Muhammad Uralov
Open in Telegram
- Hayotdan olingan saboqlar - Kitoblardan xulosalar - O’ylashga majburlovchi fikrlar Aloqa uchun: @MuhammadUralovv
Show more684
Subscribers
+124 hours
-17 days
+1930 days
Posts Archive
Har kuni kechqurun audio kitob bilan 1 soat o’rtacha piyoda yurayotgandim. Ovqatimni hazm qilish va ortiqcha vazn olmaslik uchun.
O’ylab qoldim. Ham ko’proq ovqat yeyishga ham uni hazm qilishga kuch va energiya sarflayapman. Undan ko’ra kamroq ovqat yeb qolgan vaqtimga ilm olsam bo’lmaydimi?
Inson nafsini yenga olsa unda hamma narsa uchun vaqt yetarlicha bo’ladi.
@MuhammadUralov
Kamroq bilsang ko’proq yashaysan!
Marketing kurslarini o’qiganimdan keyin hatto shu kursni o’qitayotgan o’quv markazini o’zini ham sal yoqtirmay qolganman. Qaysi kompaniya men bilan gaplashmasin hammasini orqasida o’z tovarlarini sotish maqsadi yotganini sezadigan bo’lib qoldim.
Psixologiyaga qiziqdim. Ozgina o’rganishni boshlaganimdan keyin deyarli barcha insonlar maqtanish uchun gapirishlarini, yolg’izlikdan qo’rqishlarini va shuning uchungina tinmasdan gapirishlarini bildim. Gaplari orqasidagi ma’noni anglay boshladim. 95% tanishlarim bilan gaplashish zavq bermay qo’ydi.
Siyosat va jamiyat haqida o’rgandim. Adolatsizliklarni va yolg’onlarni ko’rib qiynalishni boshladim.
Diniy ilmlarni o’rganyapman, har bir qilgan ishim uchun qanchalik javobgarligimni bilyapman. Xatolarimdan ko’proq qo’rqishni boshlayapman.
Umuman, har bir o’rganilgan bilim orqasidan qiyinchiliklar olib kelyapti. O’zi bu dunyoda ahmoqlargina mazza qilib yashaydi.
@MuhammadUralov
Seni kimlar yoqtiradi?
Hammaga yoqishning iloji yo’q. Bu tabiiy. Kuchli dars o’tmoqchi bo’lsang dangasalarga, haqiqatni gapirsang yolg’onchilarga, adolat qilaman desang nohaqlarga yoqmaysan.
Bizni kim yomon ko’rishi bizni qaysi yo’nalishda ketayotganimizni belgilab beradi.
Atrofga qara, seni yomonlar yoqtirmayotgan bo’lsa bu yaxshi. Yaxshilar yoqtirmayotgan bo’lsa hayot yo’lingni qayta ko’rib chiqish vaqti keldi.
Qaysidir insonni kimdir maqtasa yoki yomonlasa avval o’ziga qarab ko’raman u qanday inson? Bir mashennik odamga ikkinchi mashennik uddaburon, bir alkashga ikkinchisi shinavanda bo’lib tuyuladi.
Musulmon odamga hamma insonlarning emas solih insonlarning fikri muhim bo’ladi. Hech kimning gapi muhimmas deganlar ko’pincha nafs ortidan ergashayotganlar bo’ladi.
@MuhammadUralov
Seni kimlar yoqtiradi?
Hammaga yoqishning iloji yo’q. Bu tabiiy. Kuchli dars o’tmoqchi bo’lsang dangasalarga, haqiqatni gapirsang yolg’onchilarga, adolat qilaman desang nohaqlarga yoqmaysan.
Bizni kim yomon ko’rishi bizni qaysi yo’nalishda ketayotganimizni belgilab beradi.
Atrofga qara, seni yomonlar yoqtirmayotgan bo’lsa bu yaxshi. Yaxshilar yoqtirmayotgan bo’lsa hayot yo’lingni qayta ko’rib chiqish vaqti keldi.
Musulmon odamga hamma insonlarning emas solih insonlarning fikri muhim bo’ladi. Hech kimning gapi muhimmas deganlar ko’pincha nafs ortidan ergashayotganlar bo’ladi.
@MuhammadUralov
Einstein kabi muvaffaqiyatga erishmoqchimisiz? Yana bir marta o’ylab ko’rish kerak.
Maqsadlaringiz katta. Sohangizni zo’r mutaxassisi bo’lmoqchisiz. Muvaffaqiyatlarga erishmoqchisiz. Xalq xizmatini qilmoqchisiz.
Bu uchun nima qilish kerak? Aslida ko’p narsa kerak emas bunga erishish uchun.
Muhimi to’g’ri yo’lni tanlash, ishonchli odamlar bilan hamkorlik va fokusni yo’qotmagan holda uzoq yillar mehnat qilish maqsadlaringizga olib boradi.
Muvaffaqiyatga erishasiz, jamiyatga kerakli insonga aylanasiz. Jamiyat vaqtingizni ko’proq talab qilishni boshlaydi. Shunga yarasha qadrlashni boshlaydi, ish haqqingizni o’rtig’i bilan berishni boshlaydi.
Vaqt o’tadi, umr o’tadi. Jamiyatga foydangiz tegib o’tasiz.
Ammo bir qopqon bor. Xalq xizmatida yurib oilaga va farzandlarga vaqt ajrata olmay qolasiz. Avval bitta farzand bo’ladi, keyin ikkita, kattasi maktabga boradi, so’ng institut tanlashni boshlaydi. Siz esa ishlaringiz sabab band bo’lasiz.
Farzandlarni sizning vaqtingizga ehtiyoji katta bo’ladi. Siz esa bandsiz. Vaqt o’tadi. Sizda boylik bo’ladi, ammo farzandlar bilan aloqa siz hohlagandek bo’lmaydi. Siz hayron bo’lasiz, «men shuncha ishlab, oilamga zo’r sharoit yaratdim, noshukurlik qilyapti bular» deysiz. Aslida muammo siz boy bo’lmasingizdan avvalroq boshlangan bo’ladi.
Einstein qanchalik mashhur bo’lmasin, oilasi bilan aloqasi yaxshi bo’lmadi. Bitta ayol bilan yashay olmadi, ishqiy munosabatlar bilan hayot kechirdi, hattoki o'zini xolavachchasiga uylandi, achinarlisi farzandlariga na'munali ota bo'la olmadi. Hattoki kenja o'g'lini o'limini tilagani haqida ma'lumotlar bor.
Boshqa misol, Elon Musk. Men qattiq hurmat qilaman va shunday inson bilan bir zamonda yashayotganimdan, u erishayotgan yutuqlarni birinchi qo’l ko’rayotganimdan hursandman.
Elon insoniyatni saqlab qolish uchun harakat qilmoqda. 10 ta farzand otasi. Bolalari uchun barcha sharoit qilgan, hattoki dunyo kam biladigan sirli, alohida maktab ham qurib bergan. Shunday bo’lsada umrini ishxonada o’tkazadi. Haftasiga 100-120 soatlab ishlaydi.
Ertaga ayrim farzandlari undan voz kechsa men hayron bo’lmayman. Sababi u shuni tushungan holda riskni qabul qilgan. Bolalari bilan qanchalik ko'p vaqt ajratishni hohlamasin o'z missiyasini insoniyatni marsga olib chiqishga bag'ishlagan.
Oila tinchligi, ota-ona roziligi, farzandlar bilan yaxshi aloqa har qanday karyeradagi muvaffaqiyatdan afzalroq.
Aslida barchasi oddiy. Ammo oddiy degani oson degani emas. Muvaffaqiyatga hech qachon osonlik bilan erishilmaydi. Karyerada muvaffaqiyatga erishish bu muvaffaqiyat. Farzandlar doim intiladigan ota yoki ona bo’lish esa undanda kattaroq muvaffaqiyat.
Shuning uchun muvaffaqiyatli insonlarni farzand tarbiyasi va oila haqidagi maslahatlarini yaxshilab o’ylab ko’rish kerak.
Bek Olimjon
@MuhammadUralov
Haqiqiy insonlar
Inson aslida qanaqa degan savol kelsa ko’pincha yosh bolalarni kuzataman.
Samimiy(nimani o’ylasa shuni gapiradi), qiziquvchan(kuniga yuzlab savollar), doim umid bilan yashashadi(yaxshi gumon), quvnoq va energiyaga boy.
Vaqtlar o’tib, adolatsizliklarni ko’rib, nafs ortidan ergashib, gunohlardan qalblar qoraygan sari insonlar o’zgarib boraveradi.
Bu dunyo qonunlariga moslashishadi.
Yana samimiy, energiyaga boy va yaxshi gumon qilishni o’rganish uchun yillab vaqt sarflashadi.
Eng to’g’ri yo’l shu ekanligini keyin bilishadi. Kimdir buni anglaydi kimdir yo’q! Kimdir bunga erishadi, kimdir…
@MuhammadUralov
Ertalab nega uyg’onaman?
Oliy maqsad hammada bir xil o’zini roziligini topish. Lekin qaysi yo’l bilan degan savol kelganda hamma o’ylanib qoladi.
Men kuniga o’rtacha 200ta bolaga. Haftasiga 1000ga yaqin bolaga ilm beraman. Agar shu bolalardan birortasini hayotini shu berayotgan ilmim orqali o’zgartira olsam. Shu orqali o’zini roziligini topaman deb o’ylayman.
Kelajakda bu sonlar o’sishi shart! Yoki o’z maktabim yoki online ta’lim orqali.
Oliy maqsadga yetkizadigan yo’l hammada har xil. Hamma ham butun insoniyatni o’zgartirishi shartmas.
Magazinchi G’aybulla aka halol savdo qilish orqali farzandlarini halol yedirsa shuni o’zi uning oliy maqsadi bo’lishi mumkin!
@MuhammadUralov
Savol: hayotingizning ma’nosi nima? Nega yashayapsiz bu dunyoda?
Bugun ertalab qaysi maqsadda uyg’ondingiz? Ertagachi nega uyg’onmoqchisiz?
@MuhammadUralov
Ilm = fitna
Ustoz yoki ilm o’rgatuvchi inson doim o’rganuvchini analiz qila olishi uni aqliy salohiyatini hisobga olishi kerak.
Ingliz tilini endi boshlagan bolaga ielts testi qanchalik qiyinligi haqida gapirib bo’lmaydi.
Xuddi alifboni o’rganayotgan bolaga matn o’qib kelishni berib bo’lmaganidek.
Bolalarga hayot darslarini berishda ham uni aqli, dunyoqarashini inobatga olish shart.
Dinga endi kirib kelayotgan odamga katta bosim va yuklamalar, doimiy qo’rqitishlar teskari ta’sir beradi. Sekinroq va yengilroq qilib o’rgatib borish kerak.
Agar hisobga olinmasa barchasida bitta belgi bo’ladi. Bola ilmdan, hayotdan sovub, qo’rqib qoladi, harakatni to’xtatadi.
“Odamlarga o’zlari anglaydigan narsani gapiringlar. Yoki Alloh va uning Rasulini yolg’onchiga chiqarishlarini xohlaysizlarmi?” - Ali (r.a)
@MuhammadUralov
O'zgarish nuqtasi
O’nlab kitoblar o’qiysan deyarli hammasi bir xil. Ichidan faqat bitta seni o’zgartiradigani chiqadi.
Shu o’zgartiradiganini topish uchun qolgan 9 tasini o’qib chiqishga majbursan.
Universitetda o’qiysan o’nlab fanlar bor faqat 1tasi seni o’zgartirishi mumkin, shu bittasini topish uchun qolganlariga chidaysan.
Hayotda seni hayotingni o’zgartiruvchi uzog’i 3 yoki 4 voqea bo’ladi shu voqealarni topish uchun ming kunlab yashashga, sinovlarga bardosh berishga majburmiz.
Bo’lmasa topa olmaymiz bizni o’zgartiruvchi voqea, kitob, fan va insonlarni!
Keyingi safar o'qiyotganingda, ishlayotganingda o'zingdan qoniqmasang, harakat qilayotganingda ham natija ko'rmayotgan bo'lsang shu esla.
Sen o'zgartiruvchi nuqtaga yaqinsan!
@MuhammadUralov
Seni hamma yaxshi koʻrmasin!
Menejmentda 10% qoidasi bor unga koʻra sen boshqarayotgan jamoaning kamida 10% seni yoqtirmasligi kerak.
Chunki hamma jamoada dangasa, masʼuliyatsiz yoki jamoani orqaga tortadiganlar bor. Sen shu xodimlarni urishib turushing, ularga yoqmaydigan qarorlar chiqarishga majbursan.
Bu nafaqat biznesdagi menejerga balki, barcha sohadagi rahbarlarga tushadi. Oʻqituvchi(sinfdagi menejer), ota(oiladagi menejer) va hkz.
Shuning uchun jamoaviyingda seni yoqtirmayotganlar bor boʻlishi tabiiy va shart! Boʻlmasa sen "judayam yaxshi insonsan" va bu yomon.
Hattoki Rasululloh s.a.v ni ham munofiqlar yoqtirishmagan.
Seni hamma yaxshi koʻryaptimi senda muammo bor. Sen notoʻgʻri insonlarni toʻgʻrilamayapsan!
@MuhammadUralov
Biz atrofimizdagi odamlarga "yo'q" deyishni o'rgandik. O'rgatishdi to'g'rirog'i.
Lekin men muvaffaqiyatga o'z nafsimga "yo'q" deyishni o'rgansamgina erisha olaman.
Bir marta qilib ko'rsang hech narsa qilmaydi!
Bugun dam olaqol ertaga o'qiysan!
Bugun zalga chiqmay qo'yaqol o'zi charchading!
Hech kim ko'rmayaptiku!
Mana shular meni eng katta dushmanim. Bunga yo'q deyish hammani qo'lidan kelmaydi. Har doim ham kelmaydi!
@MuhammadUralov
Fotiha surasida "ihdinas sirotal mustaqiym" degan soʻzlar bor. "Bizni eng toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirgin" degan maʼnoni anglatadi.
Eʼtibor bering, bu soʻzlar har bir musulmonning tilidan har kuni bir necha marta yangraydi, namozning har bir rakaatida aytiladi. Eʼtibor bering, bu soʻzlar iymon keltirgan, oʻzini musulmonman deb hisoblagan insonlar tomonidan takrorlanadi, takrorlanaveradi. "Axir shundoq ham musulmonman, toʻgʻri yoʻldamanku" emas.
Yaʼni, bizning musulmon ekanimiz, besh vaqt namoz oʻqishimiz biz uchun hali hech narsaning kafolatini bermaydi. Mana, biz yaxshi musulmonmiz, jannatning kalitini choʻntagimizga soldik, deb erta-yu kech boshqalarni muhokama qilib oʻtirish kerak emasligini bildiradi. Eng avval va har kuni oʻzimizga oʻzimiz hisob berish kerakligini anglashimiz, toʻgʻri yoʻldan adashtirmasligini Oʻzidan soʻrashimiz lozim boʻladi.
Buni nafaqat Fotiha surasini tilovati oʻlaroq aytishimiz, balki butun maʼnosi bilan xis qilishimiz, amallarimizda va boshqalarga boʻlgan munosabatimizda suvayirgʻich qilishimiz kerak.
Ihdinas sirotal mustaqiym.
Juma muborak!
@MuhammadUralov
Nega asabiylashasan?
Shunday oʻquvchilar boʻladi, hech qachon oʻzgarmaydi, nima qilishingni, nima deyishingni umuman farqi yoʻq!
Lekin yaxshi oʻqituvchi doim ular uchun qaygʻurishi va asabiylashishi, vaqti kelsa ularni maqtab yoki jazolab turishi shart!
Sabab: oʻqiyotganlar toʻxtab qolmasligi uchun! Oʻqimayotganlar, dars qilmayotganlar va oʻsmayotganlar jazolanmaydigan sinfda, guruhda va jamiyatda bu ishlarni qilish tabiiy ekan degan tushuncha paydo boʻladi.
Va oʻqiyotganlarni ham orqaga tortishni boshlaydi.
Bu dunyo qonuniyati ham ayni shunday: sen qaysidir jihatdan mukammallikka yetib keldim deb hisoblashing bilan shu jabhada orqaga ketishni boshlaysan.
Demak, bu dunyoda hech qaysi jabhada kurash hech qachon tugamaydi!
@MuhammadUralov
U senga oʻrnak emas
Ha, u zoʻr futbolchi, ajoyib qoʻshiqchi yoki boy tadbirkor. Lekin mukammal inson emas.
Biz bir sohada kuchli boʻlgan insondan qolgan sohalarda ham kuchli boʻlishini xohlaymiz(yoki kuchli deb oʻylaymiz).
Uning muvaffaqiyatli tadbirkor boʻlgani uning oilasi, doʻstlari, iymoni bilan ham muvaffaqiyatga erishganini anglatmaydi.
Kimdir qaysidir sohada zoʻrmi shu sohada beradigan bilimlarinigina ol! Qolganini fikrlab tahlil qil. Xato boʻlsa u qanchalik mashhur boʻlmasin tuflab tashla bu informatsiyani.
Muhammad Salahning zoʻr futbolchiligi uning zoʻr musulmonligini anglatmaydi va u rojdestvo nishonlashi senga oʻrnak emas!
Zoʻr futbolchi(aktyor, tadbirkor yoki qoʻshiqchi)mi faqat oʻyinini koʻr, rohatlan. Dini, hayot tarzi, ilmi, oʻzini tutishi senga oʻrnak boʻlmasin. Ulardan koʻp narsa kutma! Axir, shunchaki yaxshi sportchi, qoʻshiqchi yoki aktyor-ku ular! Ko'p narsa kutma ulardan!
Har sohada alohida ustozlaring boʻlsin!
@MuhammadUralov
Go'zallik
Aqlni go'zalligi fikr bilan
Tilni go'zalligi sukut bilan
Yuzning go'zalligi ibodat bilan
So'zning go'zalligi rostgo'ylik bilan
Qalbning go'zalligi hasadni tark qilishlik bilan
©Abdulloh domla
@MuhammadUralov
Nima? Nega? Qanday?
Inson biror ishni qilishi uchun 3 savolga javob topishi kerak. Bu savollarga javob ishni qilishni osonlashtiradi.
Aytaylik kimdir xato ish qilayotganini ko'rdingiz.
Nima qilish kerak? To'xtatish, tuzatish va suhbatlashish.
Nega? Agar ko'rib turib to'xtatmasak va zulm davom etsa biz ham qiyomat kuni javobgar bo'lamiz!
Qanday to'xtatish kerak? Baqirib, so'kib emas! Iloji boricha holi vaqtda gaplashish(obro'sini to'kmaslik uchun). Avval yaxshi hislatlarini aytib(agar bo'lsa topib) keyin ishi xatoligini tushuntirish.
Nega avval yaxshi gapiramiz? Chunki xatoni tan olishchun qalb ochilishi kerak. Qalb yaxshi so'zdan keyingina ochiladi.
Bu hamma ishga tushadi! Kimdir sizga nima qilish kerakligini aytdimi? Qolgan ikkita savolga ham javob oling birdan. Afsuski, qolgan ikkitasiga hammada ham javob yo'q.
@MuhammadUralov
Yordamchi soha
Sen qaysi sohada ishlashingdan qat'iy nazar seni shu sohada yanada samaraliroq qiladigan qo'shimcha sohalar bo'ladi. Insonlar bilan muloqot qila olish, insonlarni eshita olish va psixologiya bu ta'limdagi yordamchi sohalardan bir qismi. (Insonlar bilan ishlaydigan xohlagan sohaga ham tushadi bu)
Yaqinda ta'lim va psixologiya mavzusida juda katta yillik tajriba va xarizmaga ega Barno Mukimova bilan suhbat olib bordik. Menimcha eshitilsa barcha uchun foydali bo'ladi.
Har bir buyuk erkakning ortida buyuk ayol turmaydi!
Avval shu tushunchaga qattiq ishonardim va ayolim shunaqa bo'lishi kerak deb o'ylardim, endi yo'q! Hamma buyuk insonlarni ortida ham ayol turmaydi! Ba'zilarida tursa ham bu Ona bo'ladi, xotin emas!
Bir narsani tushunib olishimiz kerak! Biz uylanishdan oldin mas'uliyatsiz bo'lsak xotin bizni mas'uliyatli qilib qo'ymaydi! To'ydan oldin jur'atsiz, sinov kelsa tez sinib qoladigan, o'zimizga ishonmaydigan, keraksiz insonlar fikriga ko'p e'tibor beradigan, o'z ustida ishlamaydigan bo'lsak ayolimiz bizni bularning teskarisi qila olmaydi.
Barchasiga o'zimiz, o'zimiz va yana o'zimiz javobgarmiz. Harakat qilishimiz, kerak bo'lsa o'zimizni qiynashimiz va yaxshilanishimiz kerak! Bo'lmasa butun insoniyatni ayblab yuraveramiz.
Ayolimiz umuman rol o'ynamaydimi hayotimizda? Albatta o'ynaydi. Uning vazifasi seni o'zgartirish emas, intiluvchan vaqting senga xalaqit beramasligi!
Qanday qilib? Juda oddiy! Oyliging kamroq vaqti kitob yoki ishing uchun noutbuk olayotganingda qimmat paltodan voz kecha olganda. Kechasi bilan ishlashing kerak bo'lganda seni tushunganda va bezovta qilmaganda.
Farosat va sabr ayol kishidan talab qilinadigan eng muhim narsa. Hayotingni o'zgartirishni esa o'z bo'yningga ol. Uni ayolingni yelkasiga yuklama. Tur va harakat qil!
@MuhammadUralov
Men ichmayman, chakmayman. Buni aniq qanaqa hissiyot berishini bilmayman. Lekin futbol bergan qo'rquv + hayajon BAXT garmonini aniq hech narsa bera olmasa kerak!
Futbolga qiziqmaydiganlar nimalar yo'qotayotganini bilishsa edi....
