cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Hayotiy bari...✨

بسم الله الرحمن الرحيم...🍃 Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan boshlayman...🌸 Hayot qiziq-a? Ba'zida xohlagan narsangdan boshqa hamma narsaga erishasan... Aloqa uchun : @Hayotiy_baribot 💬

Show more
Advertising posts
2 154
Subscribers
No data24 hours
-157 days
-7330 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
Уйланганимдан уч йил ўтиб фарзанд кўрдим. Дарҳол бола тарбиясига оид китоб-рисолалар сотиб олдим, рафиқам билан ўтириб ота-онамиз бизга берган ўгит ва пандларини эслайдиган бўлдик. Бола улғаяркан, унга кундалик одоблар, ахлоқ қоидаларини ўргата бошладик. “Таомни ўнг қўлингда е…”, “Ётиб овқат ема…”, “Ўзингдан каттага салом бер…”, “Ҳожатдан сўнг албатта қўл ювилиши керак…” Кунларнинг бирида бозордан нон сотиб олиб, уйга пиёдалаб кета бошладик. Ўша куни тушлик қилмагандим, қорним таталаб кетяпти. Уйга боришгача сабрим чидамай елимхалтада турган нонга қўл чўздим: бир бурдаси билан қоринни алдаб кетай… Қўлим нонга тегар-тегмас орқадан огоҳлантириш келди: – Ада, нон емоқчимисиз? Қўлларингизни ювмагансиз-ку! Дарров ҳушёр тортдим. Ҳозир нонни ушатиб олишим боламга овқат ейишдан олдин қўл ювиш кераклиги ҳақида берган тарбиямни ювиб кетишини ўйладим. – Ҳа-я, рост айтасан, ўғлим. Қўлларим ювилмагани ёдимдан кўтарилибди. Эслатганинг учун раҳмат. Нонни уйда, қўлларни ювиб еймиз… Аёлим билан шу ҳақда эслашиб кулишдик. Шунда онаси бир гапни айтиб қолди: “Сизнинг ҳар бир хатти-ҳаракатингиз ўғлингиз кузатуви остида. У сизга тақлид қилади. Илтимос, эҳтиёт бўлинг…” Бунақа пайт бир нақл ёдга тушаверади: “Болаларингизни тарбия қилманг. Улар барибир сизга ўхшашади. Сиз ўзингизни тарбия қилинг”. ©konspektor 👉Obuna Bo'ling...⤵️      @Hayotiy_bari ♥️
1372Loading...
02
​#shaxsiyrivojlanish ⚡️ Shaxsiy rivojlanish va o'z ustida ishlash uchun Top-2O yo'nalishlari: 💡 Jismoniy salomatlik 🔹 Oddiy ovqatni afzal ko'ring. 🔹 To'g'ri ovqatlanish va uyqu rejimiga rioya qiling. 🔹 Ko'proq vaqtni ochiq havoda o'tkazing. 🔹 Kundalik miqdorda toza suv iching. 💡 Aqliy rivojlanish 🔹Eng yaxshi kitoblar va maqolalarni o'qing. 🔹Diqqat bilan tinglashni o'rganing. 🔹Xotirangizni kuchaytiring. 🔹Konsentratsiya. 💡 Axloqiy qadriyatlar 🔹Rostgo'y bo'ling. 🔹O'zingizga dam bering. 🔹Yaxshi odatlarni shakllantiring. 🔹Yo'q deyishni o'rganing 🔹O'z printsiplaringizga muvofiq yashang. 💡 Moliya 🔹Daromadingizni oshiring va xarajatlarni kamaytiring. 🔹Oila byudjetini saqlang. 🔹Oqilona investitsiya qiling. 🔹Qattiq mehnat qiling. 💡 Ijtimoiy aloqalar 🔹Foydali do'stlarni tanlang. 🔹Muammolaringizni o'zingiz hal qilishga harakat qiling. 🔹Yomon sheriklardan saqlaning. 👉Obuna Bo'ling...⤵️      @Hayotiy_bari ♥️
2014Loading...
03
Bugun kunni yaxshi kayfiyatda boshlagandim o’glimni uxlatib, shoshib oshxonaga chiqdim nonushta qilish uchun, azaliy odatim yolg’iz o’tirib kino ko’rib ovqatlanishni yoqtiraman. Bugun ham you tube’dan kino qidira boshladim vaa…. “Bolasini o’ldirgan piyonista ota” deb yozilgan sarlavhaga ko’zim tushdi va shu kinoni tanladim, qornim juda ochganligi sababli tez tez ovqatlanardim, hammasi keyin boshlandi. Narkoman ota, nosog’lom o’g’il o’rtada yuragi ado bo’lgan ona. Ha mayli, bu men ko’rgan kinolar ichida juda ko’p uchragan. Meni bir zum muzlatib qoygan sahnasi narkoman otani doriga bo’lgan humori boshlangan vaqtda uyda pul yo’qligi va ayoli oldiga kelib undan pul talab qilgani aksiga olib ayolida ham pul qolmaganligi edi. Bu yanayam hammasi emas bunaqa sahnalarni ko’p ko’rganmiz nimasiga muzladiz demoqchimisiz? Ota pul topolmagach ayoliga baqira ketti ayolni qo’lida yaqindagina tug’ilgan murg’ak go’dak bor edi. Achchiq ustida chaqaloqni ota otib yubordi. Shu sahnani ko’rdimu tomog’imga choy tiqildi. Axir u bola, joni bor onani faryodi birinchi nogiron farzanddan keyingi tug’ilgan sog’lomgina bola edi. Bu gaplarimni hali turmush qilmagan onalik nima ekanligi tushunib yetmaganlar uchun oddiygina epizod holos deb qarashadi men ham avval bunaqa sahnalardan mingtasini ko’rganman lekin bugungidaqa tasir qilmagan. Jon jonizdan yaralgan mitti mo’jizani shunchaki lattadek devorga otib yuborish bu ONAlar uchun qanchalik daxshat. Farzand qadrini xattoki otalar ham tushunishmaydi farzand qadrini bolasiga tunda oddiygina istima kirgan onadan so’rang. U ayol farzandi dog’ida kuyib kuyib oxiri jinni bob qoldi. Kino judayam yaxshi ishlangan. Aktiyorlar har bir dardni his qilib o’ynashgan. Tavsiya qilaman sizlarga.
2200Loading...
04
Hech bir inson o'z uyini tark etishni istamaydi...❤️
2381Loading...
05
Yaxshi va yomon yangiliklar 1. - Ikkita yangilik bor. Bitta yaxshi, bitta yomon - Yaxshisidan boshla - Yaxshisi yomoni yoʻq - Yomonichi - Yaxshisiyam yoʻq 2. - Ikkita yangilik bor. Bitta yaxshi, bitta yomon - Yaxshisidan boshla - Shashlik pishdi - Yomonichi - Olam torayib, Qora tuynuklar bir-biriga qoʻshilib Quyosh sistemasini yutib yuborarkan 3. - Ikkita yangilik bor. Bitta yaxshi, bitta yomon - Yaxshisidan boshla - Endi u ishni boshqa qilmayman 4. - Ikkita yangilik bor. - Yaxshisidan boshla - Kim aytdi yaxshisi bor deb 5. - Ikkita yangilik bor. Bitta yaxshi bitta yomon - Yomonidan boshla - Yomoni - yaxshisini esdan chiqarib qoʻydim 6. Ishxonada. Sekretar boshliqqa - Ikkita yangilik bor. Biri yaxshi, biri yomon - Yaxshisidan boshlang - Analizlaringiz keldi. Siz bepusht emas ekansiz - Yomonichi - Siz bepusht emaskansiz 7. Xotin eriga - Ikkita yangilik bor. Biri yomon, biri yaxshi - Yaxshisidan boshla - Avtoservisda 50foiz chegirma qilib berisharkan 8. Doktor huzurida - Ikkita yangilik bor. Bitta yaxshi, bitta yomon - Yaxshisidan boshlang - Ertadan boshlab kreditlarni toʻlamasligingiz mumkin 9. - Ikkita yangilik bor. Bitta yaxshi, bitta yomon - Yaxshisidan boshla - Sen mototsiklda togʻda yurish boʻyicha rekord oʻrnatding - Yomonichi? - Men shaytonman 10. - Ikkita yangilik bor. Bitta yaxshi, bitta yomon - Yomonidan boshlang - Jinoyat joyidan topilgan qon dogʻlari sizga tegishli ekan - Yaxshisichi - Xolesterin, gemoglabin, eritrotsitlar miqdori normada 11. - Ikkita yangilik bor. Bitta yaxshi, bitta yomon - Yomonida boshla - Olam torayyaptikan - Yaxshisichi - Urushlar tugaydi 12. - Ikkita yangilik bor. Bitta yaxshi, bitta yomon - Yomonidan boshla - Sunʼiy intellekt dunyo internetini egallashni boshladi - Yaxshisichi - Uzmobile E chiqadigan joydamiz @Intellektual_yumor 😮
2821Loading...
06
Тирноқсизлар Аёлнинг ой-куни яқин эди. Эрталаб қарасаки, бир ойга етказаман деган гўштини мушук еб турибди. Жонҳолатда мушукка ташланди. Аччиқ устида гўшт чопадиган болтачани олиб мушукнинг оёқларини чопиб ташламоқчи бўлди. Лекин мўлжалдан адашиб мушукнинг тирноқларини чопиб юборди. Жонивор вағиллаганча қочди. Икки ҳафтадан сўнг бармоқлари йўқ ўғил туғди. 97 ёшли кампир тирноқсиз бармоқлари билан қум ўйнаётган чевараларига қараб хўрсиниб қўйди. ✍ Саида Ибодинова 👉🏻@Hayotiy_bari | Ibratli Manzil🍃
2853Loading...
07
Video qilingan ishlarni siz ham qilib auto tap rejimini yoqin qoysangiz vaqt ketkazib clickin qib otirmisiz! Shunchaki har 12 soatda botga kirib yigilgan coinlarni claim qilib olib tursangiz bo’ldi. Botda yana 400 000 coinni birdaniga olish ham korsatilgan! https://t.me/tapswap_mirror_bot?start=r_177592605
2623Loading...
08
Keyin afsuslanasiz🔥⚡️ https://t.me/tapswap_mirror_bot?start=r_177592605 Yaqinda sotuvga chiqadi Tapswap, botga kirib soqqani qiling kech bo'lmasdan😎 🎁 +2.5k Shares as a first-time gift
2960Loading...
09
Мутахассис 200 киловаттлик ижтимоий норманинг камлигини исботламоқда Энергетика вазирлиги битта хонадон учун 200 киловаттлик ижтимоий норма қайси мезонлар асосида белгиланганини тушунтирмас экан, мутахассисларнинг ўзлари шу йўсинда исботлаб қўяверишади. 👉Obuna Bo'ling...⤵️      @Hayotiy_bari ♥️
3083Loading...
10
#iqtibos GENDER TANGLIK Xotin akam, gender, deydi, Huquqimiz tengdir, deydi. Ko‘ngilni sal kengroq tuting, Kengga dunyo kengdir, deydi. Men g‘ijinib, gender, deyman, O‘ylab topgan sendir, deyman. Mana, senga qora o‘choq, Mana, senga tandir, deyman. Xotin kulib, gender, deydi, Kimdadir bet – chandir, deydi. Aravani teng tortamiz, Siz yoqa, men yengdir, deydi. Men bo‘g‘ilib, gender, deyman, Uyda erkak mendir, deyman. Supurgini ho‘llab supir, Toshko‘mirni sindir, deyman. Xotin yana, gender, deydi, Xotin-bo‘y, er endir, deydi. Qizingiz bor, o‘ylang birrov, Yomon erkak “sen” der, deydi. Men bo‘shashib, gender, deyman, Qizim – jonim, chindir, deyman. Jon joyimdan ushlading-ku, Ha, enangni emgir, deyman. © Iqbol MIRZO 👉Obuna Bo'ling...⤵️      @Hayotiy_bari ♥️
3585Loading...
11
​​ҲАЁТ  ЦИКЛИ 1. 15 ёшгача – аниқ мақсад бўлмайди. Болалар ҳозирги кун билан яшайди ва келажак ҳақида бирор ишончли қарор чиқара олмайди. 2. 15-20 ёш – инсон ўз эҳтиёжларини англайди. Ўз қизиқишлари ва эплай оладиган сифатларини шакллантиради. Шу қизиқишлар асосида касб танлайди, турмуш ўртоқ топади, ҳаётининг мазмунини шакллантиришга қадам қўяди. 3. 20-40-45 ёш – аниқ мақсад, ҳаётдаги ўрни, касби, оила учун қадриятлар тизимини ишлаб чиқаради ва шу тизимига амал қилади. Оиласини мустахкамлай олади ва фарзандлар тарбиясига ўзи ишлаб чиққан қадриятлар ва эҳтиёжлар асосида яшай бошлайди. 4. 45-65 ёш – инсон ўз ҳаёти меҳнати, қадриятлари, ютуқларини хулосалаб баҳо беради. Шу баҳога қараб, ўзига янги мақсад, янги қадрият, янги қизиқиш пайдо қилиши мумкин. 5. 65-70 ёш -  кўпчиликда мақсад қолмайди. Ўз маънавий кучини, вақт ресурсини дам олиш билан ўтказишади. Баъзилар ўз ҳаётини бекор кетмаганидан фахр туйғусини хосил қилишса, баъзилар ҳаётдан нолиб, кўнгли қолиб умрига баҳо беришади. @Zamonaviy_Psixolog
3122Loading...
12
Бир Судья ишини ўзгартириб, ўқитувчилик касбига ўтиб кетибди. Танишлари у нега бундай қилганини сўрашганида, у шундай жавоб қилибди: — Менга келган судланувчиларга разм солсам, уларнинг аксарияти ё ўқимаган ёки тўғри қарашга эга бўлмаган одамлар эканлигига гувоҳ бўлдим ва мен ўзимга "Барглар билан шуғулланиш ўрнига, илдизни тўғирлашимиз керак" деган хулосага келдим. Саводсизлик қанча кам бўлса, жиноят шунча кам бўлади. Жамиятнинг ривожи учун сифатли таълимнинг ўрни бебаҳодир... 👉Obuna Bo'ling...⤵️      @Hayotiy_bari ♥️
2684Loading...
13
Сиқилма... 👉Obuna Bo'ling...⤵️      @Hayotiy_bari ♥️
2785Loading...
14
Bugun dasturimizda 🔥: O'z-o'zini sabotaj qilish: Nega biz o'z hayotimizni o'z qo'llarimiz bilan yo'q qilamiz? Do'stlaringizga ulashing⤵️ @Maqsudjon_Ganiyev |⚡️
3252Loading...
15
Инсондан бўлган шайтон жиннинг шайтонидан хатарли бўлади. Жин шайтонига "Оятул курсий"ни ўқисанг, у қочиб қолади. Инсон шайтонига "Оятул курсий"ни ўқисанг, сенга унинг тафсирини айтиб беради. © Саид Зайёний @Hayotiy_bari |Sevimli Manzil🕊
3385Loading...
16
Odamlar yomon bo‘lib tug‘ilishmaydi. Ularni yomon qilib tarbiyalashadi....🤍 @Hayotiy_bari|Obuna bo'ling ❤️
3466Loading...
17
Begemot bolasi tish shifokori ko'rigida😍 @Hayotiy_bari |Sevimli Manzil🕊
3231Loading...
18
Фарзандга чиройли тарбия беринг! Ноинсоф зурётдан ўзи сақласин, Берган нон-тузингиз бир кун оқласин, Кўрганлар: «МашаАллаҳ» дея алқасин, Фарзандга чиройли тарбия беринг! Ёлғон гап айткизманг, ёлғон гапирманг, Бир нарса синдирса тепкилаб урманг, Бедил бўлиб қолса аттанг деб юрманг, Фарзандга чиройли тарбия беринг! Пайғамбарни билсин, Қуръонни билсин, Динларнинг гултожи Исломни билсин, Жаннатда сизларни етаклаб юрсин, Фарзандга чиройли тарбия беринг! 👉Obuna Bo'ling...⤵️      @Hayotiy_bari ♥️
3782Loading...
19
Kivi - Kivi - Kivi - Kivi - Kivi - Kivi - Kivi - Kivi - Kivi - Kivi - Kivi - Kivi - Kivi - Kivi - Kivi - Kivi - Kivi - Kivi - Kivi - Kivi - Kivi - Kivi - Kivi 😂Men Siz haqingizda 5 ta maʼlumotga egaman: ) 1) Siz "kivi"ni oxirigacha oʻqimadingiz; 2) Siz "kivi"ning orasida "kino" borligini sezmadingiz; ‌‌3) Siz orqaga qaytib "kino" bor yoki yoʻqligini tekshirib koʻrdingiz va aldaganimni bilding‍‌‍‍‍‌‌iz; ‌‌4) Siz jilmaydingiz; 5) Siz bularni kimgadir yuborishni oʻylayapsiz... 6) Chuv tushdingizmi reaksiya bosing😁
4443Loading...
20
Bilasizmi odatda : "Ana men aytgandimku" degan so'zni ishlatmaslik kerak))
4490Loading...
21
Эҳтиёт бўлинг! Telegram'да маълумот ўғирловчи вирус тарқатилмоқда. У карта маълумотларни ўғирлаш билан бирга, хабарномани контактингиздаги бошқаларга ҳам автоматик жўнатади. 👉Obuna Bo'ling...⤵️      @Hayotiy_bari ♥️
4903Loading...
22
https://t.me/tapswap_mirror_bot?start=r_177592605 Yaqinda sotuvga chiqadi Tapswap, botga kirib soqqani qiling kech bo'lmasdan😎 🎁 +2.5k Shares as a first-time gift
3983Loading...
23
"Juda band" ota-onalar ko'rishi kerak bo'lgan video rolik ekan 👉Obuna Bo'ling...⤵️      @Hayotiy_bari ♥️
3957Loading...
24
🚶🏻‍♂️ЁЛҒИЗМИСИЗ? • Кун бўйи телефонингиз ўзини эслатмаса - бу ёлғизлик эмас! Бу яхши дўстларнинг йўқлигидир • Соатнинг чиқ-чиқ овози кулоғингизга ўрнашиб қолдими? Бу ёлғизлик эмас! Бу бўш вақтингизнинг кўплигидир! • Кутадиган ҳеч кимингиз йўқми? Бу ёлғизлик эмас! Бу - пессимизм! • Бошқа бировнинг хаёти билан яшаш бахт беряптими? Бу ёлғизлик эмас, бу ўзингизга ишончсизликдир! • Гаплашишга ҳеч ким бўлмаса, ўзингиз билан ўзингиз гаплашаётганингизни сезиб қолдингизми? Бу ёлғизлик эмас, бу касалликдир! • Бир хонага кириб олиб, кун бўйи йиғлаяпсизми? Бу ёлғизлик эмас, бу депрессиядир. • Сизни ҳеч ким тушунмаганлигидан ўзингизни ёлғиз сезяпсизми? Бу ёлғизлик эмас! Бу - эгоизмдир! • Ичингиз тўлиб кетганидан тўйиб бақиргингиз келяптими? Бу ёлғизлик эмас! Бу оғриқ! • Сиз ҳеч кимга керакмасмисиз? Бу ёлғизлик эмас! Бу ўз-ўзингизни алдашингиздир! • ЁЛҒИЗЛИКни учта оддий гапни ҳеч ким гапирмаганида биз ўзимиз ўйлаб топамиз! МEН СEНИ ЯХШИ КЎРАМАН... ©️ Зебинисо Аҳмедова
4736Loading...
25
Келинг, 2 дақиқа вақтингизни аямай, эронлик кино ижодкорлари томонидан олинган қисқа метражли фильмни томоша қилинг. Гарчи форс тилида бўлса ҳам, маъносини тушуниб етишингиз аниқ... Кўринг ва тафаккур қилинг! 👉Obuna Bo'ling...⤵️      @Hayotiy_bari ♥️
50811Loading...
26
👉Obuna Bo'ling...⤵️      @Hayotiy_bari ♥️
320Loading...
27
Bugungi sizga taqdim etadigan postim: "Stress triggerlari bilan qanday kurashish mumkin"ligi haqida 🔥 Do'stlaringizga ulashing⤵️ @Maqsudjon_Ganiyev |⚡️
4262Loading...
28
ALO, ONA? Sog’inch yomon, qo’ymaydi omon, Borolmayman ishimdan ortib Erta debon, indin debon, Vaqt umurimiz olarkan tortib. Yurganingiz ohi menman, Qo’llaringiz dog’i menman, Kunduzingiz qaro qilgan, Sochingizni oqi menman. Alo, Ona, Onajonim Sog’inchingiz o’tdi jonimdan, Lek, bormoqga yo’q imkonim Kuyunmang siz, men notavondan. Parvonaman sal “yilt” etib, Qaylardadir nur porlasa. Borgaydirman darrov yetib, Olislardan yor chorlasa. Siz kuyinasiz, har narsalarga Quvonchingiz ne kuyga soldim. Mushtoq aylab, diydorimga Onajon! Sizni qaritgan notavon menman. -Botirjon Ergashev Ota - onangizni borlarida qadrlang, keyinchalik ularni qancha qidirsangiz ham topa olmaysiz….. @Hayotiy_bari |Obuna bo'ling ☘️
5383Loading...
29
Ҳаётингда икки инсоннинг ҳиммати кўп-у, лекин кўзингга кўринмайди. Улар: • Отангнинг сенга қилган ҳаражати; • Онангнинг сенга қилган хизмати. Агар шу ҳаражат ва хизматни бегона одамдан кўрганингда, бутун умр ундан уялиб бирор марта ҳам кўнглига озор беролмасдинг. Лекин, отанг ва онанга ғазаб қила оласан, адоват қила оласан, миннат қила оласан, кўнглини оғрита оласан. Чунки, уларники кўринмайди. @Hayotiy_bari |Obuna bo'ling ☘️
5389Loading...
30
Умра сафарига йўл олдим. Аэропортда охирги йўловчиларни рўйхатдан ўтказиляпти. Бир соатдан сўнг самолёт учишга хозирлик кўради. Рўйхат тугатилишини огохлантириб, йўловчиларни тезроқ рўйхатдан ўтишларига чорлов саси келишни бошлади. Шу вақт Умрага кетиш учун рўйхатда турган отахон ўғли билан келиб отахонни паспорти қолиб кетганини пайқаб қолишди . Шунда ходимларга уйлари узоқлигини, бориб келишга икки соатча вақт кетишини тушунтирмоқчи бўлдилар. Ходимлар эса хеч нарса қила олишмаслигини. Рўйхатдан ўтиш хам тугаятанини, бир соатда самолёт учишини, улгира олмаслигини айтишди. Чорасиз қолган отахон қўлини осмонга чўзиб аэропортни бошига кўтариб додлашга тушди: Эй АЛЛОХ бу нима холат, мени эсимдан чиқибди сени эсингдан чиқмасдику, мен қариган бўлсам сен қаримайдиган зотсанку э, мен унитувчи бўлсам сен унитувчи зот эмассанку, мени хаёлимдан чиққан бўлса нега сен эслатмадинг деб қайта қайта такрорлаб бақириб йиғларди. Бу ноласидан хама хайрон ва энсаси қотар эди. Мен олдига бориб отахон бу қандай нола қилиш?! Ўзингизни босинг Роббингиз билан хам шундай муомала қиласизми эхтиром билан муомила қилинмайдими дедим. Отахон менга қарагиси хам келмай мени Роббим билан тек қўй Аллохим билан қўйиб қўй дегандек, мен унуттим сен унутмасдингку, мен қаридим сен қаримасдингку, деб зални бошига кўтариб тўхтамай йиғларди. Олдидан ўтятганлар: АЛЛОХ билан хам шундай муомала қиладими эси оғиб қолганми деб ўтишарди. Хатто ходимлар келиб кейинги сафарги рейсда кетишлари мумкинлигини айтиб юпатмоқчи бўлишди. Отахон эса: Эй Роббим мен сени байтингни соғинган эдимку, ичим эзилиб зўрға кутятгандимку, мен ортиқ кутолмайманкуу, ичим қанчалик байтинга ошиқятганини билардингку нега унуттирасан! деб баттар йиғларди. Хеч ким юпатолмади . Биз хамсафарлар билан регистрациядан ўтиб кетдик отахонни овози анчагача эшитилиб турарди. Самолётга чиқиш учун кутиш залида ўтирганимизда. Хурматли йўловчилар тепада хавони кескин ўзгариб кетганлиги сабабли учиш тўрт соатга кечиктирилади деган сас келди. Шу билан ўзимиз билан ўзимиз овора бўлдик. Орадан бир қанча вақт ўтиб Аллоху Акбар, Аллоху Акбар деган овоз билан отахон қўлида паспорт билан кириб келди. Унга қўшилиб биз хам кўзимизда нам билан такбирни такрорлар эдик. Отахон ёнимга яқинлашганда пешонасидан ўпдим ва дедимки: отахон Роббисига шундайин ишонч билан, содиқлик билан савол беравердики, хеч кимга қулоқ солмай уни кўриб тургандек шикоят қилди - У бутун осмондаги хавони ўзгартириб, минглаб йўловчиларни куттириб, хар қандай сабабни хам инобатга олмай режа вақтидан кечикмай учадиган учоқларни жойидан жилдирмасдан саволига жавоб бердия! Субханаллох Субханаллох! Аллоху Акбар! Биз қандайин Илохни бандасимиза! Агар қаттиқ ишониб сўрасак албатта у жавоб берадикана. Устозлар айтишарди: Роббинг ижобат қилишни хохлайди сен сўрашни билмайсан, биз сўрашни билмаймиз! Азизларим бу УЛУҒ кунда биз хам воқеадаги отахон каби ишониб роббимиздан сўрайликки: Аввало иймонимизни саломат қилсин . Ўзи бандам десин . Бу ойдан гунохлардан пок чиқишимизни кейнги рамазонгача хам тақводан узоқлашмай етишишлигимизни насиб қилсин. Байтига ошиқ қалбларни харами ва равзаи муборакка етиштирсин, мусофирларга хам яхши ғаниматлар билан ватанга қайтишни насиб қилсин, деб қалбимизни ёриб ёриб сўрайлик. Мен шундай гунохкорман, мен сени азаматлигингни билмасдим, кўп гунох қилиб қўйдим сенга қайтдим энди мени кечиргин, саждага бошимни қўяман, сени дўзахинга чидолмайман, Жаннатингдан умидим бор, тўғри гунохим катта аммо сени рахматинг хар нарсадан буюк мени кечиргин, сени кечиришингни биламан чунки мени Жаннатга киришимни хохламаганингда мусулмон қилиб яратмасдинг, каломингни кўп жойида ғофурур рохимлигингни айтдинг мен буни биламан, хар сурангни бошида Рохман ва Рохиймлигингни айтдинг мен бунга ишонаман бу УЛУҒ кунинг хурмати кечир деб не керак бўлса сўрайлик беради. Омийн! Hasan Mamasaidov sahifalaridan olindi. Ibrat uchun ulashing☝️ Alhamdulillah...🌙 @Hayotiy_bari |Obuna bo'ling ☘
5715Loading...
31
Kechasi shunchaki uxlashdan oldin, ertalab beg'am uyg'onganda, universitetda o'ynab (!) yurganda, sessiya imtihonlariga kirib ketayotganda, uydan pul kelganda mana shu suratga bir qarab qo'ying... ©Hazrati Kursdosh Do'stlaringizga ulashing⤵️ @Maqsudjon_Ganiyev |⚡️
5794Loading...
32
Bugungi postim: Travmatik omillar va ularning kelib chiqish sabablari haqida🔥 Do'stlaringizga ulashing⤵️ @Maqsudjon_Ganiyev |⚡️
5210Loading...
33
Bugungi postim: Travmatik omillar va ularning kelib chiqish sabablari haqida🔥
10Loading...
34
Media files
6249Loading...
35
Tushlarimga kirayapsan ko'p Shiringina joning omonmi? Unutdingmi, sog'indingmi yo!? Sen yaxshi ko'rgan yomonni..
5774Loading...
36
Chin oshiqlar doim yutar!
5810Loading...
37
❤️ Kino nomi? 👉Obuna Bo'ling...⤵️      @Hayotiy_bari ♥️
5876Loading...
38
Kimga yuborishni bilasiz🌶 👉Obuna Bo'ling...⤵️      @Hayotiy_bari ♥️
4580Loading...
39
Qilayotgan ishingizga o'zingiz to'g'ri baho bera olgan oningizdan boshlab bolaligingiz bilan vidolashasiz. ©"Alvido bolalik" @Hayotiy_bari-🌨
4586Loading...
Уйланганимдан уч йил ўтиб фарзанд кўрдим. Дарҳол бола тарбиясига оид китоб-рисолалар сотиб олдим, рафиқам билан ўтириб ота-онамиз бизга берган ўгит ва пандларини эслайдиган бўлдик. Бола улғаяркан, унга кундалик одоблар, ахлоқ қоидаларини ўргата бошладик. “Таомни ўнг қўлингда е…”, “Ётиб овқат ема…”, “Ўзингдан каттага салом бер…”, “Ҳожатдан сўнг албатта қўл ювилиши керак…” Кунларнинг бирида бозордан нон сотиб олиб, уйга пиёдалаб кета бошладик. Ўша куни тушлик қилмагандим, қорним таталаб кетяпти. Уйга боришгача сабрим чидамай елимхалтада турган нонга қўл чўздим: бир бурдаси билан қоринни алдаб кетай… Қўлим нонга тегар-тегмас орқадан огоҳлантириш келди: – Ада, нон емоқчимисиз? Қўлларингизни ювмагансиз-ку! Дарров ҳушёр тортдим. Ҳозир нонни ушатиб олишим боламга овқат ейишдан олдин қўл ювиш кераклиги ҳақида берган тарбиямни ювиб кетишини ўйладим. – Ҳа-я, рост айтасан, ўғлим. Қўлларим ювилмагани ёдимдан кўтарилибди. Эслатганинг учун раҳмат. Нонни уйда, қўлларни ювиб еймиз… Аёлим билан шу ҳақда эслашиб кулишдик. Шунда онаси бир гапни айтиб қолди: “Сизнинг ҳар бир хатти-ҳаракатингиз ўғлингиз кузатуви остида. У сизга тақлид қилади. Илтимос, эҳтиёт бўлинг…” Бунақа пайт бир нақл ёдга тушаверади: “Болаларингизни тарбия қилманг. Улар барибир сизга ўхшашади. Сиз ўзингизни тарбия қилинг”. ©konspektor 👉Obuna Bo'ling...⤵️      @Hayotiy_bari ♥️
Show all...
🔥 7 2
#shaxsiyrivojlanish ⚡️ Shaxsiy rivojlanish va o'z ustida ishlash uchun Top-2O yo'nalishlari: 💡 Jismoniy salomatlik 🔹 Oddiy ovqatni afzal ko'ring. 🔹 To'g'ri ovqatlanish va uyqu rejimiga rioya qiling. 🔹 Ko'proq vaqtni ochiq havoda o'tkazing. 🔹 Kundalik miqdorda toza suv iching. 💡 Aqliy rivojlanish 🔹Eng yaxshi kitoblar va maqolalarni o'qing. 🔹Diqqat bilan tinglashni o'rganing. 🔹Xotirangizni kuchaytiring. 🔹Konsentratsiya. 💡 Axloqiy qadriyatlar 🔹Rostgo'y bo'ling. 🔹O'zingizga dam bering. 🔹Yaxshi odatlarni shakllantiring. 🔹Yo'q deyishni o'rganing 🔹O'z printsiplaringizga muvofiq yashang. 💡 Moliya 🔹Daromadingizni oshiring va xarajatlarni kamaytiring. 🔹Oila byudjetini saqlang. 🔹Oqilona investitsiya qiling. 🔹Qattiq mehnat qiling. 💡 Ijtimoiy aloqalar 🔹Foydali do'stlarni tanlang. 🔹Muammolaringizni o'zingiz hal qilishga harakat qiling. 🔹Yomon sheriklardan saqlaning. 👉Obuna Bo'ling...⤵️      @Hayotiy_bari ♥️
Show all...

👍 4
Repost from Kuzgi yomg'ir🍁
Bugun kunni yaxshi kayfiyatda boshlagandim o’glimni uxlatib, shoshib oshxonaga chiqdim nonushta qilish uchun, azaliy odatim yolg’iz o’tirib kino ko’rib ovqatlanishni yoqtiraman. Bugun ham you tube’dan kino qidira boshladim vaa…. “Bolasini o’ldirgan piyonista ota” deb yozilgan sarlavhaga ko’zim tushdi va shu kinoni tanladim, qornim juda ochganligi sababli tez tez ovqatlanardim, hammasi keyin boshlandi. Narkoman ota, nosog’lom o’g’il o’rtada yuragi ado bo’lgan ona. Ha mayli, bu men ko’rgan kinolar ichida juda ko’p uchragan. Meni bir zum muzlatib qoygan sahnasi narkoman otani doriga bo’lgan humori boshlangan vaqtda uyda pul yo’qligi va ayoli oldiga kelib undan pul talab qilgani aksiga olib ayolida ham pul qolmaganligi edi. Bu yanayam hammasi emas bunaqa sahnalarni ko’p ko’rganmiz nimasiga muzladiz demoqchimisiz? Ota pul topolmagach ayoliga baqira ketti ayolni qo’lida yaqindagina tug’ilgan murg’ak go’dak bor edi. Achchiq ustida chaqaloqni ota otib yubordi. Shu sahnani ko’rdimu tomog’imga choy tiqildi. Axir u bola, joni bor onani faryodi birinchi nogiron farzanddan keyingi tug’ilgan sog’lomgina bola edi. Bu gaplarimni hali turmush qilmagan onalik nima ekanligi tushunib yetmaganlar uchun oddiygina epizod holos deb qarashadi men ham avval bunaqa sahnalardan mingtasini ko’rganman lekin bugungidaqa tasir qilmagan. Jon jonizdan yaralgan mitti mo’jizani shunchaki lattadek devorga otib yuborish bu ONAlar uchun qanchalik daxshat. Farzand qadrini xattoki otalar ham tushunishmaydi farzand qadrini bolasiga tunda oddiygina istima kirgan onadan so’rang. U ayol farzandi dog’ida kuyib kuyib oxiri jinni bob qoldi. Kino judayam yaxshi ishlangan. Aktiyorlar har bir dardni his qilib o’ynashgan. Tavsiya qilaman sizlarga.
Show all...
Hech bir inson o'z uyini tark etishni istamaydi...❤️
Show all...
👍 13
Repost from iYumor 81±
Yaxshi va yomon yangiliklar 1. - Ikkita yangilik bor. Bitta yaxshi, bitta yomon - Yaxshisidan boshla - Yaxshisi yomoni yoʻq - Yomonichi - Yaxshisiyam yoʻq 2. - Ikkita yangilik bor. Bitta yaxshi, bitta yomon - Yaxshisidan boshla - Shashlik pishdi - Yomonichi - Olam torayib, Qora tuynuklar bir-biriga qoʻshilib Quyosh sistemasini yutib yuborarkan 3. - Ikkita yangilik bor. Bitta yaxshi, bitta yomon - Yaxshisidan boshla - Endi u ishni boshqa qilmayman 4. - Ikkita yangilik bor. - Yaxshisidan boshla - Kim aytdi yaxshisi bor deb 5. - Ikkita yangilik bor. Bitta yaxshi bitta yomon - Yomonidan boshla - Yomoni - yaxshisini esdan chiqarib qoʻydim 6. Ishxonada. Sekretar boshliqqa - Ikkita yangilik bor. Biri yaxshi, biri yomon - Yaxshisidan boshlang - Analizlaringiz keldi. Siz bepusht emas ekansiz - Yomonichi - Siz bepusht emaskansiz 7. Xotin eriga - Ikkita yangilik bor. Biri yomon, biri yaxshi - Yaxshisidan boshla - Avtoservisda 50foiz chegirma qilib berisharkan 8. Doktor huzurida - Ikkita yangilik bor. Bitta yaxshi, bitta yomon - Yaxshisidan boshlang - Ertadan boshlab kreditlarni toʻlamasligingiz mumkin 9. - Ikkita yangilik bor. Bitta yaxshi, bitta yomon - Yaxshisidan boshla - Sen mototsiklda togʻda yurish boʻyicha rekord oʻrnatding - Yomonichi? - Men shaytonman 10. - Ikkita yangilik bor. Bitta yaxshi, bitta yomon - Yomonidan boshlang - Jinoyat joyidan topilgan qon dogʻlari sizga tegishli ekan - Yaxshisichi - Xolesterin, gemoglabin, eritrotsitlar miqdori normada 11. - Ikkita yangilik bor. Bitta yaxshi, bitta yomon - Yomonida boshla - Olam torayyaptikan - Yaxshisichi - Urushlar tugaydi 12. - Ikkita yangilik bor. Bitta yaxshi, bitta yomon - Yomonidan boshla - Sunʼiy intellekt dunyo internetini egallashni boshladi - Yaxshisichi - Uzmobile E chiqadigan joydamiz @Intellektual_yumor 😮
Show all...
🤣 7👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Тирноқсизлар Аёлнинг ой-куни яқин эди. Эрталаб қарасаки, бир ойга етказаман деган гўштини мушук еб турибди. Жонҳолатда мушукка ташланди. Аччиқ устида гўшт чопадиган болтачани олиб мушукнинг оёқларини чопиб ташламоқчи бўлди. Лекин мўлжалдан адашиб мушукнинг тирноқларини чопиб юборди. Жонивор вағиллаганча қочди. Икки ҳафтадан сўнг бармоқлари йўқ ўғил туғди. 97 ёшли кампир тирноқсиз бармоқлари билан қум ўйнаётган чевараларига қараб хўрсиниб қўйди. ✍ Саида Ибодинова 👉🏻@Hayotiy_bari | Ibratli Manzil🍃
Show all...
👍 5
04:21
Video unavailableShow in Telegram
Video qilingan ishlarni siz ham qilib auto tap rejimini yoqin qoysangiz vaqt ketkazib clickin qib otirmisiz! Shunchaki har 12 soatda botga kirib yigilgan coinlarni claim qilib olib tursangiz bo’ldi. Botda yana 400 000 coinni birdaniga olish ham korsatilgan! https://t.me/tapswap_mirror_bot?start=r_177592605
Show all...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Keyin afsuslanasiz🔥⚡️ https://t.me/tapswap_mirror_bot?start=r_177592605 Yaqinda sotuvga chiqadi Tapswap, botga kirib soqqani qiling kech bo'lmasdan😎 🎁 +2.5k Shares as a first-time gift
Show all...
05:16

👍 8😁 2