• Эримбетов Мухаммад | Расмий
Open in Telegram
• KUKA home SMM menejer • Proactive agency assistant • TDPU Matbuot xizmat • “Adolat” SDP Yashnabod tumani raisi • Defektolog 👇 Batafsil havolada 👇 https://taplink.cc/erimbetov ⭕️ Murojat uchun: @Muxammad_Erimbetov
Show more189
Subscribers
No data24 hours
-77 days
-2630 days
Posts Archive
#Тезкор
⚡️Ўзбекистонда хам Қурбон ҳайити 6 июнь – жума кунига тўғри келади
Бугун – 28 май Зулҳижжа ойининг биринчи куни бошланди. Бу хақида Ўзбекистон Мусулмонлар идораси маълум қилди.
Ҳар доим Зулҳижжа ойининг 10-куни Қурбон ҳайити куни ҳисобланади. Демак 2025 йил ушбу улуғ айём 6 июнь яъни жума кунига тўғри келмоқда. Мусулмонларнинг асосий байрами олдидан арафа куни эса 5 июнь этиб белгиланди.
Демак, Қурбон ҳайити 6 июнь – жума кунига тўғри келади.
Яқинларга юбориб қўямиз
➖➖➖➖➖
✅ @ALFOBIYA
#Prezident | #Yangilik
Avloniy malaka oshirish institutining 13 ta hududiy markazi tashkil etiladi
"Ta’limda sifat bo‘lishi uchun eng avvalo pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bunga tayyor bo‘lishi kerak",— dedi Prezident yig‘ilishda. Bu borada Avloniy malaka oshirish instituti transformatsiya qilinib, uning 13 ta hududiy markazi qayta tashkil etilishi belgilandi. Nizomiy oliygohi – Milliy pedagogika universiteti sifatida tayanch oliygoh, uning rektori esa bir vaqtning o‘zida kadrlar tayyorlash bo‘yicha vazir o‘rinbosari hisoblanadi. Hududlardagi 12 ta pedagogika oliygohi ham MMTV tizimiga o‘tkazildi. Pedagog, talaba va o‘quvchilar bilim va ko‘nikmasini baholashning yagona tizimi yaratilib, mustaqil bo‘lgan Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tashkil qilindi. Endilikda mutasaddilar yaratilgan imkoniyatlar asosida kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va ularni baholash bo‘yicha mutlaqo yangi tizimni joriy qilishi belgilandi. ➖➖➖➖➖ ✅ @ALFOBIYA
“Ta’limda sifat bo‘lishi uchun eng avvalo pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bunga tayyor bo‘lishi kerak”,- dedi Prezident yig‘ilishda. Bu borada Avloniy malaka oshirish instituti transformatsiya qilinib, uning 13 ta hududiy markazi qayta tashkil etilishi belgilandi. Nizomiy oliygohi – Milliy pedagogika universiteti sifatida tayanch oliygoh, uning rektori esa bir vaqtning o‘zida kadrlar tayyorlash bo‘yicha vazir o‘rinbosari hisoblanadi. Hududlardagi 12 ta pedagogika oliygohi ham MMTV tizimiga o‘tkazildi.
Sahifalarimizga obuna bo'liing 💬Telegram 📹Instagram 🤎Facebook
#Fikr | #Talim
✍️ Alber Enshteynning mashhur fikrlaridan biri shunday mazmunda:
🗣️ "Qo‘rquvga asoslangan ta’lim tizimi faqat qo‘rqoq va bo‘ysunuvchan talabalarni yetishtiradi. Siz ulardan hech nima kutmang!"
➖➖➖➖➖
✅ @ALFOBIYA
🟦🟦🟦 🟦🟦
#Sorovnoma | #Muhim
💬 Ushbu onlayn so‘rovnoma umumta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim sharoitida individual o‘qitish tizimini tashkil etish va uning samaradorligini o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda. So‘rovnoma natijalari ilmiy-tadqiqot ishlarida, shuningdek, inklyuziv ta’lim tizimini takomillashtirish, metodik va tashkiliy tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida qo‘llaniladi.
📌 Sizning fikringiz — biz uchun juda muhim. So‘rovnomadagi savollarga imkon qadar halol, ochiq va mustaqil javob berishingiz so‘raladi. Sizning javoblaringiz to‘liq maxfiy saqlanadi va faqat umumlashtirilgan holatda tahlil qilinadi.
Ishtirok etish uchun 👉 https://forms.gle/cFHNQpeiu8JU8FSs8
➖➖➖➖➖
✅ @ALFOBIYA
#Haqiqat | #Fikr
🇨🇳 Xitoy va 🇺🇿 O'zbekistondagi, ta'lim va kelajagi haqida qisqa videodan ko'rib, bilib olishimiz mumkin.
➖➖➖➖➖
✅ @ALFOBIYA
#Fikr | #Yaxshilik
🇺🇿 Yaxshi kunlardan ko'rishguncha yaxshi insonlar.
➖➖➖➖➖
✅ @ALFOBIYA
#Muhim | #Sirtqi_talim
⚡️ Sirtqi ta’lim tugatilganligi sababli xususiy universitetlarning kontrakt narxi ko‘tarilishi kutilmoqda
🔽 Sirtqi ta’limga qabul tugatilishi xususiy universitetlar uchun jiddiy moliyaviy zarba bo‘ldi. Sababi ularning 70 foizdan ortig‘i sirtqi ta’limdan daromad ko‘rgan.
🕯 Shu boisdan, ushbu oliygohlarning kontrakt narxlarini oshirish ehtimoli yuqori. Bundan tashqari, ushbu holat talabalar sonini kamaytirilishiga ham olib kelishi mumkin.
➖➖➖➖➖
✅ @ALFOBIYA
#Muhim | #Qabul
🗣️ Diqqat: Xotin-qizlardan OTMga kirish uchun tavsiyanomaga arizalar qabuli boshlandi
🖥 Nomzodlar 5 yillik ish staji hamda kasb-hunar ta’limi bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishlari kerak. Oliy ta’limni tamomlagan yoki hozirda o‘qiyotganlarning arizalari ko‘rib chiqilmaydi.
✉️ Tavsiyanomalar davlat OTMlarining bakalavriatura yo‘nalishlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkonini beradi. Arizalarni 1-iyungacha jo‘natish mumkin.
➖➖➖➖➖
✅ @ALFOBIYA
#Yangilik | #Tanlov
🔖 Professor-oʻqituvchilar uchun yangi imkoniyat!
🏛 Xabaringiz bor, yaqinda Prezidentimizning tegishli farmoni bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi.
🗣️ Universitetda 2025-2026-oʻquv yilida xorijiy taʼlim dasturlari asosida Aniq fanlar maktabi tashkil etilib, unda Matematika, Axborot texnologiyalari hamda Sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishlarida 400 nafar talaba qabul qilinishi koʻzda tutilgan.
🌐 Aniq fanlar maktabida hisob (calculus), dasturlash, fizika, chiziqli algebra, diskrit matematika, maʼlumotlar tuzilmalari va algoritmlar, sunʼiy intellekt va robototexnika, ingliz tili fanlaridan dars beruvchi professor-oʻqituvchilar tanlab olinib, Kembrij universitetida malaka oshirishlari maqsad qilingan.
🖥 Kurs yakuni boʻyicha Kembrij universitetining malaka sertifikatiga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar 2025-2026-oʻquv yilidan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida ish faoliyatini boshlaydi.
❗️ Tanlovda ishtirok etuvchi professor-oʻqituvchilarga qoʻyiladigan birlamchi talablar:
🟢 fan nomzodi (PhD) yoki fan doktori (DSc) ga ega boʻlishi;
🟢 5 yil va undan ortiq pedagogik ish stajiga egaligi;
🟢 ingliz tilini B2 darajada bilishi (til bilish sertifikati);
🟢 Scopus, web of science xalqaro ilmiy jurnallari hamda yuqori indeksga ega ilmiy jurnallarda maqolalar chop etganligi;
🟢 oʻz fani yoʻnalishida turli grant va loyihalardagi ishtiroki.
📇 Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ishtirok etish uchun talab etiladigan hujjat va maʼlumotlarni tanlov.uzedu.uz havola orqali yuborishingiz mumkin.
🎯 Tanlovda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilarga ustuvorlik beriladi.
Hurmatli professor-oʻqituvchilar, ushbu imkoniyatlar siz uchun, undan foydalaning!
➖➖➖➖➖
✅ @ALFOBIYA
+1
Эъзоза Каримова мактабгача ва мактаб таълими вазири ўринбосари — Низомий номидаги Ўзбекистон миллий педагогика университети ректори лавозимига тайинланди. У бунга қадар Ихтисослаштирилган таълим муассасалари агентлиги директорининг маслаҳатчиси вазифасида ишлаб келаётган эди.
Университетнинг аввалги ректори Абдуғаффор Қирғизбоев эса Наманган давлат университети ректори этиб тайинланди.
Telegram | Instagram | Facebook
#Bu_muhim | #OTM_yangilik
🏛 Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi
🔍 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra:
✈️ Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi;
✈️ Universitet respublikada pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim tashkiloti etib belgilandi.
2025/2026 o‘quv yilidan:
🔍Universitetning boshqaruv tizimi “Yangi O‘zbekiston” universiteti tajribasi asosida tubdan takomillashtiriladi;
🔍Universitetning mavjud 14 ta fakulteti maqbullashtirilib, 6 ta pedagogika oliy maktablari tashkil etiladi;
🔍akademik faoliyat raqamlashtirilgan boshqarish tizimi (Learning management system) orqali yo‘lga qo‘yiladi hamda “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi;
🔍Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 1-kursdan xalqaro ta’lim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.
🔍 pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki taʼlim shakli boʻyicha tashkil etilib, sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;
🔍 oliy pedagogik taʼlim yoʻnalishida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.
🔍 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Gospital pedagogika” magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
🏛 Xayr TDPU, Salom O'zMPU.
P/s: Ishqilib yanada rivojlanib. Talabalar va o'qituvchilar rozi bo'lib, tahsil olib ishlashsin... Yangi nom hayrli bo'lsin!
+2
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifatini oshirish hamda pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.
▫️Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, O‘zbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Universitet barcha hududlardagi pedagogika institutlari uchun tayanch oliygoh bo‘ladi.
▫️"Yangi O‘zbekiston" universitetida muhandislik, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, tibbiyot kabi zamonaviy sohalarda mutaxassislar tayyorlashni rivojlantirish, yangi laboratoriyalar ochish rejalari taqdimot qilindi.
▫️Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb etib, hududlarda 58 ta zamonaviy maktab qurilishi rejalashtirilgan.
➖➖➖➖➖
✅ @ALFOBIYA
#Info | #Navoiy
© Navoiy – O‘zbekistonning oltin yuragi
💎 Bu sohani Navoiyliklar, ayniqsa Uchquduq va Zarafshon aholisi juda yaxshi tushunishadi.
Bir paytlar kollejda o‘qib yurgan vaqtlarimda karyerda (oltin qazib olinadigan joyda) amaliyot o‘taganman. O‘sha paytda bu ishning naqadar og‘ir, zaharli va ba’zida xavfli ekanini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman.
📉 Bugungi kunda dunyo bozorida narxi kundan-kunga oshayotgan oltinning katta qismi aynan Navoiy viloyatida qazib olinmoqda. O‘zbekiston iqtisodiyotining katta yukini mana shu mintaqa ko‘tarib turibdi.
ℹ️ Shunday mard, mehnatkash xalqimizga rahmat! Sizlar bilan faxrlanamiz!
➖➖➖➖➖
✅ @ALFOBIYA
#Kun_hikmati | #Donolar_fikri
🇯🇵 YAPON xalqining dono fikrlari:
● Tentak va ahmoqlarga yo‘l ber.
● Ketayotganni to‘xtatma, kelayotganni xaydama.
● Yomon odamning do‘sti bo‘lgandan yaxshi odamning dushmani bo‘lgan yaxshi.
● Oddiy odamlarsiz buyuk odamlar bo‘lmaydi.
● Tepaga chiqishni qattiq xohlagan odam narvonni o‘ylab topadi!
● Er va xotin xuddi ko‘z va qo‘ldek bo‘lishi kerak: qo‘l og‘riganda — ko‘z yig‘laydi, ko‘z yoshlanganda — qo‘l uni artadi.
● Quyosh xaq odamni bilmaydi. Quyosh noxaq odamni ham bilmaydi. Quyosh kimnidir isitish maqsadida porlamaydi. O‘zligini topgan inson bamisoli quyosh kabi bo‘ladi.
● Uzoq yo‘l ham yaqinidan boshlanadi.
● G‘amni xuddi yirtiq ko‘ylakni uyda qoldirganing kabi qoldir!
● Sevgi bo‘lsa, yuzdagi chandiqlar ham xuddi kulgich kabi chiroyli ko‘rinadi.
● Birgina yaxshi so‘z uch oy qahratonni isitadi.
● Shubhalanishdan oldin yetti marotaba ishon.
● Qo‘lingdan kelganicha harakat qil, qolganini taqdirga tashla.
● Xaddan ortiq to‘g‘rilik ahmoqlik bilan o‘lchanadi.
● Odamlari kulgan uyga baxt keladi.
● O‘ylab xal qil, xal qilgach o‘ylama!
● So‘rasang, bir necha daqiqa uyalasan, bilmasang - bir umr.
➖➖➖➖➖
✅ @ALFOBIYA
