Muhammad Uralov
Open in Telegram
- Hayotdan olingan saboqlar - Kitoblardan xulosalar - O’ylashga majburlovchi fikrlar Aloqa uchun: @MuhammadUralovv
Show more684
Subscribers
+124 hours
-17 days
+1930 days
Posts Archive
Nomsiz post
Qishloqqa kelsam o’zimni yomon his qila boshlayman oxirgi vaqtlar, yoshligimda eng sevimli joyim hozir o’zgargandek.
Sababini o’ylab ko’rsam, joy emas men o’zgarganman. Ulg’ayibman! Bu yerda maqsadsizman, foydasizman. Hamma dalada, fermada foydali ishlar bilan band. Men esa shunchaki yuraman. Bu yerda qo’limdan bir ish kelmaydi.
Eng yoqtirgan joyim maktab. Bolalarga ilm berayotganimdan, foydali inson bo’layotganimdan mazza qilaman. Ularni hayotini o’zgartirayotganimni sezaman.
Bundan keyin bahtli bo’lishga emas, foydali bo’lishga harakat qilaman, shunda bahtning o’zi keladi.
Postga nom uchun variantlar bo’lsa izohlarda kutaman)
@MuhammadUralov
Qiyinchilik o’rgatadi
Deyl karnegi do’st orttirish haqida zo’r kitob yozgan, lekin o’zi yolg’izlikda vafot etgan va oilasi bilan ajrashgan.
Mening oila haqida eng zo’r maslahatlar bera oladigan yaqin insonim 2marta uylangan(1-si bilan ajrashgan)
Yaxshi ustozni taniyman, hammani o’qishga chorlaydi, ta’lim va tarbiya haqida bloglar yozadi. Lekin o’zining ukasini o’qita olmagan, hatto tarbiyasi bilan ham muammolari juda ko’p.
Bir qaraganda paradox lekin mantiq bu yerda yaxshi ishlaydi. Sen biror sohada eng yaxshi bo’lish uchun shu sohada eng qiyin vaziyatlarga tushib ko’rgan bo’lishing kerak!
Oilasi bilan ajrashmagan inson oila va undagi eng qiyin vaziyatlar haqida to’liq kartinani ochib bera olmaydi, xuddi farzand yoki uka tarbiyasida eng qiyin vaziyatga tushmagan inson tarbiya haqida chuqur ko’nikmaga ega bo’lmagandek.
Sen faqat bahtli oilada, yaxshi farzand bilan, solih do’stlar atrofida yasharkansan ko’p narsa o’rganmaysan. Ko’nikmani asosan qiyinchiliklar beradi!
Tolstoy aytganidek:all happy families are alike and unhappy ones differ
@MuhammadUralov
Sabrsizlik ortidagi ilmsizlik
Muso alayhissalom Hizr qilgan ishlarga sabr qila olmadi, chunki uning ishlari ortidagi hikmatlarni ko’rishga ilmi yetmasdi.
Mashinada ketayotganingda yo’lingni qisib qo’yishdi, sabrsizlik qilib signal chalib, baqirding. Ataylab qildi deb o’ylading. Lekin sen “insonlar bizga qilayotgan yomonliklarining 7/10 tasini bilmasdan qilishini” bilmasding.
O’quvchiga darsni qayta-qayta tushuntiryapsan va bu uchun sabrsizlik qilib asabiylashyapsan, nahotki shu oddiy narsani ham tushunmasa? Aslida sen “inson biror narsani o’rganib olgandan keyin uni bilmaslik qanday bo’lishini unutib qo’yishi” haqidagi ilmni bilmaysan.
Biror narsaga sabrsizlik qilyapsanmi? Bilginki shu sohada ilming yo’q! Sen sabrsiz emassan sen ilmsizsan!
@MuhammadUralov
Kimligi muhimroq
Vaziyatlarda o’zingni tutishing, axloqing, nima mumkin-u nima mumkinmas deb o’ylashing - hech o’ylab ko’rganmisan bularni qayerdan olgansan?
Nega qiyin vaziyatlarda bosiq tutasan o’zingni? Nega dars berayotganingda urib o’qitasan? Nega darsda bolalarni erkin qo’yasan va ko’p hazillashasan?
O’zingdagi ko’plab hislatlarni sen kitoblardan o’qib emas insonlardan ko’rib olgansan. Inson miyasi(ko’zgu neyronlari) asosan ko’rib o’rganishga moslashgan.
Ustozing va atrofingdagi odamlarning kimligi(shaxsiyati, xarakteri), ularning nimalar o’rgatishidan ko’ra muhimroq! Chunki sen ularni o’rgatganlaridanam ko’ra ko’proq harakatlaridan o’rganasan.
@MuhammadUralov
Inson bo’lganing uchun!
Bitta odam bilan tortishib qoldim, xato qildi, xato qilganini sezdirdim.
Javoban: bilasizmi yoshim kamida onangiz tengi, 52 yoshman, oddiy odam deb o’ylayapsiz shekilli? Narxozda o’qiganman! Katta-katta joylarda rahbar bo’lganman! Siz o’ylaganchalik oddiy odammasman deb qoldi.
Hamma gapini oxirigacha eshittim va to’g’risi, menga bularni umuman farqi yo’q. Men sizni yoshingiz va obro’yingiz uchun emas, shunchaki inson bo’lganingiz uchun, meni hurmat qilganingiz uchun hurmat qilaman dedim.
Ba’zan odamlar yosh, obro’, pul va martaba hurmat uchun asosiy o’lchov deb o’ylashadi. Yo’q!
Sen mendan 10 yosh kichik bo’lishing mumkin, shunda men seni shunchaki farosating, qolganlarni noqulay ahvolga tushirmaganing va insonliging uchun hurmat qilaman. Qolganlari menga qiziq emas!
Hurmat talab qilinmaydi, u qozoniladi! Sening harakatlaring evaziga🫡
@MuhammadUralov
Qanday qaror qilamiz?
Odam bir kunda 35 ming ta qaror qabul qiladi. Qarorlar sifati esa bizning hayotimiz sifatiga to’g’ridan-to’g’ri bog’langan.
Kitob o’qisammikan yoki reels ko’raymi? Darsga qaraymi yoki partadoshim bilan gaplashaymi? Noqulay ahvolga tushirishdi baqirib janjal qilaymi yoki bilmasdan qilib qo’ydi deb to’g’ri tushuntiraymi?
To’g’ri qarorlar bizdagi muhit va ma’lumotdan keladi. Atrofimda hamma har kuni kitob haqida muhokamalar qilyapti demak kitob o’qimasam bo’lmadi qarori keldi.(to’g’ri muhit ta’siri)
Moshinada ketayotgan eding ikkinchi mashina yo’lni qisib ketdi. Agar ilm olgan bo’lsang bilasan insonlar bizga qilgan yomonliklarining 7/10 tasini bilmasdan qiladi. Shu ma’lumotni eslading va asabiylashmading. Ishga, uyga yaxshi kayfiyatda bording, kayfiyating oilang va jamoayingga ham ta’sir o’tkazdi.
Bu kichik sifatli qarorlar yig’ilib-yig’ilib seni bahtli va muvaffaqiyatli hayotga va balki aksincha hayotga ham olib borib qo’yadi. Aniq!
Xulosang to’g’ri: to’g’ri muhitda bo’lishimiz va tinmay ilm olishim kerak.
@MuhammadUralov
Uni o’zi keladi
2 km uzoqlikdagi masjidga chiqmoqchi bo’lding, bahonada ozgina ozib olaman deding. Ozgina ozding, lekin masjidga piyoda borish savobidan quruq qolding. Savobni niyat qilganingda birinchisi shundoq ham kelardi.
Ingliz tilini o’rganaman deding, xohlagan bitta kitobni olib o’qiy boshlading, tilni rivojlantirding lekin kitobdan hech narsa olmading. Foydali, dunyoqarashingni kengaytiradigan kitob olganingda, ingliz tiling shundoq ham rivojlanardi.
Ko’proq pul topishni maqsad qilding va tez pul topish yo’lida har qanaqa ish qilding. Osonroq yo’llar qidirib qiyinroq vaziyatlarga tushib qolding. Agar biror sohada mutaxasis bo’lishni tanlaganingda, odamlar pulni o’zlari olib kelib berardi. Sen mutaxasis bo’lganing qolardi.
Maqsad qo’yayotganda yo’l-yo’lakay keladigan qisqa natijalarni emas, uzoq lekin doimiy keladigan foyda keltiradiganlarini tanlasang yutasan!
@MuhammadUralov
Mushuk
Hech hayotingizda mushuk ushlab ko’rganmisan? Dumidan ushlasang tirnaydi, tishlaydi. Agar silasang kelib erkalanadi, senga ham yoqimli tuyg’ular ulashadi.
Mushukka sening kimligingni umuman farqi yo’q! Jinsing, ranging, daromading, yoshing va ko’rinishing umuman qiziqmas!
Unga sening munosabating qiziq.
Bolalarni o’qitar(tarbiyalar) ekansan ularni ham mushuk kabi bil. Odamlarning ular haqidagi yomon xulosa va gaplariga ishonma. Avvalo bil ular BOLA.
Ularni erkala, to’g’ri tushun, hurmat qil, eshit, xuddi kattalardek, xuddi mushuklardek muomila qil.
Ularni yaxshi ko’r, shunda sen ularni xato-kamchiliklarini kechira olasan. Beg’uborlik deb qabul qilasan.
Bu hayotda juda ko’p narsalar bizning unga munosabatimizga bog’liq. Avval ularga mehr beramiz keyin esa cheklanmagan miqdorda olamiz!
@MuhammadUralov
Nega ustozdan maslahat olishim kerak?
Ota-onalar eng ko’p qiladigan xato ular farzandi tarbiyasi va kelajagi borasida uning ustozi bilan ko’p maslahatlashmasligida.
Chunki bitta o’qituvchi 3 yilda o’rtacha 300-400 ta bola o’qitadi va bu bolalar tajribasidan xulosalar oladi. Bitta ota-ona esa butun umri davomida uzog’i 3-5 ta farzand ko’radi va tajriba ham shunga yarasha bo’ladi.
Xato qilmaslik uchun eng zo’r instrument shu xatoni qilgan insonlardan olinadigan maslahatlar. Ustoz yoki ota-ona bo’lsangiz siz uchun Youtubeda yangi video tayyorladik. Dars o’tish va umuman yosh bola tarbiyasi haqida.
Video uchun link: https://youtu.be/5Tcz-Kt2TsM?si=ojdlDKcl-gZArEeS
Ilohiy formula
Xato qilayotgan yaqiningni ko’rasan, borib xatoligini tushuntirasan, gaplashasan. Va ertasi kuni o’zgarishini kutasan.
U bu xato ishni nechi yillardan beri takror va takror qilib kelayotganini va o’zgarish qanchalik qiyinligini hisobga olmaysan.
Qur’oni karim 23 yilda nozil qilinganini bilmaysan, bilsang ham nega aynan 23 yilligi haqida o’ylab ko’rmaysan. Alloh taolo uni 1 kunda qila olmas edimi?
Faqat yaratuvchi yaratilmishning fitratini yaxshiroq biladi. Uni toqatidan ortiq ishga majburlamaydi. Islom insonlarning to’liq o’zgarishi uchun 23 yil kuta olganda sen nega kuta olmaysan?
Shuncha gapirdim bo’ldi, bilganini qilsin, hatto payg’ambarlar o’z farzandlarini o’zgartira olmagan, ba’zilar o’zgarmaydi deysan.
Sen ham Nuh alayhissalomdek 950 yil da’vat qilib ko’rdingmi yaxshi yo’lga ? Buncha tez xulosa qilasan?
@MuhammadUralov
U uchun 5ta sen uchun 8ta
O’quvchilarimga oylik baho qo’yayotganimda yaxshiroq o’qiydigan bolaga sen 5 baho olishing uchun 8ta mavzu topshirishing kerak dedim.
O’quvchim e’tiroz bildirdi “nega Toshmat 5 mavzu topshirib 5 oladi menga esa 8 ta. Bu adolatsizlik!”
Ha, adolatsizlik, chunki tarix o’qish uchun qobilyatlar berilayotganda ham xuddi shunday adolatsizlik qilingan, Alloh sen uchun bu fanni sinfdoshingga nisbatan osonroq qilib qo’ygan.
Sen 1 ta mavzu uchun 30 daqiqa sarflasang u 90 daqiqa sarflaydi. Bu qobilyatlating bilan sening ilming ham 1,5 barobar ko’proq bo’lishi shart!
Oxirat kuni biz nafaqat amallarimiz va niyatlarimiz balki, istedod va qobilyatlarimizdan ham so’ralamiz.
Biz qobilyatlarimizni ko’proq ilm olib uni ishlatishga sarflayapmizmi yoki kuni bilan dam olib yarim soatda ishlar va darslarni hamma bilan teng qilib qo’yishgami?
@MuhammadUralov
Aqlliroq ko’rinish
Aqlliroq ko’rinishni men bilgan ikkita yo’li bor.
1. Haqiqatdan aqlli bo’lish, ko’proq ilm olish, odamlarni kuzatish va xato kamchiliklarimizni analiz qilish. Bu juda uzoq vaqt va ko’p energiya talab qiladi.
2. Ikkinchi yo’l ancha sodda va oson. Agar ahmoq bo’lsang kamroq gapir, o’zing, fikrlash tarzing va farosating haqida kamroq informatsiya berasan atrofdagilarga. Shunda hech bo’lmasa odamlar aniq bilishmaydi haqiqatni. Ko’p holatlarda kam gapiradiganlarni yaxshi tanimaganligimiz uchun odatdagidan ko’ra aqlliroq deb o’ylaymiz.
Shuning uchun uchrashuvlarda ko’proq gapirgan emas ko’proq savol bergan yutadi. Informatsiya bu aniqlik va kuch!
@MuhammadUralov
Bugun birinchi marta instagramdan oldin telegram kanalimda bu videoni berishga qaror qildim. Uxlab qolganimga e’tibor bermaysiz)
Bu mavzuda fikrlaringiz qiziq? Siz ham shunday hodisa guvohi bo’lganmisiz? O’zingiz, ukangiz yoki singlingiz misolida?
@MuhammadUralov
Muloqot
XX asr oxirida samalyotlar halokati Janubiy Kareyada AQSHdan ko’ra 46 barobarga ko’proq bo’lgan. Ikkisi ham bir xil samalyot bir xil aeroportlarda uchgan. Lekin natija har xil.
Kareyada sen yoshi, mansabi, lavozimi katta insonlarga qattiq va qat’iy gapira olmaysan, shunday tarbiya qilishadi. Uchoqda doim ikkita boshqaruvchi bo’ladi, biri asosiy ikkinchisi qolgan barcha jarayon va ob-havoni nazorat qiluvchi.
Qiyin vaziyat bo’lganda asosiy uchuvchi dovdirashni boshlaydi. Shunda yordamchi uchuvchi vaziyatni o’z qo’liga olishi kerak. Uning uchun o’z kapitaniga kerak bo’lsa qattiqroq gapirib, baqirishi ham kerak va uni ishontirishi kerak vaziyat jiddiyligiga.
Lekin koreyslar bunday qila olmaydi. Undan tarbiya olishmagan. Hatto qulayotgan samalyotda ham u o’z tarbiyasiga sodiq qoladi va kapitaniga hurmatni saqlagan holda halokatga uchraydi. Muammo bitta ish bilan hal qilinadi. Barchasiga ingliz tili o’rgatiladi va ingliz madaniyati kirib keladi. Muammoni kim bo’lishidan qat’iy nazar aniq ravshan hissiyotlar bilan yetkazish.
Ba’zan insonlar xato qiladi, bizga yoqmaydigan ishlarni amalga oshiradi.
Sen yumshoq va chiroyli gapirishga harakat qilishingni esa odamlar har doim tushunaverishmaydi, ularda qalbingga kira olmaydi, darding bo’lsa tushunarliroq gapir, gapira olmasang qolganlardan xafa bo’lma.
Kareys madaniyati menga qaysidir xalqni eslatib yubordi, shunga yozdim. U yerda xalq haq bo’lsa ham na o’z hokimiyatiga, na boshlig’iga, na ota-ona va o’zidan yoshi kattalarga gapira oladi. “Kichkina bo’p turib aqllilik qilma menga” deyishadi u mamlakatda Kattalar!
@MuhammadUralov
Ona tili va ingliz tili
Mana bu videoda teacher Azam qiziq fikrni ilgari surgan. Unda aytilishicha siz o’zingizning ona tilingizni speakingdan 8 darajaga chiqarib olmaguningizcha siz ingliz tili speakingdan 7 ola olmaysiz deyapti.
Ingliz tilidan xabari bor shaxs sifatida bunga qo’shilaman va to’ldiraman. Siz ingliz tili darajangiz ma’lum bir darajaga chiqqandan keyin C1 yoki C2 olishingiz uchun endi nafaqat ona tilingiz balki dunyoqarashingiz va insonlar oldida uyalmasdan bemalol gapira olishingiz ham muhim ro’l o’ynaydi.
Qo’shimchasiga ona tilini yaxshiroq bilganlar va ishlata olganlar qiyin vaziyatdan so’z boyligi orqali tez chiqib ketganini va muzokaralarni yaxshiroq olib borganini o’zim guvoh bo’lganman.
Agar sizda ham ona tilini rivojlantirish va badiiy asarlarga qiziqish bo’lsa sizga mana bu kanalni holis tavsiya qilaman. Bu yerda siz ona tilidan xuddi IELTS dek sertifikat uchun tayyorlansangiz ham bo’ladi. Bu o’zimning ona tilidan ustozim va akam yuritadigan kanal. Reklama emas)
Kanal: https://t.me/milliy_sertifikat_onatilim
@MuhammadUralov
Hayot nimadir o’rgatmoqchi
Yaqin bir yilda bitta prinsip shakillandi. Hayotimda qandaydir qiyinchilik bo’lsa taqdir nimadir o’rgatmoqchi deb fikrlay boshlayman.
Birinchi yil maktabga ishga kirganimda qizlar sinfiga juda qiynalardim. Tahminan 2 oy har kunim ular bilan tortishish va asab buzilishi bilan o’tardi. Keyin muammoga yechim izlay boshladim va
“Men are form Mars, women are from Venus” kitobini topdim. Shu kundan boshlab qarama-qarshi jins vakillari bilan munosabatim yaxshi tomonga o’zgara boshladi.
Bu nafaqat darsimga balki, oilam va ishxonamdagi hamkasblarim bilan ham munosabatlarimni to’g’irladi. Bu men uchun hayotimdagi o’qilishi eng qiyin kitob edi. Chunki har bir qatoridan bitta kamchiligimni topardim va bu og’riq berardi.
Bunaqa vaziyatlar juda ko’p va sizga faqat bittasini yozib berdim. Qiyin vaziyatda hayot menga nimadir o’rgatmoqchi deb qarashni boshlar ekansiz stress kamayadi muammoga yechim qidirish va topish osonlashadi, o’sayotganingizni his qilasiz.
“Hayotdagi ba’zi voqealarni daxshatli adolatsizlik desangiz haqsiz. Biroq, buyuk insonlar bilan hamisha bo’lgani kabi, boshga tushgan ulkan to’siqlar kelgusida go’zal imkoniyatga aylanadi”.
@MuhammadUralovSabab va oqibat
Darsda o’quvchilar gaplashib o’tirishibdi. Bir qaraganda yomon o’quvchi degan hayol keladi. Lekin chuqurroq o’ylab ko’rsang sen qachon gaplashishni boshlaysan? To’g’ri, zerikkaningda.
Demak sen o’tayotgan dars zerikarli bo’layotgani sababli bola gaplashyapti(oqibat). Sen uni urishib, turg’izib qo’yarkansan sabab bilan emas oqibat bilan kurashyapsan.
Biz ko’pincha sabablar qolib oqibatlarga yopishamiz. Alal oqibat muammo yechilmay qolaveradi.
Senga yoqmayotgan ishlarni o’zgartirish uchun doim sababini qidir, og’ayni)
@MuhammadUralov
Haqiqatni eshitolmasang yolg’on eshtishga mahkumsan!
Oilada bolalarning tarbiyasi buzulishiga asosiy sabab ota-onalar buni tuzata olmasliklarida emas. Tarbiya buzulayotganini bilmasliklarida yoki buni muhokama qila olmasliklarida.
Onalar ko’pincha bolalar bilan birga ishlaganliklari uchun bu jarayonni sezishadi lekin buni otasiga aytib bemalol muhokama qilib muammoni yecha olishmaydi.
Chunki ota asabiy(asabiy otalarni ko’rsam asabiylashaman)! Ona bolasining biror aybini aytsa birdan hamma aybni onaga ag’darib bolaga qo’shib onani ham kaltaklab ketadi. Xuddi bola tug’ulgandan beri u bilan birga yashamagandek. Yoki faqat ona bunga javobgardek.
Bir safar bunday holat bo’lgandan keyin ona farzandining keyingi yomon ishlarini otaga ayta olmaydi. Farzand borgan sari yomonlashib ketaveradi. Va bir kun yashirib bo’lmas darajaga yetgach ota buni bilib qoladi. Va yana onaga sen uni ishlarini yashirgansan menga aytmagansan deb tashlanadi.
Agar ota haqiqatni eshitishga, aybi bo’lsa tan olishga va unu muhokama qilishga tayyor bo’lganda edi tarbiyadagi muammolar ancha kamayardi.
Erkak uchun eng muhim ko’nikma bu og’ir bosiqlik va mulohazakorlik bo’lsa kerak.
@MuhammadUralov
