Yoshlar instituti || Rasmiy Kanal
Open in Telegram
Yoshlar muammolarini o'rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti Murojaat uchun:👇👇👇👇 https://t.me/+CrG6t4MN0CJmYjM6
Show more314
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
✅Tinglovchilari Toshkent telekanalining "Siz nima deysiz?" Tok-shousida
🔰Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti tinglovchilari Toshkent telekanalining "Siz nima deysiz?" Tok-shousida ishtirok etdi. Tok-shouda "Like vasvasasi" mavzusida bahs- munozaralar boʻlib oʻtdi. bunda: bugungi kunda "media"(axborot) makondagi turli xil ishonchli va aksincha yolg’on "fake" xabarlarni farqlolmasdan bilib bilmay bosilayotgan "like" larning salbiy oqibatlari hamda ularni oldini olish va ularni toʻgʻri tashkil etish masalasida fikr mulohazalar boʻldi.
Bunda institut tinglovchilari ham oʻz fikr gʻoyalari bilan faol ishtirok etishdi hamda institut dotsenti Mansur Yunusov bu jarayonni ekspert sifatida baholab borib, oʻz xulosalarini aytib oʻtdi.
DISSERTATSIYA ISHI ILMIY NATIJALARI
MUHOKAMA QILINDI
🔰Joriy yili 18-oktyabr kuni Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti Boshqaruv koʻnikmalari va yetakchilik mahoratini rivojlantirish kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirokida psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Sadiyeva Sadoqat Alijonovnaning 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” ixtisosligi boʻyicha “Talabalar kasbiy identifikatsiyaning motivatsion-qadriyatli omillari” mavzusida hamda sotsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor Berdimuratov Marat Yesemuratovichning 22.00.01 –“Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi, va tarixi. Sotsiologik tadqiqot usullari” ixtisosligi boʻyicha “Ijtimoiy transformatsiya sharoitida yoshlarning mehnat bozoriga moslashuvi” mavzusida yozilgan dissertatsiyalarining ilmiy natijalari muhokama qilindi.
🍀Muhokama soʻnggida yozilgan dissertatsiyalar keyingi bosqichlarga tavsiya etildi.
Ўзбекистон Республикасининг Новосибирск шаҳридаги Бош консулхонасида ўзбекистонлик ёшлар билан учрашув бўлиб ўтди
📝 Жорий йилнинг 9 октябрь куни Ёшлар муаммоларини ўрганиш ва истиқболли кадрларни тайёрлаш институти ходимлари томонидан Россия Федерациясининг Новосибирск шаҳрида вақтинча таҳсил олаётган ва меҳнат қилаётган ўзбекистонлик ёшлар ҳамда доимий кўчиб ўтган ватандошлар билан ишончли суҳбатлар ва ижтимоий сўров ўтказилди.
🔰Institut doktorantlari va mustaqil tadqiqotchilar ilmiy faoliyati bo‘yicha monitoring yakunlari
✅Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti xodimlaridan iborat ishchi guruh Institutning doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari faoliyatini baholashga qaratilgan monitoring ishini yakunladi. Monitoring davomida tadqiqotchilar tomonidan tegishli hujjatlar taqdim etildi hamda òz dissertatsiya ishlari bo‘yicha qisqacha prezentatsiya tinglandi.
29 сентябрь кунидан Ёшлар муаммоларини ўрганиш ва истиқболли кадрлар тайёрлаш институти Илмий бўлими, докторантлар ва мустақил изланувчилар илмий фаолиятлари бўйича мониторинг олиб боришни бошлади. Мазкур мониторинг барча тадқиқотчилар ва мустақил изланувчиларнинг тегишли ҳужжатларини қайтадан назоратдан ўтқазиш ҳамда илмий тадқиқот ишлари юзасидан тақдимот қилиб беришни назарда тутади.
Бугун ушбу мониторинг доирасида ўзининг докторлик диссертация иши бўйича тақдимот қилиб берган сиёсий фанлар бўйича фалсафа доктори Раъно Тўйчиева ёш тадқиқотчиларга илмий иш муҳокамалари ва ҳимоя жараёни учун тақдимотни тайёрлаш қоидалари, талаблари ва усуллари хусусида керакли маълумот ва маслаҳатларини бериб ўтди.
Мониторинг жорий йилнинг 7 октябрига қадар олиб борилиши режалаштирилган.
DISSERTATSIYA ISHI ILMIY SIMENARDA MUHOKAMA QILINDI
Joriy yili 5-sentabr kuni Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tayanch doktoranti Madraximov Alisherning «O‘rta maktablarda o‘smirlar o‘rtasidagi zo‘ravonlik (bullying) holatlarini oldini olishning sotsiologik tahlili» mavzusida 22.00.02 — "Ijtimoiy tuzulish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi" ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi doirasida ishlab chiqilgan ilmiy natijalari Ilmiy simenarda muhokama qilindi.
Madraximov Alisherning ilmiy tadqiqot ishining dolzarbligi va ilmiy yangiligi professor o‘qituvchilar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilib, yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Muhokama so‘ngida sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi keyingi bosqichlarda muhokama qilish uchun tavsiya etildi.
📗Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 304-sonli qaroriga muvofiq 2023-yilda Davlat budjeti mablagʻlari, hisobiga oʻqitish uchun qabul kvotalari ilmiy va taʼlim tashkilotlarining akkreditatsiyadan oʻtgan ixtisosliklari kesimida tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha kvotalar ajratildi:
TAYANCH DOKTORANTURA
(Ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun)
08.00.13 — “Menejment” (2 o‘rin)
19.00.05 — “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” (2 o‘rin)
22.00.02 —“Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi” (2 o‘rin);
23.00.02 — “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar” (2 o‘rin)
STAJER TADQIQODCHI
(Ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun)
22.00.02 —“Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi” (1 o‘rin);
23.00.02 — “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar” (1 o‘rin)
🕵️♂️Joriy yilning 7-sentyabr kuni Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida, psixolog Sharipova Nilufarxon tomonidan Institut professor o'qituvchilari va doktorantlariga “Jamoani shakillantirish” mavzusida psixologik trening o'tildi.
✅Ushbu treningda ishtirokchilar "Molekula", "Mafiya" , "Mening orzuyimdagi shaxar" nomli mashqlarda bir birini yaqindan tanib olish va hamfikrlikda ishlash bo’yicha texnikalariga ega bo'lishdi.
🕵️♂️7 сентября т.г. психолог Шарипова Нилуфархон провела тренинг на тему «Командаобразование» для педагогического состава и докторантов Института изучения проблем молодежи и подготовки перспективных кадров.
✅На тренинговых упражнениях «Молекула», «Мафия», и «Город моей мечты» участники ближе познакомились друг с другом и получили знания по технике совместной работы.
#yomi #Yoshlarinstituti
📣 E‘LON!
“STRATEGIK KUCH” XALQARO-ILMIY JURNALINING 2023-YIL 3-SONI UCHUN MAQOLALAR 30- SENTYABR KUNIGA QADAR QABULI DAVOM ETADI
JURNAL TALABI
Jurnalga yoshlar dolzarb muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan ilmiy asoslangan maqolalar qabul qilinadi, xususan davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlari yoshlar faoliyati, istiqbolli yosh kadrlarni yetishtirish, yoshlarga oid davlat siyosati, ta’lim menejmenti, liderlik salohiyatini rivojlantirish va boshqa yoshlarga oid masalar jalb qilinadi.
Tahririyatga taqdim etiladigan materiallar quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim:
1. Maqolaning matni Word shaklida tayyorlanishi.
2. Shrift – Cambria, 14 shrift kegeli (hajmi) bo‘lishi.
3. Satrlar orasidagi masofa 1,5 interval bo‘lishi.
4. Maqolaning tuzilishi quyidagicha bo‘lishi kerak: annotatsiya (50 ta so‘zgacha) va kalit so‘zlar
(10 tagacha) o‘zbek, rus, ingliz tillarida, kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar.
5. Diagramma, rasm va jadvallar rangli bo‘lishi shart.
6. Havolalar OAKning adabiyotlarga qo‘yilgan talablari bo‘yicha berilishi kerak.
7. Maqolaning umumiy hajmi 15 betdan 20 betgacha, A4 formatida beriladi.
8. Maqola nomi, muallif(lar)ning ism-sharifi, ish joyi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) berilishi, telefon raqami, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi kerak.
9. Maqolalar strategikkuchjurnal@gmail.com manzili orqali 2023-yilning 31-iyul kuniga qadar qabul qilinadi.
10. Tahririyatga taqdim etilgan maqolalarning chop etilishi yoki chop etilmasligi haqidagi qarorni Tahrir hay’ati qabul qiladi.
Jurnal yuqoridagi talablarga javob bermaydigan qo‘lyozmalarni qaytarish huquqiga ega.
💰MUTLAQO BEPUL!
FAOL BOʻLING‼️
☎️ 91 779 69 75
P.S. Jurnalning birinchi soni bilan tanishish uchun havolani bosing https://yomi.uz/strategik-kuch-jurnali_2/
📣 E‘LON!
“STRATEGIK KUCH” XALQARO-ILMIY JURNALINING 2023-YIL 3-SONI UCHUN MAQOLALAR 30- SENTABR KUNIGA QADAR QABULI DAVOM ETADI

Repost from RAIS BUVA
Ўқишга ташлаб кира олмаганлар борми?😂
Кимга юборишни яхши биласизлар!
👉 @RAIS_BUVA
📚Toshkent shahrining Sergeli va Olmazor tumanlari yoshlar yetakchilari uchun seminar-treninglar
📌 Joriy yilning 23-28-avgust kunlari Yoshlar ijod saroyida Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti, Ichki Ishlar vazirligi va boshqa hamkor tashkilotlarning malakali mutaxassislari tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchilariga o'quv-seminar tashkil etilmoqda.
🔐Seminarda yoshlar yetakchilari tomonidan berilgan savollarga tashkilotchilar tomonidan atroflicha javob berilmoqda.
#yomi #yomiprofessors #lidership
📣 E‘LON!
“STRATEGIK KUCH” XALQARO-ILMIY JURNALINING 2023-YIL 2-SONI UCHUN MAQOLALAR 31-IYUL KUNIGA QADAR QABULI DAVOM ETADI
JURNAL TALABI
Jurnalga yoshlar dolzarb muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan ilmiy asoslangan maqolalar qabul qilinadi, xususan davlat hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda jamoat tashkilotlari yoshlar faoliyati, istiqbolli yosh kadrlarni yetishtirish, yoshlarga oid davlat siyosati, ta’lim menejmenti, liderlik salohiyatini rivojlantirish va boshqa yoshlarga oid masalar jalb qilinadi.
Tahririyatga taqdim etiladigan materiallar quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim:
1. Maqolaning matni Word shaklida tayyorlanishi.
2. Shrift – Cambria, 14 shrift kegeli (hajmi) bo‘lishi.
3. Satrlar orasidagi masofa 1,5 interval bo‘lishi.
4. Maqolaning tuzilishi quyidagicha bo‘lishi kerak: annotatsiya (50 ta so‘zgacha) va kalit so‘zlar
(10 tagacha) o‘zbek, rus, ingliz tillarida, kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar.
5. Diagramma, rasm va jadvallar rangli bo‘lishi shart.
6. Havolalar OAKning adabiyotlarga qo‘yilgan talablari bo‘yicha berilishi kerak.
7. Maqolaning umumiy hajmi 15 betdan 20 betgacha, A4 formatida beriladi.
8. Maqola nomi, muallif(lar)ning ism-sharifi, ish joyi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) berilishi, telefon raqami, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi kerak.
9. Maqolalar strategikkuchjurnal@gmail.com manzili orqali 2023-yilning 31-iyul kuniga qadar qabul qilinadi.
10. Tahririyatga taqdim etilgan maqolalarning chop etilishi yoki chop etilmasligi haqidagi qarorni Tahrir hay’ati qabul qiladi.
Jurnal yuqoridagi talablarga javob bermaydigan qo‘lyozmalarni qaytarish huquqiga ega.
💰MUTLAQO BEPUL!
FAOL BOʻLING‼️
☎️ 91 779 69 75
P.S. Jurnalning birinchi soni bilan tanishish uchun havolani bosing https://yomi.uz/strategik-kuch-jurnali_2/
📣📣📣DIQQAT E'LON!!!
📎“YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINI AMALGA OSHIRISH STRATEGIYASI: MAVJUD VAZIYAT VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY – AMALIY KONFERENSIYA MAQOLALARI TO‘PLAMINI TAQDIM ETAMIZ
P.S. To‘plamda maqolalari chop etilgan mualliflar sertifikatlarini (91)7796975 telefon raqami orqali olishlari mumkin.
[UZ] МУСТАҚИЛ ИЗЛАНУВЧИЛИККА ҲУЖЖАТ ТОПШИРМОҚЧИ БЎЛГАН ТАЛАБГОРЛАР ДИҚҚАТИГА!
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 22 майдаги 304-сон қарори талабларига мувофиқ 2023 йил 4-чорак учун олий таълимдан кейинги таълимнинг шаклларидан бири мустақил изланувчиликка Ягона электрон тизим (phd.mininnovation.uz) орқали онлайн ҳужжатлар топшириш бошланди.
✅Ҳужжатлар жорий йилнинг 15 июлдан 15 августга қадар Ягона электрон тизими орқали қабул қилинади.
❗️Мустақил изланувчилик – фалсафа доктори (Doctor of Philosophy (PhD) ёки фан доктори (Doctor of Science (DSc) илмий даражаларига даъвогар изланувчилар учун ишлаб чиқаришдан ажралмаган ҳолда ташкил этиладиган олий малакали илмий ва илмий-педагог кадрлар ихтисослиги бўйича олий таълимдан кейинги таълим шакли.
Институтда мавжуб ихтисосликлар:
08.00.13 — Менежмент
19.00.05 — Ижтимоий психология, этнопсихология
22.00.02 —Ижтимоий тузилиш, ижтимоий институтлар ва турмуш тарзи
23.00.02 — Сиёсий институтлар, жараёнлар ва технологиялар
Маълумот учун, талабгорлар ҳужжатлари илмий ёки таълим ташкилот томонидан кўриб чиқилиб қабул қилинади ёки рад этилади. Шунингдек, юқорида белгиланган муддатларда талабгорларнинг ҳужжатлари қабул қилиниши лозим.
[RU] ВНИМАНИЮ ЗАЯВИТЕЛЕЙ, ЖЕЛАЮЩИХ ПОДАТЬ ЗАЯВКУ НА САМОСТОЯТЕЛЬНОЕ СОИСКАТЕЛЬСТВО!
В соответствии с постановлением Кабинета Министров от 22 мая 2017 года №304 начата онлайн подача заявок на самостоятельное соискательство на 4-квартал 2023 года через Единую электронную систему (phd.mininnovation.uz).
✅Документы будут приниматься с 15 июля по 15 августа текущего года.
❗️Самостоятельное соискательство — форма послевузовского образования по специальности научных и научно-педагогических кадров высшей квалификации, организуемого в ВОУ или НИУ для соискателей ученых степеней доктора философии (PhD) или доктора наук (DSc)по углубленному изучению специальности и ведению ими научных изысканий в целях подготовки и защиты докторской диссертации без отрыва от производства.
Существующие специальности в Институте:
08.00.13 — Менеджмент
19.00.05 — Социальная психология, этнопсихология
22.00.02 — Социальная структура, социальные институты и образ жизни
23.00.02 — Политические институты, процессы и технологии
Документы заявителей рассматриваются и принимаются или отклоняются научной или образовательной организацией. Также документы заявителей должны быть приняты в указанные выше сроки
Ёшлар куни🇺🇿
Ёшлар муаммоларини ўрганиш ва истиқболли кадрларни тайёрлаш институти жамоаси юртимиздаги барча ёшларни “Ёшлар куни” билан табриклайди!
Мақсад ва орзуларингиз сари интилинг ва ҳаракат қилинг!
Келажак - бу сизлар!!!