Raimbayev Elmurod | Shaxsiy blog
Open in Telegram
Ta’lim sohasidagi Marketolog Marketing va shaxsiy rivojlanish haqidagi qisqa, lekin qiymatli ma’lumotlarga ega blog. Aloqa: @wiuteco
Show more3 212
Subscribers
-124 hours
-217 days
-2730 days
Posts Archive
Mavsum tugab, xulosalar davri keldi.
Bu yerda taxminan 400 000$ lik tajriba xulosalari yig`ildi. Keyingi yil uchun 25 betlik qo`llanma bo`ldi.
To`g`risi bazi insaytlardan o`zim ham maza qivordim 😁
Qaniydi silar bilan bo`lisholsam.
@raimbaev_elmurod
Mijoz doimo haq!
Bu borada ko’plab baxs munozaralar bo’lishi mumkin. Lekin, eng samarali yondashuv bu aybni o’zidan qidirish.
Chunki ayb mijozdan bo’lgani bilan siz uni to’g’irlay olmaysiz.
Shu sababli, mijoz bilan ishlashda doim aybni kompaniya o’zidan qidirishi kerak.
Masalan:
- mijoz noto’g’ri tushundimi? Demak, keyingi safar siz yanada batafsilroq tushuntirishingiz kerak.
- mijoz xizmatingizdan qoniqmadimi?
Demak, yokida xizmatingiz sifati rostdan ham past yokida ish boshlashdan oldin mijoz kutuvini to’g’irlamagansiz.
- mijoz ko’p shikoyat qilyaptimi? Demak, katta ehtimol siz sizning mijozingiz bo’lmagan insonni jalb qilgansiz.
Foydali bo’lgan bo’lsa, 🔥 qoldiring!
@raimbaev_elmurod
Savol kelibdi:
Siz marketolog sifatida qaysi pozitsiyani tanlagan bo'lar edingiz:
Yangi ochilayotgan Fitness zali uchun pozitsiya:
1.Stressni zalda qoldir
2. O‘zing uchun kel
Javobim:
Bilmadim.
Buni sizning mijozlaringiz biladi.
Fitness zalga chiqadigan odamlar orasida oddiygina so’rovnoma yoki chuqurroq tadqiqot o’tkazing.
Bu orqali aksariyat odamlar zalga nima sababdan chiqishlarini aniqlab olasiz.
Shundan kelib chiqib pozitsiyani ham aniqlasangiz bo’ladi.
@raimbaev_elmurod
2023-yil - 350
2024-yil - 650
2025-yil - 1600
2026-yil - 1800
Registon xususiy maktabiga huddi shuncha yangi o`quvchilar jalb qilish nasib qildi. Hozirda maktablarimizda 4200+ o`quvchi taxsil olmoqda.
Yildan yilga o`zimiz uchun rekord qo`yib boryapmiz. Nasib 2027-yil 2500+ yangi o`quvchi yig`ish nasib qilsin.
@raimbaev_elmurod
Javob:
Bo’lishi mumkin. Agar kimdir 2-qavatda turib liftni chaqirgan bo’lsa. 😁
Xazil xazil bilan lekin, bundan quyidagi xulosalarni chiqarsa bo’ladi:
1. Hamma qoidalar barcha holatlarda teng ishlamaydi. Istesnolar bo’lishiga doimo tayyor bo’lish kerak.
2. Biron voqea sodir bo’lishi uchun bitta omil emas, bir necha omillar tas’ir qilishini unutmaslik kerak.
3. Hech narsaga 100% ishonch hosil qilib bo’lmaydi.
@raimbaev_elmurod
Diqqat savol:
3 bilan -1 tugmalari bir vaqtda bosilsa, lift 2-qavatga chiqadimi? 😅
@raimbaev_elmurod
❗️ shaxmatdagi bu belgi nimani anglatishini bilasizmi?
Muvaffaqiyatga erishish uchun doimo nimanidir qurbon qilishingiz kerak. Buni tabiiy qabul qilish kerak.
Ba’zi narsalardan voz kecholmas ekansiz, boshqa narsalarga erisha olmaysiz.
Shaxmatda ham bu belgi biron bir muhim narsani muvaffaqiyat yo’lida qurbon qilishni bildiradi.
@raimbaev_elmurod
O’zingizdan aqlliroq va sizning fikrlaringizga qarshi insonlarni toping.
Va ularni mantig’ini tushunishga harakat qiling.
@raimbaev_elmurod
+1
Nahotki dizayner binoni o’zgartirishga ham eringan bo’lsa😅
Hech bo’lmasa binoyimiz qolsin baraka topkurlar.
17-kitob/ 2026-yil
Muqovasi bilan ichi umuman boshqa boshqa bo’lgan kitob.
Kitobni muqovasi noto’ri tarjima qilingan! Bu uchun darajaga 👎🏻
Faqat dizaynerlarga tavsiya qilishim mumkin.
Bugun Registon ta’lim loyihasining 12 yilligi bo’lib o’tmoqda.
O’zim bu jamoaga kelib qo’shilganimga 3 yildan oshibdi. ☺️
🎓 TOP universitetlarga tayyorgarlikni maktabning o‘zidan boshlang!
Registon maktabida 2026–2027 o‘quv yili uchun 9–10-11-sinflarga qabul davom etmoqda.
Bu yerda o‘quvchilar:
🌎 Xorijiy va mahalliy TOP universitetlarga tayyorgarlik ko‘radi
📚 IELTS va SATga tayyorlanadi
🎯 University Consulting xizmatidan foydalanadi
🏆 Choraklik stipendiyalarga ega bo‘ladi
🇬🇧 Haftasiga 14 soat ingliz tili va 14 soat matematika bilan shug‘ullanishadi;
Registon maktabi o`quvchilari ko`rsatgan eng yuqori natijalar:
🔥 IELTS — 8.5 gacha
🔥 SAT — 1560 gacha
Registon bitiruvchilari University of British Columbia, University of Edinburgh, University of Manchester, University of Sydney, Purdue University, Durham University va boshqa nufuzli universitetlarga qabul qilingan.
Qabul imtihon asosida bo‘lib o‘tadi.
Imtihon natijalariga ko‘ra 50% va 100% grantlarni qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud.
Registon haqida batafsil ma’lumot olish uchun murojaat qiling 👇
💬 @rgnschooladmin
📞 910022700
Hodim qachon xato va mas’uliyatni bo’yniga olishni o’rgansa, shunda o’sadi.
@raimbaev_elmurod
Shu Namangan, Andijon taraflarda marketing sohasida yurgan marketolog, smm chilar bormi?
Yozvorilar 👉 @wiuteco
Birgina so’z qaroringizni, birgina his hayotingizni, birgina inson esa sizni o’zgartirib yuborishi mumkin.
@raimbaev_elmurod
Birov bolasi tez katta bo’ladi.
Manda o’zimniki ham tez katta bo’p qovotti.
Mijozlar jalb qilish jarayonining umumiy tuzilmasi. Saqlab qo’ying.
