Muhammad Uralov
Open in Telegram
- Hayotdan olingan saboqlar - Kitoblardan xulosalar - O’ylashga majburlovchi fikrlar Aloqa uchun: @MuhammadUralovv
Show more684
Subscribers
+124 hours
-17 days
+1930 days
Posts Archive
Men ichmayman, chakmayman. Buni aniq qanaqa hissiyot berishini bilmayman. Lekin futbol bergan qo'rquv + hayajon BAXT garmonini aniq hech narsa bera olmasa kerak!
Futbolga qiziqmaydiganlar nimalar yo'qotayotganini bilishsa edi....
Insonda aniq nechta hissiyot turi borligini bilmayman. Lekin dunyo aholisi oxirgi 2 soatda barchasini o'zida sinab ko'rdi...
Qiyinchilik
Hayotdagi juda ko'p jarayonlarda bir qoida bor: "yaxshi bo'lishidan oldin albatta yomonroq bo'ladi(no pain no gain)".
Sport zalga chiqasan sog'lom va baquvvat bo'lmoqchisan. Lekin undan oldin albatta butun tana og'riqlari va vaqt sinovidan o'tishing kerak.
Ilmli bo'lmoqchisan, demak oldinroq zerikish, charchash, va do'stlar davrasidan qolib ketishga ham tayyor turishing kerak.
Karyerangda o'smoqchisan. O'sish uchun nima kerak? Ha, qo'shimcha vaqt va tavakkalchilik. Demak boshida oyliging avvalgidan ham kam bo'lishiga tayyor bo'lsanggina uni o'zgartira olasan.
Xulosa: biror ishni boshlaganingda qiyinchilik bo'lishi tabiiy va qiyinchilik borligi bu narsaning sen uchun emasligini anglatmaydi.
Qiyinchilik bu filter, kim muvaffaqiyatga loyiq yoki loyiq emasligini saralab beradigan jarayon.
@MuhammadUralov
Hayotdagi juda ko'p jarayonlarda bir qoida bor: "yaxshi bo'lishidan oldin albatta yomonroq bo'ladi(no pain no gain)".
Sport zalga chiqasan sog'lom va baquvvat bo'lmoqchisan. Lekin undan oldin albatta butun tana og'riqlari va vaqt sinovidan o'tishing kerak.
Ilmli bo'lmoqchisan, demak oldinroq zerikish, charchash, va do'stlar davrasidan qolib ketishga ham tayyor turishing kerak.
Karyerangda o'smoqchisan. O'sish uchun nima kerak? Ha, qo'shimcha vaqt va tavakkalchilik. Demak boshida oyliging avvalgidan ham kam bo'lishiga tayyor bo'lsanggina uni o'zgartira olasan.
@MuhammadUralov
Erkak va ayoldagi emotsional farq haqida
Bugun shu mavzuda bir necha maqolalar oʻqidim. Baʼzi maqolalarda aslida erkaklar ayollardan koʻra hissiyotga beriluvchan boʻladi(yoshi oʻtishi bilan keladi), faqat uni ifoda etishda erkaklar oʻzini tiyib turadi. Umuman oʻz hissiyotlarini ifoda etishda ayollar erkaklardam ancha kuchli deyapti. Shuning uchun ham o'z fikrlarini bizdan ko'ra tushunarliroq yetkazib bera olishadi.
Bizda jamiyatda bitta tushuncha bor oʻgʻil bolasan yigʻlama, oʻgʻil bolasan ogʻriyapti dema, siqilma, chida va hkz. Aslida shu tushunchalar dunyoda juda koʻplab jamiyatlarda bor va aynan shu narsa erkaklarning oʻz hissiyotlarini ifoda etishda toʻsiq boʻladi deyilyapti(+garmonlarning ham roli bor).
Yevropada oʻtkazilgan tajriba shuni koʻrsatganki, u yerda ota-onalar oʻz qizlari bilan suhbatda oʻgʻillariga nisbatan emotsionalroq boʻlisharkan. Aslida bolalar tugʻilishidan hissiy tomonlama teng boʻladi deyilyapti. Ota-onalar qizlariga koʻproq emotsional muomala qilgani uchun ham ular buni tez oʻrganadi va jamiyat buni toʻgʻri qabul qilgani uchun hissiyotini bemalol oshkor qiladi.
Erkaklar asosan jahlni, ayollar esa biror narsadan xursand yoki xafaligini tezroq ifoda eta oladi.
Erkaklar oʻz hissiyotlarni chiqarmasdan ichida saqlashi koʻplab asab, yurak, qon-tomir kasalliklari va stressga olib keladi.
@MuhammadUralov
Sevgini koʻzi koʻrmi?
Bir insonni yoqtirib qolasan. Xato va kamchiliklari koʻrinmay qoladi. Yoshlik, erkalik yoki bilmasdan qilib qoʻygan degan fikrlar kelaveradi doim. Jahling chiqmaydi. Tushunishga harakat qilasan.
Yoqtirib(gaplashib emas!) turmush qurganlar shuning uchun baxtliroq yashashsa kerak, balki.
Dars berishni boshlaganimdan beri bolalarni yaxshi koʻrgan inson zoʻr oʻqituvchi boʻla oladi deb koʻp eshitdim. Sababini bilmas edim. Endi tushundim, menimcha.
Sevgini koʻzi koʻr iborasi faqat qarama-qarshi jins vakiliga nisbatan ishlamaydi. Maktabda bola shoʻx, yosh va xatoga moyil boʻladi.
Bu xato va shoʻxliklarni faqat bolalarni yaxshi koʻrganlargina koʻtara oladi(xuddi ayolini sevgan erkak kabi). Asabiylashmaydi, baqirmaydi, begʻuborlik deb qabul qiladi.
Oqibatda dars sifati tushmaydi, bolalarni tushunadi va ularga chiroyli tushuntira oladi. Oqibatda sevimli oʻqituvchi boʻladi!
@MuhammadUralov
Feyman texnikasi
Sen 12 yoshli bolaga o'rgangan narsangni tushuntirib berolmasang hali bu mavzuni to'liq o'rganmagansan.
Turli xil atamalar, qiyin so'zlar va statistikalar bilan gaplarini murakkablashtiradigan insonlar katta ehtimol bilan shu mavzuni yaxshi bilishmaydi.
1. O'rganayotgan mavzuying haqida hammasini bitta qog'ozga tushunarli tilda yozib chiqasan.
2. Yozganlaringni qayta o'qib barcha atama va murakkab so'zlarni sodda tilga o'girib chiqasan(12yoshli bola tushunishi kerak).
3. Shu mavzuni bolalarga tushuntirib berasan. Qayerda qanday savollar berishayapti? Demak shu joyi tushunarsiz yozilgan shu yerini o'zgartirasan. Qarabsanki mavzuni sendan yaxshi biladigan inson yo'q)
Go'zallik oddiylikdadir!
@MuhammadUralov
Assalamu aleykum, qaysi mavzuda post bo'lishini xohlaysiz?) Mavzular juda ko'p, qaysi birini yozishga o'ylanib yozmay yuribman))
Uch xil criteria bor insonning dunyoqarashi tormi yoki keng bilib olsangiz bo'ladi. Va do'stlashasizmi yoki yo'q uni ham!
1. Insonlardan juda ko'p xafa bo'ladigan.
2. Insonlardan juda tez asabiylashadigan.
3. Insonlarni ko'p g'iybat qiladigan.
Birinchi ikkitasini inson odamlarni o'rniga o'zini qo'yib ko'ra olmagani uchun qiladi. Uchunchisini esa insonlarga nisbatan yaxshi gumon qila olmagani uchun.
@MuhammadUralov
Odamlar nima deydi?
Chaqaloq tug'ularkan uni otasi mersda tug'ruqxonadan olib chiqadi. Oddiy mashinada olib chiqsa odamlar nima deydi?
5 yoshida sunnat to'y qiladi. Odamlar nima deydi deb!
25 yoshida 500 kishiga to'y qiladi. Ixcham to'y qilsak odamlar nima deydi?
U o'lgandan keyin uning bolasi otasini 40, 50, 80 kunligiga bag'ishlab osh beradi. Odamlar nima deydi deb! Otadan bolaga ajoyib meros!
Biz yana odamlar nima deydi deb nima ishlar qilamiz? Ro'yxatni davom ettirishingiz mumkin kamentda...
@MuhammadUralov
Bolalar seni yoqtirsin
Bolaga yoqishga harakat qilgan ota-onadan ham ustozdan ham yaxshi pedagog chiqmaydi. Nega? Chunki sen ularning har bir aytganini qilar ekansan. Tarbiyaning noto'g'ri yo'nalishiga qaran ketaverasan.
Demak buni yechimi sen shunday bo'lginki bolalar senga yoqishga harakat qilsin sen ularga emas. Shunda ular senga yoqadigan ishlarni qilishadi. Tartibli, odobli, ilmli farzand voyaga yetadi.
Buning uchun esa sendan faqat bir narsa talab qilinadi. Vaqt! Bolalar bilan sifatli vaqt o'tkaz, ular bilan suhbatlash, muammolarini eshit. Og'aynisi, sevgan qizi, Pubg va uning qiyinchiliklari haqida suhbat qur.
Ta'lim va tarbiya haqida Aziz Rahimov bilan qiziqarli suhbat qurdik. Davomini videoda ko'rishing mumkin.
@MuhammadUralov
Bolalar seni yoqtirsin
Bolaga yoqishga harakat qilgan ota-onadan ham ustozdan ham yaxshi pedagog chiqmaydi. Nega? Chunki sen ularning har bir aytganini qilar ekansan. Tarbiyaning noto'g'ri yo'nalishiga qaran ketaverasan.
Tafakkur qilmaysizlarmi?
Bu jumla Qurʼonda bir necha bor takrorlangan. Bizni olam haqida, atrof-muhit va oʻzimiz haqimizda Nega? Qanday? Qayerdan? kabi savollar bilan fikrlashga undalganmiz.
Savol nega juda kam insonlar fikrlay va tafakkur qila oladi?
Bizning miyamiz tanamizning 2%ini tashkil qiladi lekin bor energiyaning oʻrtacha 20%ini isteʼmol qiladi. Tafakkur qilish miya uchun juda katta energiya sarflovchi jarayon va bunda energiya isteʼmoli 20%dam ham oshib ketadi.
Shuning uchun ham miyamiz juda dangasa fikrlagisi, tafakkur qilgisi kelmaydi. Energiyani asramoqchi boʻladi.
@MuhammadUralov
Boladan oʻrgan!
Statistika boʻyicha besh yoshgacha bolaning 85-90% miyasi rivojlanib boʻladi. Ha bu biologik jarayon. Yangi tugʻilgan boʻlganligi uchun juda tez rivojlanadi.
Lekin bu darajada tez oʻsayotgan miyani toʻldirish uchun 4 yoshli bola kuniga oʻrtacha 200-300ta savol beradi. Shuning uchun ham u repetitorsiz 1ta tilni va oʻzi uchun yangi dunyoni juda tez oʻrganadi.
Aslida bizning juda sekin rivojlanayotganimizga sabab oʻzimizga va atrofdagilarga juda kam savol berishimizda va tafakkur qilmasligimizda.
Nega degan savol seni eng koʻp ishlatadigan soʻzing boʻlmas ekan sen tez oʻsmaysan!
@MuhammadUralov
Принциплар haqida
AQSH dagi 99% sok ishlab chiqarilaruvchi brendlar kosher(yoki halol) belgisi bilan chiqadi. Eng qizig’I halol (yoki kosher) belgisiga e’tibor beruvchi musulmon (yoki yahudiy) aholi amerikada atigi 1%.
Xo’sh nega unda hamma sharbat ishlab chiqaruvchilar atigi 1% keladigan qatlamni hisobga olib o’z sharbatlarini sertifikatlagan? Mijoz yo’qotmaslik uchun.
Chunki taomini halolligiga e’tibor beradigan odam принципидан voz kechib sertifikati yo’q mahsulotni sotib olmaydi, bunga e’tibor bermaydigan odamga esa farqi yo’q. Sharbat halol bo’lsa ham ichaveradi
Ya’ni seni kuchli prinsiplaring bo’lsa va ularga qat’iy amal qilsang, principi yo’q odamlar senga moslashadi baribir. Qanchalik ko’p bo’lishsa ham.
O’zing uchun ba’zi hayotiy principlar qo’yib ol. Yashashing osonlashadi. Atrofdagi shunday principlari yo’q insonlar esa senga moslashishga majbur bo’lishadi.
Mening ba’zi principlarim:
-Shom vaqtidan keyin vaqtim oilamniki
-Засекреченный raqamlarni ko’tarmayman
-Salom bilan boshlanmagan xatga javob bermayman
-Ichkilik bor stol(davralar)da o'tirmayman
-Maska taqmaganlardan 2 metr masofa saqlayman😊
@azizrakhimov_blog
Eng buyuk meros
Alloh taolo jannat haqida gapirarkan uni insonlar meros qilib olurlar deydi. Nega? Chunki jannat bizning otamiz Odam alayhissalomga berilgan edi. Va biz uni otamizdan meros qilib olamiz.
Alloh jannatda nafaqat mo'minlarga balki, barcha insonlarga uylar qurgan. Mo'minlar jannatga kirarkan juda ko'plab bo'sh uylarni ko'rishadi. Chunki ko'plab insonlar jannatga kirishni o'zlari xohlamaydi.
Bu dunyo qiyinchiliklarida iymonini yo'qotmaganlar eng buyuk merosni qabul qilib olarlar. Alloh taolo barchamizga buni nasib aylasin...
@MuhammadUralov
Bolaligini unutganlar
Esla! Yoshligingda koʻp narsani bilmasding. Koʻplab xatolar qilgansan. Axir, yosh boʻlgansan. Bilmagansan!
Sen uchun eng yaxshi inson esa seni xuddi katta inson bilan gaplashayotgandek eshitadiganlar edi. Ular sening qiziqishlaring va orzularing ustidan kulmasdi. Aksincha seni ruhlantirar, har bir savolingni diqqat bilan eshitar va javob berardi. Xato qilish va bilmaganingni soʻrab oʻrganishingni norma qabul qilishardi.
Hozir yoshligimda baʼzi kattalarning menga qilgan ishlari, muomalalarini eslab nega unday qilishgan? Axir yosh bola boʻlganman, bilmaganman-ku! Nega shuni tushunishmagan deb oʻylayman, jahlim chiqadi. Baʼzilari hayotimga ham taʼsir qilgan!
Hozir bolalarini har bir notoʻgʻri ishi uchun urib tarbiyalaydigan ota-onalar, oʻquvchisining har bir xatosi uchun baqirib oʻqitadigan ustozlar Aslida oʻz bolaligini unutgan insonlardir.
Bolalarni kechirishni o'rganishimiz kerak.
@MuhammadUralov
Kamroq ish ko'proq pul
Agar daromading doimiy oshib borishini, ko'proq pul topishni xohlasang kamroq ishla do'stim.
Nega? Chunki haftasiga 6 kun va kuniga 10 soat ishlaydigan odamning o'z ustida ishlashga na vaqti na energiyasi qoladi.
O'z ustingda ishlamasang aqlan rivojlanmaysan. Vaqtingni qimmatga sota olmaysan. Maktabda kimdir 40 minut darsi uchun 25 ming yana kimdir 100 ming oladi. Farq o'qituvchining sifatida.
Keyinchalik vaqtingni qimmat sotish uchun hozir kamroq oylikka rozi bo'l. Hech kim pul to'lamayotgan bo'lsa ham o'z ustingda ishla. Mayli, hozir hamma 10 mln olayotganda 5mln top. Lekin kelajakda narxing qimmat bo'lsin. Balki 100 mln.
@MuhammadUralov
