• Эримбетов Мухаммад | Расмий
Open in Telegram
• KUKA home SMM menejer • Proactive agency assistant • TDPU Matbuot xizmat • “Adolat” SDP Yashnabod tumani raisi • Defektolog 👇 Batafsil havolada 👇 https://taplink.cc/erimbetov ⭕️ Murojat uchun: @Muxammad_Erimbetov
Show more189
Subscribers
No data24 hours
-77 days
-2630 days
Posts Archive
#Fikr | #Yumor
💭 Tanqidiy fikrlash nima uchun kerak degan savollar tug'ilishi mumkin.
⚡️ Nechchi yillar davomida futbol ustidan haqiqatga asoslangan yumoristik xazillar qilinar edi. Bugun esa shuning mevasini guvohi bo'lmoqdamiz.
👉 Endilikda ta'lim sohasida ham ko'plab tanqidiy fikrlar o'rtaga tashlanmoqda natijasini kutib qolamiz...
➖➖➖➖➖
✅ @ALFOBIYA
#Futbol| #JCh
⚡️ JCh–2026 saralashi. O‘zbekiston MTJ so‘nggi turda Qatarni yirik hisobda mag‘lub etdi
🇺🇿 O‘zbekiston 3:0 Qatar 🇶🇦
➖➖➖➖➖
✅ @ALFOBIYA
#Fikr | #Ijtimoiy_rolik
💡 Nazorat kuchli bo'lgan joyda mustaqillik, erkinlik va tanqidiy fikrlash o'ladi.
➖➖➖➖➖
✅ @ALFOBIYA
🇺🇿🇰🇿 Qozog'istonlik qardoshlarimizda tabrik. Tarjimasiz tushunish mumkin. Tilimiz va dinimiz bir.
➖➖➖➖➖
✅ @ALFOBIYA
🇺🇿O‘zbekiston tarix yozmoqda!
🌍O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor FIFA Jahon Chempionatiga yo‘l oldi!
Bu g‘alaba – butun xalqimizning orzusi, jamoamizning jasorati va fidoyiligining natijasi!
➖➖➖➖➖
✅ @ALFOBIYA
#Qurbon_Hayit | #Tabrik
🌙 QURBON HAYITI – EZGULIK VA SAXOVAT BAYRAMI!
🌙 Assalomu alaykum, aziz do‘stlarim! Yurtimizga fayzli va mo‘tabar bayram – Qurbon hayiti yetib keldi. Bu muqaddas kun – mehr-oqibat, saxovat va bag‘rikenglik timsoli, qalblarni poklaydigan, insonni inson qiladigan bayramdir.
🤎 Bugun duo va ibodatlarimiz qabul bo‘lsin, yurakdan tilagan ezgu niyatlarimiz ijobat bo‘lsin! Hayit barchamizning hayotiga fayz, xonadonlarimizga baraka, yuragimizga esa osoyishtalik olib kirsin!🌙 Qurbon hayiti bilan, azizlar! Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, Muxammad Erimbetov ➖➖➖➖➖ 🌙 КУРБАН ХАЙИТ – ПРАЗДНИК ДОБРА И МИЛОСЕРДИЯ! 🌙 Ассаламу алейкум, дорогие друзья! Сегодня наступил один из самых благословенных праздников — Курбан Хайит. Это день духовного очищения, сострадания, щедрости и братства.
🤎 Пусть в этот светлый день будут услышаны все наши молитвы, сбудутся добрые намерения, и в каждом доме воцарятся мир, радость и гармония. Пусть Курбан Хайит наполнит ваши сердца светом, а жизни — смыслом и добром!🌙 С праздником, дорогие! Пусть Аллах дарует нам силу, терпение и благодать! С уважением, Мухаммад Эримбетов ➖➖➖➖➖ ✅ @ALFOBIYA
🤩 Urganch davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori Feruza Madraximovadan videomurojaat.
P/S: Abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar, hamma rektorlar ham bunaqa maslahatlar beravermaydi.
➖➖➖➖➖
✅ @ALFOBIYA
❗️Bazaviy miqdorlar belgilandi
Prezident farmoniga ko‘ra:
▫️2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 471 000 so‘m etib;
▫️2025-yil 1-avgustdan boshlab:
— mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 so‘m;
— bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m etib belgilandi.
➖➖➖➖➖
✅ @ALFOBIYA
+3
#Dissertatsiya | #Magistratura
⚡ MISSION COMPLETE!
🔥 Yana bir bosqich ortda qoldi. Bugun faxr bilan ayta olaman: Ta’lim muassasalarini boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha magistraturadagi ikki yillik ta’lim safarimni muvaffaqiyatli yakunladim. Alhamdullilah dissertatsiya eson omon himoya qilib oldim.
💡 Bu ikki yil - oddiy yillar emasdi. Bu - sabr, fidoyilik, tinimsiz izlanish va o‘z ustimda ishlash yillari edi.
🤎 Allohimning cheksiz marhamati ila maqsadlarim sari dadil qadam tashlab, unga erishib kelmoqdaman. Ota-onamning har tongda qilgan samimiy duolari, mehribon ustozlarimning doimiy yordami va eng asosiysi – hech qachon taslim bo‘lmaslik yo‘lini tanlaganim sababli bo‘lmoqda.
📌 Bugun orqamga qarab, shu oddiy haqiqatni yana bir bor anglayapman: Qachonki inson yuragida niyat toza bo‘lsa, intilish bardavom bo‘lsa — Tangri uni albatta yuksaklarga yetkazadi.
➖➖➖➖➖
✅ @ALFOBIYA
Repost from O‘zMPU | Magistratura
+8
#OzMPU | #Himoya
🎓 Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Magistratura bo‘limida magistrantlarning ilmiy mehnatlariga berilgan yillik yakuniy baho – dissertatsiya himoyasi jarayonlari kuni kecha boshlandi!
✍️ Himoya jarayonlari malakali professor-o‘qituvchilar, ilmiy rahbarlar, hamda davlat ta’lim muassasalari mutasaddi vakillari ishtirokida ochiq va shaffof tarzda amalga oshirilmoqda. Har bir magistrant o‘z ilmiy ishini yuksak darajada taqdim etib, soha rivojiga qo‘shgan hissasini isbotlamoqda.
💼 Dissertatsiya himoyasi – bu nafaqat yakuniy bosqich, balki kelajakdagi ilmiy, pedagogik yoki rahbarlik faoliyatiga ilk dadil qadamdir.
✔️ Allaqachon muvaffaqiyatli himoya qilib bo‘lgan magistrlarimizni chin dildan tabriklaymiz! Himoya qilish arafasida turgan barcha ilm izlanuvchilariga esa omad, ijobiy baholar va porloq kelajak tilaymiz!
📌 Yana bir bor barcha ishtirokchilarga – sizlarga kuch, sabr, ishonch va zafarlar bo‘lsin! Hurmat bilan Magistratura bo'limi.
💟 @TDPU_Magistratura
Repost from Feruza Madrakhimova
#Muvaffaqiyat_siri | #motivation
Muvaffaqiyat erishish yo’llaridan biri noshukr insonlardan uzoqroq bo’lishdir. Imkoni boʼlsa ulardan qoching. Chunki sizga yaqin boʼlgan noshukr insonlarning "baxtsizligi" Siz uchun ham salbiy oqibatlarni keltirishi mumkin.
Siz, balki noshukrligi natijasida "choʼkayotgan" odamni qutqarayotgandek boʼlarsiz, ammo aslida siz oʼz baxtsizligingizga ham yaqinlashayotgan boʼlasiz. Noshukrlar doimo oʼzlarini baxtsiz his qilib, muammo orttirib olishadi, natijada ular sizni ham shunday muammolarga giriftor qilishadi.
Bundan tashqari, sizning yaqinlaringiz kim ekanligi va kimlar bilan doʼst ekaningiz haqida boshqalarning taasuroti muhim. Gohida noshukr va norozi insonlar bilan muloqotingiz tufayli siz "norozi kayfiyat (“infeksiya”) tashuvchi" boʼlib qolishingiz mumkin, chunki bu yuqumli va juda havfli. Ushbu havfdan qutulib olish uchun keyin qimmatli vaqtingizning anchaginasini sarflashingizga toʼgʼri keladi.
Imkon qadar shukronasi bisyor, baxtli va muvaffaqiyatli insonlarga yaqinlashing.
Aniqki, Siz ham ulardek boʼlasiz! Oldingizga katta maqsadlar qo’ying va ularga intiling, muhimi muvaffaqiyatlilar qatorida bo’ling!
Demak:
✅ 6-iyun (juma) — Qurbon hayiti, barcha uchun dam olish kuni;
✅ 7-iyun (shanba) — 5 kunliklarga odatiy, 6 kunliklarga qo’shimcha dam olish kuni;
✅ 8-iyun (yakshanba) — barcha uchun odatdagi dam olish kuni;
❌ 9-iyun (dushanba) — barcha uchun ish kuni.
➖➖➖➖➖
✅ @ALFOBIYA
