cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

QURILISH MUHANDISLIGI FAKULTETI

TDTrU Qurilish muhandisligi fakulteti rasmiy telegram sahifasi. Murojaatlar uchun: @AskarBabayev // @Samandarovxushnud // @DilshodTDTU @fazliddin_rozmetov @feruza_academy/ murojaatlar, savol va takliflar uchun @QURILISHTDTU_bot

Show more
Advertising posts
1 799
Subscribers
No data24 hours
+77 days
-230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Ҳурматли ўқувчим! Ошиқ бўлиш насиб этсин деб дуо қилгим келади-ю, тўсатдан дуойим қабул бўлиб қолишидан хавфсирайман-да. Сабаби ишқ ҳаловатингизни олиб қўяди. Ҳаловатингизнинг йўқолишини эса истамайман.” Фотиҳ Думан 🔈Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!👀 Telegram|Instagram Facebook|Youtube
Show all...
👍 1
Ассалому алайкум. Хурматли талабалар! Ушбу суровномада иштирок этишингиз суралади. Доброе утро. Уважаемые студенты. Просим Вашего активного участия в данном опросе.
Show all...
👍 1
Show all...
Odil Abduraxmanov

Joriy yilning 29.04.2024 y kuni "Ko'priklar va tonnellar"kafedrasi mudiri U.Z. Shermuxamedov va kafedra tayanch doktorantlari Z.Q. Raximjonov hamda I.F. Hikmatovalar "KO'PRIKQURILISHFOYDALANISH" MChJ da bo'lishdi. Tashrif davomida tashkilot raxbari A. Annaqulov bilan bitiruvchilarni ishga olish, xo'jalik shartnomalarini tuzish va kafedrada taxsil olayotgan tayanch doktorantlarni ilmiy ishiga ko'maklashish hamda ilmiy ishlariga konsultatsiyalar berish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Show all...
👏 1
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.07.2017 yildagi "Oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari tog'risida"gi PQ-3151-sonli qarorida belgilangan vazifalarni ijrosini ta'minlash maqsadida "Ko'priklar va tonnellar kafedrasi Professori S.S. Salixanov tashabbusi bilan Ko'prik va metropoliten qurilishi sohadida amalga oshirilayotgan ishlar, tarmoq yangiliklari va yosh kadrlar bilan ishlashga oid ma'lumotlar taqdim etish maqsadida Metro tresti boshqaruvchisi Sh.T. Solixodjaev bilan "Ko'priklar va tonnellar" kafedrasi bitiruvchilari o'rtasida joriy yilning 30-aprel sanasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda ko'prik va metropoliten qurilishida rejalashtirish va boshqarish sohasining naqadar muhim xususiyatlari hamda bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash masalalariga xam to'xtalindi.
Show all...
2024 yil 1 may kuni “Ko'priklar va tonnellar" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati bo‘yicha 5 ta tashabbusi doirasida yoshlar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo‘yicha Qurilish muhandisligi fakulteti YMTY-16,17 va BI-7  guruhlari  o'rtasida kitobxonlik tadbiri o'tkazildi. Tadbirda talabalar so‘zga chigib, mavzu atroflicha yoritishdi, talabalarga кitoblarlar va estalik sovg'alar taqdim etildi. Ushbu tadbir talabalarga kitob mutaola qilish orqali darsdan bo'sh  vaqtlarini mazmunli o'tkazish mumkinligini ko'rsatdi.
Show all...
👍 1
2024 йил 1 май санасида “Олий математика” кафедраси профессор-ўқитувчилари томонидан Тошкент давлат транспорт университети талабалари ўртасида "МАТЕМАТИК БАҲС" танлови ўтказилди. Танловда университетнинг барча факултетлари талабалари орасидан 10 та жамоа иштирок этди. Тадбир юқори савияда ва аъло даражада ўтказилди. Тадбирда барча жамаолар фаол иштирок этиб, иштирокчиларга кўтаринки руҳ бағишлади. Танлов якунида Ҳакамлар ҳайъати қўйган балларга кўра: 1- ўринни, Транспорт тизимлари бошқаруви факултетининг "Бирдам" жамоаси 2-ўринни, Авиация транспорт муҳандислиги факултетининг "Авиасозлар" жамоаси 3-ўринни, Иқтисодиёт факултетининг "Астро" жамоаси қўлга киритди
Show all...
2024 yil 27 aprel kuni “Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari" kafedrasi katta o’qituvchisi N.T. Xudayberganova tomonidan Qurilish muhandisligi fakulteti KQ-2 guruh talabalari o'rtasida “Water supply systems” ilmiy to’garak faoliyati bo’yicha viktorina o'tkazildi. Viktorinada talabalar faol qatnashishdi va faxriy yorliq bilan mukofotlanishdi.
Show all...
👍 3