cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Yuridik akademik litsey

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litsey faoliyatiga oid yangiliklar www.altsul.uz https://www.facebook.com/Yuridik-akademik-litsey-105909174693142/ https://www.instagram.com/p/Ce5T3J5s8dP/?igshid=YmMyMTA2M2Y=

Show more
Advertising posts
2 938
Subscribers
+1424 hours
+717 days
+24830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#ochiq_dars 🔰 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey ingliz tili bosh o‘qituvchisi Sh. F. Xadjibayeva 1-bosqich 11-guruh o‘quvchilari bilan “Writing task 2 opinion essay. Agree or disagree essay” mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. ✅ O‘quv mashg’ulotida TDYU qoshidagi M.S. Vosiqova nomli akademik litsey direktorining o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari A. Pirnazarov,  akademik litsey Tillar kafedrasi mudiri, f.f.n., dotsent G.U. Xujanova hamda pedagoglar qatnashdilar. ✅ Ochiq dars noan’anaviy, kichik guruhlar musobaqasi tarzida o‘tdi. ✅ Darsda Prezentasiya namoyishlari, Who wants to be a Millionaire, Pop the balloon , Fast Quizzy, Wall paper presentation metod va texnikalaridan foydalanildi.  ✅ Pedagogning kasbiy mahorati va o‘quvchilarning faolligi e’tirof etildi.
Show all...
👏 5👍 2❤‍🔥 2🔥 2
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni oʻz egalariga topshirildi https://youtu.be/Znq8-EFzkEU
Show all...
“Ibratli oila” koʻkrak nishoni oʻz egalariga topshirildi

👍 3🎉 1
#ehtirom 🔰 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Yunusobod tumanining ibratli oila namunasi boʻlib kelayotgan, farzandlar tarbiyasi va ularning ilmli hamda kasb-hunarli boʻlishi, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va yosh oila vakillarini oʻz ortidan ergashtirishga katta xizmat qilayotgan oila vakillari ishtirokida  tantanali tadbir oʻtkazildi. ✅ Unda “Oqila ayollar” klubi azosi, TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Huquqiy fanlar kafedrasi mudiri, yu.f.n., dotsent Mahbuba Xamidova “Ibratli oila” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar. ✅ Mahbuba Xamidovani ushbu yuksak eʼtirof bilan muborakbod etamiz.
Show all...
🥰 7👍 4😱 2👏 1
✨ maqola "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish " ✍ Tolibjonova Yodgora Bekzodbek qizi 🏛 TDYU qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi  akademik litseyning 1-bosqich o'quvchisi. 🔷“Ilm-fan muammolari tadqiqotchilar talqinida” mavzusidagi respublika ilmiy konferensiyasi ✅ O'qish istagidagilar 👇👇👇 https://talqinvatadqiqotlar.uz/index.php/tvt/article/view/2327 ✅ № 1540, 1-qism ,May 2024-yil.
Show all...
👍 7👏 5💯 2🥰 1😱 1🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
#tadbir 🔰TDYU qoshidagi M.S. Vosiqova nomidagi akademik litsey Tillar kafedrasi bosh o'qutuvchisi Aziza Tursunmuradova  2.11-guruh o'quvchilari bilan o'zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri, taniqli yozuvchi, o‘zbek she’riyatining ulkan so‘z san’atkori G‘afur G‘ulom hayoti va ijodiga bag'shlangan “G‘afur G‘ulom yodi” mavzusida adabiy kecha o’tkazdi. 🔰 Tadbirda ishtirokchilar  adabiy kechada o‘quvchilarning yod olgan she'rlaridan, badiiy chiqishlaridan, ijro etgan sahna ko'rinishlaridan bahramand bo‘ldilar. 🔰Adabiy kecha ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
Show all...
🔥 10👍 4❤‍🔥 3🎉 2💯 1
Repost from TSUL-Library
#maqola ✨ Respublika ilmiy nashrlarida chop etilgan maqola... 🌐 Nufuzli "Journal of innovations in scientific and educational research" jurnalida Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey 1-bosqich o'quvchisi Yodgora Tolibjonovaning maqolasi chop etildi. 👉 XX asr ayoli. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH. VOLUME-7 ISSUE-4 (30- April) 👨‍💻 Mazkur maqolani library-tsul.uz saytidan yuklab olish imkoniyatiga egasiz. 👉@tsullibrary👈 ♾♾♾♾♾♾♾♾♾ ✨Статья опубликована в научных изданиях Республики... 🌐 В престижном журнале «Journal of innovations in scientific and educational research» опубликована статья Ёдгоры Толибожоновой, ученицы 1 класса Академического лицея имени М.С. Восиховой при Ташкентском государственном юридическом университете. 👉 XX asr ayoli. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH. VOLUME-7 ISSUE-4 (30- April) 👨‍💻 Статья доступна на сайте library-tsul.uz 👉@tsullibrary👈
Show all...
XX asr ayoli. Tolibjonova Y. 2024 - TSUL - Library

👍 9😱 2❤‍🔥 1🥰 1👏 1🕊 1💯 1
#seminar 🔰 Oilalar mustahkamligini ta’minlash, oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlami saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash, oilaning jamiyat hayotidagi ahamiyatini targ‘ib etish maqsadida TDYU qoshidagi M.Vosiqova nomidagi akademik litseyda o“Qadriyatlarimiz- bebaho boyligimiz” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida TDYU Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professori, yu.f.d. Muhiddinova Feruza Abdurashidovna ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘z-fikr mulohazalarini bildirdilar. ✅ Tadbir doirasida oilviy munosabatlar, ularning huquqiy asoslari, oilalarmi mustahkamlash borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng islohotlar yuzasidan fikrlar almashildi. ✅ Baxs-munozarada faol ishtirok etgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Show all...
👍 5❤‍🔥 1👏 1
01:01
Video unavailableShow in Telegram
🔥 2
00:23
Video unavailableShow in Telegram
💐 15-may – Xalqaro oila kuni! 👨‍👩‍👧‍👦 🎉 Ushbu sanani bayramona kayfiyatda o'tkazing! 🇺🇿 Ona Vatanimiz mustahkam oilalar yurti bo'lsin!🌹
Show all...
🥰 2👍 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#tadbir #debat 🔰 Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyning Tillar kafedrasi mudiri, f.f.n., dotsent G.Xujanova va Yoshlar yetakchisi A.T. Akbaraliyev tomonidan 2023/2024-o‘quv yilida Professional ta'lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan kunlik tadbirlarning yarim yillik kalendar rejasi 13-bandi ijrosi yuzasidan"Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz" shiori ostida akademik litsey o‘quvchilari bilan debat tashkil etildi. ✅ G. Xujanova tadbirni ochib berdi va o‘quvchilarni debat shartlari bilan batafsil tanishtirdi. O‘quvchilar Vatan mavzusidagi she'rlar bilan bahs-munozaraga kirishdilar. ✅ Tadbir jarayonida ŏquvchilar asosli va mustaqil fikrlar bildirib, argumentlar keltirishdi. Debat juda qizg‘in bahs-munozaralar bilan o‘tdi.
Show all...
👍 3🔥 1👏 1