Al-kimyogar
Open in Telegram
Tibbiyot (asosan, kardiologiya) izlanuvchisi, doimiy talaba 🥸 *Blogdagi tibbiyot bo'yicha postlar tibbiy konsultatsiya o'rnini bosa olmaydi. Aloqa: @StudentMedikBot
Show more498
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
498
Shu suhbatni eshitib ko'rsangiz bo'larkan. Juda ruhlantirar ekan. Jon Klauzer. Boshida hamkasblar tomonidan ishlari yaxshi kutib olmagan ekan, professor unvoniyam yo'q.
Shu intervyu menga yana bir bor (ilm-fanda) ishiga ishonch, qiziquvchanlik va o'z oldiga savol qo'yib o'sha savolga javob topish uchun harakat qilish katta yutuqlarga olib kelishi mumkinligini ko'rsatdi.
https://www.youtube.com/watch?v=ZYZiLX2uibM&ab_channel=NobelPrize
498
Carolyn Bertozzi – awarded the 2022 #NobelPrize in Chemistry – has taken click chemistry to a new dimension and started utilising it in living organisms. Her bioorthogonal reactions take place without disrupting the normal chemistry of the cell.
498
⚡️⚡️⚡️ Kimyo bo’yicha Nobel laureatlari e’lon qilindi
The Royal Swedish Academy of Sciences has decided to award the 2022 #NobelPrize in Chemistry to Carolyn R. Bertozzi, Morten Meldal and K. Barry Sharpless “for the development of click chemistry and bioorthogonal chemistry.”
498
🤔🔬 Qiziqarli. Bu yilgi Tibbiyot yoki fiziologiya bo'yicha laureati Svante Pääboning otasi Sune Bergström 1982-yil prostaglandinlar bo'yicha izlanishlariga Nobel mukofoti bilan taqdirlangan ekan.
https://www.nobelprize.org/prizes/medicine/1982/bergstrom/facts/
498
Shvedsiyadan uzoq kutilgan (kutilmagan) qo’ng’iroq.
Xabarni tiniq va ochiq “miyya” bilan kutib olgan Svante Pääbo bilan telefon orqali suhbat yozuvi.
https://youtu.be/gAxhRTpSgVM
498
⚡️⚡️⚡️Associated Press muhbiridan qiziq savol bo’libdi. Bu yilgi so’vrindorning xabarga bo’lgan reaksiyasi va ilmiy ishning inosniyatga ta’siri haqida Nobel qomitasidan javob.
498
Learn more about the 2022 #NobelPrize in Physiology or Medicine
Press release: bit.ly/3DOA8BU
Advanced information: bit.ly/3xM4xwK
498
2022-yil Tibbiyot yoki fiziologiya bo’yicha Nobel mukofoti bilan Svante Pääbo odam evolyutsiyasi bo’yicha tadqiqotlari uchun taqdirlandi
498
Bu yilgi Nobel mukofoto so’vrindorlarini tabriklaymiz. Tibbiyot yoki fiziologiya bo’yicha Nobel mukofotini press-komferensiyasi bo’lib o’tmoqda
https://youtu.be/6oPR9xWymnY
498
Tavba-yu, lekin jamoat salomatligi tashvishi bo'lib turgan masalaga ko'z yumilyapti. Yana shaxar kengashi deputatlari tomonidan. Deputatlik - shaxsiy fikrni olg'a surish emas, balki xalq dardini hal qilish uchun olinadigan vazifa o'zi.
Bu maqolani o'qib sochim tikka bo'ldi. Hayot tez emish, shuning uchun tezlikni tushirish haqida o'ylamaslik kerak ekan.
https://www.gazeta.uz/ru/2022/09/24/speed/
Raqamlar 2021-yil:
- 10.001ta yo'l-transport hodisalari qayd etilgan
- 2426 kishi qurboni bo'ldi, ulardan 263tasi - bolalar...
Afsus
498
Ba'zida ilmiy ishlar ekstremal darajada qiziq bo'ladi. Ko'p hollarda bular, oddiy va grafikalashtirilgan ilmiy ishlar. Masalan, 3 kun oldin chop etilgan maqolada olimlar inson homilasining ta'm sezgirligi bo'yicha eng birinchi to'g'ridan-to'g'ri dalillarini xabar qilishibdi.
Olimlar, onaning bir dozali kapsulani iste'mol qilganidan so'ng homiladagi yuz harakatlar o'zgarishini ultratovush orqali kadrma-kadr o'lchashgan. Qiziqarlisi, sabzi ta'mli kapsula iste'molidan so'ng homilada "kulgu", karam ta'mli kapsuladan keyin esa - "hafa/yig'lashga" yaqin yuz belgilari yozib olingan.
To'liq maqolaga lavha: https://journals.sagepub.com/doi/10.1177/09567976221105460
Ustun B, Reissland N, Covey J, Schaal B, Blisset J. Flavour Sensing in Utero and Emerging Discriminative Behaviours in the Human Fetus. Psychological Science. 2022.
498
Do'stim onkolog-gematolog Farhod bilan jurnal klubi tashkil etmoqchimiz. Birinchi soni yakshanba kuni 25/09/22 soat 21:00da shu kanalda bo'lib o'tadi. Agar ilmiy maqolalarni o'qish va tahlil qilishni o'rganish istagida bo'lsngiz onlayn-chatga taklif etamiz.
Birinchi chatni Nobel mukofoti so'vrindori Gregg Semenza va hamkasblarni Hypoxia-inducible nuclear factors bind to an enhancer element located 3’ to the human erythropoietin gene maqolasiga bag'ishlamoqchimiz. To'g'ri, eski, ammo tarihiy publikatsiya. To'liq matnni shu havola orqali o'qisangiz bo'ladi - https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC51941/
Bu esa "pdf"ga havola - https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC51941/pdf/pnas01063-0211.pdf
Maqola va umuman, HIF izlanishlariga bag'ishlangan boshqa qiziq publikatsiya bor ekan. Bosh vaqtingiz bo'lsa o'qib chiqsangiz bo'ladi - https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2352304219300935
498
Kecha Shnobel mukofotlari topshirilipti. Laureatlar orasida bizni mavzuimizga aloqador bor ekan.
Applied cardiology prize - Eliska Prochazkova, Elio Sjak-Shie, Friederike Behrens, Daniel Lindh, and Mariska Kret, for seeking and finding evidence that when new romantic partners meet for the first time, and feel attracted to each other, their heart rates synchronize.
Tadqiqot natijalariga ko'ra, yangi romantik partnyorlar birinchi ko'rishishganda bir-birligini yoqtirishsa yurak urishlari sinxronlashar ekan. Ushbu tadqiqotlar natijasi Nature human behaviour jurnalida chop etilgan ekan. O'qib chiqsangiz bo'ladi. https://www.nature.com/articles/s41562-021-01197-3
Tadqiqot davomida laboratoriyadan tashqarida, real hayotdagi tanishuv ta'sirida yuzaga kelgan fiziologik dinamika o'lchangan. Jumladan yurak urish tezligini va electrodermal o'zgarishlar o'lchangan.
Qiziqarlisi, tabassum, kulish, ko'z nigohi yoki bu signallarga taqlid qilish kabi ochiq signallar diqqatni jalb qilish bilan sezilarli darajada bog'liq emasligini aniqlangan. Ya'ni, shu paytgacha do'st-dugonalar bergan maslaxatlar savsata. Fan aytishi bo'yicha yashirin signallar orqali partyorlarning bir-biriga bo'lgan qiziqishini aniqlasa bo'ladi.
Shunaqa gaplar... Sizda ham yurak urishingiz boshqa bir odamni yuragi bilan sinxronlashishini tilab qolamiz!
498
Kecha Shnobel mukofotlari topshirilipti. Laureatlar orasida bizni mavzuimizga aloqador bor ekan. Applied cardiology prize -
498
Ortiqcha, chap-chup, shug'ur-shug'urlar sizni g'ashingizni keltirsa, demak sizda mizofoniya bor
Mizofoniya - bu nisbatan o'rganilmagan surunkali holat bo'lib, unda odam chaynash, qalam chertish va labni urish kabi ma'lum bir zararsiz yoki takrorlanuvchi tovushlarga avtonom qo'zg'alishni boshdan kechiradi.
Mizofoniklar tetik tovushlar ta'sirida tashvish, vahima va g'azab haqida xabar berishadi, bu ularning kundalik vazifalarni bajarish va sog'lom va normal ijtimoiy o'zaro munosabatlarda qatnashish qobiliyatini buzadi.
Ushbu maqolada, ikki tajriba davomida mizofoniyaning xulq-atvor va fiziologik xususiyatlari o'lchangan.
https://www.ncbi.nlm.nih.gov/pmc/articles/PMC3691507/
Edelstein M, Brang D, Rouw R, Ramachandran VS. Misophonia: physiological investigations and case descriptions. Frontiers in Human Neuroscience. 2013:296.
498
Repost from Zafar Khashimov
Украина аскарлари рус қўшинларини роса қувиб боришаяпти. Лекин мени бугун кўнглимни хира қилиб куни билан ғазабланатираётган ҳодиса руслар тарафида урушда иштирок этиб, асирга тушган ўзбекистонликлар сўроқ қилинаётган видеолавҳа бўлди. Россияда ватандошларини урушга тарғиб қилаётган хоинлар бор.
Шу ноинсоф жиноятчилар албатта ва тез кунларда жавобгарликка тортилишлари керак.
Расман ўзбек диаспорасининг раҳбарлари деб ҳисобланувчи бу шахслар ўз ватандошларининг қони ва жони ҳисобига “янги ватанларида” пул ва обрў орттиришдан ҳеч хазар қилишмайди.
Улар Россияда ризқ топаман деб юрган йигитларни алдаб авраб, рус армияси қаторида урушга сафарбар қилишаяпти. Уларнинг касрига эса мана шундай илмсиз, содда йигитлар жони, қони ва озодлигидан маҳрум бўлишаяпти ва устига устак, бу амаллари, яъни бошқа давлатда ёлланиб жанг қилганлари учун хатто ўз ватанларида жиноятчи бўлишаяпти.
Бу постни ёзайми ёзмайми, деб кўп ўйландим. Уни жойлашдан ягона мақсадим - шояд ушбу сўзлар ва келтирилган видеоилова, ҳеч бўлмаганда, биронта ватандош йигитимизни огоҳ қилиб, уни бошқа давлат манфаати учун жангари бўлиб қолишдан сақлаб қолармикан, деган умидим бўлди.
https://youtu.be/SKwddSbO4ZI
498
Ilm-fan qiziq, tushunarsiz darajada g'alati ammo o'ylantiradigan bo'ladi. "G'alatilikni" eng yuqori cho'qqisini Shnobel mukofoti - Ig Nobel Prize ceremony ko'rsangiz bo'ladi. Boshida kuldirib, keyin o'ylantiradigan kashfiyotlar uchun har yili Garvard universitetining Sanders Theater zalida 1991-yildan beri Nobel mukofoti sorvindorlari tomonidan beriladi.
Juda qiziq, oldingi yili onlayn bo'lib o'tgan edi. Bu yili 15-sentyabr kunida yana onlayn tarzda bo'lib o'tadi. Shu lavha orqali ko'rsangiz bo'ladi - https://improbable.com/ig/2022-ceremony/
https://improbable.com/ - bu esa Annals of Improbable Research, Shnobel mukofoti organizatorlari tomonidan yuritalidagan jurnal vebsayti.
498
Kecha qirolicha Yelizaveta II vafot etganini eshitgandirsiz. Tarixiy kun. Dafn etish marosimining maxsus kodli nomi bor ekan - “Operation London Bridge”, o’zimam kecha bilib oldim. Shu haqida Avstraliyaning ABC News juda qiziqarli lavha tayyorlabdi. Ko’rishni tavsiya etaman.
https://youtu.be/g7bsz3swBU4
498
Uzoq matn yozish noorin bo’lsa kerak. Mavzu tarafli yaratilgan. Ko’rishni tafsiya etaman. Ammo bir so’z bilan izoh qoldirmoqchiman - Botqoq
https://youtu.be/eGp6VIVzyIk
