cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Shahrisabz tumani hokimligi

Axborot xizmati Murojaat uchun: @Shthmurbot

Show more
Advertising posts
4 540
Subscribers
-224 hours
-267 days
+9330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

👍 2
Show all...
Боғишамолликлар бошқаларга ўрнак бўлишмоқда

Қашқадарё вилояти Шаҳрисабз тумани Боғишамол маҳалласи одамлари томорқачиликда барчага ўрнак. Маҳалладаги қайси хонадонг

Shahrisabz tumani hokimining o‘rinbosari “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi Tuman hokimining o‘rinbosari Asqar Qurbonovlar oilasi 15 may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Prezidentimiz farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ilk bor ta’sis etilgan “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shahrisabz tumani hokimligi kamtarligi, fidoyi mehnatlari bilan obro‘ qozongan, mard va samimiy inson Asqar Qurbonov va uning oilasini ushbu e’tirof bilan tabriklaydi.‌‌ 👇👇👇 https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi
Show all...
👍 6
May oyi - Ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar oyligi Shahrisabz tumani "Yangiqishloq" mahallasida may oyi - Ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar oyligi munosabati bilan katta musiqali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tumanimizning mahallalari xodimlari, "Yangiqishloq" mahallasining barcha yoshlari, nuroniy onaxon-otaxonlari, qo‘shni qishloqlar aholisi jam bo‘ldi. Tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. 👇👇👇 https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi
Show all...
👍 4
Shahrisabz tumanida yoshlar bilan manzilli ishlashning yangicha mexanizmi amalda tadbiq etilib, otaliqqa olingan yoshlar bilan alohida ishlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda tuman prokurori Bahodir Xudoyqulov 2-sektor hududidagi “Maktobod” MFYdagi otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi. Yoshlar bilan olib borilgan samimiy suhbat davomida yoshlar tomonidan ishga yoylashtirish, avtomabillarni ta’mirlash, kompyuter texnologiyalari va turli xil yo‘nalishlarda kasbga o‘qish kabi murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlar ro‘yxatga olinib, belgilangan muddatlarda ijobiy hal etilishi yuzasidan mas'ullarga ko‘rsatmalar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi. 👇👇👇 https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi
Show all...
👍 4🎉 1
Qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi Bugun tuman hokimi Samad Hasanov qishloq xo‘jaligi tashkilotlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda pilla yig‘im-terimini uyushqoqlik bilan tashkil etish, g‘o‘za parvarishi bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, begona o‘t va zararkunandalarga qarshi kurashish yuzasidan zaruriy ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, yig‘ilishda g‘alla o‘rimi mavsumiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish, zaruriy texnikalarni shay holga keltirish, g‘allani nest-nobut qilmasdan o‘rib olish yuzasidan ham tizimli ish olib borish zarurligi ta'kidlandi. Ma'lumot o‘rnida, bu yil Shahrisabz tumanida 242 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 6250 gektar maydonga g‘alla ekilgan. 2024-yil hosili uchun esa 22 ming tonnadan ziyod bug‘doy yetishtirish rejalashtirilgan. 👇👇👇 https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi
Show all...
👍 3 2
#kun_hikmati "Bu qorong‘i dunyoda faqat maʼnaviy boylikni haqiqat deb hisoblang, chunki u hech qachon qadrsizlanmaydi!" Umar Xayyom 👇👇👇 https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi
Show all...
"Navbahor" MFY ichki yo‘llariga qum-shag‘al yotqizildi Bugun tuman hokimligi tashabbusi bilan hashar yo‘li orqali "Navbahor" MFYning ichki yo‘llari bir kilometrlik qismiga qum-shag‘al qoplamasi yotqizildi. Hasharda tuman yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari ham o‘z hissasini qo‘shishdi. 👇👇👇 https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi
Show all...
👍 2 1
Repost from N/a
Migratsiyadagi yoshlar bilan onlayn muloqot Shahrisabz tumani prokurori Bahodir Xudoyqulov, Yoshlar ishlari Shahrisabz tuman bo’limi bilan hamkorlikda o‘qish va boshqa maqsadlarda xorijga ketgan 72 nafar yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazildi. Muloqot davomida mehnat migratsiyasi sohasida olib borilayotgan ishlar, migrant ishchilarni chet elga ketishidan oldin til va kasb bo‘yicha tayyorlash, ularning yashash va ishlash sharoitlarini yaxshilash, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni tamomlayotgan yoshlarni mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlash, migratsiyada yurgan yoshlarni bir qator muammo va takliflari o’rganildi. Tumanimiz prokurori yoshlar bilan muloqoti davomida ularning muammolarini hal etishga ko‘maklashish, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishlarini va xuddi shunday onlayn muloqotlar davomiy bo’lishini aytib o’tdilar. @YoshlarAgentligiShahrisabz
Show all...
👍 5
Go to the archive of posts