en
Feedback
BUXORO VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

BUXORO VILOYATI SPORT BOSHQARMASI

Open in Telegram

Buxoro viloyati Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉youtube.com/@buxorosport 👉instagram.com/buxoro.sport 👉facebook.com/buxsport Matbuot kotibi👇 @buxsportpressa

Show more
5 859
Subscribers
-5024 hours
-2097 days
+9130 days
Posts Archive
JUDO SPORT CLUB STARS — XALQARO TURNIRI BO’LIB O’TADI! O‘zbekistonda dzyudo ixlosmandlarini yana bir katta sport voqeasi kutmoqda! 14–17-oktyabr kunlari Toshkent shahrida JUDO SPORT CLUB STARS xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi. ❗️BOSH SOVRIN AVTOMOBIL❗️ Bu shunchaki musobaqa emas — yosh iste’dodlar, kuchli klublar va katta maqsadlar jam bo‘ladigan xalqaro maydon! 📍 Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Olimpiya shaharchasi. 📅 Sana: 14–17 oktyabr Musobaqaning to‘liq dasturi, ishtirokchilar, yosh va vazn toifalari, musobaqa tartibi hamda nizom bo‘yicha barcha qo‘shimcha ma’lumotlarni shu yerdan topasiz! ✅Buxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube

Buxorolik sportchilar Respublika turnirida munosib natijalarga erishdi Qarshi shahrida dzyudo sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan
+3
Buxorolik sportchilar Respublika turnirida munosib natijalarga erishdi Qarshi shahrida dzyudo sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika turnirida Olot tuman Olimpiya va milliy sport turlari bo’yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati sportchilari munosib ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar. Musobaqa yakunlariga ko‘ra: 🥇Mustafoyev Mironshoh — 55 kg vazn toifasida 1-o‘rin; 🥈Raimqulov Shamshod — 55 kg vazn toifasida 2-o‘rin; 🥈Olimov Mehmonali — +90 kg vazn toifasida 2-o‘rin; 🥉Rizoqulov Behruz — 60 kg vazn toifasida 3-o‘rin; 🥉Tolmasov Xushnud — 81 kg vazn toifasida 3-o‘rin. Sportchilarimizni ushbu munosib natijalar bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ularga yangi zafarlar tilaymiz! ✅Buxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube

Eshkak eshish sporti uchun 4 ta yangi qayiq topshirildi Sport vazirligi tomonidan Buxoro shahridagi Baydarka va kanoeda eshka
+9
Eshkak eshish sporti uchun 4 ta yangi qayiq topshirildi Sport vazirligi tomonidan Buxoro shahridagi Baydarka va kanoeda eshkak eshish majmuasiga 4 ta akademik eshkak eshish qayig‘i topshirildi. Jumladan, sportchilar ixtiyoriga 2 ta ikki kishilik va 2 ta to‘rt kishilik qayiq berildi. Mazkur qayiqlar sportchilarning mashg‘ulot jarayonlarini yanada samarali tashkil etish, ularning sport mahoratini oshirish hamda yuqori natijalarga erishishlari uchun xizmat qiladi. Bugungi kunda Buxoro viloyati Sportning suv turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida akademik eshkak eshish sport turi bo‘yicha jami 20 nafar sportchi, shundan 3 nafari qizlar muntazam shug‘ullanmoqda. Shuningdek, 10 nafar sportchi O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Ularning 9 nafari asosiy, 1 nafari esa zaxira tarkibidan joy olgan. Baydarka va kanoeda eshkak eshish majmuasidagi sun’iy ko‘lning uzunligi 600 metr, eni 40 metrni tashkil etadi. Sportchilar mashg‘ulotlari kuniga bir mahal tashkil etiladi. Vazirlik tomonidan taqdim etilgan yangi qayiqlar mazkur sport turini rivojlantirish, sportchilar uchun mashg‘ulot sharoitlarini yaxshilash va Buxorodan yuqori malakali eshkak eshuvchilarni yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. ✅Buxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube

Sportda taqiqlangan moddalar va usullar ro‘yxati bilan tanishing ➡️ Taqiqlangan ro'yxat-2026 ➡️ "Taqiqlangan ro‘yxat-2026" ga
Sportda taqiqlangan moddalar va usullar ro‘yxati bilan tanishing ➡️ Taqiqlangan ro'yxat-2026 ➡️ "Taqiqlangan ro‘yxat-2026" ga kiritilgan asosiy o‘zgarishlarBuxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube

Navbatdagi manzil — Shofirkon tumani! Buxoro viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i U. Nadjimidinov tumandagi “Nafis” gimnastik
+8
Navbatdagi manzil — Shofirkon tumani! Buxoro viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i U. Nadjimidinov tumandagi “Nafis” gimnastika saroyida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Ayni kunlarda mazkur sport majmuasida qurilish-ta’mirlash ishlarining yakuniy jarayonlari amalga oshirilmoqda. Inshootni zamonaviy talablarga mos holga keltirish, sportchilar uchun qulay va munosib sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, “Nafis” gimnastika saroyi hududdagi gimnastika bilan shug‘ullanuvchi yoshlar uchun zamonaviy va qulay sport maskaniga aylanadi. ✅Buxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube

⚡️G‘ijduvon tumanida futbol maydonlari yangilanmoqda Bugun Buxoro viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i U. Nadjimidinov G‘ijdu
+8
⚡️G‘ijduvon tumanida futbol maydonlari yangilanmoqda Bugun Buxoro viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i U. Nadjimidinov G‘ijduvon tumanida futbol sport turini rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yoshlar uchun yaratilayotgan sport infratuzilmasi hamda futbol maydonlarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi. Xususan, Zarafshon MFY hududidagi “Zarafshon” sport majmuasining futbol maydonida “Open budjet” dasturi doirasida 1,5 milliard so‘m mablag‘ hisobidan qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Pozagari MFY hududida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 1 milliard 400 million so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy futbol maydoni bunyod etilmoqda. G‘alaba MFY hududidagi “Paxtakor” markaziy o‘yingohida esa “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman” dasturi asosida 3 milliard 400 million so‘mlik loyiha doirasida futbol maydonini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyihalar doirasida zamonaviy futbol maydonlarini barpo etish bilan bir qatorda, sport majmualari hududida aholi va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jismoniy faolligini oshirishga xizmat qiluvchi yugurish yo‘laklari, voleybol, basketbol va vorkaut maydonchalari ham tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga sport majmualarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, mavjud sport inshootlari va ularning mavsumiy foydalanishga shayligi ham ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga sport obyektlarini mavsumga puxta tayyorlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda sport inshootlaridan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Amalga oshirilayotgan mazkur bunyodkorlik ishlari hududda futbol va boshqa sport turlarini yanada rivojlantirish, yoshlar uchun munosib sport sharoitlarini yaratish hamda ommaviy sportni keng targ‘ib etishga xizmat qiladi. ✅Buxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube

🔴📡 Ayni damda Buxoro shahridagi “Xumo” sport majmuasida nuroniylar va yoshlar o‘rtasida mini futbol sport turi bo‘yicha vil
+9
🔴📡 Ayni damda Buxoro shahridagi “Xumo” sport majmuasida nuroniylar va yoshlar o‘rtasida mini futbol sport turi bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada viloyatning barcha hududlaridan nuroniylar va yoshlar jamoalari ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘zaro bellashmoqda. Musobaqa jarayonlari qizg‘in va murosasiz ruhda davom etmoqda. ✅Buxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube

Peshku tuman 1-son sport maktabining ommaviy sport bo‘yicha seleksioner-trenerlari tomonidan tumandagi umumta’lim maktablari
+7
Peshku  tuman 1-son sport maktabining ommaviy sport bo‘yicha seleksioner-trenerlari tomonidan tumandagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 2026-yilda o‘tkaziladigan ommaviy sport musobaqalari yuzasidan keng targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. ✅Buxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube

Buxoro shahrida sport maktabining ommaviy sport bo‘yicha seleksioner-trenerlari tomonidan maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Besh
+9
Buxoro shahrida sport maktabining ommaviy sport bo‘yicha seleksioner-trenerlari tomonidan maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 2026-yilda o‘tkaziladigan ommaviy sport musobaqalari yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. ✅Buxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube

Qorovulbozor tuman sport maktabining ommaviy sport bo‘yicha seleksioner-trenerlari tomonidan umumta’lim maktablari o‘quvchila
+6
Qorovulbozor tuman sport maktabining ommaviy sport bo‘yicha seleksioner-trenerlari tomonidan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 2026-yilda o‘tkaziladigan ommaviy sport musobaqalari yuzasidan keng targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. ✅Buxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube

Chempionlik sari qadam: “Maktab ligasi”da o‘z iqtidoringizni namoyon eting! “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida maktab o‘q
Chempionlik sari qadam: “Maktab ligasi”da o‘z iqtidoringizni namoyon eting! “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida sportni ommalashtirish va iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida 10 ta sport turi bo‘yicha “Maktab ligasi” musobaqalariga start berilmoqda. Musobaqada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari 10-sentyabrdan e’tiboran 5tashabbus.uz platformasi orqali amalga oshiriladi. Aziz o‘quvchilar! O‘z sinfingiz hamda maktabingiz sharafini munosib himoya qiling, sportdagi iqtidoringizni namoyon eting va chempionlik sari dadil qadam tashlang! ✅Buxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube

Buxoro viloyati erkin kurash jamoasi Turkiyaga yo‘l oldi Buxoro viloyati erkin kurash jamoasi xalqaro turnirda ishtirok etish
Buxoro viloyati erkin kurash jamoasi Turkiyaga yo‘l oldi Buxoro viloyati erkin kurash jamoasi xalqaro turnirda ishtirok etish uchun Turkiyaning Artvin shahriga jo‘nab ketdi. Sportchilarimiz mazkur nufuzli musobaqada munosib ishtirok etib, yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Jamoamiz vakillariga musobaqada omad va zafarlar tilaymiz! Yangi g‘alabalar bilan qaytishingizga ishonamiz! ✅Buxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube

🥊 Buxoro shahrida katta janglar oqshomi! Buxoro shahridagi “Universal” sport majmuasida Amir Temur pramousheni Qozog'istonning Alash Pride pramousheni bilan hamkorligida ATF ning 33- turniri o‘tkazadi! Oktagonda O‘zbekiston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjonning eng kuchli jangchilari o‘zaro kuch sinashib, g‘oliblik uchun murosasiz jang olib borishadi. Tomoshabinlarni yuqori darajadagi janglar, keskin to‘qnashuvlar va haqiqiy sport ruhi kutmoqda! 🇺🇿 O‘zbekiston 🇷🇺 Rossiya 🇰🇬 Qirg‘iziston 🇹🇯 Tojikiston 🇦🇿 Ozarbayjon Ushbu xalqaro turnir nafaqat jangovar sport muxlislari, balki adrenalinni sevuvchi barcha yurtdoshlarimiz uchun unutilmas taassurotlar taqdim etadi. 📅 10-sentyabr18:00 📍 Buxoro shahri, “Universal” sport majmuasi 🎟 Kirish mutlaqo bepul! Do‘stlaringiz va yaqinlaringiz bilan tashrif buyuring va oktagondagi haqiqiy janglar guvohiga aylaning! ATF 33 — kuch, jasorat va g‘alaba sari kurashBuxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube

Vobkent tuman sport maktabining ommaviy sport bo‘yicha seleksioner-trenerlari tomonidan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘
+7
Vobkent tuman sport maktabining ommaviy sport bo‘yicha seleksioner-trenerlari tomonidan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 2026-yilda o‘tkaziladigan ommaviy sport musobaqalari yuzasidan keng targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. ✅Buxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube

Joriy yil, 3-sentyabr kuni Kogon shahar sport maktabining ommaviy sport bo‘yicha seleksioner trenerlari tomonidan «Besh tasha
+8
Joriy yil, 3-sentyabr kuni Kogon shahar sport maktabining ommaviy sport bo‘yicha seleksioner trenerlari tomonidan «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida 2026-yilda umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan ommaviy sport musobaqalari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Ma'lumot uchun: Maktab o‘quvchilari o‘rtasida sport turlari bo‘yicha «Maktab ligasi» musobaqalari 9 ta sport turi hamda «Quvnoq startlar» bo‘yicha tashkil etiladi. Shuningdek, 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida «KrossFIT» sport musobaqasi o‘tkaziladi. ✅Buxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube

🏆 “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” - YOSHLAR UCHUN KATTA IMKONIYAT ⚽️ Kogon tuman sport maktabining ommaviy sport bo‘yicha selek
+7
🏆 “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” - YOSHLAR UCHUN KATTA IMKONIYAT ⚽️ Kogon tuman sport maktabining ommaviy sport bo‘yicha seleksioner-trenerlari tomonidan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 2026-yilda o‘tkaziladigan ommaviy sport musobaqalari yuzasidan keng targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. 🔹Maktab ligasi doirasida o‘quvchilar o‘rtasida 9 ta sport turi, shuningdek, “Quvnoq startlar” musobaqalari tashkil etiladi.9 ta sport turi hamda “Quvnoq startlar” musobaqalarida ishtirok etish uchun 5tashabbus.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish 10-sentabrdan boshlanadi. 📅 MUSOBAQALAR BOSQICHLARI: 🔹 Maktab bosqichi — sentyabr oyida; 🔸 Tuman (shahar) bosqichi — oktyabr oyida; ▫️Hudud bosqichi — noyabr oyida o‘tkaziladi. 🎯 Ushbu musobaqalar o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularni sportga keng jalb etishga xizmat qiladi.Buxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube

#matchday ⚽️⚽️ Superliga 2026 🏁 20-TUR 📆 05.09.26 ⏱️20:15 🔴”Qizilqum” - “Buxoro”🔵 🏟 “Yoshlik” sport majmuasi ✅Buxoro vil
#matchday ⚽️⚽️ Superliga 2026 🏁 20-TUR 📆 05.09.26 ⏱️20:15 🔴”Qizilqum” - “Buxoro”🔵 🏟 “Yoshlik” sport majmuasiBuxoro viloyati 💼Sport boshqarmasi Axborot xizmati! 👉Rasmiy-Sayt | 🚀Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | 🔥YouTube