en
Feedback
Termiziy.uz

Termiziy.uz

Open in Telegram

📈 Analytical overview of Telegram channel Termiziy.uz

Channel Termiziy.uz (@imom_termiziy) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 10 162 subscribers, ranking 8 945 in the Religion & Spirituality category and 7 602 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 10 162 subscribers.

According to the latest data from 07 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 4 220 over the last 30 days and by -69 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 5.88%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 4.92% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 598 views. Within the first day, a publication typically gains 501 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 2.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
🌐 termiziy.uz https://taplink.cc/termiziy Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi matbuot xizmati 📞 +998 554 510 599 📩 termiziycenter@gmail.com https://www.youtube.com/@termiziy_uz https://www.instagram.com/imom_termiziy

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 08 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Religion & Spirituality category.

10 162
Subscribers
-6924 hours
-3667 days
+4 22030 days
Posts Archive
#Jaholatga_qarshi_ma’rifat 🧊Denov Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori
+3
#Jaholatga_qarshi_ma’rifat 🧊Denov Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi  A.Abduvaxidov, viloyat targ‘ibot guruhi a’zolari ishtirok etdi.
🧊Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi A.Abduvaxidov tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, olib borilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar xususida hamda inson huquqlari, qadri va mas’uliyat hissi har bir yosh hayotida nechog‘li muhim o‘rin tutishi xususida fikrlar bildirildi.
🧊Shuningdek,  ajdodlarimizning boy ilmiy va ma’naviy merosi, xususan, buyuk allomalar qoldirgan ibratli ta’limotlar bugungi kunda ham jamiyat barqarorligi va ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar ✍️Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:✈️Telegram |✅Facebook |🌐 Termiziy.uz | 🌐Instagram | 📹YouTube

#OAV #Surxondaryo_MTRK 📺"SO‘Z VA O‘ZLIK" ko‘rsatuvining ushbu sonida — inson tafakkurining eng buyuk kashfiyoti bo‘lmish So‘zning qudrati, u orqali o‘zlikni anglash hamda ma’naviy-axloqiy manbalarning inson ongiga ta’siri haqida so‘z boradi. 📹Youtube da: ➡️https://youtu.be/NG_uDSFj260 🎙Joniev Muzaffarxon - Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 📽Manba: Surxondaryo MTRK Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:⬇️ ✈️Telegram |✅Facebook |🌐 Termiziy.uz | 🌐Instagram | 📹YouTube

#Maqola_2026 #Raddiya_2026 TAASSUBNING OQIBATLARI ✅Muayyan diniy tushuncha yoki yondashuvni qabul qilib, keyinchalik uni haqi
#Maqola_2026 #Raddiya_2026 TAASSUBNING OQIBATLARI
✅Muayyan diniy tushuncha yoki yondashuvni qabul qilib, keyinchalik uni haqiqatning yagona yo’li deb bilish taassubdir. Biror fikr yoki mazhab mutlaq haqiqat darajasiga ko‘tarilganda, ushbu qarash doirasidan tashqaridagi barcha tushuncha va mazhablar botil toifasiga kiritiladi. Boshqacha aytganda, bu bir qarashni haddan tashqari ulug‘lash va boshqa talqinlarni qadrsizlantirishni anglatadi. Chunki “yagona to‘g‘ri yo‘lni topgan, yagona najotga erishgan yoki yagona to‘g‘ri fikr bizniki” degan mantiq boshqa haqiqat izlovchilarini kamsitish, ularni chetlatish va ulardan uzoqlashishni anglatadi.......
✔️Batafsil: ➡️https://termizi.uz/uz/7992/ ✍️Umarali Uljayev – Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Yaqinlaringizga ulashing!⬇️ ✈️Telegram |✅Facebook |🌐 Termiziy.uz | 🌐Instagram | 📹YouTube

#Muslim_podcast  📱🗣FATVONING SHARIATDAGI O'RNI 🎙 Ekspert: G‘ulomiddin domla XolboyevO‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi direktori o‘rinbosari, Toshkent islom instituti oʼqituvchisi 🎞 Toʼliq👉FULL HD: @Muslim_podcast_uzda koʼring! 📝 Mazkur podkast Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasi asosida tayyorlandi. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING VA ULASHING🗣

#Maqola_2026 So‘z – inson ma’naviyatining ko‘zgusi ✅So‘z insonning ichki dunyosini oshkor etadi: u ko‘ngilni ko‘tarishi ham,
#Maqola_2026 So‘z – inson ma’naviyatining ko‘zgusi
✅So‘z insonning ichki dunyosini oshkor etadi: u ko‘ngilni ko‘tarishi ham, qalbni jarohatlashi ham mumkin. Shu sababli so‘zlashuv madaniyati – faqat chiroyli gapirish emas, balki odob, mas’uliyat va inson qadrini asrash san’atidir. Insonning kimligi faqat uning tashqi ko‘rinishi, egallagan lavozimi yoki moddiy imkoniyatlari bilan belgilanmaydi. Uning ma’naviy qiyofasi, avvalo, muomalasi va so‘zlashuv tarzida namoyon bo‘ladi. Ba’zan birgina muloyim so‘z kishining ko‘nglini ko‘tarib, unga umid va ishonch bag‘ishlasa, o‘ylamay aytilgan qo‘pol ibora qalbda uzoq yillar bitmaydigan jarohat qoldirishi mumkin. Shu bois islomiy ta’limotda ham, milliy qadriyatlarimizda ham til odobi inson tarbiyasining eng muhim mezonlaridan biri sifatida qaraladi......
✔️Batafsil: ➡️https://termizi.uz/uz/8010/ ✍️Sevarov Olimjon – Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy kotibi Yaqinlaringizga ulashing!⬇️ ✈️Telegram |✅Facebook |🌐 Termiziy.uz | 🌐Instagram | 📹YouTube

#ASh_Shamoil_Al_Muhammadiyya #Videolar_2026 📚"Shamoili Muhammadiyya" 👤 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 📝 “Ashobi kiromlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Yo Rasululloh, siz biz bilan hazillashasizmi?” deb so‘rashdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ha, hazillashaman, ammo hech qachon yolg‘on gapirmayman”, dedilar”. ✍️Imom Termiziyning "Shamoili Muhammadiyya" asaridan  Yaqinlaringizga ulashing!⬇️ ✈️Telegram |✅Facebook |🌐 Termiziy.uz | 🌐Instagram | 📹YouTube

#Kun_hikmati 📝Haqiqatga ergashish shaxsiy xohishdan ustun turadi. ✍️Hakim Termiziy ✈️Telegram |✅Facebook |🌐 Termiziy.uz | 🌐Instagram | 📹YouTube

#Maqola_2026 #Raddiya_2026 TAASSUBNING MUOLAJASI VAHDATDIR ✅Islom taqdim etgan fikr erkinligi hamda unga hamroh bo‘lgan turli
#Maqola_2026 #Raddiya_2026 TAASSUBNING MUOLAJASI VAHDATDIR
✅Islom taqdim etgan fikr erkinligi hamda unga hamroh bo‘lgan turli qarashlar va mazhablar dinni anglash va unga amal qilishda bir qancha muqobil yondashuvlar mavjudligini ko‘rsatadi. Taassub esa ushbu fikr erkinligi, qarashlar xilma-xilligiga nisbatan murosasizlikdir. Taassubning eng og‘ir oqibatlaridan biri tafriqadir. Tafriqa bo‘linish va fitna, musulmonlar o‘rtasidagi tavhid rishtalarining uzilishi, sunnat bilan uyg‘unlashgan qalblarning bir-biridan ajralishi, beg‘araz va yolg‘iz holga tushishidir. Tafriqa zulmati jamiyatni qoplaganda, insonlarning qalb ko‘zi ko‘r bo‘lib qoladi. Rahmat va baraka ketadi, tartibsizlik va nafrat keng tarqaladi......
✔️Batafsil: ➡️https://termizi.uz/uz/7986/ ✍️Umarali Uljayev – Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Yaqinlaringizga ulashing!⬇️ ✈️Telegram |✅Facebook |🌐 Termiziy.uz | 🌐Instagram | 📹YouTube

#Maqola_2026 #Raddiya_2026 TAASSUBNING OQIBATLARI ✅Muayyan diniy tushuncha yoki yondashuvni qabul qilib, keyinchalik uni haqi
#Maqola_2026 #Raddiya_2026 TAASSUBNING OQIBATLARI
✅Muayyan diniy tushuncha yoki yondashuvni qabul qilib, keyinchalik uni haqiqatning yagona yo’li deb bilish taassubdir. Biror fikr yoki mazhab mutlaq haqiqat darajasiga ko‘tarilganda, ushbu qarash doirasidan tashqaridagi barcha tushuncha va mazhablar botil toifasiga kiritiladi. Boshqacha aytganda, bu bir qarashni haddan tashqari ulug‘lash va boshqa talqinlarni qadrsizlantirishni anglatadi. Chunki “yagona to‘g‘ri yo‘lni topgan, yagona najotga erishgan yoki yagona to‘g‘ri fikr bizniki” degan mantiq boshqa haqiqat izlovchilarini kamsitish, ularni chetlatish va ulardan uzoqlashishni anglatadi.......
✔️Batafsil: ➡️https://termizi.uz/uz/7992/ ✍️Umarali Uljayev – Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Yaqinlaringizga ulashing!⬇️ ✈️Telegram |✅Facebook |🌐 Termiziy.uz | 🌐Instagram | 📹YouTube

#Maqola_2026 IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH ODOBLARI: ERKINLIK, OGOHLIK VA JAVOBGARLIK ✅Bugungi kunda internet makoni inso
#Maqola_2026 IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH ODOBLARI: ERKINLIK, OGOHLIK VA JAVOBGARLIK
✅Bugungi kunda internet makoni insonlar hayotining muhim bir ajralmas qismiga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Google, Facebook, Instagram, Telegram, YouTube, TikTok va shu kabi platformalar orqali insonlar o‘z fikr va qarashlarini erkin ifoda etishi, yangiliklardan xabardor bo‘lishi, bilim va tajriba almashishi, ilmiy-ma’rifiy ma’lumotlarni o‘rganishi hamda jamiyat hayotida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga munosabat bildirishi mumkin. Ayniqsa, yoshlar uchun internet ta’lim olish, kasbiy rivojlanish va dunyoqarashni kengaytirishning muhim vositasiga aylanib bormoqda. Biroq har qanday imkoniyat, avvalo, undan qanday maqsadda foydalanilayotganiga qarab ijobiy yoki salbiy natija keltirib chiqarishi mumkin. Shu ma’noda, axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi insoniyat oldiga nafaqat yangi imkoniyatlarni, balki muayyan huquqiy, ma’naviy va axloqiy mas’uliyatni ham qo‘ymoqda. Zero, virtual makondagi har bir fikr, har bir chaqiriq va har bir tarqatilgan axborot jamiyat ongiga, ayniqsa, hali dunyoqarashi to‘liq shakllanmagan yoshlar tarbiyasiga muayyan ta’sir ko‘rsatishi hech gap emas.....
✔️Batafsil: ➡️https://termizi.uz/uz/7972/ ✍️Axmatov Samandar Olim o’g’li – Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi kichik ilmiy xodim Yaqinlaringizga ulashing!⬇️ ✈️Telegram |✅Facebook |🌐 Termiziy.uz | 🌐Instagram | 📹YouTube

#xabar #muftiy #anjuman 🌙 Муфтий ҳазрат Саудия Арабистонидаги нуфузли халқаро анжуманда иштирок этмоқдалар ⏺Бугун, 7 сентябр
+9
#xabar #muftiy #anjuman 🌙 Муфтий ҳазрат Саудия Арабистонидаги нуфузли халқаро анжуманда иштирок этмоқдаларБугун, 7 сентябрь куни мусулмон дунёсининг энг нуфузли илмий муассасаларидан бири — Халқаро Ислом фиқҳи академияси томонидан Жидда шаҳрида халқаро конференция ўз ишини бошлади.
🌙Ушбу нуфузли анжуманда Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари мазкур давлатлараро мақомга эга ташкилот аъзоси сифатида иштирок этмоқдалар.
🌙 Илмий-фиқҳий кенгашда мусулмон оламининг кўзга кўринган уламолари, академияга аъзо давлатларнинг муфтийлари, етакчи фатво кенгашлари раҳбарлари, Ал-Азҳар сингари йирик илм даргоҳларининг олимлари ҳамда нуфузли тадқиқот марказлари профессорлари қатнашмоқда.
💬Сўзга чиққан нотиқлар хотин-қизларни ҳар қандай шаклдаги тазйиқ, зўравонлик ва камситишлардан ҳимоя қилишда дин пешволари ҳамда уламоларнинг ўрнини ошириш, оилавий қадриятларни мустаҳкамлаш ҳамда зўравонликка қарши муросасиз муҳитни шакллантиришда илмий-шаръий манбаларнинг аҳамияти ҳақида нутқ қилмоқдалар. Шунингдек, Ислом дини аёллар ҳуқуқлари, шаъни ва қадр-қимматини юксак даражада қадрлашини тарғиб қилишга алоҳида урғу қаратмоқдалар.
➡️Анжуман тафсилотларини тармоқларимизда кузатиб боринг. ✅ Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати 🌐 MUSLIM.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING VA ULASHING🗣 ▶️ YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook

#ASh_Shamoil_Al_Muhammadiyya #Videolar_2026 📚"Shamoili Muhammadiyya" 👤 Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 📝 “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uxlash uchun yonboshlasalar, ushbu duoni o‘qirdilar: “Bizni yedirib-ichirgan, muhim ishlarimizda kifoya qilgan, uxlash uchun boshpana ato etgan Zotga beadad hamdu sanolar bo‘lsin! Qanchadan qancha odamlar borki, ularning na ishlariga kifoya qiluvchisi va na boshpana beruvchisi bor”. ✍️Imom Termiziyning "Shamoili Muhammadiyya" asaridan  Yaqinlaringizga ulashing!⬇️ ✈️Telegram |✅Facebook |🌐 Termiziy.uz | 🌐Instagram | 📹YouTube

#Jaholatga_qarshi_ma’rifat Jaholatga qarshi ma’rifat — ma’naviyat va ezgulik yo‘lida 🤔Surxondaryo tibbiyot texnikumida inson
+2
#Jaholatga_qarshi_ma’rifat Jaholatga qarshi ma’rifat — ma’naviyat va ezgulik yo‘lida 🤔Surxondaryo tibbiyot texnikumida inson qalbiga nur, jamiyat hayotiga ma’rifat olib kirishga qaratilgan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. 💬Bugungi tezkor axborot davrida insonni turli yot g‘oyalar, zararli axborotlar va mafkuraviy tahdidlardan asrash — faqatgina bir tashkilot yoki bir jamoaning emas, barchamizning muhim vazifamizdir. 🤔Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i Sarvar Saidov tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, olib borilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar xususida fikrlar bildirildi. 🤔Tadbirda milliy qadriyatlarimiz, asrlar osha sayqallanib kelayotgan urf-odatlarimizni asrab-avaylash, oiladagi mehr-oqibat va hurmatni yanada mustahkamlash haqida samimiy fikrlar bildirildi. Ayniqsa, yosh avlod qalbiga Vatanga muhabbat, xalqiga sadoqat, bag‘rikenglik, mehr-oqibat va ma’rifat tuyg‘ularini singdirish — kelajak poydevorini mustahkamlash ekani ta’kidlandi. Yaqinlaringizga ulashing! ✈️Telegram |✅Facebook |🌐 Termiziy.uz | 🌐Instagram | 📹YouTube

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Mustaqillikning_35_yilligi 🇺🇿“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
+8
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Mustaqillikning_35_yilligi 🇺🇿“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” 🧊Davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab ezgu tashabbuslar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va munosib insonlarni e’zozlashga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda. 🧊Termiz shahrida ham diniy-ma’rifiy sohada samarali mehnat qilayotgan, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, turli yot g‘oyalar va mafkuraviy tahdidlarning oldini olishda faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh faollar taqdirlandi.
⏺Tadbirda Termiz shahar hokimligi tomonidan faollarga “Tashakkurnoma” hamda esdalik sovg‘alari topshirildi, ular orasida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffarxon Joniyev, huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari hamda mahalla faollari ham bor.
🧊Bunday e’tirof — fidoyilik va mas’uliyatli mehnatga berilgan yuksak baho, yangi marralar sari chorlovdir. 🇺🇿Taqdirlangan barcha hodimlarni samimiy muborakbod etamiz! Yaqinlaringizga ulashing!⬇️ ✈️Telegram |✅Facebook |🌐 Termiziy.uz | 🌐Instagram | 📹YouTube

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Mustaqillikning_35_yilligi 🇺🇿INSON QADRI VA MEHR-MURUVVAT IFODASI 🇺🇿Ma’lumki, Yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan insonparvarlik siyosati doirasida turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib, murakkab hayotiy vaziyatlarga duch kelgan bir guruh fuqarolar hamda ularning farzandlari chet eldan Vatanimizga qaytarilgan edi. Ularni tinch hayotga moslashtirish, jamiyatga integratsiya qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va munosib turmush kechirishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. ✅O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!» degan ezgu g‘oya ostida viloyatimizda istiqomat qilayotgan ana shunday oilalarning farzandlari uchun Samarqand shahriga ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida bolalar qadimiy va hamisha navqiron Samarqandning tarixiy obidalari, boy madaniy merosi hamda zamonaviy qiyofasi bilan yaqindan tanishdilar. ✅Inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan bu kabi xayrli tashabbuslar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va kelajakka ishonch tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Zero, mehr-oqibat, bag‘rikenglik va insonparvarlik tamoyillariga asoslangan bunday ezgu ishlar Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida inson manfaati va uning qadr-qimmati turganining yana bir yorqin ifodasidir. 🦅Zero, mehr-oqibat va bag‘rikenglikka asoslangan bunday ezgu ishlar Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining amaliy ifodasidir. Yaqinlaringizga ulashing!⬇️️Telegram |✅Facebook |🌐 Termiziy.uz | 🌐Instagram | 📹YouTube

#muftiy_minbari Дунё — синов майдони 🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 Facebook 📲 РАСМИЙ САҲИФА УЛАШИНГ🗣

#ASh_Shamoil_Al_Muhammadiyya #Videolar_2026 📚"Shamoili Muhammadiyya" 👤 Ibrohim ibn Muhammad rohimahullohdan rivoyat qilinadi: 📝 “Ali roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni sifatlab shunday der edilar: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam yurganlarida shu qadar shahdam qadam tashlar edilarki, go‘yoki tepalikdan tushib kelayotgandek tuyulardilar”. ✍️Imom Termiziyning "Shamoili Muhammadiyya" asaridan  Yaqinlaringizga ulashing!⬇️ ✈️Telegram |✅Facebook |🌐 Termiziy.uz | 🌐Instagram | 📹YouTube

#Maqola_2026 #Raddiya_2026 IYMON TA’RIFIDA AMALNING O‘RNI: AHLI SUNNA VA ADASHGAN TOIFALAR O‘RTASIDAGI NOZIK FARQ ✅Islom aqid
#Maqola_2026 #Raddiya_2026 IYMON TA’RIFIDA AMALNING O‘RNI: AHLI SUNNA VA ADASHGAN TOIFALAR O‘RTASIDAGI NOZIK FARQ
✅Islom aqidasining eng muhim va nozik masalalaridan biri – amallarning iymon ta’rifidagi o‘rnidir. Islom olamidagi ko‘plab muhaddis, mutakallim va faqihlar amalni iymon tushunchasiga kiritish lozim deb hisoblaganlar. Masalan: Imom Shofe’iy va Imom Ahmaddan “Imon qalb bilan tasdiqlash, til bilan iqror bo’lish va azolar bilan amal qilishdir”, deganlari rivoyat qilingan.....
✔️Batafsil: ➡️https://termizi.uz/uz/7983/ ✍️Iqboljon Qambarov - Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi kichik ilmiy xodimi Yaqinlaringizga ulashing!⬇️ ✈️Telegram |✅Facebook |🌐 Termiziy.uz | 🌐Instagram | 📹YouTube

#Maqola_2026 #Raddiya_2026 ISLOM – BIRDAMLIK VA BAG‘RIKENGLIK DINIDIR ✅slom aqidasining eng muhim va nozik masalalaridan biri
#Maqola_2026 #Raddiya_2026 ISLOM – BIRDAMLIK VA BAG‘RIKENGLIK DINIDIR
✅slom aqidasining eng muhim va nozik masalalaridan biri – amallarning iymon ta’rifidagi o‘rnidir. Islom olamidagi ko‘plab muhaddis, mutakallim va faqihlar amalni iymon tushunchasiga kiritish lozim deb hisoblaganlar. Masalan: Imom Shofe’iy va Imom Ahmaddan “Imon qalb bilan tasdiqlash, til bilan iqror bo’lish va azolar bilan amal qilishdir”, deganlari rivoyat qilingan.....
✔️Batafsil: ➡️https://termizi.uz/uz/7983/ ✍️Iqboljon Qambarov - Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi kichik ilmiy xodimi Yaqinlaringizga ulashing!⬇️ ✈️Telegram |✅Facebook |🌐 Termiziy.uz | 🌐Instagram | 📹YouTube

#Videolar_2026 ✔️MILLIYLIK – G‘URUR VA FAXRIMIZ ✍️Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati 🚀Telegram |🔵Facebook |⌛ Termiziy.uz | 📷Instagram | 🎬YouTube