cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Criminal Justice & Legal Paradigm

Siz ushbu kanal orqali Jinoiy adliya institutlarining kelib chiqishi, shakllanishi va bugungi kundagi muammolari haqida fikr-mulohazalar, shu jumladan, ilmiy adabiyotlar bilan tanishib borasiz.

Show more
Advertising posts
322
Subscribers
No data24 hours
-17 days
+330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Qo‘shma Shtatlarning Massachusetts shtati federal qamoq indeksida eng kam mahkum saqlab turuvchi shtat sifatida qayd etilgan. Garchi shunday bo‘lsada, eng quyi natija ko‘rsatib turgan mazkur shtat Saudiya Arabistonidan 20%, Xitoydan 50%, Fransiyadan 100% hamda Yaponiyadan 700% yuqori mahkum saqlaydi. Shtatlar qamoq indeksining global miqiyosda taqqoslanishi Prison Policy Initiative nodavlat, nopartizan tashkiloti tomonidan yuritiladi. @CJandLP
Show all...
States of Incarceration: The Global Context 2024

Criminal justice policy in every region of the United States is out of step with the rest of the world.

Photo unavailableShow in Telegram
Monday quote: @CJandLP
Show all...
😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kuni kecha Birlashgan Qirollikda Just Stop Oil yangi neft-gaz va kõmir loyihalarini tõxtatishni talab qiluvchi no-zõravonlik asosida harakat qiluvchi fuqarolik harakati vakillari mashhur Stonehenge monumenti ustiga bõyoq sepgani haqida xabarlar tarqaldi. Odatdagidek, bunday akt jamiyatda aralash reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Ayrim guruhlar bunday harakatlarni qoralab chiqadi. Boshqalar esa fuqarolik qarshiligi nyuanslariga tayangan holda bu harakat vakillarini qoralamaslik darkorlogiga urğu berishga harakat qiladi. Ana shunday qarashlar guruhiga kiruvchi nuqtai-nazarlardan birida bio-arxeolog Scott Haddow qadimiy monumentlar vaqt ta’sirida õzgarmay qoladigan, turğun obyekt sifatida kõrilishi emas, balki õtmish va bugun õrtasidagi doimiy davom etib turuvchi õzgaruvchan munosabatlarni ifodalovchi obyekt sifatida qaralishi darkor degan fikrni bildirgan. @CJandLP
Show all...
01:23
Video unavailableShow in Telegram
Huquqlar hamda kuch-qudrat va boylik õrtasidagi munosabat haqida AQShlik kõzga kõringan jamoat arbobi, Arizona va keyinchalik Massachusetts texnologiyalar instituti professori Noam Chomski mulohazalari. ~ Noam Chomski (1928—2024) @CJandLP
Show all...
IMG_6951.MP465.02 MB
03:05
Video unavailableShow in Telegram
Bugun dunyo bõylab Musilmon jamoalari va hamjamiyatlari Iyd Al-Adha bayramini nishonlamoqda. Birlashgan Qirollik Leybor partiyasi yetakchisi Kier Stammer London meri Sodiq Xon uyida mehmon bõlib barcha Britaniya Musilmonlarini bayram bilan tabriklabdi. Bu Leybor partiyasining keyingi oyning 4-sanasida rejalashtirilgan Umumiy saylov oldidan Musilmon saylovchilarga qilgan murojaati deb qaralishi mumkin. Odatda Leyborist nomzodlarga ovoz beruvchi mazkur elektoral segmentining ovoz berish bõlaklariga ushbu siyosiy partiyaning Isroilning Ğazodagi genotsidiga yondashuvidagi sustkashligi jiddiy ta’sir qilishi kutilmoqda. Ana shu faktorlarni inobatga olgan holda Leybor partiyasi saylovga qadar pozitsiyasida bir qator õzgarishlar qilgan holda ushbu elektoratni imkon qadar õziga qaytarishga urinmoqda. @CJandLP
Show all...
IMG_6950.MP4145.68 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Huquq ustuvorligi qulab parchalangan mamlakatlarda odil sudlovni amalga oshirishi kutilgan sudyalar sirli ravishda o‘z turar-joyi atrofidan jonsiz topilishi mumkin. Paradoksal ravishda, 50 yoshli sobiq sudya Nataliya Larina Putinga ğoyaviy jihatdan muxolif fikr bildirgan shaxslarga nisbatan bir necha hukmlar õqigan. Ehtimol, Larina 1930-yillardagi buyuk terror davrida shou sudlarda sudyalik qilgan õtmishdosh hamkasblarining qanday sharoitda faoliyat kõrsatganini õz tanasida bir muncha vaqt his qilib kõrgandir. @CJandLP
Show all...
🤯 2🔥 1
Huquq va jamiyat Huquq va jamiyat bu, bir tomondan, huquq va huquqiy institurlar, boshqa tomondan, jamiyat õrtasidagi munosabatlarni õrganuvchi interdisiplinar yõnalish. Unda odat normalari, statutlar (qonunlar), sud qarorlari va boshqa yuridik-ommaviy xarakterdagi qarorlar, huquqiy institutlar va tizimlardagi jarayonlar hamda ularning sabab va oqibatlari tahlil qilinadi. Qolaversa, bu interdisiplinar sohaviy tadqiqotlar shaxslarning qonun bilan munosabati, ulardan qanday foydalanishi, ularga bõlgan munosabati hamda ularga nisbatan kechinmalarini õrganadi. Bu jarayon õzi ichiga, shuningdek, qonunlar qanday qilib shaxslar xulq-atovori va e’tiqodini shakllantirishi hamda ular qanday qilib ana shu qonunlarga ijodkorona javob berishini tushunish va tushintirishni qamrab oladi. Umuman olganda, bu yõnalish harakatdagi qonunlarni õrganadi. Shu bilan u huquq maktablaridagi standard normativ-doktorinal ta’limot va tadqiqotlardan — kitoblardagi qonunlar — farqlanadi. Huquq maktablaridagi huquqshunos olimlar asosan qonun qanday bõlishi kerak degan savolga javob berishga urinadi. Huquq va jamiyat esa aynan mana shu yondashuvga javob sifatida 20-asrning 20-30-yillarida huquqiy realizm harakati sifatida vujudga kelgan. Huquqiy realistlar meynstirm olimlarning sudyalarni neytral arbitr sifatida qonunlarni qõllashi haqidagi qarashlarni rad etgan va buni safsata deb atagan. Ular sudyalarning õz preferensiya va noholisliklari (bias) sud qaror qabul qilish natijasiga ta’sir qilishi tan olgan. 1/ @CJandLP
Show all...
Bugun Qo‘shma Shtatlar tarixida ilk bora sobiq prezident jinoiy javobgarlikka tortilgan kun sifatida muhrlanib qoladigan bo‘ldi. Eks prezident ustidan chiqarilgan verdikt Shtatlardagi huquq ustuvorligining ğalabasi sifatida qaralishi lozim. Bu konsept o‘zagi asosida hech kim — hattoki prezident yoki eks prezident — qonundan ustun bo‘la olmaydi degan ta’limot yotadi. Bundan bir yilcha oldin Donlad Trampga qo‘yilayotgan ayblovlar atrofidagi bahs-munozaralar, ishning o‘ziga xos nyuanslari haqida Toronto universitetidagi siyosatshunos, kriminolog Metyu Layt’ning nuqtai-nazari haqida post qoldirgandim. Unda Mett bir qiziq savolni o‘rtaga tashlagandi: Tramp qanchalik statusidan foydalangan holda javobgarlikdan qutilib qola oladi? @CJandLP
Show all...
Criminal Justice & Legal Paradigm

Toronto universiteti Kriminologiya dotsenti Metyu Layt Qo‘shma Shtatlarning eks-prezidenti Donlad Trampga nisbatan jinoyat ishi ochilishi yuzasidan jamiyatdagi skeptisizmga ajoyib munosabat bildiribdi. Gap shundaki, jamoatchilik Trampning sodir etgan og‘ir jinoyatlari uchun emas, balki saylov kompaniyasini moliyalashtirishdagi jinoiy huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilishi siyosiylashgan adliyadan dalolat beradi degan nuqtai-nazarni ilgari surmoqda. Ammo, Mett uyushgan jinoyatchilik bilan shug‘illanganlarni adliyaga tortilishi bilan bog‘liq tarixiy pretsidentlaridan kelib chiqib bu aksincha voqelik degan g‘oyani ilgari surmoqda. Taqqoslash uchun: odatda uyushgan jinoyatchilikda ayblanuvchilar ular tez-tez sodir etgan deb qaraluvchi jinoyatlarda ayblanadi. Biroq, ayrim hollarda, xususan, Al-Kapone bilan bog‘liq ishda, u daxshatli jinoyatlari, qotilliklari uchun emas, balki unchalik og‘ir bo‘lmagan soliqdan bo‘yin tovlash jinoyati uchun adliyaga tortilgan. Yuqoridagi Tramp va Al-Kapone ishlarini ko‘rib…

👍 1
‘Even if people belonging to different classes develop exactly the same abilities, they are unlikely to enjoy equal success because they will have to play the game by different rules.’ (Harari, 2011, 154). @CJandLP
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
~ Plato Quoted in Moss, J. (2020), Plato's Doxa. Analytic Philos, 61: 193-217 @CJandLP
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.