1 channels
Get PRO
November '24
+66
in 0 channels
Get PRO
October '24
+48
in 0 channels
Get PRO
September '24
+38
in 0 channels
Get PRO
August '24
+40
in 0 channels
Get PRO
July '24
+49
in 0 channels
Get PRO
June '24
+16
in 0 channels
Get PRO
May '24
+30
in 0 channels
Get PRO
April '24
+26
in 1 channels
Get PRO
March '24
+35
in 0 channels
Get PRO
February '24
+40
in 0 channels
Get PRO
January '24
+67
in 0 channels
Get PRO
December '23
+27
in 0 channels
Get PRO
November '23
+262
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 02 October | +1 | |||
| 01 October | +3 |
Channel Posts
Repost from Тошкенто • Тошкент янгиликлари
🤩 “Янги Ўзбекистон” боғида шахмат олимпиадасидаги ғалаба шарафига дрон-шоу ўтказилди.
Тошкенто • Тошкент янгиликлари
| 2 | https://lichess.org/tournament/lHrgaZn3
Hammani soat 21:00 da bo’lib o’tadigan 149 st Mega Lichess musobaqasiga taklif qilamiz!
Всех приглашаем на турнир 149 st Mega Lichess в 21:00!
♟️⚔️♟️⚔️♟️⚔️♟️⚔️♟️⚔️♟️
Jamoamizga qoshilish uchun quyidagi linkka bosing:
Чтобы присоединиться к нашему клубу переходите по ссылке:
https://lichess.org/team/profchess-club-uzb | 196 |
| 3 | #ДИҚҚАТ #ТАРҚАТИНГ
🤩БУГУН ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН БОҒИДА ДРОН ШОУ БЎЛАДИ
Бугун, 2-октябрь куни соат 20:00да, "FIDE"нинг 46-Бутунжаҳон шахмат олимпиадасида Ўзбекистон терма жамоасининг тарихий ғалабаси муносабати билан сизларни “Янги Ўзбекистон” боғида бўлиб ўтадиган дрон-шоуга таклиф этамиз. КИРИШ БЕПУЛ
🎉ЖУДА КАТТА ДРОН ШОУ БОЛИШИ КУТИЛМОҚДА
ЯҚИНЛАРГА ЖЎНАТИБ ҚЎЙИНГ
🤝 @OPER_UZ – ОПЕРАТИВ ВА ХАВФЛИ ЯНГИЛИКЛАР КАНАЛИ! | 75 |
| 4 | 8, 10, 12 va 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida Gran-Pri ochiq turniri.
GRAN PRI 2026-yil 5-9 oktabr kunlari 7 ta turdan iborat, vaqt 60+30 o‘tkaziladi.
Musobaqaga ro‘yxatdan o‘tish 4 oktabr kuni soat 14:00 gacha davom etadi.
8 yoshgacha (2019 yilda tug‘ilgan va undan kichik);
10 yoshgacha (2017 yilda tug‘ilgan va undan kichik);
12 yoshgacha (2015 yilda tug‘ilgan va undan kichik);
14 yoshgacha (2013 yilda tug‘ilgan va undan kichik).
Musobaqa badali: 400 000 so‘m
MUSOBAQA BADALINI TO‘LASH UCHUN REKVIZITLAR:
Xalqaro shaxmat akademiyasi
x/r: 400 110 860 262 777 083 630 205 001
INN: 303 072 526
Bank nomi: G‘azna hisob varag‘i
Yosh toifasida 1-2-o‘rinni egallaganlar 2027-yilgi 8-14 yoshgacha o‘tkaziladigan O‘zbekiston chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Telegram kanal: @xalqaroshaxmatakademiya
Telegram : https://t.me/FIDE_TRENER
JOYLAR SONI CHEKLANGAN | 31 |
| 5 | "TOSHKENT KUZI - 2026" xalqaro reytingli turnir!
Musobaqa guruhlari:
“A” guruhi – FIDE IDsi bor barcha xohlaganlar uchun ochiq.
“B” guruhi – 2015-yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi shaxmatchilar uchun.
Zarur hujjatlar:
“A” guruhi: FIDE ID, musobaqa badali kvitansiyasi.
“B” guruhi: tug‘ilganlik guvohnomasi, musobaqa badali kvitansiyasi.
💬 Ro‘yxatga olish: 9-oktabr soat 14:00 gacha https://t.me/FIDE_TRENER ga yuboring.
🌐 FIDE ID olish: https://reg.uzchess.uz/fide-apply
💳 Musobaqa badalini to'lash uchun bank rekvizitlari:
Xalqaro shaxmat akademiyasi
x/r: 400 110 860 262 777 083 630 205 001
INN: 303 072 526
Bank nomi: G‘azna hisob varag‘i.
"A" guruhida FIDE reytingi 2250 va undan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar hamda IM, WIM, GM, WGM lar musobaqa badalidan ozod qilinadi.
FIDE ID ochilgan va reytingi 2249 gacha bo‘lganlar uchun - 500 000 so‘m.
“B” guruhi uchun – 450 000 so'm.
60 yoshdan oshgan faxriylar, nogironligi borlar va akademiya o‘quvchilari uchun - 30% chegirma.
JOYLAR SONI CHEGARALANGAN | 52 |
| 6 | No text... | 102 |
| 7 | JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG’ILSIN!
ProfChess - Professional shaxmat maktabi jamoasi sizni muborak juma ayyomi bilan tabriklaydi va ulug’ juma ayyomining barokati sizga mukammal yog’ilishini tilaydi! | 148 |
| 8 | https://lichess.org/tournament/tpa1gc0n
Soat 23:00 da Bundesliga 12B guruh bosqichi chempionatga hammani taklif qilamiz!
Приглашаем всех желающих на Чемпионат Бундеслигу 12B группу в 23:00!
♟️⚔️♟️⚔️♟️⚔️♟️⚔️♟️⚔️♟️
Jamoamizga qoshilish uchun quyidagi linkka bosing:
Чтобы присоединиться к нашему клубу переходите по ссылке:
https://lichess.org/team/profchess-club-uzb | 258 |
| 9 | Sindarovmi yoki Gukesh? Jahon chempionati oldidan kim favorit?
⚡Gukesh — Javohir Sindarov o‘rtasidagi 2026-yilgi Jahon chempionati matchi oldidan grossmeysterlar, shaxmat vakillari va kontent yaratuvchilarning 18 ta fikri jamlandi.
Ularning tasnifiga ko‘ra:
🇺🇿10 kishi — Javohir Sindorovni favorit deb biladi
⚖️6 kishi — imkoniyatlarni deyarli teng deb baholaydi
🇮🇳2 kishi — Gukeshni ustun ko‘radi
Magnus Karlsen Sindarov g‘alaba qozonishini kutayotganini aytib, uning o‘yinini har tomonlama mukammalroq deb baholagan.
📊Ian Nepomniachtchi imkoniyatlarni 65:35, Vladislav Artemiev esa 60:40 nisbatida Javohir foydasiga baholagan.
🇺🇸Hikaru Nakamura esa Gukeshni tanlagan. Uning fikricha, amaldagi jahon chempioni bosimni yenga olsa, ko‘pchilik kutmagan natijani ko‘rsatishi mumkin.
🏆Gukesh va Sindarov o‘rtasidagi Jahon chempionati matchi 22-noyabrdan 12-dekabrgacha Jenevada bo‘lib o‘tadi. Birinchi klassik partiya 24-noyabrga belgilangan.
Sizningcha, Jenevada kim jahon chempioni bo‘ladi — Sindarovmi yoki Gukesh? | 148 |
| 10 | https://lichess.org/tournament/0pkD1tg0
Soat 21:00 da Klublararo marafon musobaqasiga hammani taklif qilamiz!
Приглашаем всех желающих на межклубный марафон в 21:00!
♟️⚔️♟️⚔️♟️⚔️♟️⚔️♟️⚔️♟️
Jamoamizga qoshilish uchun quyidagi linkka bosing:
Чтобы присоединиться к нашему клубу переходите по ссылке:
https://lichess.org/team/profchess-club-uzb | 354 |
| 11 | O‘zbekiston shaxmatchilari reytingda katta o‘sish qayd etdi!
Olimpiada yakuniga ko'ra, 2700 Club — elit shaxmatchilar orasida eng katta live reyting o‘sishi Nodirbek Yakubboevda — +26,7 Elo. Uning live reytingi 2711,7 ga yetdi.
Nodirbek Abdusattorov +17,5 Elo bilan ro‘yxatda 2-o‘rinda, live reytingi esa 2779,5.
Javokhir Sindarov ham TOP-10da — +3,5 Elo va 2781,5 live reyting. | 202 |
| 12 | ⚡️Samarqand: Bu shunchaki shaxmat musobaqasi emas — tarixga aylangan uch hafta edi
Dunyoning turli nuqtalaridan kelgan insonlar bir maydonda uchrashdi. Kim uchundir bu g‘alaba sari yo‘l, kim uchundir yangi tajriba, yangi bilim va yangi imkoniyat bo‘ldi. Bu yerda raqobat bilan birga do‘stliklar paydo bo‘ldi, tajribalar almashildi, turli til va madaniyatlar shaxmat orqali birlashdi.
G‘alabalar, mag‘lubiyatlar, hayajon, ko‘z yoshlar va unutilmas lahzalar…
Natijalar tarixda qoladi. Ammo bu Olimpiadaning eng katta merosi — insonlar, tajriba va Samarqandda yozilgan umumiy tarixdir.
#ChessOlympiad #Samarkand2026
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 101 |
| 13 | Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik
Qadrli o‘g‘il-qizlarim!
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Ikki karra olimpiada chempioni degan yuksak sharafli unvon, buyuk zafar barchamizga, ko‘pmillatli xalqimizga muborak bo‘lsin!
Sizlar – Yangi O‘zbekiston qahramonlari, jahon shaxmat olamida yangi tarix yaratgan oltin avlodsiz. Butun xalqimiz sizlar bilan cheksiz faxrlanadi, g‘ururlanadi.
Nodirbek Abdusattorov barcha o‘yinlar davomida mag‘lubiyat nima ekanini bilmasdan, chinakam jamoa lideri ekanini isbotlab, birinchi taxtada oltin medal sohibiga aylandi.
Nodirbek Yoqubboyev esa Turkiya, Hindiston, Xitoy va AQSH vakillariga qarshi murosasiz bahslarda chinakam iroda va matonat ko‘rsatib, jamoamiz uchun hal qiluvchi g‘alabalarni ta’minlaganini alohida ta’kidlab aytmoqchiman. Ayniqsa, Yoqubboyevning hindistonlik Nihal Saringa qarshi bellashuvi haqiqiy dramatik jang bo‘ldi. Yangi O‘zbekiston vakilining eng qiyin vaziyatda nihoyatda topqirlik bilan qo‘llagan taktik yurishlarini ko‘rib, dunyo shaxmat muxlislari hayratdan qotib qoldi.
Yana bir mard o‘g‘lonimiz, Javohir Sindorov chempionlarga xos o‘yin ko‘rsatib, umumiy g‘alabaga katta hissa qo‘shdi.
Bunday yirik xalqaro musobaqada birinchi marta ishtirok etgan Muhiddin Madaminov o‘g‘limizning kuchli raqiblariga kutilmagan zarbalar bergani va birorta ham mag‘lubiyatga uchramagani yuksak bahoga munosibdir.
Shamsiddin Vohidov Hindiston, Turkiya va Vengriya vakillariga qarshi murosasiz o‘yinlarda o‘zini yo‘qotmasdan, muhim ochkolarni olishga erishgani ham muxlislar xotirasida saqlanib qoladi.
Musobaqalarda ikkinchi tarkib bilan ishtirok etgan jamoamiz qayd etgan natija ham bizni quvontiradi. Jahongir Vohidov o‘g‘lim kuchli iroda ko‘rsatib, ushbu jamoamizni sovrinli o‘rinlar sari boshladi. Ispaniya, Angliya va Niderlandiya kabi davlatlar vakillari ustidan qozonilgan ishonchli g‘alabalar unutilmas tarixga aylandi.
Ayollar jamoamiz ham keskin kurashlarda haqiqiy matonat namunasini ko‘rsatdi. Ular AQSH jamoasi bilan tengma-teng bahs olib borganlari, 11 ta turda 7 ta yutuqqa erishib, o‘n uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani ham muhim natijadir.
Samarqand olimpiadasida parashaxmatchilarimiz ham ulkan jasorat ko‘rsatib, bunday o‘yinlar tarixida birinchi marta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Selbi qizim shaxsiy hisobda kumush, Abdulaziz o‘g‘lim bronza medaliga sazovor bo‘lgani, Ahadxon o‘g‘lim umuman mag‘lub bo‘lmagani meni juda xursand qildi.
O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi FIDЕ tomonidan 2026-yilda “Eng yaxshi federatsiya” nominatsiyasida g‘olib deb topilgani, tajribali murabbiy, grossmeyster Rustam Qosimjonov FIDЕning faxriy vitse-prezidenti, Hulkar Tohirjonova FIDЕning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha mintaqaviy prezidenti etib saylanganini O‘zbekistonning shaxmat mamlakati sifatida obro‘-e’tibori oshib borayotganining yana bir dalili sifatida qabul qilamiz.
Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Bizga mana shunday buyuk shukuh, ulug‘ zafarlarni taqdim etgan shaxmatchi farzandlarimiz doimo sog‘-omon bo‘lsin!
Sizlarga hamisha porloq g‘alabalar yor bo‘lsin, aziz bolalarim!
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
#ChessOlympiad #Samarkand2026
🕊Telegram 📱Instagram 🔹 Facebook 🌍Veb sayt | 85 |
| 14 | 46-Butunjahon olimpiadasi yopilish marosimi boshlanmoqda!
🔴jonli efir | 365 |
| 15 | 🏆 FIDE Shaxmat Olimpiadasi 2026 — yakuniy turnir jadvali
Samarqanddagi Olimpiada o‘z nihoyasiga yetdi.
Open yo‘nalishi:
🥇 🇺🇿 O‘zbekiston — 20 ochko
🥈 🇮🇳 Hindiston — 18 ochko
🥉 🇩🇪 Germaniya — 18 ochko
Ayollar yo‘nalishi:
🥇 🇨🇳 Xitoy — 20 ochko
🥈 🇰🇿 Qozog‘iston — 18 ochko
🥉 🇮🇳 Hindiston — 17 ochko
🇺🇿 O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa 15 match ochkosi bilan Olimpiadani 13-o‘rinda yakunladi. Qizlarimizga munosib kurash va mehnat uchun rahmat!
🇺🇿 O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi — FIDE Shaxmat Olimpiadasi 2026 chempioni! | 400 |
| 16 | 46-Butunjahon olimpiadasi yakuniy matbuot anjumani boshlandi!
🔴jonli efir | 350 |
| 17 | https://lichess.org/tournament/mLNaXzYP
Soat 23:00 da Bundesliga 12B guruh bosqichi chempionatga hammani taklif qilamiz!
Приглашаем всех желающих на Чемпионат Бундеслигу 12B группу в 23:00!
♟️⚔️♟️⚔️♟️⚔️♟️⚔️♟️⚔️♟️
Jamoamizga qoshilish uchun quyidagi linkka bosing:
Чтобы присоединиться к нашему клубу переходите по ссылке:
https://lichess.org/team/profchess-club-uzb | 360 |
| 18 | 🇺🇿 O‘ZBEKISTON — IKKI KARRA SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI!🎊
🇺🇿Samarqandda tarix yozildi!
🏆O‘zbekiston Ukraina bilan uchrashuv tugashidan oldin chempionlikni matematik jihatdan kafolatladi. Chunki Hindiston so‘nggi turda Vengriya bilan 2:2 durang o‘ynadi. O‘zbekiston 10 turdan keyin Hindistondan bir ochko oldinda edi: 18 ga 17.
🔥Bu yo‘l oson bo‘lmadi. O‘zbekiston musobaqaning dastlabki 7 turining barchasida g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi bahslarda Hindiston ustidan 2.5:1.5, Xitoy ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonildi. 8-turda Germaniya g‘alabali seriyani to‘xtatdi, ammo jamoamiz darhol o‘zini tikladi: 9-turda turnirning birinchi raqamli saralangan jamoasi — AQSh mag‘lub etildi, 10-turda esa Armaniston 3.5:0.5 hisobida taslim etildi.
⚔️Va nihoyat — Ukrainaga qarshi so‘nggi g‘alaba oltin medal masalasini hal qildi.
🇺🇿O‘zbekiston tarkibi:
Javohir Sindarov
Nodirbek Abdusattorov
Nodirbek Yakubboyev
Shamsiddin Vohidov
Muhiddin Madaminov
🇺🇿Jamoa sardori — sobiq jahon chempioni Rustam Qosimjonov. Ushbu tarkibdagi to‘rt nafar shaxmatchi 2022-yilda Chennai Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan jamoada ham o‘ynagan.
🏆O‘zbekiston shaxmatining so‘nggi uch Olimpiadadagi natijasi esa alohida e’tiborga loyiq:
🥇 2022, Chennai — OLTIN
🥉 2024, Budapesht — BRONZA
🥇 2026, Samarqand — OLTIN
Demak, O‘zbekiston ketma-ket uchta Shaxmat olimpiadasini medalsiz tark etmadi va to‘rt yil ichida ikkinchi bor Open bo‘limida jahonning eng kuchli terma jamoasi bo‘ldi.
✨Eng o‘ziga xos jihati — bu safargi chempionlik o‘z uyimizda, Samarqandda qo‘lga kiritildi.
2022-yilda O‘zbekistonning Olimpiadadagi oltin medalini tasodif yoki bir martalik muvaffaqiyat deb baholaganlar ham bor edi. Ammo 2026-yilda jamoamiz butun turnir davomida kuchli va ishonchli o‘yin namoyish etib, yana shohsupaga ko'tarildi!🔥
Bu safar yigitlarimiz faqat chempion bo‘libgina qolmay, 2022-yildagi oltin tasodif bo‘lmaganini va O‘zbekiston bugun dunyoning eng kuchli shaxmat terma jamoasi ekanini amalda isbotladi.🔥
O‘ZBEKISTON — 46-BUTUNJAHON SHAXMAT OLIMPIADASI CHEMPIONI! 🇺🇿🏆
Chempionlarimizni va butun O‘zbekiston xalqini ushbu tarixiy g‘alaba bilan chin qalbdan tabriklaymiz!🎊 | 406 |
| 19 | 🇺🇿OLTINGACHA BIR QADAM: O‘ZBEKISTON – UKRAINA!
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi — 11-turida O‘zbekiston terma jamoasi Ukraina bilan to‘qnash keladi.
10 turdan keyin yigitlarimiz 18 ochko bilan yakka peshqadam. Eng yaqin ta’qibchi Hindistonda 17 ochko.
Bugungi vazifa juda oddiy: Ukraina ustidan g‘alaba — boshqa natijalardan qat’i nazar O‘zbekistonni Olimpiada chempioniga aylantiradi! 🥇
Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿
🔴So'nggi tur bahslari 11:00'da boshlanadi. | 359 |
| 20 | FIDE Shaxmat Olimpiadasi 2026 — hal qiluvchi 11-tur juftliklari
Samarqandda o‘tayotgan Olimpiadaning so‘nggi 11-turi oldinda. Aynan shu turda chempionlik, medallar va yakuniy o‘rinlar hal bo‘ladi.
Open yo‘nalishi:
🇺🇿 O‘zbekiston — 🇺🇦 Ukraina
🇨🇳 Xitoy — 🇺🇿 O‘zbekiston 2
🇦🇩 Andorra — 🇺🇿 O‘zbekiston 3
Ayollar yo‘nalishi:
🇦🇲 Armaniston — 🇺🇿 O‘zbekiston
🇺🇿 O‘zbekiston 2 — 🇮🇱 Isroil
🇺🇿 O‘zbekiston 3 — 🇿🇦 Janubiy Afrika
Open yo‘nalishida peshqadam bo‘lib turgan 🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi uchun 🇺🇦 Ukrainaga qarshi bahs ayniqsa muhim — bu uchrashuv yakuniy natijalarga bevosita ta’sir qilishi mumkin.
🇺🇿 Barcha terma jamoalarimizga hal qiluvchi turda omad tilaymiz! | 139 |
