en
Feedback
VOLEYBOL BO‘YICHA VAZIR KUBOGI

VOLEYBOL BO‘YICHA VAZIR KUBOGI

Open in Telegram

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi

Show more
3 097
Subscribers
-824 hours
-457 days
-24930 days
Posts Archive
#Islohotlar_samarasi Ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilayotgan sport tadbirlari va musobaqalar yo'nalishida: ✅ Yoshlarni sportga keng jalb qilish va ularga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Respublikada 2025-2026 yil mobaynida  95 ta yangi sport zal binosi qurilib, foydalanishga topshirildi. 📊 Maktablarda 67 298 ta sport seksiyalari tashkil etilgan bo‘lib, ularga sportning 33 turi bo‘yicha 1,3 mln nafardan ortiq (530 729 mingdan ortig‘i qizlar) o‘quvchi jalb qilingan. 🔰 Bugungi kunda 9 837 ta sport klublari faoliyat yo‘lga qo‘yilib, ushbu klublarga jami 685 354 nafar o‘quvchilar jalb etilgan. 📍Joriy yilda, ilk marotaba o‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. ➖ Musobaqada, 5 mingdan ortiq maktablardan 98 ming nafar o‘quvchi-qizlar ishtirok etgan. Musobaqaning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan 3 ta jamoaga musobaqaning oliy sovrini “Damas” avtomashinasi hamda pul mukofotlari topshirildi. 🔹Shuningdek, ayol pedagoglar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha "Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri kubogi" musobaqalari o'tkazildi. Ilk bora tashkil etilgan ushbu tadbirning Respublika bosqichi Namangan shahrida bo‘lib o‘tdi, unda 112 nafar pedagoglar o'zaro kuch sinashdi. 📊 2023-yildan buyon o‘quvchi-yoshlarni sportga qiziqishlarini o‘rganish maqsadida my.sport.uz platformasi orqali 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik darajasi baholab kelinmoqda. ✅ 2025-yilda 10 204 ta umumta’lim maktabdagi 6,5 mln nafar o‘quvchidan 2,9 mln nafari mazkur jarayonda ishtirok etgan. 2026 yilda 4,3 mln nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Shundan, 4 mln nafari ixtiyori, 44 ming nafari maxsus sinovlarda ishtirok etdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

⚡️Samarqandlik 100 nafar faol o‘quvchilar Toshkent shahriga sayohat qildi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi
+9
⚡️Samarqandlik 100 nafar faol o‘quvchilar Toshkent shahriga sayohat qildi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan Samarqand viloyatidan a’lo baholarda o‘qigan va faol ishtirok etib kelayotgan 100 nafar o‘quvchi uchun Toshkent shahriga ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida o‘quvchilar G‘alaba bog‘i, Shon-sharaf muzeyi hamda Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, xalqimizning boy tarixi, buyuk ajdodlarimizning ilmiy va ma’naviy merosi, milliy qadriyatlarimiz haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Mazkur ma’rifiy sayohatni optkazishdan maqsad, yoshlarning tarixiy bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur hamda ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iboratdir. 🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati             📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt

Namanganlik 108 nafar o‘quvchi Toshkentdagi tarix va ma’rifat maskanlarida ➖ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonida
+6
Namanganlik 108 nafar o‘quvchi Toshkentdagi tarix va ma’rifat maskanlarida ➖ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchi-yoshlarning milliy tariximiz va boy madaniy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan “O‘quvchi-yoshlarni muzeylarga ma’rifiy sayohati” loyihasi doirasida tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu loyiha doirasida namanganlik 108 nafar faol o‘quvchilarning Toshkent shahriga sayohati uyushtirildi.
✅ Unda yoshlar Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishib, xalqimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi, qadimiy tamaddunimiz tarixi hamda buyuk allomalarimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. ◀️ Shuningdek, o‘quvchilar G‘alaba bog‘i majmuasida bo‘lib, xalqimizning mardlik va jasorat tarixi, Ikkinchi jahon urushi yillarida yurtdoshlarimizning ko‘rsatgan qahramonliklari bilan tanishdilar. 🟢Ta’kidlash joizki, namanganlik iqtidorlarning yurtimizning madaniy meros obyektlari - O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashriflari ham rejalashtirilgan. Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan "Tarixni anglab, kelajakni bunyod etamiz" shiori ostida tashkil etilgan “Oʻquvchi-yoshlarni muzeylarga maʼrifiy sayohati” loyihasi doirasida jizzaxlik faol oʻquvchilar Toshkent shahriga sayohat qilishdi.
Sayohat davomida o‘quvchilar G‘alaba bog'i, Amir Temur muzeyi hamda Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib, xalqimizning boy tarixi, ulug‘ ajdodlarimizning bebaho merosi va milliy-ma'naviy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishdilar.
➖ Mazkur sayohat o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini boyitish, Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va ajdodlar merosiga hurmat tuyg'ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Jizzax viloyati MMTB Axborot xizmati
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#Sayohat Yangiobodlik o‘quvchi-yoshlar — Islom Sivilizatsiyasi markazida! Toshkent shahrida davom etayotgan ma’rifiy sayohatn
+6
#Sayohat Yangiobodlik o‘quvchi-yoshlar — Islom Sivilizatsiyasi markazida! Toshkent shahrida davom etayotgan ma’rifiy sayohatning eng muhim manzillaridan biri — Islom Sivilizatsiyasi markazi. Bugun Yangiobod tumanining faol va iqtidorli o‘quvchi-yoshlari ana shu ulug‘ maskanga tashrif buyurib, jahon tamadduni va islom sivilizatsiyasi tarixida beqiyos iz qoldirgan ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishmoqda. Islom Sivilizatsiyasi markazi — nafaqat tarix va ilm-fan xazinasi, balki ajdodlarimizning buyuk tafakkuri, ma’rifati va ma’naviy merosini dunyoga namoyon etuvchi ulkan maskan. U islom olamining boy tarixi va bugungi salohiyatini mujassam etgan, yurtimizning ma’rifiy qiyofasini dunyoga ko‘rsatuvchi muhim markazlardan biridir. Yangiobodlik o‘quvchi-yoshlarning Islom Sivilizatsiyasi markazidagi taassurotlari — sayohatning eng unutilmas va mazmunli lahzalaridan biriga aylandi. Tarixni bilgan avlod — kelajakni bunyod etadi.https://t.me/yangiobodtumanxtb

🎥 Ma'rifiy sayohat – bilim va taassurotlarga boy kun Yangiobod tumani umumta'lim maktablari o'quvchilari uchun Toshkent shahriga tashkil etilgan ma'rifiy sayohat yoshlar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirdi. Sayohat davomida o'quvchilar G'alaba bog'i, Amir Temur muzeyi hamda Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, xalqimizning boy tarixi, ulug' ajdodlarimizning bebaho merosi va milliy-ma'naviy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur sayohat o'quvchilarning tarixiy bilimlarini boyitish, Vatanga muhabbat, milliy g'urur va ajdodlar merosiga hurmat tuyg'ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Olingan yorqin taassurotlar va ezgu xotiralar esa ular uchun uzoq yillar yodda qoladigan ma'naviy saboq bo'ldi. ✍https://t.me/yangiobodtumanxtb

#sayohat #tarixni_anglab #Kelajakni_bunyod_etamiz

✅✅✅✅ ✅Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “O‘quvchi-yoshlarni muzeylarga ma’rifiy sayohati” loyihasi doirasida yaratilgan madhiya videoklipini e’tiboringizga havola etamiz. 🟢Madhiya Navoiy shahridagi 11-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining ijodkor jamoasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, videoklip loyiha doirasida Toshkent shahriga uyushtirilgan ma’rifiy sayohat davomida suratga olindi. 🇺🇿Videoklipda yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi, milliy qadriyatlari hamda yoshlarning Vatanga muhabbat, ma’rifat va ezgu qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ulari badiiy talqinda o‘z ifodasini topgan. Navoiy viloyati MMTB Axborot xizmati Bizni kuzating:Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#bilimlendiriw_sayaxatı "Tariyxtı ańlap, keleshekti quramız!" súreni astındaǵı bilimlendiriw sayaxatı juwmaqlandı! 😜"Tariyxtı ańlap, keleshekti quramız!" súreni astında ulıwma orta bilim beriw mektepleriniń oqıwshıları ushın 30-iyul - 1-avgust kúnleri Tashkent qalasına biypul bilimlendiriw sayaxatı shólkemlestirildi. ◼️ Úsh kún dawam etken bul sayaxat dawamında oqıwshılar elimizdiń tariyxıy hám ruwxıy miyrası, zamanagóy dóretiwshilik jumısları hám ilim jetiskenliklerin ózinde jámlegen orınlar menen jaqınnan tanıstı. 🙂 Tómende oqıwshılardıń bilimlendiriw sayaxatı haqqındaǵı tásirleri menen tanısıń. ————— ️ #ta’lim_sayohat "Tarixni anglab, kelajakni bunyod etamiz!" shiori ostidagi ta’lim sayohati yakunlandi! 😜 "Tarixni anglab, kelajakni bunyod etamiz!" shiori ostida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari uchun 30-iyul - 1-avgust kunlari Toshkent shahriga bepul ta’lim sayohati tashkil etildi. ️ ✍️Uch kun davom etgan bu sayohat davomida o‘quvchilar yurtimizning tarixiy va ma’naviy merosi, zamonaviy bunyodkorlik ishlari va ilm-fan yutuqlarini o‘zida mujassam etgan joylar bilan yaqindan tanishdi. 🙂Quyida o‘quvchilarning ta’lim sayohati haqidagi taassurotlari bilan tanishing. QR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń: 🔎Web   🌐 Instagram   🌐Facebook Telegram   🌐Youtube

Bilimlendiriw sayaxatı dawam etpekte 🤗 Qaraqalpaqstan Respublikasındaǵı ulıwma orta bilim beriw mektepleriniń oqıwshıları us
+7
Bilimlendiriw sayaxatı dawam etpekte 🤗 Qaraqalpaqstan Respublikasındaǵı ulıwma orta bilim beriw mektepleriniń oqıwshıları ushın usı jıldıń 30-iyul - 1-avgust kúnleri Tashkent qalasına biypul bilimlendiriw sayaxatı shólkemlestirildi. 📌 Búgin sayaxat qatnasıwshıları Repressiya qurbanları esteligi mámleketlik muzeyine barıp, xalqımız basınan ótkergen mashaqatlı hám sınaqlı tariyxıy dáwirler, repressiya siyasatınıń ayanıshlı aqıbetleri jáne tariyxıy haqıyqattı sáwlelendiretuǵın hújjetler hám siyrek ushırasatuǵın eksponatlar menen jaqınnan tanıstı. 📌 Sonday-aq, oqıwshılar Ózbekstan Islam civilizaciyası orayına barıp, bul zamanagóy ilim-aǵartıwshılıq orayında jámlengen tariyxıy eksponatlardı kózden ótkerdi. Olar elimizden jetisip shıqqan ullı oyshıllardıń ómiri hám jumısı, dunya civilizaciyasınıń rawajlanıwına qosqan sheksiz úlesi, bay ilimiy miyrası jáne milliy mádeniyatımızdıń ásirler dawamında saqlanıp kiyatırǵan biybaha úlgileri haqqında tolıq maǵlıwmatlarǵa iye boldı. ✔️ Bul bilimlendiriw sayaxatı oqıwshı-jaslarda tariyxıy miyrasımızǵa húrmet, ilim-aǵartıwshılıqqa umtılıw hám milliy qádiriyatlarǵa sadıqlıq sezimlerin jáne de bekkemlew menen birge, olardıń bilim hám dunyaqarasın bayıtıwǵa múnásip úles qospaqta. ______________ Ta’lim sayohati davom etmoqda 🤗 Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari uchun shu yilning 30-iyul - 1-avgust kunlari Toshkent shahriga bepul ta’lim sayohati tashkil etildi. 📌 Bugun sayohat ishtirokchilari Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga tashrif buyurib, xalqimiz boshidan o‘tkazgan mashaqqatli va sinovli tarixiy davrlar, qatag‘on siyosatining ayanchli oqibatlari hamda tarixiy haqiqatni aks ettiruvchi hujjatlar va noyob eksponatlar bilan yaqindan tanishdi. 📌 Shuningdek, o‘quvchilar O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga borib, bu zamonaviy ilm-ma’rifat markazida jamlangan tarixiy eksponatlarni ko‘zdan kechirdi. Ular yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar hayoti va faoliyati, jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, boy ilmiy merosi hamda milliy madaniyatimizning asrlar davomida saqlanib kelayotgan noyob namunalari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. ✔️ Ushbu ta’lim sayohati o‘quvchi-yoshlarda tarixiy merosimizga hurmat, ilm-ma’rifatga intilish va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash bilan birga, ularning bilim va dunyoqarashini boyitishga munosib hissa qo‘shmoqda. Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń: 🔎Web   🌐 Instagram   🌐Facebook Telegram   🌐Youtube

🎬PREMYERA
🎶Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “O‘quvchi-yoshlarni muzeylarga ma’rifiy sayohati” loyihasi doirasida yaratilgan madhiyaning videoklipi e’tiboringizga havola etiladi.
✨Mazkur madhiya Navoiy shahridagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ijodkor jamoasi tomonidan yaratilgan. Videoklip esa loyiha doirasida Toshkent shahriga uyushtirilgan ma’rifiy sayohat davomida tasvirga olindi. 🇺🇿Videoklipda yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi, milliy qadriyatlari hamda yosh avlodning Vatanga muhabbat, ma’rifat va ezgu qadriyatlarga sadoqat ruhidagi intilishlari badiiy talqinda aks ettirilgan. 🎥 Marhamat, videoklipni tomosha qiling va o‘z fikr-mulohazalaringiz bilan o‘rtoqlashing. 🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz |Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#bilimlendiriw_sayaxatı Qaraqalpaqstanlı oqıwshılar Islam civilizaciyası orayına sayaxat etedi ️"Tariyxtı ańlap, keleshekti quramız!" uranı astında Qaraqalpaqstanlı oqıwshılar Ózbekstan Islam civilizaciyası orayına bilimlendiriw sayaxatına baradı. Bul sayaxat dawamında oqıwshılar xalqımızdıń bay tariyxıy hám ruwxıy miyrası, ullı ata-babalarımızdıń ilim hám civilizaciya rawajlanıwına qosqan úlken úlesi menen jaqınnan tanısıw imkaniyatına iye boladı. QR Mektepke shekemgi hàm mektep bilimlendiriwi ministrliginiń Màlimleme xızmeti __ ️#ta’lim_sayohat Qoraqalpog‘istonlik o‘quvchilar Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qiladi ️"Tarixni anglab, kelajakni bunyod etamiz!" shiori ostida Qoraqalpog‘istonlik o‘quvchilar O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markaziga ta’lim sayohatiga boradi. Ushbu sayohat davomida o‘quvchilar xalqimizning boy tarixiy va ma’naviy merosi, buyuk ajdodlarimizning ilm-fan va sivilizatsiya rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. QR Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Axborot xizmati Bizdi sociallıq tarmaqlarda baqlap barıń: 🔎Web   🌐 Instagram   🌐Facebook Telegram   🌐Youtube

😑🤳💔👱‍♂️😞🤳💚 ✔️Navoiylik o‘quvchi-yoshlar Islom sivilizatsiyasi markazida... 📙Toshkent shahrida davom etayotgan ma’rifi
+4
😑🤳💔👱‍♂️😞🤳💚 ✔️Navoiylik o‘quvchi-yoshlar Islom sivilizatsiyasi markazida... 📙Toshkent shahrida davom etayotgan ma’rifiy sayohat doirasida Navoiy shahri hamda Karmana tumanining faol va iqtidorli o‘quvchi-yoshlari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. 🔶Sayohat davomida o‘quvchilar yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar va mutafakkirlarning jahon ilm-fani hamda islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, noyob tarixiy qo‘lyozmalar va bebaho madaniy meros namunalari bilan yaqindan tanishdi. 💠Mazkur tashrif yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada yuksaltirish hamda ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur anglashida muhim ahamiyat kasb etmoqda. ✔️Ma’rifiy sayohat ishtirokchilarida katta taassurot qoldirgan ushbu maskan yoshlarni ilm-ma’rifatga, Vatanga sadoqat va milliy g‘urur ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. 🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Navoiylik o‘quvchi-yoshlarning Toshkentdagi ma’rifiy sayohati davom etmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbu
+4
Navoiylik o‘quvchi-yoshlarning Toshkentdagi ma’rifiy sayohati davom etmoqda. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “O‘quvchi-yoshlarni muzeylarga ma’rifiy sayohati” loyihasi doirasida Navoiy shahrining faol va iqtidorli o‘quvchi-yoshlari uchun tashkil etilgan ma’rifiy sayohat qizg‘in davom etmoqda. Sayohat davomida o‘quvchilar poytaxtimizdagi muzey va tarixiy maskanlarga tashrif buyurib, xalqimizning boy tarixi, ajdodlarimizning ilmiy-ma’naviy merosi hamda milliy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishmoqda. Eng muhimi, o‘quvchilar tarixni shunchaki kitoblardan o‘qibgina qolmay, uni muzeylar va tarixiy maskanlarda bevosita his etib, ko‘rib-o‘rganmoqda. Sayohat hali davom etmoqda! O‘quvchi-yoshlarimizning poytaxtdagi taassurotlari va navbatdagi manzillari haqida batafsil ma’lumotlarni sahifamizda kuzatib boring.

#sayohat_2kun #Buxoro_viloyati #tarixni_anglab #kelajakni_bunyod_etamiz Joriy yilning 24-25-iyul kunlari Buxoro viloyatidan 100 nafar o‘quvchilar Toshkent shahriga sayohatga olib kelindi. Ular uchun Toshkent shahridagi Islom suvilizatsiyasi markazi, G‘alaba bog‘i majmuasi, Amir Temur va O‘zbekiston sanʼat muzeyilarida sayohatlar amalga oshirildi.

Repost from E’zoza Karimova
“Tarixni anglab, kelajakni bunyod etamiz” loyihasi — yurtimiz o‘tmishi va kelajagini bog‘lovchi ma’naviy ko‘prik! Yoshlar qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otish, ularni ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhida tarbiyalash — eng muhim vazifalarimizdan biridir. Shu maqsadda “Tarixni anglab, kelajakni bunyod etamiz” loyihasi doirasida umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari uchun poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston va Temuriylar tarixi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylari hamda “G‘alaba bog‘i” majmuasiga sayohatlar tashkil etilmoqda. Ushbu loyiha farzandlarimizning o‘zligini anglashi, Vataniga sadoqatli hamda kelajakda yurtimizga munosib insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun mustahkam zamin yaratadi. Ushbu loyiha doirasida yurtimiz bo'ylab 14 000 nafar faol o'quvchilarni qamrab olish va jarayonlar avgust oxirigacha davom etishi rejalashtirilgan. ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook

#sayohat #Buxoro_viloyati #tarixni_anglab #kelajakni_bunyod_etamiz Joriy yilning 24-25-iyul kunlari Buxoro viloyatidan 100 nafar o‘quvchilar Toshkent shahriga sayohatga olib kelindi. Ular uchun Toshkent shahridagi Islom suvilizatsiyasi markazi, G‘alaba bog‘i majmuasi, Amir Temur va O‘zbekiston sanʼat muzeyilarida sayohatlar amalga oshirildi.

🎼 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan “Tarixni anglab, kelajakni bunyod etamiz” loyihasi uchun tayyorlangan maxsus qoʻshiq.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

Тарихни англаб, келажакни бунёд этамиз лойиҳаси учун махсус мусиқа! Барча худудлар Тошкентга келишга ушбу қўшиқдан фойдланиш тавсия этилади

#Sayohat Tarix saboqlari – kelajak bunyodkorlari uchun ilhom manbai ➖ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bila
+5
#Sayohat Tarix saboqlari – kelajak bunyodkorlari uchun ilhom manbai ➖ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “O‘quvchi-yoshlarni muzeylarga ma’rifiy sayohati” loyihasi doirasida Xorazm viloyatidan tashrif buyurgan faol o‘quvchilarning Toshkent shahridagi ma’rifiy sayohati davom etmoqda. 🏛 Bugun o‘quvchilar O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi hamda Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib, yurtimizning ko‘p asrlik davlatchilik tarixi, boy madaniy merosi va buyuk ajdodlarimiz qoldirgan bebaho ilmiy-ma’naviy xazinalar bilan yaqindan tanishdilar. 📚 Muzey eksponatlari orqali yoshlar xalqimizning shonli o‘tmishi, Amir Temur va temuriylar davridagi ilm-fan, madaniyat hamda bunyodkorlik an’analari haqida qimmatli bilimlarga ega bo‘ldilar. Bunday ma’rifiy sayohatlar o‘quvchilarda tarixiy xotira, milliy g‘urur va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda Boshqarmaning rasmiy sahifalariga  ulanishTelegram 📹YoutubeFacebook 🌐Instagram