cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Valijon Turakulov | Iqtisodiy blog

🔖Iqtisodiy va shaxsiy rivojlanish 💼Professor - CAU Universiteti 🎯"An excellent example is Uzbekistan that has liberalized its economy and..." -The NY Times, 08.07.2039 📮Fikrlar: @v_turakulov_stories 📮Admin: @XSB_bot 🕊 Contacts: @VTurakulov

Show more
Uzbekistan10 342The language is not specifiedEconomy & Finance21 885
Advertising posts
6 667
Subscribers
+324 hours
-197 days
-5430 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

O'zbekistonda shahar va qishloq nisbati deyarli 50/50. Bu ayol esa o'sha 50 foiz (deyarli 18 million) aholini haqoratlab o'zining naqadar ilmsiz, nodon ekanligini fosh qildi, xolos! P.S. Kamina ham qishloqda ulg'ayganman!
Show all...
Kun.uz | Online

Yana bir Instagram foydalanuvchisi jonli efirda qishloqliklarni haqorat qildi. ”Jirkanchli mahluqot qishloqliklar, shaharga kelib olib aqllilik qiladi. Shunday yomon ko‘raman. Ular yig‘lashi kerak qishloqi bo‘lib tug‘ilganiga", deydi ayol. Ayolning shaxsi va uning jonli efiri qachon bo‘lgani hozircha noma’lum. Avvalroq ham shunday haqorati uchun toshkentlik 19 yoshli qiz 15 sutka "o‘tirib" chiqqandi. 👉 @kunonline

🔥 19👎 9👍 6💯 6🤬 5🥱 5 1
#tadqiqot #yordam Izohga quyidagi ma'lumotlarni yozib keta olasizmi? - Viloyat: - Tuman/shahar: - Eng yaxshi deb bilganingiz klinika / laboratoriya: - Sabab (qisqa qilib): Rahmat! Valijon Turakulov
Show all...
👍 24 2🔥 2😈 1
Repost from TROLL.UZ
Billing to'g'ri ishlayaptimi? Menda 2 oy ichida deyarli 500 kWh elektr toki noto'g'ri hisoblangan. Nega? Shaxsiy kabinetda tizim 1917 kWh ko'rsatyapti. Hizoblagich ko'rsatkichlari esa 1427 kWh ga yaqin. Farqi 490 kWh! Bugun shunga aniqlik kirittishga harakat qildim. Balki sizda ham shunday vaziyat bo'lishi mumkin. Bugungi kunda billing qanday ishlashini sodda qilib olmalar misolida tushuntirishga harakat qilaman (o'zim tushunganimcha). Aytgancha "billing" o'zi - "hisob-kitob", "hisoblash" degani. Toshmat (iste'molchi) har kuni olma (elektr toki) yeydi. Yegan olmalari sonini har kuni soat 00:00 bo'lishi bilan kundaligi (hisoblagich) ga yozadi va otasiga telegram (onlayn) orqali jo'natadi. Otasi esa har oyning oxirida telegram orqali kelgan ma'lumotlarni olib o'zining yon daftarchasi (billing) ga yozib boradi. Aynan oylik. Kunlik emas. Masalan: 01.05.2024 - 31.05.2024 Toshmat 60 ta olma yedi. 01.06.2024 - 30.06.2024 Toshmat 90 ta olma yedi. O'rtacha oyiga: 75 ta olma. ((60+90)/2) O'rtacha kuniga: 2,5 ta olma ((75/30) Toshmatning oylik normasi 40 ta olma. Otasi olmalarning 40 tasini 1 so'mdan, qolganini 2 so'mdan hisoblab Toshmatdan pul oladi. Ha-ya, otasining aytishicha, olamalarning narxi o'zi asli 2 so'm. "Bolamga yordam bo'lsin" deb otasi 1 so'mdan beryapti ekan. Lekin nimadir bo'lib otaning yon daftarchasi yo'qolib qolsa (hisoblagich buzilsa) yoki o'g'lidan telegram orqali xabar olmay qolsa (hisoblagich serverga ma'lumot yubormasa). Otasi o'tgan oydagi o'rtacha kunlik 2.5 olma soniga tayanib Toshmat har kuni 2.5 ta, oyiga 75 ta olma yeyapti deb yozib ketaveradi. Aslida esa Toshmat 1 oydan beri buvisinikida. Anor yeb yuribdi. Ammo yemagan olmalari uchun yon daftarda qarz yozilaveryapti. Bundan xafa bo'lgan Toshmat norozilik bildiradi. Shunda otasi Toshmanting yoniga o'zi kelib bolasining kundaligini tekshiradi. Qarasa olma yemagan. Qarzni bekor qiladi. Juda chaynalib ketti-yu, soddalashtirishga harakat qildim. Balki video ko'rinishida qilib tushuntiraman. Xullas menda ham xuddi Toshmatdagidek holat bo'ldi. Shaxsiy kabinetimda: Hisoblagich so'ngi "obxod" kuni 26.04.2024 da bo'lgan. Shundan keyin bugungi kunga qadar "obxod" bo'lmagan. Xullas bugungi kungacha eski "obxod"ga tayanib o'rtacha kunlik 10 kWh ko'rsatgichlarni har kuni yozib ketavergan. Iyun oyida Toshkentda yashamagan bo'lsam ham, "Iyunda 314 kWh ishlatibsan" degan sms shuning uchun kelgan. Buning sababi "Kimdir hisoblagichni transformatordagi bir seksiyadan boshqa seksiyaga o'tkazgan" deyishdi. Ya'ni mening qo'shnilarimda ham xuddi mendagi kabi ahvol. Buni 2 oy ichida hech kim tekshirmagan... O'zbekiston bo'yicha bunday holatlar qancha bo'lishi mumkin. Endi HET dan kimdir kelib transormatorni tekshirib ketsa, 1-2 kunda 1917 kWh bo'lib turgan ko'rsatgich hisoblagichniki bilan bir xil bo'lib qolishi kerak. Va 490 kWh "ortiqcha" yozilgan elektr toki tizimda o'chiriladi. Aytib o'tish joiz, bu vaziyatda tizim ortiqcha kWh yozayotganining asosiy sababi hisoblash usulining mukammal emasligida. Ular ataylab ko'paytirib yozyapti deya olmayman. Shunchaki tizim yengi "obxod" qilinguncha eski "obxod"ga tayanib yozyapti. Bu noto'g'ri. Savollarim: Nega har kuni hisobot beradigan hisoblagichning ko'rsatgichlari Shaxsiy kabinetda har kuni yozilmayapti? "Obxod"ni oyda bir marta qilish o'rniga har kuni qilish imkoni yo'qmi? Nima sababdan "obxod" bo'lmagancha tizim o'rtacha ko'rsatgichlarni yozib ketaveradi va abonentni qarzdor qilib qo'yadi? Bu savollarning barchasiga javob yangi billing bo'ladi deb umid qilaman. Oldin shaffof, tushunarli, sodda hisob-kitobni yo'lga qo'yib, keyin normalarni kiritishsa yaxshi bo'lar edi. @trolluz
Show all...

👍 28🔥 8🤨 5
03:17
Video unavailableShow in Telegram
Nega hech narsaga ulgura olmayapmiz? Yohud iqtisodni o'qib "faylasuf" bo'lgan men!
Show all...
34.39 MB
🔥 34👍 13😁 5🤔 1
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
Biz tadqiqot 👨‍💼 maqsadida o'tkazadigan so'rovimizda ishtirok eting va qimmatbaho 💸 sovg'alarga ega boʻling: 🤩Telegram Premium 🏖Namlagich 🗄Termos 👍Stakan to'plami 💎Shisha choynak 🔥Ventilyator Va boshqalar! Muhim: • Sovringa ega bo'lish uchun to'liq so'rovnomani to'ldiring. • G'oliblarni tasodifiy raqamlar generatori yordamida tanlaymiz. • Yutuqlaringiz haqida xabar berish uchun siz bilan bog'lanamiz. Imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang⚠️ Doktorlar uchun | Bemorlar uchun
Show all...
👍 16🤔 3🤩 2 1👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tolibon Afgʻonistonda 2023-yilda qoradori ishlab chiqarish hajmini keskin kamaytira oldi - @kunonline
Qora dori ishlab chiqarish hajmi Tolibon hukumat tepasiga kelganidan beri 2023-yilda keskin tushibdi (qora rangli). Buning hisobiga esa Myanmarda ishlab chiqarish ortgan. 🍉@v_turakulov
Show all...
👍 65👏 9🔥 6🕊 3🍓 1
Nima ish berganini bilmayman, lekin Telegram yaxshi ishlashni boshladi yana. Rahmat qo'llaganlarga!
«O‘zbekistonda Telegram’ni yaxshi ko‘rishadi: mamlakatning 37 millionlik aholisidan 70 foizdan ortig‘i Telegram’dan foydalanadi va ularning butun iqtisodiyoti bizning platformamiz bilan bog‘liq (mamlakatdagi har bir biznes tarmog‘ida Telegram-bot yoki kanal mavjud). Biz bu mashhurlikdan faxrlanamiz va bunga javoban O‘zbekistonga sevgimizni izhor qilamiz» - degan Durov
Haqiqatan Telegram O'zbekistonda bizneslar tomonidan hayratlanarli darajada ishlatiladi. Ya'ni istalgan biznes va hatto davlat organlari pul sarflab qimmat dasturlar ishlab chiqqanidan ko'ra, osongina xalq orasida keng tarqalgan Telegram botlaridan foydalanib qo'ya qolishadi. (Masalan, pitsa buyurtmasidan tortib myGov'gacha.) Axir bu juda ham samarali! Lekin ayni paytda butun iqtisodiyotning Telegramga qaram bo'lib qolish ehtimoli ham yo'q emas. Shuning uchun ham biznes va tashkilotlarga har doim "Plan B" ni ham rivojlantirib borish tavsiya qilinadi. Demak, ilmiy tadqiqot qilayotganlarga yana bir mavzu:
"Assessing the Economic Influence of Telegram on Uzbekistan: Economic Benefits, Political Risks and Future Enhancements"
Show all...
👍 61🔥 16🐳 2 1
03:24
Video unavailableShow in Telegram
Havoni ifloslanishi investor va expatlarni ham yurtdan "quvadi"! Ilmiy tadqiqot olib boruvchilar uchun chiroyli mavzu: Environmental Quality and Investor Confidence: A Study on Air Pollution in Uzbekistan 🍉 @v_turakulov
Show all...
30.54 MB
👍 32🔥 3🍓 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
Yaponlar soniyasiga 402 terrabit (Tb/s) internet tezligiga erishib, yangi jahon rekordini oʻrnatishdi Bu qanchalik yuqori tezlik ekanini tasavvur qilishingiz uchun: 12,5 mlnta filmni 1 soniyada koʻchirib olish mumkin. Eng hayratlanarlisi — ular bu tezlikka oddiy standart shisha tolali kabel vositasida erishgan. 👉 @kunonline
Show all...
👍 66🤯 15🥰 2🔥 1🤩 1
Repost from Alohida mavzu
01:57
Video unavailableShow in Telegram
Odamlarga haqiqatni aytish kerak! Bugun hamma pul topish uchun mehnat qilyapti, deyarli 2 mln o'zbek oilasi uchun Rossiyada ishlamoqda. Hamma ishlayotgan bo'lsa, nega haligacha iqtisodiy muammolar sabab kambag'allik mavjud? Albatta bu kabi savollar tug‘ilishi tabiiy. Xo'sh, kambag'allikdan qutula olamizmi? Bu haqida "Alohida mavzu"ning navbatdagi sonida bilib oling. 👉 https://youtu.be/wgLPQmQp6Vk
Show all...
0621 (3)(Android).mp47.43 MB
👍 22🔥 4🍓 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.